“Barselona” va Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Lamin Yamal 2025-yilgi “Laureus World Sports Awards” taqdirlash marosimida “Yil kashfiyoti” mukofotiga sazovor bo‘ldi. Bu haqda mukofot tashkilotchilari ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida e’lon qilishdi. Marosim 21-aprel kuni Madridda bo‘lib o‘tgan.

17 yoshda bo‘lgan Yamal joriy mavsumda “Barselona” safida yorqin o‘yinlari bilan ajralib turdi: u La Ligada 6 ta gol va 12 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Vinger Chempionlar Ligasi yana 3 ta golni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Ma’lumot uchun, 2024-yil yozida Lamin Yamal 16 yoshida Yevropa chempionatida maydonga tushgan eng yosh futbolchiga aylandi. Qiziqarli jihati shundaki, u musobaqada g‘olib chiqib, sovrinni 17 yoshini nishonlagan kunining ertasigayoq qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili ushbu nominatsiyada “Real” yarim himoyachisi Jud Bellingem g‘olib chiqqandi.
Izoh (0)