• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12668.14
    • RUB161.15
    • EUR14640.57
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +39°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Di Mariyadan Pikegacha. Faoliyati davomida ham Messi, ham Ronaldu bilan birga o‘ynagan 26 nafar futbolchi

    Argentinalik futbolchi Lionel Messi katta futbolda 2003-yilda debyut qilgan, portugaliyalik yulduz Krishtianu Ronaldu esa 2002-yilda. Ikkalasining raqobati uzoq yillar davom etdi. Shu vaqt ichida bir necha futbolchilar Ronaldu bilan ham, Messi bilan birga o‘ynashga muvaffaq bo‘ldi. Ularni yodga olamiz. 

    To‘qqiz nafar argentinalik futbolchi: Ular Ronaldu bilan “Manchester Yunayted” va “Yuventus”da sherik bo‘lgandi

    Gabriel Haynse

    Foto: NATW

    Haynse “Manchester Yunayted”da uch mavsum o‘ynab, Ronaldu bilan birga APLni zabt etgandi. Ularning yo‘li “Real”da ham kesishishi mumkin edi, biroq portugaliyalikning madridliklar safiga o‘tishidan biroz muddat oldin Gabriel klubni tark etgandi. Haynse Messi bilan birga Argentina terma jamoasida o‘ynagan va ikkita Jahon Chempionatini o‘tkazgandi. 

    “Krishtianu futbolchi sifatida yanada yaxshilanadi deb o‘ylamayman, chunki u hozirning o‘zida eng yaxshilaridan”, — degandi argentinalik 2000-yillarning oxirida. Leo haqida esa: “Futbol nuqtai nazaridan olib qarasak, Messi bu sayyoradan emas”, — degan edi. 

    Fernando Gago

    Foto: NATW

    Gago Ronalduning “Real”dagi dastlabki ikki mavsumida birga o‘ynagan, Messi bilan birga uch marta kumush medalni qo‘lga kiritgan — Amerika Kubogi musobaqalari va JCH—2014 da. 

    Gago favorit borasida aniq tanlov qilgan: “Ronaldu men uchun birinchi raqamli emas. Dunyodagi eng yaxshisi — Messi. U takrorlab bo‘lmas qobiliyatga ega. Shubhasiz, men ko‘rganlar ichida u eng zo‘ri”. 

    Karlos Teves 

    Foto: NATW

    Teves Ronaldu bilan birga “Manchester Yunayted”da 6 ta sovringa ega chiqqan, jumladan, APL va Chempionlar Ligasi sovrinlari. Messi bilan birga esa ikkita mundialni o‘tkazgan va Amerika Kubogi finallarida mag‘lubiyatga uchragan. 

    Karlos ikkala futbolchini ham hurmat qilishini, biroq doim Leo tomonda bo‘lishini ta’kidlagan. 

    Anxel di Mariya

    Foto: NATW

    Anxel “Real”da bir necha mavsum o‘ynagan va Ronalduning gollariga assistentlik qilgan. Messi bilan 4 ta Jahon Chempionatida ishtirok etgan va g‘oliblikni qo‘lga kiritgan so‘nggi mundialda ikkalasi ham gol urgandi. 

    Runi, Ibrahimovich, Messi va Ronaldu bilan birga o‘ynash orzu bo‘lganini aytib o‘tgandi di Mariya. “Agar birini tanlash kerak bo‘lsa, bu albatta, Messi bo‘ladi”, — deydi argentinalik futbolchi. 

    Gonsalo Iguain

    Foto: NATW

    Gonsalo Ronaldu bilan “Real”da ham, “Yuventus”da ham birga to‘p surgan. Portugaliyalik bilan kompaniya sifatida Iguain bir nechta sovrinlarni qo‘lga kiritgan. Argentina terma jamoasida esa Messi bilan jamoadosh bo‘lib, doimiy bosimlar ostida harakat qilgan. 

    Esekiel Garay

    Foto: NATW

    Xuddi Gago singari Garay ham Ronaldu bilan “Real”da o‘ynagan. Lekin Esekiel Madrid klubi safida asosiy tarkibdan joy ololmadi. Messi bilan esa ikki marta oltin medalga yaqin keldi — JCH va Amerika Kubogida.

    Tanlov borasida esa unda hech qanaqa shubha yo‘q: “Tarixdagi eng yaxshi futbolchi haqida so‘rashganda, men Leo deb javob beraman. Uni ilk bor Argentina U-15 terma jamoasida ko‘rganman, shundan buyon u hamon meni hayratga solib kelmoqda”. 

    Paulo Dibala

    Foto: NATW

    Dibalaning Krishtianu bilan yo‘li “Yuventus”da kesishgan, turinliklar safida ular do‘stga aylandi, juda ko‘p muloqot qildi, urilgan gollarni bir-birining uslubida nishonladi. Leo bilan birga esa JCH—2022da g‘alaba qozondi. Paulo Ronaldu bilan muloqoti haqida gapirarkan: “Yoshligimda uni ko‘rishga ko‘zim bo‘lmaganini aytdim. Biz kulishdik. U bilan munosabatlar juda yaxshi”, — deydi. 

    Tanlov borasida esa Dibala: “Ikkalasidan birini tanlash yoki ikkalasini solishtirish imkonsiz”, — degan javobni bergan. 

    Alexandro Garnacho

    Foto: Sports

    Ro‘yxatdagi eng yosh futbolchi. Alexandro 2022-yilda Krishtianu bilan mankunianliklar safida birga to‘p surishga muvaffaq bo‘ldi. Argentina terma jamoasida esa 2023-yil yozida debyutini nishonladi. 

    19 yoshli futbolchi 2022-yil bahorida Ronalduni barcha davrlarning eng yaxshi futbolchisi deb atagan. 

    Lisandro Martines

    Foto: Sports

    Argentinalik futbolchi 2022-yil yozida “qizil iblislar” safiga o‘tdi va Ronaldu bilan bir jamoada o‘ynadi.

    Martines JCH—2022 vaqtida Leoning o‘yinlaridan hayratga tushganini bildirgan: “Messi maydonda bo‘lganda, jamoadoshi sifatida sen ham yaxshiroq o‘ynashga intilasan. U eng zo‘ri. U bilan bir jamoada o‘ynayotganidan faxrlanaman”.

    Portugaliyaliklar sakkiz nafar: Ularning barchasi ham Messi bilan birga “Barselona”da o‘ynamagan

    Deku

    Foto: Goal

    Deku 2000-yillarning boshida yosh Messiga “Barselona”ga moslashishiga yordam bergan. Ronaldu bilan birga to‘rtta katta turnirda ishtirok etgan. Deku ikkalasi haqida ham fikr bildirishda ayyorona usuldan foydalangan: “Meni Ronaldinyo ko‘proq hayratga solgan, u men uchun doim eng yaxshisi bo‘lib qoladi”. 

    Andre Gomesh

    Foto: NATW

    Gomesh kataloniyaliklar safiga o‘tganidan so‘ng, juda katta bosim ostida qoldi. Bu haqida uning o‘zi: “Uyimdan chiqishni xohlamay qolgandim, muhokamalardan charchagandim. Bunday holat bir necha bor yuz bergandi”, — deydi. Portugaliya terma jamoasi bilan ham ishlari o‘xshagan deb ayta olmaymiz, biroq Ronaldu bilan birga Yevro—2016 da zafar quchgan.

    Gomesh ikkala yulduzni ham birdek hurmat qilishini aytib o‘tgan. 

    Nelson Semedu

    Foto: NATW

    Gomesh kabi Semedi ham ikkala futbolchi bilan sovrin qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan. Messi bilan birga La Liga chempionligiga erishgan bo‘lsa, Ronaldu bilan birga Millatlar Ligasi sovriniga ega chiqqan.

    Nelson ular haqida gapirarkan, Ronalduning Ispaniya chempionatini tark etishi, “Barselona” uchun unchalik yomon xabar bo‘lmagani, Leo esa boshqa sayyoradan ekanligini ta’kidlagan. Bu yerda durang natija desa ham bo‘ladi. 

    Danilu

    Foto: Sports

    Danilu Ronaldu bilan Yevroda ham Millatlar Ligasida ham g‘alaba qozongan. Messi bilan esa “PSJ”da birga o‘ynagan. Futbolchi hech shubhasi portugaliyalikni tanlaydi: “Ronaldu — eng yaxshisi. U qanday o‘ynaydi, qanday ishlarni amalga oshiradi, menimcha, hech kim undan o‘tib keta olmaydi”. 

    Fransishku Trinkau

    Foto: Sports

    Portugaliyalik Leoning “Barselona”dagi so‘nggi mavsumida u bilan birga o‘ynashga muvaffaq bo‘lgan. Ronaldu bilan birga esa Portugaliya terma jamoasida bir nechta o‘yin o‘tkazgan. Trinkau ikkala yulduz haqida diplomatik javob beradi: “Ronaldu bilan ham, Messi bilan ham o‘ynaganimdan faxrlanaman. Ikkalasidan qaysi biri yaxshiroq ekanligini aytish ilojsiz”. 

    Nunu Mendesh

    Foto: Sports

    Mendesh Messini ham, Ronalduni ham o‘z kumiri deb hisoblamaydi. “Leo va Krish bilan bir jamoada o‘ynash — ko‘pchilik uchun orzu. Lekin mening sevimli futbolchim o‘z pozitsiyamga yaqin bo‘lgan Jordi Alba. 

    Vitinya

    Foto: Sports

    Portugaliyalik yarim himoyachi “PSJ” o‘tishi bilan o‘sha mashhur savoldan qutulib qololmadi. “Mening javobim aniq, ularni taqqoslashni iloji yo‘q. Ular bilan birga o‘ynash esa — ulkan faxr”, — degandi Vitinya. 

    Renatu Sanshesh

    Foto: Sports

    Yevro—2016 qahramoni 2022-yilda “PSJ”ga o‘tgandi. Parijda esa uning ishlari yurishmadi, butun mavsum davomida atigi 905 daqiqa maydonga tushdi va Messining ortidan u ham klubni tark etishi kutilmoqda. 

    Yana to‘qqiz nafar futbolchi Messi va Ronaldu bilan klublar miqyosida birga o‘ynagan

    Xerard Pike

    Foto: NATW

    Ronaldu bilan “Manchester Yunayted”da qisqa muddat birga o‘ynagan ispaniyalik himoyachi “Barselona” safida Messi bilan birgalikda aynan Krishtianu to‘p suradigan “Real”ga qarshi juda ko‘p maydonga tushgan. Pike ularning ikkisi haqida shunday deydi: “Messi odam emas, Ronaldu esa odamlar ichida eng yaxshisi”.

    Henrik Larsson

    Foto: NATW

    Messisi bor “Barselona”ga o‘tgan — chempionga aylangan. Ronaldusi “Manchester Yunayted”ga o‘tgan — chempionga aylangan. Messi bilan ikki mavsum birga o‘ynagan. Ronaldu bilan esa bir necha oy bir jamoada to‘p surgan. 

    Larsson argentinalik futbolchini ko‘proq yaxshi ko‘rishini aytib o‘tgan: “Ronaldu — juda zo‘r futbolchi, lekin Messi undan yaxshiroq”. 

    Martin Kaseres

    Foto: Sports

    Urugvaylik futbolchi “ko‘k-anorranglilar” safida Leo bilan birga o‘ynagan. Shundan so‘ng Kaseres Italiya chempionatida faoliyat olib borgan va “Yuventus”da Ronaldu bilan birga o‘ynagan.

    Martin hech qachon Messi va Ronalduni taqqoslamagan. 

    Artur

    Foto: Twitter

    Bu yerda ham “Yuventus” va “Barselona”. Artur Messi bilan bigra Ispaniya chempionligi va mamlakat Superkubogini qo‘lga kiritgan. Krishtianu bilan esa Italiya Kubogi va Superkubogida zafar quchgan.

    “Ronaldu kiyim almashtirish xonasida juda faol. U hamma bilan suhbatlashadi va yaxshi munosabatda bo‘ladi. Har bir insonda yetakchilik qobiliyatini namoyon etadigan jihatlari bo‘ladi. Messi esa buni o‘z harakatlari bilan amalga oshiradi”, — deydi Artur.  

    Mirolim Pyanich

    Foto: Sports

    Bosniyalik yarim himoyachi “Yuventus” safida 4 mavsum o‘ynab, ularning barchasida skudettoni qo‘lga kiritgan.

    “Barselona”da esa bitta og‘ir mavsumni o‘tkazgan. Ronaldu bilan ham, Messi bilan ham birga o‘ynagan Pyanich ikkalasini ham maqtaydi: “Ronaldu — barcha narsalarga ahamiyat beradigan haqiqiy sportchi. Messi esa o‘zga sayyoralik, mutlaq fenomen”. 

    Keylor Navas

    Foto: Sports

    Ro‘yxatdagi yagona darvozabon. Navas Ronaldu bilan birga uch marta Chempionlar Ligasida g‘alaba qozongan. Messi bilan esa “PSJ”da birga o‘ynadi. 

    Navas Leoni alohida e’tirof etadi: “U — ajoyib inson. Bir paytlar bir-birimizga qarshi o‘ynaganmiz, lekin bir jamoada o‘ynaganimizda esa uning kamtarligi, oddiy va mehnatkash insonligini ko‘rib hayratlanganman”. 

    Serxio Ramos

    Foto: Sports

    Eng kutilmagan burilish: Ramos va Messi “El-klasiko”larda doim bir-biriga qarshi o‘ynardi, ba’zan ziddiyatlarga borardi. Biroq, 2021-yilda ikkala futbolchining yo‘li “PSJ”da kesishadi. “Krishtianuning o‘yinini e’tirof etish uchun yangi so‘zlar o‘ylab topish kerak”, — degandi Ramos “Real”dagi jamoadoshi haqida.

    “PSJ”ga o‘tgach esa: “Leo men uchun dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri, agar eng yaxshisi bo‘lmasa”, — degan edi. 

    Ashraf Hakimi

    Foto: Sports

    Marokashlik futbolchi Ronalduning “Real”dagi so‘nggi mavsumida u bilan birga o‘ynagan va barcha musobaqalarda 17 ta o‘yin o‘tkazgan. Messi bilan esa “PSJ”da birga harakat qildi. 

    Agar eng kuchli kimligini so‘rash kerak bo‘lsa, yaxshisi Hakimidan so‘ramagan ma’qul: “Ular o‘rtasida hech qanday farq yo‘q. Sovrinlarga chanqoq bo‘lgan chempionlar. Ikkalasi bilan ham birga ishlab, juda ko‘p narsa o‘rganganman”. 

    Pablo Sarabiya

    Foto: Sports

    Sarabiya Ronaldu bilan birga rasmiy o‘yinlarga bir paytda maydonda bo‘lmagan. Faqatgina bitta o‘yinda aynan portugaliyalik futbolchining o‘rniga maydonga tushgan. Messi bilan esa Parijda birga o‘ynagan. Pablo “PSJ”dagi so‘nggi ikki mavsumda ko‘p maydonga tushmagan va oxirida ijaraga ketgan edi. 

    Ispaniyalik futbolchidan tanlov qilishni so‘raganda: “Men uchun Ronaldu — dunyoning eng yaxshi futbolchisi. Ha, Leo qoyilmaqom futbolchi, uning uslubi o‘zga sayyoraliklarnikiga o‘xshaydi”. 

    17.07.2023, 18:53   Izoh (0)   13087
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bred Pitt Gay Richi bilan, Jeyms Bond va Ispaniya qiroli. Uimbldon finalini tomosha qilishga kelgan mashhurlar (foto)

    17.07.2023, 17:47

    “Barmoqlaringni kesib tashlaymiz”. “PSJ” muxlislari jamoaga kelishi kutilayotgan Dushan Vlahovichga tahdid qildi (foto)

    17.07.2023, 15:22

    Yangi chempion. Uimbldon finalida Jokovichni mag‘lub etgan 20 yoshli Karlos Alkaras haqida

    17.07.2023, 13:26

    O‘zbekistonlik yengil atletikachilar Osiyo chempionatida 4 ta medalga ega chiqdi

    17.07.2023, 10:44

    Meksika terma jamoasi KONKAKAF Oltin Kubogini qo‘lga kiritdi

    17.07.2023, 09:38

    Tennis bo‘yicha Uimbldon musobaqasi finalida 20 yoshli Karlos Alkaras Novak Jokovichni mag‘lub etdi

    17.07.2023, 00:14
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 

     

    Tavsiya etamiz

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qoraqalpog‘istondagi to‘yda chigirtkalar yopirilgani rad etildi

    O‘zbekiston | 18 iyun, 11:43

    Toshkent—Andijon va Toshkent—Samarqand pulli avtomobil yo‘llari qurilishi nega kechikayotganiga izoh berildi

    O‘zbekiston | 18 iyun, 11:20

    Toyota o‘zining yanada kuchli Land Cruiser avtomobilini taqdim etdi

    Avto | 18 iyun, 11:12

    Fransiyadagi mashhur Luvr muzeyi yopildi

    Dunyo | 18 iyun, 11:05

    Isroildagi o‘zbekistonliklar mamlakatni qanday tark etishi mumkinligi ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 18 iyun, 10:48

    Abduqodir Husanov Osiyoning eng qimmat 3-futbolchisiga aylandi

    Sport | 18 iyun, 10:32

    Eron Isroil havo hududi ustidan to‘liq nazorat o‘rnatganini e’lon qildi

    Dunyo | 18 iyun, 10:30

    Isroil o‘z fuqarolariga mamlakatni tark etishni taqiqladi

    Dunyo | 18 iyun, 10:18
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.