SpaceX va Tesla asoschisi Ilon Mask birinchi marta 2002-yilda ota bo‘ldi. Milliarderning birinchi farzandi vafot etdi, lekin 23 yil ichida Mask to‘rt nafar turli ayollardan yana 13 ta farzand ko‘rdi va bu faqat rasmiy maʼlumotlar. Mask bolalarini “legion” deb ataydi va o‘zidan keyin imkon qadar ko‘proq yuqori intellektli insonlarni qoldirishni xohlaydi.

Ilon Mask hech qachon tug‘ilish darajasini oshirish tarafdori ekanligini yashirmagan va bu haqda ommaviy ravishda bir necha bor gapirgan.
Agar ko‘proq bola tug‘ilmasa, sivilizatsiya qulaydi. Mening so‘zlarimni eslab qoling, dedi milliarder 2022-yilda The Wall Street Journal tadbirida.
2023-yilda esa Italiyadagi Arteju siyosiy festivalida o‘zining X ismli o‘g‘lini quchog‘ida ushlab turgan holda, Ilon siyosatchilarni o‘z mamlakatlarida tug‘ilish darajasini rag‘batlantirishga chaqirdi: “Mening barcha jahon liderlari va oddiy odamlarga maslahatim shuki, yangi avlodni yaratish uchun bolalaringiz bo‘lishiga ishonch hosil qiling”.

SpaceX va Tesla rahbari nafaqat targ‘ib qiladi, balki shaxsiy namuna ko‘rsatadi. Bolalarning aksariyati EKU amaliyoti orqali dunyoga kelgan. Manbalarda taʼkidlanishicha, milliarder o‘z bolalari uchun potensial onalarni o‘ziga tegishli X ijtimoiy tarmog‘idan topadi, ularni bolani tug‘ilgandan keyin pul yoki tahdidlar bilan jim yurishga majbur qiladi va barcha bolalarini shaxsiy suhbatlarda “legion” deb ataydi.

Nevada Aleksandr Mask vafot etgan
2002-yilda Ilon Mask va uning birinchi rafiqasi Justin Uilsonning Nevada Aleksandr Mask ismli o‘g‘li dunyoga keldi. Bola atigi 10 haftalik bo‘lganida u to‘satdan chaqaloq o‘limi sindromidan vafot etdi. Keyinchalik Jastin Marie Claire jurnalida chop etilgan maqolada sodir bo‘lgan voqea haqida fikr yuritib yozgan:
PayPalni sotish Ilonning boyligini 100 million dollardan oshirib yubordi. O‘sha hafta Nevada odatdagidek orqa tomoniga yotib uxlab qoldi va nafas olishni to‘xtatdi. Chaqaloq uch kun davomida shifoxonada biz uni apparatdan uzishga qaror qilgunimizcha, hayotni saqlab qolish apparatiga ulangan holda yotdi. Ilon Nevada o‘limi haqida gapirishni xohlamasligini aniq aytdi. Men buni tushunmadim, u ham mening ochiqchasiga qayg‘umni tushunmadi — u buni hissiy manipulyatsiya deb hisoblardi.
Birinchi farzandi vafot etganidan ikki oy o‘tmay, Jastin EKU klinikasiga bordi: “Ilon va men iloji boricha tezroq yana ota-ona bo‘lishni rejalashtirgan edik”.
2004-yilda juftlikning Griffin va Xavier ismli egizaklari tug‘ildi, 2006-yilda esa yana sunʼiy urug‘lantirish yordamida Kai, Saxon va Damian ismli uch egizak o‘g‘illari dunyoga keldi. 2008-yilda Ilon va Jastin sakkiz yillik nikohdan keyin ajrashishdi.

Griffin Mask, 21 yoshda
Vivianning egizak ukasi Griffin ijtimoiy tarmoqlarda shaxsiy sahifalarga ega emas va kamdan kam hollarda tabloidlarning eʼtiboriga tushgan, ammo otasi bilan yaxshi munosabatda bo‘lgan ko‘rinadi. 2022-yilda 18 yoshli Griffin va uning uch egizak ukasi Ilon Maskning papa Fransisk bilan uchrashuvida ishtirok etishdi, 2024-yilda esa u otasini Mayamidagi American Express tadbiriga hamrohlik qildi. OAVda kamdan kam paydo bo‘ladigan xabarlarda uni otasining izidan borishni rejalashtirayotgan odamovi inson sifatida tasvirlashadi.

Kay Mask, 19 yoshda
Maskning egizak farzandlari — Kay, Damian va Saksonning hayoti ham sirli. Ularning onasi Jastin Uilson intervyularning birida Mask bilan bolalarni omma eʼtiboridan uzoqroq tutishga qaror qilganliklarini aytdi. Shunga qaramay, Kay Mask “Mars” teleserialida milliarder Ilon Maskning o‘g‘li rolini o‘ynagan yangiliklar shousida qisqacha suratga tushdi. Shuningdek, uchala ukasi ham sog‘lom ovqatlanish tarafdori ekanligi va o‘zlarini g‘ayrioddiy darajada muloyim va tarbiyalangan o‘spirinlar sifatida namoyon etishlari maʼlum (bu haqda ularning enagasi aytgan).

Demian Mask, 19 yoshda
2023-yilda chop etilgan “Ilon Mask” nomli avtobiografik kitob muallif Uolter Ayzekson Demian haqida, u 8 yoshida “uglerod isini kamaytirish” uchun vegetarian bo‘lganini va u klassik musiqa sohasida vunderkind bola ekanligini taʼkidlagan. Demianning caltech.academia.edu saytidagi profilida u Kaliforniya texnologiya institutining Fizika, matematika va astronomiya fakultetlarida, shuningdek, Stenford universitetining Amaliy fizika fakultetida o‘qiyotgani ko‘rsatilgan. Demianni istiqbolli fizik deb atashadi. Ayzeksonning yozishicha, Ilon Maskning onasi (Mey Mask) bir marta SpaceX va Tesla rahbariga: “Menimcha, Demian sendan aqlliroq”, deb aytgan.

Sakson Mask, 19 yoshda
Ukasi singari, Sakson Mask ham otasi tomonidan 2014-yilda SpaceX kampusida ochilgan Ad Astra xususiy maktabini tugatgan. Maktabning birinchi yilida Maskning birinchi rafiqasidan bo‘lgan besh farzandi o‘quvchilarning yarmidan ko‘pini tashkil qilgan, qolganlari esa SpaceX xodimlarining farzandlari edi. Ad Astraga faqat maxsus taklifnoma asosida kirish mumkin edi, u yerda baholar qo‘yilmaydi, anʼanaviy fanlar o‘rniga amaliy fanlar, sunʼiy intellekt, dizayn va dasturlash o‘rgatiladi. Shunga qaramay, Maskning X tarmog‘ida joylashtirgan videolariga ko‘ra, Sakson pianino chalishni juda yaxshi biladi. Ukasi Kay singari, Sakson ham baʼzan filmlarda rol o‘ynaydi — u “Yaxshi bolalar” (2019) filmida va “Boardwalk Empire” (2010) teleserialida rol o‘ynagan.

X Æ A-12, 4 yoshda
Ekssentrik milliarderga farzand tug‘ib bergan yana bir ayol — Grayms taxallusi bilan tanilgan kanadalik qo‘shiqchi Kler Bushe edi. Ularning munosabatlari 2018-yildan 2021-yilgacha yoki 2023-yilgacha davom etgan (aniq maʼlum emas). Bu vaqt ichida ular uch farzandni dunyoga keltirdi va barchasiga g‘ayrioddiy ismlar qo‘yildi. Kattasi — X Æ A-12 — 2020-yilda tug‘ilgan: X bolaning ismidagi nomaʼlum o‘zgaruvchini anglatadi, Æ — AI (sunʼiy intellekt)ning elfcha yozuvi, A-12 esa razvedka samolyotining belgisidir. Keyinchalik ism X Æ A-Xii deb o‘zgartirildi. Maskning biografiyasida Uolter Ayzekson yozishicha, X Æ A-XiiX yoki shunchaki X, EKU amaliyoti yordamida dunyoga kelgan. Aynan kichkina X bilan Ilon Mask so‘nggi paytlarda deyarli barcha ommaviy tadbirlarda, shu jumladan, Oq Uyning oval kabinetida paydo bo‘lmoqda.

Ekza Dark Sayderil Mask, 3 yoshda
2021-yilda Mask va Graymsning surrogat onadan tug‘ilgan qizi — Ekza Dark Sayderil (Graymsning tushuntirishiga ko‘ra, exaFLOPS — superkompyuterlarni belgilash uchun ishlatiladigan atama, Dark — qorong‘i modda sharafiga, Sayderil — “yulduzli” so‘zining elfcha yozuvi). Keyinchalik ism Y’ga qisqartirildi, baʼzan ota-onalar uni Seylor Mars deb atashadi. Y’ning tug‘ilishi haqida tasodifan maʼlum bo‘ldi, chunki Vanity Fair jurnalisti 2022-yil mart oyida Graymsning uyida intervyu olib, to‘satdan bolaning yig‘isini eshitdi.

Texno Mexanikus Tau Mask, 2 yoshda
Ilon Mask va Graymsning uchinchi farzandi haqida ham darhol maʼlum bo‘lmadi. Texno Mexanikus (u Tau deb ham ataladi) 2022-yilda surrogat onadan tug‘ilgan va bu haqda faqat bir yil o‘tgach, Uolter Ayzeksonning “Ilon Mask” avtobiografik kitobi chiqqanidan keyin maʼlum bo‘ldi. Kitobda birinchi marta Mask va Graymsning uchinchi farzandi borligi haqida aytilgan. Nima uchun bunday ism tanlanganini ota-onalar tushuntirishmadi. Agar X har doim Mask bilan birga bo‘lsa, Ekza Dark va Tauni Grayms qiziquvchan ko‘zlardan yashiradi.
2023-yil oktyabr oyida Grayms o‘z farzandlarining huquqlarini himoya qilish uchun sudga murojaat qildi va Ilon Mask uning kichik o‘g‘li bilan uchrashishiga imkon bermayotganini aytdi.

Egizaklar Azur va Strayder, 3 yoshda
2021-yil oxirida Maskning Neuralink kompaniyasida maxsus loyihalar bo‘yicha direktor bo‘lib ishlagan Shivon Zilis unga ikki egizak tug‘ib berdi. Taxminlarga ko‘ra, milliarder va qo‘shiqchi Graymsning ajralishi aynan shu tug‘ilish tufayli yuz bergan. Zilis Mask bilan romantik munosabatda bo‘lmaganini, u faqat donor bo‘lganini taʼkidladi; boshqa maʼlumotlarga ko‘ra, ular 2021—2022-yillarda birga yashagan. Ota-onalar bolalarning ismlari va jinsini 2023-yil sentyabr oyida, ular 16 oyga to‘lganida oshkor qilishdi. 2022-yil aprel oyida Mask va Zilis Texas shtati okrugi sudiga bolalarning ismlarini o‘zgartirishni so‘rab murojaat qilishdi, shunda ularning ismi “otasining familiyasini olgan va ikkinchi ismining bir qismi sifatida onasining familiyasini kiritilishini o‘z ichiga oladi”.
Arkadiya, 1 yosh va Seldon Likurg
Shivon Zilis Maskka to‘rtta farzand dunyoga keltirib berdi. Arkadiya 2024-yilda tug‘ilgan va u haqda uzoq vaqt hech kim bilmagan. 2025-yil 28-fevralda esa Seldon Likurg ismli o‘g‘il tug‘ilgani maʼlum bo‘ldi. U EKU amaliyoti yoki surrogat onalik yordamida tug‘ilganmi — bu haqda maʼlumot yo‘q.
Romul, 7 oylik

2025-yil 14-fevralda amerikalik yozuvchi va faol Eshli Sent-Kler (rasmda) X ijtimoiy tarmog‘ida 2024-yil sentyabr oyida Maskdan o‘g‘il farzand ko‘rgani haqida xabar berdi. “Ilgari men bolaning shaxsiy hayoti va xavfsizligini himoya qilish uchun buni oshkor qilmagan edim, ammo so‘nggi kunlarda tabloidlar bu maʼlumotni eʼlon qilishga qaror qilgani aniq bo‘ldi”, deb yozgan u. Xabar “Alea iacta est” lotin iborasi bilan yakunlangan, bu “Taqdir hal qilindi” degan maʼnoni anglatadi.
Maskning barcha bolalari orasida u milliarder uni hali tan olmagan va otalikni rasman tasdiqlamagan yagona bola bo‘ldi. Shu sababli Sent-Kler sudga murojaat qildi va sud Maskni DNK tekshiruvidan o‘tishga majbur qildi (u otalikni tasdiqladi) va jurnalistlarga milliarder bilan bolaning fotosuratlari va shaxsiy xatlariga kirish huquqini berdi. Faollardan biri Romul ismli merosxo‘r bola 2024-yil yanvar oyida Sent Bartelemi oroliga sayohat paytida anʼanaviy usulda homila sifatida paydo bo‘lganini taʼkidlaydi. Sent-Klerning so‘zlariga ko‘ra, Mask dastlab unga bola haqida jim turishi uchun 15 million dollar va oyiga 100 ming dollar taklif qilgan. Bundan tashqari, milliarder bir qator g‘alati talablarni qo‘ygan — bola kesarcha kesish orqali tug‘ilishi va xatna qilinmasligi kerak. Qaramog‘i va aliment to‘lash masalalari bo‘yicha sudning birinchi majlisi 29-mayga belgilangan — Ilon sudga kelishi kerak.
Izoh (0)