Prezidentning Andijon viloyatiga tashrifi, Uzbekistan Airways Toshkent—Jidda reyslarida umra vizasiga ega yo‘lovchilarni qabul qilishni to‘xtatishi, Farg‘onadagi zapravkada Matiz gaz balloni portlashi – “Daryo” nashri bugun, 15-aprelda eʼlon qilingan O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotiga oid eʼtiborga molik xabarlarni bir joyga to‘pladi.
Uzbekistan Airways Toshkent—Jidda reyslarida umra vizasiga ega yo‘lovchilarni qabul qilishni to‘xtatdi
Bunga 2025-yilgi haj dasturi boshlangani sabab bo‘ldi.
O‘zbekistonda birja savdolarida ishtirok etuvchilarning “ishonchlilik” reytingi tuziladi
Birja ishtirokchilarini “yuqori savdo aylanmasi — yuqori daromad” tamoyili asosida rag‘batlantirish yo‘lga qo‘yiladi.
Qashqadaryoda YPX xodimiga faol qarshilik ko‘rsatgan haydovchi qamoqqa olindi
Holat haydovchi avtomobilini taqiqlangan joyga qo‘yib ketgani ortidan yuzaga kelgan.
Telejurnalist Ramina Yagafarova o‘limi bo‘yicha ikki shifokorga jazo tayinlandi
Anafilaktik shok yaqqol ko‘rinib turganiga qaramay, tashxis noto‘g‘ri qo‘yilib, dastlabki davo choralari ham xato olib borilgan.
“Effekt.uz” direktori sudga berildi. U yolg‘on axborot tarqatishda ayblanmoqda
Jurnalistning sud qilinishiga Sudyalar oliy kengashi raisining taqdimnomasi sabab bo‘lgan.
Prezident Andijondagi to‘qimachilik klasterining yangi korxonasini borib ko‘rdi
Shavkat Mirziyoyev ish jarayonini ko‘zdan kechirdi, mutaxassislar bilan suhbatlashdi.
Prezident Andijon viloyati aholisini daromadli ish bilan ta’minlash bo‘yicha yangi ko‘rsatmalar berdi
Yangi investitsiya loyihalari orqali yil yakunigacha 305 ming kishini daromadli ish bilan ta’minlash maqsad qilingan.
Farg‘onadagi zapravkada Matiz gaz balloni portladi (video)
Hodisa propan balloni ichiga metan to‘ldirish vaqtida sodir bo‘lgan.
Shavkat Mirziyoyev Andijonning hududiy sanoat yarmarkasini borib ko‘rdi (foto)
Yarmarkada 110 ta korxonaning 500 ga yaqin mahsuloti namoyishga qo‘yilgan.
Namanganda 9 oylik homilador ayol gaz portlashi oqibatida kuyib ketdi
Ayol farzandini jarrohlik amaliyotisiz dunyoga keltirgan. Ularning sog‘lig‘i haqida ma’lumot berildi.
O‘zbekistonda sun’iy intellektda shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berib, tarqatganlar jazolanadi
Axborot resurslarini yaratishda hamda axborot tizimlari ishida sun’iy intellektdan foydalanishning umumiy qoidalari belgilanmoqda.
Andijonda har yili rassomlar festivali o‘tkazilishi taklif qilindi
Prezident Yangi Andijondagi bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirdi.
Shavkat Mirziyoyev Yangi Andijon shaharchasiga Bobur shahri deb nom berishni taklif qildi
“Ishonchim komil, bu tashabbus har tomonlama xalqimizning ko‘nglidagi ish bo‘ladi”, dedi prezident.
“Yo‘l qanchalik mashaqqatli bo‘lmasin, o‘zingiz va farzandlaringiz tinchligini tanlang” – Saida Mirziyoyeva
Davlat rahbari qonunchilikka nikohdan ajratishda sudlar tomonidan tayinlanadigan “yarashtirish davri”ni bekor qilishga o‘zgartirish kiritilishini tasdiqladi.
Piskentda YTHga uchrab, mashina salonida qisilib qolgan haydovchining hayoti saqlab qolindi (video)
FVV qutqaruvchilari aytilgan manzilga yetib borgan.
“Bobur shahrini barchamiz orzu qilayotgan eng go‘zal, eng zamonaviy shaharga aylantirish bugundan boshlab real vazifa qilib kun tartibiga qo‘yiladi” – Shavkat Mirziyoyev
Prezident bosh vazir o‘rinbosarlari, mutasaddi vazirlik va idoralar rahbarlariga ushbu megaloyiha bir oydan kechikmay boshlanishi yuzasidan topshiriq berdi.
Namanganda 16 yoshli qiz boshqaruvidagi Spark kanalga tushib ketdi
Hodisa oqibatida qizning onasi va singlisi vafot etdi.
Yana Namangan: 4-sinf bola 10-sinf o‘quvchisi boshqaruvidagi Cobalt urib yuborishi oqibatida vafot etdi
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
“Andijon zaminida yangi O‘zbekiston g‘oyasi, yangi O‘zbekiston nafasi har bir mahalla, har bir xonadonga kirib bormoqda” – Shavkat Mirziyoyev
Prezident Andijondagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida o‘tkazilgan xalq saylida ishtirok etdi.
Izoh (0)