• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +19°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Farrux Zokirov 79 yoshda: ikkinchi turmushidan baxtini topgan 6 ta davlat xalq artistining hayot va ijod yo‘li haqida

    O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va Rossiya Federatsiyasi xalq artisti Farrux Zokirov 16-aprel kuni 79 yoshni qarshiladi. U san’atkorlar oilasida tug‘ilgan bo‘lsa-da, faoliyatida ko‘plab qiyinchiliklarni boshidan o‘tkazgan.  

    Foto: Instagram

    Karim va Shoista Zokirovlar san’atga oshufta insonlar bo‘lishgan. Karim Zokirov tabiatan og‘ir-bosiq, kamgap inson bo‘lgan. Ayoli esa undan tubdan farq qilgan. U asli san’atkor bo‘lsa-da, mahalla ishlarida faol, oilaviy muammolarda maslahatchi ayol edi. Ularning olti nafar farzandlari bo‘lgan, ammo Naufal ismli o‘g‘illari erta olamdan o‘tgan. 

    Foto: Skrin

    — San’atkor bo‘laman deb o‘ylamasdim, chin so‘zim. Yigitlik yillarim musiqa bastalashga moyilligim bor edi. “Shunday qo‘shiq yozsamki, Botir Zokirov repertuariga kiritsa”, deb orzu qilardim. Akam esa eshitib ko‘rardi-da, “Yo‘q, hali bor, hali pishmagan”, derdi. Shukr, bu baxtga musharraf bo‘ldim. 1974-yilda “Majnuntol” qo‘shig‘ini yozgan bo‘lsam, bir yillardan keyin “Shu qo‘shiq juda chiroyli chiqibdi, maylimi, men kuylasam”, deya so‘raganlar. O‘shanda yuragim yorilib ketay degan. Hozir ham kuchli hayajon bilan eslayapman. Madaniyatni qarang, maylimi, deb so‘raganlar, deydi Farrux Zokirov. 

    Xonandaning aytishicha, u bolalikdan madaniyatli oilada ulg‘aygan. Otasi Karim Zokirov mashhur san’atkor bo‘lishiga qaramay mehnat va muomala borasida farzandlariga o‘rnak bo‘lgan.

    Foto: Skrin

    — Otam mahoratli ijodkor bo‘lsa-da, oilada hamma qatori ota edi. Bog‘da ishlashni, daraxtlarni parvarishlashni yaxshi ko‘rardi. Uyda bo‘sh o‘tirganini eslolmayman. U paytda mahallamizdan gaz o‘tmagandi, qishda pechni yoqish vazifasi otam bilan menga yuklatilgandi. Otam erkak kishi qilishi mumkin bo‘lgan barcha uy ishlarini o‘rgatgan. Ammo u mening san’atkor bo‘lishimni istamasdi. “Qo‘llaring nozik, sen jarroh bo‘lishing kerak”, deb ko‘p gapirardi. “Bo‘lsang zo‘r san’atkor bo‘l, o‘rtamiyona bo‘lma”, degan gapni ko‘p aytardi, deydi Farrux Zokirov. 

    Xonanda bolaligida romantik bo‘lgani, shuning uchun maktabdan haydalishiga bir baxya qolgani haqida so‘zlab berdi.

    Foto: Skrin

    — Bolalikda haqiqatan ham romantik edim. Maktabda qizlarga xat yozish bo‘yicha eng ustasi farangi bo‘lganman. Bir kuni sinfdoshim yoqtirgan qiziga xat yozib berishimni iltimos qildi. Husnixatim chiroyli bo‘lgani uchun iltimoslar juda ko‘p bo‘lardi. Matematika darsida xat yozib o‘tirsam o‘qituvchimiz bilib qolgan. Kinolarda shunday vaziyatlarda qog‘ozni og‘ziga solib olishlarini ko‘rgandim. Men ham xatni og‘zimga solib olganman. Shunda o‘qituvchining jahli chiqib, “Maktabdan haydayman”, deb qo‘rqitgandi. Ammo ertasi kuni bu shunchaki qo‘rqitish uchun bahona bo‘lganini tushunganman. Lekin bu xatoni ortiq takrorlamaganman, deydi xonanda Farrux Zokirov.

    Xonanda akasi Botir Zokirov sog‘ligidan ko‘p pand yegani haqida so‘zlab berdi. 

    Foto: Skrin

    — Akam bir necha marta jarrohlik amaliyotini boshidan kechirgan. Yechinganida tanasidagi chandiqlarni ko‘rib, hayron qolardim. Akam bitta o‘pka bilan yashardi. Sog‘lig‘i joyida bo‘lmasa ham undan shikoyat qilmasdi. 1984-yil dekabr oyida yana ahvollari yomonlashib qoldi. O‘sha paytda qaysidir bayramga tayyorgarlik ko‘rilayotgandi. Akam kasalxonada davolanayotgan bo‘lishiga qaramay, har kuni repetitsiya jarayonlarida ishtirok etardi. Shu qadar san’atga fidoyi inson ediki, sog‘lig‘idagi muammolar unga to‘sqinlik qilolmasdi, deydi xonanda Farrux Zokirov.

    Hozirgi kunda ko‘pchilik Farrux Zokirovni “Yalla” ansamblisiz tasavvur etolmaydi. Ammo xonanda ijodni ansambldan ancha erta boshlagan. 

    Foto: Instagram

    — 1966-yildan havaskorlik dastalarida ijod qilishni boshlaganman. Oradan uch yil o‘tib san’at instituti qoshida tashkil etilgan havaskorlik ansambliga taklif etishdi. U ansamblga keyinroq “Yalla” nomi berildi. Ayrimlarning aytishicha, “Yalla” so‘zi “Yo rab” so‘zidan olingan deyishadi. Ammo rejissor Aleksandr Moslikov “Qiz bola” nomli qo‘shig‘imizni eshitib, shu nomni tanlab bergandi. Chunki qo‘shiqda “Qiz bola yalla yallonoma” degan misralar bor edi.

    “Yalla” ansambli faoliyatini boshlagan ilk yillardayoq mashhurlik cho‘qqisiga erishdi. Uning qo‘shiqlarini nafaqat O‘zbekistonda, balki xorij davlatlarida ham sevib tinglashardi. Farrux Zokirovning hamkasbi Nargiza Boyxonova bilan oila qurishi ham ko‘plab shov-shuvlarga sabab bo‘lgandi. Ularga ko‘pchilik havas ko‘z bilan qarardi. Afsuski, ijodkorlarga oilaviy baxt nasib etmadi.

     Foto: Instagram / @farrukhkarimovichzokirov   

    — “Yalla” guruhiga ayollar qabul qilinishiga avvaldan qarshi bo‘lganman. Chunki ayol kishi bilan ijodda hamkorlik qilishning o‘ziga yarasha qiyinchiliklari bor, deb hisoblardim. Onam rahmatli juda ko‘p qizlarga og‘iz solgan. Ammo taqdir buyurgani bo‘lar ekan. Har bir insonning o‘ziga yarasha fe’l-atvori bo‘larkan. Nargiza Boyxonova bilan kelisholmay, ajrashdik. Ammo bir daqiqa bo‘lsa-da, o‘g‘limga bo‘lgan munosabatim o‘zgargani yo‘q. Har doim ham yonida bo‘lolmasam-da, hamisha hayolim unda bo‘lgan. Har tomonlama qo‘llab quvvatlashga harakat qilganman. Ammo o‘rtamizda tushunmovchiliklar ham bo‘lgan. O‘g‘lim borligidan va u sabab uchta qiz nabirali bo‘lganimdan xursandman, deydi Farrux Zokirov.

    Xonanda Nargiza Boyxonova bilan ajrashgach, Anna ismli ayol bilan oila qurdi. Farrux Zokirov rus ayoli bilan qanday tanishgani va uning qaysi jihatlarini hurmat qilishi haqida so‘zlab berdi.

    Foto: Instagram / @farrukhkarimovichzokirov   

    — Anna bilan tasodifan tanishganmiz. O‘rtamizda qandaydir iliqlik sezganimizdan keyin uchrashib turardik. Rus bo‘lishiga qaramay, ijodimga befarq emasdi. Bir kuni “G‘ayra-g‘ayra” qo‘shig‘imni ijro etib, u haqida juda iliq fikrlarni aytgan. Ana shundan keyin unga oila qurishni taklif qilganman. Chunki turmushda bir-birini tushunib yashash juda muhim. 

    Uydagilar nima deyishar ekan, degan ikkilanish bo‘lgan. O‘shanda onam Luiza opamning uyida edi. Oldilariga borib, Anna haqida aytganimda. “Bolam millatining ahamiyati yo‘q, muhimi ko‘zi to‘q bo‘lsin”, degandi. Xullas yaqinlarimning roziligi bilan oila qurganmiz. 35 yildan buyon birgamiz va haligacha bir-birimizni hurmat qilib, siz deb muomala qilamiz, deydi Farrux Zokirov.

    Foto: Instagram / @farrukhkarimovichzokirov

    Farrux Zokirov 70 yoshni qarshilagan yili jarrohlik amaliyotini boshdan kechirdi. Shundan so‘ng biroz sog‘lig‘i yomonlashdi. Hozirgi kunda yoshiga nisbatan ancha tetik. U shu yoshida ham to‘y xizmatlarida faol. Eng qizig‘i, san’atkor ba’zi yoshlardan farqli o‘laroq hanuz jonli ijroda kuylaydi.

    17 aprel, 10:55   Izoh (0)   110573
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Farrux Zokirov#Yulduz Usmonova#G‘ulomjon Yoqubov

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Xalq artistlari ham, xizmat ko‘rsatgan artistlar ham yo‘q. Munosiblar yo‘q

    25.08.2017, 23:00

    Instagram: Ukasini uylantirgan Shahlo Zoirova, yangi xonadonini ko‘rsatgan Shahzoda Muhammedova, klipda hayotini xavf ostida qoldirgan Rayhon

    21.01.2022, 22:26

    Instagram: Marjona Mirzaaliyevaga Malibu sovg‘a qilishdi, Moskvada yashagisi kelmayotgan Lola, serial syomkasi vaqtida oyog‘ini sindirib olgan aktrisa

    03.03.2022, 09:20

    Jasur Umirovdan “Million” va Yulduz Usmonovagacha. “Xalqlar do‘stligi”da o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan konsertlarga kirish qanchaga tushadi?

    20.04.2022, 14:20

    73 yoshida uylangan Ubaydulla Omondan Aziz Rametovgacha. O‘zbek shou-biznesida muhokamalarga sabab bo‘lgan to‘ylar (foto, video)

    13.06.2022, 13:18

    400 dan 2500 AQSH dollarigacha: O‘zbekistonning eng mashhur xonandalari poytaxt to‘ylaridagi “birrov”i qancha? (foto)

    18.08.2022, 17:45

    Instagram: Jahongir Ortiqxo‘jayev nevarali bo‘ldi, Malika Ravshanova xonadonida bayram, Manzuraning yer ostiga sayohati

    05.10.2022, 22:19

    Instagram: Uy xarid qilgan Durdona Qurbonova, 25 yillik orzusi ushalgan Nilufar Usmonova, Mavluda Asalxo‘jayevaga atalgan syurpriz

    16.10.2022, 22:53

    Instagram: Zara Shirinova turmushga chiqdi, Muqaddas Sa’dullayevaning farzandi bilan bog‘liq ko‘ngilsiz holat, muxlisasiga kiyimini sovg‘a qilgan Yulduz Usmonova

    25.10.2022, 22:38

    O‘zga millat vakili bilan oila qurgan va hozirda baxtli hayot kechirayotgan o‘zbekistonlik mashhurlar (foto)

    11.11.2022, 12:55

    Instagram: Yulduz Turdiyeva imijini o‘zgartirdi, Sitora Alimjonova tug‘ilgan kunini nishonladi, Ra’no Zokirovaning o‘g‘li oila qurmoqda

    01.12.2022, 22:53

    “Hayotdagi ketma-ket zarbalar o‘g‘limni kasal qildi”. Marhum xonanda Jasur Rafiqovning onasi bilan suhbat (video)

    11.12.2022, 22:44

    Instagram: Shahram G‘iyosovning Toshkentdagi dabdabali to‘yi, tug‘ilgan kunini nishonlayotgan Mirzabek Xolmedov, Hindiston sayohatidagi Durdona Qurbonova

    13.12.2022, 22:48

    2022-yilda o‘z baxtini topib, oila qurgan o‘zbekistonlik mashhurlar (foto, video)

    31.12.2022, 12:50

    Instagram: Ra’no Shodiyeva xonadonidagi quvonchli kun, Umrani ado etayotgan san’atkorlar, Jahongir Otajonovdan yangi klip

    11.02.2023, 23:05

    Instagram:  Zohid Risqiyev hayotidagi quvonchli kun, Saida Rametova umra safarida, Munisa Rizayevaga uylanmoqchi bo‘lgan Liil Xurramov 

    17.04.2023, 22:15

    Milliardga yaqinlashgan ko‘rishlar, million tomoshabin, 114 kunlik konsert. Davron Kabulov “Million”ning 10 yil davomida erishgan yutuqlari haqida (video)

    04.05.2023, 15:30

    Instagram: Feruza Normatova Umraga ketdi, Muborak Abdullayeva Istanbulda operatsiya qilindi, Munisa Rizayeva turmush qurmagani va farzandsizligi haqidagi savolga j...

    12.05.2023, 09:20

    Instagram: Narimon Sultonxo‘jayevning rafiqasi uning mushtumzo‘rligidan nolidi, Dilshoda Rustamjonovaning to‘yi, Munisa Rizayeva 3 xonali uyini 600 ming dollarga s...

    15.07.2023, 22:32

    Instagram: Qaynonasining tug‘ilgan kunini nishonlagan Farrux Zokirov, “svet” o‘chishidan noligan Nilufar Usmonova, Maryam Tillayevaning 10 ming dollarlik sumkasi

    11.08.2023, 22:40

    Ozoda Nursaidovadan Leonid Agutingacha: Munisa Rizayevaning “yil to‘yi” sifatida e’tirof etilayotgan dabdabali nikoh oqshomidan reportaj (foto, video) 

    07.09.2023, 23:00

    Jasur Rafiqovsiz bir yil: Savodsiz shifokorlar sabab ahvoli og‘irlashgan va umri ibodatda yakunlangan xonandani xotirlaymiz 

    17.11.2023, 09:40

    Jaloliddin Ahmadaliyevdan Nasiba Abdullayevagacha: O‘zbek shou-biznesida to‘ylardagi “birrov” narxi eng qimmat xonanda kim? 

    23.01.2024, 14:20

    Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev Davlatlararo oliy kengashning birinchi majlisini o‘tkazdi

    23.08.2024, 14:18

    Farrux Zokirov Ozarbayjon xalq artisti unvoniga sazovor bo‘ldi (video)

    23.08.2024, 20:10

    Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev rafiqalari bilan birgalikda ikki mamlakat san’at ustalarining konsertida ishtirok etdi

    23.08.2024, 21:50

    Instagram: Nasiba Abdullayeva xonadonida ziyofat, AQSHdagi mashhur muzeyga borgan Afruza, Parizoda oilaviy sayohatda

    04.09.2024, 10:45

    Giyohvand modda sabab qamalgan va bir necha marta o‘limdan qolgan xonanda Abdulla Qurbonov 48 yoshda (foto, video)

    04.09.2024, 16:43

    “Million” kulgi jamoasining yangi konsertidan reportaj (video)

    23.10.2024, 23:08

    “Bolaligimda ota-onamdan o‘yinchoq o‘rniga akkordeon olib berishni so‘rardim”. O‘zbekiston xalq artisti Nasiba Abdullayeva 63 yoshda (foto, video)

    18.11.2024, 15:50

    Putin Farrux Zokirov va Sevara Nazarxonni taqdirladi

    18.11.2024, 18:30

    Qonunchilik palatasining saylovdan keyingi birinchi majlisi, kuchga kirgan yangi qonunlar, Andijon viloyati bo‘yicha yig‘ilish: 18-noyabrning eng muhim xabarlari 

    18.11.2024, 23:20

    Yetti yillik “zapret”, rassomchilikdan ketish va kutilmagan yurak xuruji. Marhum qiziqchi Obid Asomovni xotirlaymiz (foto, video)

    14.12.2024, 17:46

    Ozoda Nursaidova, Hamdam Sobirov va Lola. “O‘zbegim — 2024” mukofoti qaysi san’atkorlarga nasib etdi? (video)

    26.12.2024, 21:11

    Hamdam Sobirov, Munisa Rizayeva yoki Yulduz Usmonova? O‘zbek shou-biznesidagi “birrovi” eng qimmat xonanda kim? 

    24 yanvar, 11:05

    Otabek Madrahimov 50 yoshda: 90-yillarning eng mashhur xonandasi nima sababdan katta sahna va O‘zbekistonni tark etgan?

    27 yanvar, 12:26

    Qo‘shiqchilikni orzu qilgan, bitta rol bilan mashhur bo‘lgan, o‘zidan 14 yosh kichik qizga uylangan Dilshodbek Kattabekov 35 yoshda (foto, video)  

    27 fevral, 16:01

    Mashhur insonlarning farzandi ekanligini ko‘pchilik bilmaydigan o‘zbek shou-biznesi vakillari

    4 aprel, 19:31

    “Istedim”ni o‘zbeklar mashhur qildi”. Roza Zergerlining O‘zbekistondagi ilk konserti qanday o‘tmoqda?

    15 aprel, 20:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Anchelotti “Real” boshqaruvini qachon tark etishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 9 may, 23:38

    Superliga. “Dinamo” “Surxon”ni mag‘lub etib, turnir jadvalida kuchli uchlikka kirib oldi

    Sport | 9 may, 22:35

    AQSH byudjeti taqchilligi yil boshidan beri 196 mlrd dollarga ko‘paydi

    Dunyo | 9 may, 22:05

    Fransiyada ikki general hokimiyatni tanqid qilgani uchun ishdan olindi

    Dunyo | 9 may, 21:35

    “Liverpul” “Real”ning qaroridan norozi bo‘ldi

    Sport | 9 may, 21:12

    NATO Kiyevga tinchlik shartnomasining bir qismi sifatida a’zolikni va’da qilmaganini bildirdi

    Dunyo | 9 may, 20:35

    Superliga. Vodiy derbisida “Neftchi” ustun keldi

    Sport | 9 may, 20:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.