“Aston Villa” safida ijarada to‘p surayotgan “Manchester Yunayted” vingeri Markus Reshford faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin. Give Me Sport nashrining yozishicha, futbolchi vakillari “Barselona”ga uning xizmatlarini taklif qilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Manbaning qayd etishicha, Reshford Chempionlar Ligasida ishtirok etadigan klubga o‘tishni istamoqda va “Manchester Yunayted”ga qaytish rejasi yo‘q. Sababi hozirda mankunianliklar APL turnir jadvalining pastki pog‘onalarida ketmoqda.
Hozircha kataloniyaliklardan bu ehtimoliy transferga munosabat bo‘lgani yo‘q.
Ma’lumot uchun, Reshford qishki transfer oynasida “Yunayted”dan “Aston Villa”ga ijaraga o‘tgan. U Unai Emeri jamoasida barcha musobaqalar doirasidagi 17 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 4 ta gol va 6 ta assist yozdirib qo‘ygan. Futbolchining “Manchester Yunayted” bilan amaldagi shartnomasi 2028-yil yoziga qadar mo‘ljallangan.
Izoh (0)