Madridning “Real” klubi fransiyalik yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga Ispaniya Kubogi finalida “Barselona”ga qarshi o‘yinda maydonga tusha olmaydi. Bu haqda “qaymoqranglilar” matbuot xizmati xabar bergan.

Futbolchi La Liganing 33-turidagi “Xetafe”ga qarshi uchrashuvning ikkinchi bo‘limida jarohat sabab almashtirildi. Tibbiy ko‘rik natijalariga ko‘ra, Eduardoning chap oyog‘ining son mushagidagi pay to‘liq yorilgani aniqlangan. Shu sababli Kamavinga yaqin vaqt ichida safga qayta olmaydi.
2024/25-yilgi mavsumda fransiyalik futbolchi barcha musobaqalar doirasida 34 ta o‘yinda ishtirok etib, o‘z hisobiga 2 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan.
Eslatib o‘tamiz, Ispaniya Kubogi finali 26-aprel kuni “Barselona” va “Real” jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 23:00 da boshlanadi.
Izoh (0)