• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12857.35
    • RUB163.45
    • EUR14672.81
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Futbol

    Ronaldinyo, Kaka va Andrey Shevchenko. “Oltin to‘p” sohiblari faoliyati qanday yakunlangan?

    Futbol olamidagi eng mahshur individual sovrin shubhasiz “Oltin to‘p”dir. Bu sovrin esa ko‘pincha Messi va Ronaldu bilan assotsiatsiya qilinadi. Argentinalik yulduz faoliyati davomida 8 marta bu sovringa loyiq ko‘rilgan bo‘lsa, portugaliyalik afsona 5 marta “Oltin to‘p”ga ega chiqqan. Hozirda ularning biri Amerikada, ikkinchisi esa Saudiya Arabistonida faoliyatini olib bormoqda.

    XXI asrda “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgan yana qaysi futbolchilar faoliyati oxirida Yevropani tark etgan? Qaysi birlari esa Yevropada oxiriga qadar qolgan? 2024-yilgi “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgan Rodri “Manchester Siti”da, 2018-yilgi sovrin sohibi Luka Modrich esa “Real”da to‘p surmoqda. Biz esa sanoqni Karim Benzemadan boshlaymiz.

    Karim Benzema

    Foto: Getty Images

    Fransuz 2022-yilda “Oltin to‘p” sovrinini qo‘lga kiritgan. Ronaldu “Real”ni tark etgach, Benzema “soyadan chiqqan” va yetakchiga aylangan edi. Karim madridliklar bilan birga Chempionlar Ligasida zafar quchadi. Umumiy hisobda Benzema Yevropada deyarli 20 yil to‘p surgan. 2004-yilda “Lion”da faoliyatini boshlagan fransiyalik futbolchi 2009-yilda “qaymoqranglilar” safiga o‘tadi. 2023-yilga qadar “Real” sharafini himoya qilgan Karim shundan so‘ng Saudiyaning “Al-Ittihod” klubiga o‘tgan. 

    Benzema hozirda ham yuqori sport formasini ushlab turibdi va Jidda klubining muvaffaqiyatiga o‘z hissasini qo‘shmoqda. 

    Kaka

    Foto: Championat

    Braziliyalik futbolchi 2007-yilda yosh Ronaldu (2-o‘rinni egallagan) va Messini (3-o‘rinni egallagan) ortda qoldirib, “Oltin to‘p” sohibiga aylangan edi. O‘sha vaqtda Kaka 25 yoshda edi va “Milan”da to‘p surardi. Hujumkor yarim himoyachi “Milan” va “Real”da o‘ynab, Yevropada jami 11 ta mavsum o‘tkazgan.

    Sovrinni qo‘lga kiritganidan 7 yil o‘tib, Kaka AQSHga yo‘l oldi — “Orlando Siti” bilan shartnoma imzoladi. Braziliyalik Amerika ligasining eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisiga aylangan — yiliga 7,2 million dollar. 2015-yilga qadar “San-Paulu”da ijarada ham to‘p surdi.

    “Orlando”dagi 3 mavsumi davomida Kaka 78 ta o‘yinda ishtirok etib, 25 ta gol va 19 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Amerikada hech qanday sovrin qo‘lga kiritmagan bo‘lsa-da, bundan ko‘p ham qayg‘urmagan.

    “Amerikada o‘ynashni juda xohlagandim. Dastlabki muzokaralar 2012-yilda, klub prezidenti Flaviu Avgustu bo‘lgan payt o‘tkazilgan edi. Keyin esa orzuimni amalga oshirdim”, — degan edi Kaka MLSga o‘tganda.

    Fabio Kannavaro

    Foto: Championat

    Afsonaviy markaziy himoyachi ham faoliyatini Yevropada yakunlamagan. “Napoli”, “Parma”, “Inter”, “Yuventus” va “Real” kabi klublarda 18 mavsumini o‘tkazgan Fabio 2006-yilda Italiya terma jamoasi bilan Jahon Chempioni bo‘lgach “Oltin to‘p”ni ham qo‘lga kiritgan edi. O‘shanda Kannavaro 33 yoshda edi. Oradan 4 yil o‘tib, futbolchi o‘zi uchun Osiyoni kashf etishga qaror qiladi va BAAning “Al-Ahli” klubi taklifini qabul qiladi.

    Kannavaro ushbu qarorini quyidagicha tushuntiradi:

    “Bu pul masalasi emas, bu oilam farovonligi masalasi. BAA chempionati nisbatan sokinroq, senda ortiqcha bosim bo‘lmaydi. O‘ylaymanki, yillar davomida to‘plagan tajribam “Al-Ahli” yoshlarining katta natijalar ko‘rsatishiga yordam beradi”.

    Fabioning shartnomasi 2 yilga mo‘ljallangan va maosh borasida rasmiy ma’lumot berilmagan. Norasmiy xabarlarga ko‘ra futbolchi yiliga 5 million yevro olgan. To‘g‘ri, jarohati sababli Kannavaro BAAda faqat bir mavsum to‘liq o‘ynay olgan. 16 ta o‘yinda maydonga tushgan. Shundan so‘ng butsalarini mixga ilgan.

    Ronaldinyo

    Foto: Championat

    Braziliyalik afsungar 2005-yilda “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgan. Ronaldinyo “Barselona”da mo‘jiza ko‘rsatganda 25 yoshda bo‘lgan. Uning Yevropadagi sarguzashtlari 9 yarim mavsumga cho‘zilgan: 2001-yil yozidan 2011-yil qishiga qadar hujumkor yarim himoyachi “PSJ”, “Barselona” va “Milan”da o‘ynagan.

    Sovrin qo‘lga kiritganidan 5 yil o‘tib, Ronaldinyo Braziliyaga qaytgan, 2014-yilda esa Meksika jamoasiga o‘tgan. Jahon futboli yulduzi mahalliy “Keretaro” jamoasida to‘p surishni ma’qul topgan. 2 yillik shartnoma va yiliga 1,8 million yevro maoshga rozi bo‘lgan. Nima uchun aynan Meksikani tanlagani haqidagi savolga Ronaldinyo “Bu yerda sovrinlar yutishda davom etish uchun keldim”, deb javob bergan.

    “Keretaro”dagi 29 ta o‘yini davomida braziliyalik 8 ta gol va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Sovrinlar esa yuta olmagan. Keyin Braziliyaga qisqa muddatga qaytib, faoliyatini yakunlagan.

    Andrey Shevchenko

    Foto: Championat

    28 yoshli Shevchenko 2004-yilda “Milan” futbolchisi sifatida “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgan. U bu sovrin uchun juda uzoq yo‘l bosgan va 2 marta (1999 va 2000-yillar) ovoz yig‘ishda 3-o‘rinni egallagan. Shunga qaramasdan Shevchenko bu sovrinni qo‘lga kiritgan. 2003/04-yilgi mavsum hujumchi uchun juda yorqin kechgan. Andrey “Milan” bilan birgalikda Italiya chempioni bo‘lgan va A Seriyada 32 o‘yinda 24 ta gol urgan. 

    Shevchenko “rossoneri” safida yana ikki mavsum o‘ynagan va keyin “Chelsi”ga o‘tgan. Angliyadagi faoliyati davomida bir marta “Milan”ga ijara asosida qaytgan. 2009-yilda esa o‘zining sobiq “Dinamo” Kiyev jamoasiga borgan. Shevchenko faoliyatining so‘nggi uch mavsumini Ukrainada o‘tkazgan. 

    2007-yilda Andreyda Amerikaga o‘tish varianti ham bo‘lgan. Hujumchi Sports Illustrated nashriga bergan intervyusida: “U yerda to‘p surgan bo‘lardim. AQSH futboli doimiy ravishda rivojlanib bormoqda, bu jarayonga o‘z hissamni qo‘shishni xohlayman. MLS yulduzlari terma jamoasiga qarshi o‘ynaganman va u yerdagi futbolchilarning tajribasi doim hayron qoldirgan”.

    Biroq bu amalga oshmagan. Xabarlarga ko‘ra Shevchenko “Di-Si Yunayted”ning yiliga 5 million yevrolik taklifini noma’lum sabab bilan rad etgan.

    Pavel Nedved

    Foto: Championat

    Nedved 30 yoshidan so‘ng “Oltin to‘p”ga ega chiqqan. 2003-yilda u allaqachon 31 yoshda bo‘lgan. O‘sha vaqtda Pavel “Yuventus”da ikki mavsumini o‘tkazgan. Ungacha esa “Latsio”da 5 yil o‘ynagan. Pavelning xorijdagi butun faoliyati Italiya bilan bog‘liq. 

    2002/03-yilgi mavsumda Nedved “Yuventus” bilan skudettoni qo‘lga kiritgan va chempionatda yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan. Undan tashqari turinliklar Chempionlar Ligasi finaliga chiqqan hamda hal qiluvchi o‘yinda “Milan”ga yutqazib qo‘ygandi. Faoliyatidagi eng yaxshi mavsumini o‘tkazgan chexiyalik futbolchi Turinda qolgan va 6 yildan so‘ng butsalarini mixga ilgan. 

    Nega Nedved Amerika yoki Osiyoga yo‘l olmagan? Barchasi oilasi tufayli. Agent Mino Rayola (2022-yilda vafot etgan) shunday javob bergandi: 

    “Pavel borasida juda ko‘p qo‘ng‘iroqlar bo‘lgan, lekin u haqida so‘rash vaqtni behuda o‘tkazish ekanligini bilardim. Hech qanday pullar uning oilasidagi komfortini buzishga sabab bo‘la olmasdi. Bir marta Yaponiyadan taklif tushgandi. Ular taklif qilgan pulni hech kimga, hatto Zidanga ham taklif qilishmagan. Biroq Nedved farzandlari maktabini almashtirishini istamagan”.

    Ronaldo

    Foto: Championat

    Braziliyalik afsona 2002-yilda faoliyatidagi ikkinchi “Oltin to‘p”ini qo‘lga kiritgan. O‘sha mavsumda Ronaldo Braziliya terma jamoasi bilan jahon chempioni bo‘lgan edi. O‘shanda futbolchi 26 yoshda bo‘lgan va faoliyatining yuqori cho‘qqisida “Inter”dan “Real”ga o‘tgandi. Ilk “Oltin to‘p”ini esa 1997-yilda “Barselona”dan “Inter”ga o‘tganda olgan. 

    Umumiy hisobda Ronaldo Yevropada 14 mavsum o‘ynagan — 2 mavsum “PSV”da, bir mavsum “Barselona”da, 5 mavsum “Inter”da, 4,5 mavsum “Real”da va bir yarim mavsum “Milan”da. 2008-yilda esa braziliyalik futbolchi klubsiz qoladi. Jarohatidan endi tiklangan futbolchi o‘z vataniga qaytishga qaror qiladi va “Korintians” bilan shartnoma imzolaydi. 

    Ronaldoning o‘zi faoliyati haqida: 

    “Arab mamlakatlaridan, AQSHdan takliflar bor edi. Biroq men “Milan”da qolishni afzal ko‘rgandim”. 

    Maykl Ouen

    Foto: Championat

    Angliyalik futbolchi 2001-yilda “Oltin to‘p” sohibiga aylangan. O‘shanda Maykl 22 yoshda bo‘lgan va “Liverpul”da to‘p surgan. Individual sovrin topshirilishadi oldingi mavsumda Ouen jamoasi bilan birgalikda UEFA Kubogi, UEFA Superkubogi, Angliya Kubogi, Liga Kubogi va Angliya Superkubogini qo‘lga kiritgan. Umuman olgan o‘sha mavsum hujumchi uchun sovrinlar yili bo‘lgan.

    Ouenning butun faoliyati Yevropada kechgan. “Liverpul”dan “Real”ga o‘tgan va Ispaniyada bir yil o‘tkazgach, Angliyaga qaytib, “Nyukasl”, “Manchester Yunayted” va “Stok Siti” jamoalarida to‘p surgan. Hatto 2012-yilning yozida Maykl “Manchester”ni tark etib, klubsiz qolganida ham, boshqa mamlakatlardagi variantlarni izlamagan. Avstraliyadan hujumchi uchun ajoyib takliflar bo‘lgan.

    “Men bilan shartnoma imzolashni istagan jamoalarga mening jarohatlarim doimiy muammo bo‘ladi”, — deya tan olgan Ouen. — Umuman, dunyoning barcha burchagidan menga qiziqishlar mavjud. Masalan, Germaniya, Ispaniya va Turkiyadan takliflar bor. Lekin men APLni tanlaganman”. 

    29 yanvar, 23:33   Izoh (0)   12580
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Oltin to‘p#Messi#Ronaldu

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Di Mariyadan Pikegacha. Faoliyati davomida ham Messi, ham Ronaldu bilan birga o‘ynagan 26 nafar futbolchi

    17.07.2023, 18:53

    Maydonda “sehrgarlik” ko‘rsatgan, mast holida het-trik qayd etgan, 32 yoshida faoliyatini yakunlagan Eden Azar haqida 

    15.10.2023, 21:52

    Lionel Messi Krishtianu Ronaldu bilan uzoq muddatli raqobati haqida gapirdi 

    31.10.2023, 15:36

    Jud Bellinghem, Kilian Mbappe va Erling Holand. 2024-yilgi “Oltin to‘p” uchun ehtimoliy nomzodlar reytingi tuzildi 

    31.10.2023, 22:06

    Messining 2021-yildagi g‘alabasi “Oltin to‘p” tarixidagi eng katta “o‘g‘rilik”. 2013-yilda Ronaldu emas Riberi sovringa ega chiqishi kerak edi. Nohaq qo‘lga kiriti...

    01.11.2023, 10:29

    Krishtianu Ronaldu: “Oltin to‘p” va The Best qaysidir ma’noda o‘z qiymatini yo‘qotmoqda 

    21.01.2024, 15:31

    Jud Bellinghem, Kilian Mbappe va Erling Holand. 2024-yilgi “Oltin to‘p” uchun ehtimoliy nomzodlar reytingi yangilandi

    13.02.2024, 17:50

    Ronaldu va Messi o‘rtasidagi birinchi uchrashuvni eslaysizmi? (video)

    19.02.2024, 14:14

    Messi zo‘rmi yoki Ronaldu? Palmer javob berdi

    06.04.2024, 08:43

    Jud Bellinghem, Fil Foden va Kilian Mbappe. 2024-yilgi “Oltin to‘p” uchun ehtimoliy nomzodlar reytingi yangilandi 

    16.04.2024, 19:40

    Fabio Kapello Messi va Ronaldudan birini tanladi

    23.04.2024, 09:58

    Gvardiola Rodrining “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritish imkoniyatlarini baholadi 

    23.07.2024, 10:05

    Mbappe, Holand, Vinisius Junior, Yamal va Bellingem. “Oltin to‘p” uchun nomzod futbolchilar ro‘yxati e’lon qilindi 

    04.09.2024, 23:50

    Lionel Messi “Oltin to‘p”ni kim qo‘lga kiritishi kerakligini aytdi 

    16.10.2024, 19:32

    Marca nashri Lionel Messiga maxsus mukofot topshiradi 

    16.10.2024, 22:57

    Toni Kroos “Oltin to‘p”ga kim munosib ekani haqida gapirdi

    17.10.2024, 09:49

    Messi: “Bolalikda orzu qilganimdan ko‘proq natijaga erishdim”

    18.10.2024, 16:14

    Lionel Messi eng yaxshi yosh futbolchilarni aniqlashda kimga ovoz bergani ma’lum bo‘ldi

    09.11.2024, 16:44

    “Barselona” futbolchisi Rafinya Yamalga 10 ming funtlik tilla iPhone sovg‘a qildi (foto)  

    12.11.2024, 21:20

    “Messidan to‘pni olib qo‘ymoqchi bo‘lardim, ammo u doim meni chetlab o‘tardi” – Rodri

    22.11.2024, 09:32

    Dunyoning eng badavlat odamlari bo‘sh vaqtida nimalar bilan shug‘ullanadi?

    03.12.2024, 15:49

    Roberto Karlos: Ronaldo “Oltin to‘p”imni o‘g‘irlagan

    13.12.2024, 10:50

    Bellingem La Liganing 72 yillik tarixiy natijasini takrorladi

    16.12.2024, 10:25

    Give Me Sport futbolga eng katta ta’sir ko‘rsatgan shaxslar reytingini e’lon qildi

    17.12.2024, 15:23

    “Jinnilar to‘dasi” boshlig‘i, ichkilikboz va maydondagi “qotil”. Futbol tarixidagi eng janjalkash o‘yinchilar

    19.12.2024, 12:07

    Abeni yenggan Diyora, Olimpiadadagi eng yaxshi natija, Superligada yangi chempion — o‘zbek sportida 2024-yilning eng yorqin voqealari

    29.12.2024, 14:15

    “Vinisius Oltin to‘pni yutishi kerak edi, unga nisbatan adolatsizlik bo‘ldi” — Ronaldu (video)

    28.12.2024, 09:55

    Rodri Ronalduning “Oltin to‘p” haqidagi fikrlariga munosabat bildirdi

    2 yanvar, 18:25

    Bayden Messini mukofotladi 

    5 yanvar, 19:28

    “Men ‘Oltin to‘pʼdan ‘Oltin butsaʼni ustunroq qo‘yaman” — David Vilya

    7 yanvar, 22:50

    Ronaldu “An-Nassr”ning ulushdoriga aylanadi

    15 yanvar, 14:40

    Rafinya Yamalni “Oltin to‘p” olishiga ishonadi, o‘ziga esa bu sovrin muhim emas

    15 yanvar, 22:56

    Neymarga o‘xshashni istagan, kichik bo‘lsa-da, ulkan mas’uliyatni bo‘yniga olgan “Oltin bola”. Yamal qanday qilib dunyo yulduziga aylandi?

    23 yanvar, 16:05
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Centrum Air yozgi yo‘nalish ochadi: Toshkentdan Issiqko‘lga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar


    Mastercard Digital Uzbekistan 5- xalqaro PLAS-Forumida qatnashdi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    InfinBLACK - ortiqcha to‘lovlar talab qilmaydigan kredit karta


    Chirchiqdagi yangi bog‘ - zamonaviy ko‘ngilochar va dam olish maskani ochildi


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Sistit — bu uyat emas!


    O‘zbekiston Milliy banki Xitoy yuani ayirboshlash xizmatini Toshkent shahri va poytaxt aeroportida yo‘lga qo‘ydi


    Hyundai Uzbekistan - foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati qaytdi!


    Moliyaviy firibgarliklar: firibgarlar keksalarni qanday aldamoqda 


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    Yangiyo‘lda “Tomorqa maktabi” ochildi


    Suv — bebaho neʼmat: Agrobankdan fermerlar uchun yangi metodik to‘plam

     

    Tavsiya etamiz

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Mask BMTni moliyalashtirishni to‘xtatishni taklif qildi

    Dunyo | 4 iyun, 00:25

    Jennifer Lopesning O‘zbekistondagi konsertiga chiptalar sotuvi qachon boshlanishi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 4 iyun, 00:00

    Li Chje Myon Janubiy Koreyaning yangi prezidenti etib saylandi

    Dunyo | 3 iyun, 23:45

    Janubiy Koreyadagi hukmron partiya rahbari saylovlardagi mag‘lubiyatini tan oldi

    Dunyo | 3 iyun, 23:38

    Andijonda haydovchining rulda chalg‘ib qolishi oqibatida 6 ta mashina to‘qnashdi (video)

    O‘zbekiston | 3 iyun, 23:30

    “Daryo” dayjesti: 3-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 3 iyun, 23:20

    Kanadadagi keng ko‘lamli o‘rmon yong‘inlari Oydan ham narida ko‘rinmoqda

    Dunyo | 3 iyun, 23:10

    Farg‘onada 55 sotix yerni 5 ming dollarga sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi

    O‘zbekiston | 3 iyun, 22:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.