Tataristonda og‘ir kasallikka chalingan fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi. Bu haqda qilmoqda “Dunyo” AA xabar berdi.

1968-yilda tug‘ilgan X.I. vaqtincha ishlash uchun Tataristonga kelgan. Ish jarayonida sog‘lig‘ida kuzatilgan jiddiy muammolar tufayli shifoxonaga yotqizilgan. Bemor O‘zbekistonga qaytarishlarini so‘rab, mamlakatning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasiga murojaat qilgan.
Bosh konsulxona xodimlari vatandoshimizni O‘zbekistonga qaytarishga qaratilgan tibbiy tayyorlov jarayonlarni shifokorlar bilan hamkorlikda muvofiqlashtirib, zarur konsullik-huquqiy va amaliy yordamni qisqa vaqt ichida yakunladi.
O‘zbekiston Bosh konsulxonasi, Uzbekistan Airways aviakompaniyasi vakolatxonasi va Migratsiya agentligi vakili bilan birgalikda X.I.ning Qozon–Toshkent aviayo‘nalishi bo‘yicha oilasi bag‘riga sog‘-salomat yetib olishi taʼminlandi.
O‘zbekistonga qaytarilayotgan fuqarolar
2025-yilning boshlarida Rossiyaning Tiva Respublikasi Oq Dovurak shahrida vaqtincha ishlayotgan to‘rt nafar O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi. Fuqarolarning yashash joyida sodir bo‘lgan kuchli yong‘in natijasida ularning hujjatlari, shu jumladan, pasportlari yo‘qolgan.
27-fevral kuni Makkada og‘ir kasallikka chalingan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi. Fevral oyi oxirida Rossiyada ikki bolasi bilan qiyin vaziyatda qolgan ayol O‘zbekistonga qaytarildi.
2025-yil 5-mart kuni Rossiyaning Vladivostok shahrida og‘ir tan jarohati olgan O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi. Mart oyining o‘rtalarida Novosibirskdagi Bosh konsulxonasi ko‘magida Rossiyaning Saxa respublikasi Neryungri shahrida qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan ona va uning to‘rt nafar farzandi O‘zbekistonga qaytarildi. 17-mart kuni ota-ona qaramog‘isiz qolgan 10 nafar voyaga yetmagan bola Qozog‘istondan O‘zbekistonga qaytarildi. Shuningdek, Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan 30 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi.
Izoh (0)