“Barselona” yozgi transfer oynasi yopilgunga qadar chap qanot hujumchisini sotib olishi mumkin.
Jurnalist Albert Fernandesning ijtimoiy tarmoqlarda yozishicha, Kataloniya klubi bosh murabbiyi Xans-Diter Flik “Barsa” rahbariyatidan “Manchester Yunayted” klubidan Markus Reshfordni hujum chizig‘iga qo‘shib olishni so‘ragan.
2022/2023-yilgi mavsumda angliyalik hujumchi barcha turnirlarda 56 ta o‘yin o‘tkazib, 30 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi. O‘tgan mavsumda Reshford barcha musobaqalarda 43 ta o‘yinda qatnashib, sakkizta gol va beshta golli uzatmani amalga oshirgan.
Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028-yilning yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 60 million yevroni tashkil qiladi.
Izoh (0)