Italiyalik yarim himoyachi Sando Tonali kelasi mavsumda “Barselona” futbolchisiga aylanishi mumkin. Bu haqda DeadlineDayLive nashri xabar bermoqda.

Kataloniyaliklar niderlandiyalik futbolchi Frenki de Yongni sotish imkoni yuzaga kelsa, “Nyukasl” a’zosini o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilib ko‘radi. Kataloniyaliklar ustozi Hansi Flik futbolchini “Barselona”ga olib kelishni istamoqda. Tomonlar hozirda Tonali masalasida muzokara boshlash arafasida turibdi.
24 yoshli futbolchi o‘tgan mavsum kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etganlikda ayblanib, uzoq muddatga futboldan chetlatilgan edi. Tonali joriy masumdan yana futbolga qaytib, “qarg‘alar” safida ancha ishonchli o‘yin namoyish etmoqda.

Sandroning “Nyukasl” bilan tuzgan shartnomasi 2028-yil yozigacha amal qiladi. Uning transfer narxi 45 million yevroga baholanmoqda.
Tonali joriy mavsum “Nyukasl” safida Angliya Premyer Ligasida 31 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga 3 gol va 2 golli uzatma yozdirib qo‘ygan.
Izoh (0)