Saudiya Arabistoni grand klublari — “Al-Hilal”, “An-Nassr” va “Al-Ittihod” Yevropa yulduzlarini o‘z safiga qo‘shib olish uchun harakatni davom ettirmoqda. Ularning navbatdagi nishoni “Barselona” futbolchilari bo‘ldi.

Mahalliy OAVlarning xabar berishicha, saudiyaliklar Kataloniya klubi rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazgan va to‘rt futbolchi bo‘yicha muzokaralar olib borgan.
“Al-Hilal” asosiy e’tiborini braziliyalik vinger Rafinyaga qaratgan. U “Barselona” bilan shartnomasini yangilamasligi mumkin, bu narsa saudiyaliklar uchun qulay imkoniyat yaratmoqda.
“An-Nassr” ikki himoyachi – Ronald Arauxo va Jyul Kundega qiziqish bildirmoqda. “Al-Ittihod” esa Frenki de Yongni qo‘lga kiritish istagini bildirgan. Niderlandiyalik yarim himoyachining Ispaniyada qolish ehtimoli katta, ammo Jidda klubi yaxshi summalik taklif jo‘natsa, “Barselona” rahbariyatining fikri o‘zgarishi mumkinligi aytilmoqda.
Izoh (0)