• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “IIB binosidan o‘lik chiqishi yangilik emas”, “Viloyatliklarga o‘xshab kiyingan” va boshqalar. IIV xodimlarining eng mashhur “texnik xatolari”ni yodga olamiz

    Kuni kecha O‘zbekiston ichki ishlar vazirligi axborot xizmati tomonidan taniqli diniy bloger Mubashshir Ahmad Jinoyat kodeksining 244²-moddasi, yaʼni, “Diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish” bo‘yicha ayblanib, qidiruvga berilganligi haqidagi axborot berilgan edi. Bugun esa ushbu ayblov “texnik xatolik” tufayli yuz bergani maʼlum bo‘ldi.

    Bu — Ichki ishlar vazirligi va uning tarkibidagi tuzilmalar masʼullarining birinchi qo‘pol xatosi emas. Qidiruvdagi shaxsni “viloyatliklarga o‘xshab kiyingan”, deya taʼriflagani-yu, “IIB binosidan o‘lik chiqishi yangilik emas”, “Militsiyani faqat shakallar va g‘alamislar yomonlaydi!” degan antiqa iboralari hali jamoatchilikning yodidan ko‘tarilgani yo‘q. Anglaganingizdek, “Daryo” bu galgi maqolada ana shunday “qanotli” iboralarni yodga oladi.

    “Viloyatliklarga o‘xshab kiyingan”

    Fotokollaj: Toshkent shahar IIBB

    2017-yilning avgust oylarida Toshkent shahar IIBB axborot xizmati yoshi katta va keksa fuqarolarga murojaat qilib, begona shaxslarni xonadoniga kiritmaslik haqida ogohlantirdi. Masʼullar buni “suv ichib olish, yirik kupyuradagi pullarni maydasiga almashtirib olish, hojatini chiqarib olish yoki qo‘ng‘iroq qilib olish bahonasida” keksalar xonadonini tunab ketish holatlari ro‘y berayotgani bilan izohlagan.

    Xabarda bunday qilmishni sodir etishda gumonlanib, qidiruvga berilgan shaxs haqida qo‘shimcha qilib, unga “kiyinishidan viloyatliklarga o‘xshaydi”, degan taʼrif beriladi. Idora xodimlarining bu taʼrifi ancha vaqt davom etgan muhokamalarni keltirib chiqardi.

    Fotokollaj: Toshkent shahar IIBB

    Shundan so‘ng poytaxt IIBBning axborot xizmati dastlabki xabariga tuzatish kiritib, xatosini to‘g‘rilagan. Jumla sayt xodimining eʼtiborsizligi tufayli kelib chiqqanini tan olgan. Xato qilgan xodim hech qanday jazoga tortilmagan, u bilan shunchaki tushuntirish ishlari olib borilgan xolos.

    “IIBdan o‘lik chiqishi yangilik emas”

    Shohrux G‘iyosov.
    Foto: “Daryo”

    2020-yil yanvar oyida Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida, iyun oyida esa Andijon viloyatining Andijon shahridagi IIB binolarida birin-ketin o‘liklar chiqdi. Voqealar ortidan yuzaga chiqqan savollarga javob qaytarish uchun Qarshi shahridagi matbuot anjumanida ko‘rinish bergan vazirlik axborot xizmati rahbari Shohrux G‘iyosov jamoatchilikka IIB binolaridan odam o‘ligining chiqishi yangilik emas degan iborani ishlatgan. Masʼulning bu gapi jamoatchilikni o‘sha paytda qanchalik hayratlantirgan bo‘lsa, shuning barobarida ko‘pchilikning g‘azabiga ham sabab bo‘lgan.

    Andijondagi IIB binosida jon bergan Alijon Abdukarimov besh yil avvalgi qimmatbaho tosh mojarosi sabab IIBga tergov qilish uchun olib borilgan bo‘lsa, Chiroqchi tuman IIBdan o‘lik holda chiqqan Yusuf Abdurahmonov mol o‘g‘riligida gumonlanib, so‘roq qilingandi. Har ikkisi ham IIB xodimlarining zo‘ravonligi, so‘roq qilinayotgan gumonlanuvchiga nisbatan kuch ishlatishi ortidan vafot etgan.

    Kadr: Telegram

    “Chiroqchi voqeasi” aybdorlari ishini ko‘rib chiqqan Oliy sud sudyasi Kamoliddin Tolliboyev raisligidagi sudlov hayʼati marhum Yusuf Abdurahmonov o‘limida ayblanganlar — Chiroqchi tumani IIO FMB 4-sonli IIB boshlig‘i lavozimida ishlagan Nurbek Ovlayevni 9-yilga, jinoyat qidiruv guruhi tezkor vakili lavozimida ishlagan Anvar Jonqobilovni 8-yil 6 oyga, 4-sonli IIB profilaktika inspektori lavozimida ishlagan Sherzod Rahmonovni 6-yilga, Adham Tojinorovni 5-yil 6 oyga ozodlikdan mahrum qilingandi. Chiroqchi tumani IIO FMB 4-sonli IIB jinoyat qidiruv guruhi tezkor vakili lavozimida ishlagan Boburmirzo G‘ayratovga esa 2-yil IIBda hamda boshqa mansabdorlik vazifalarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, 4-yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlangandi.

    Andijonlik fuqaro o‘limiga sababchi bo‘lganlar ham jazosiz qolmadi, albatta. 2020-yil 27-noyabr kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon viloyat sudi binosida sudlanuvchilar D.Hamraliyev 9-yilga, Qodirov, Rayimjonov va Hasanboyevlar 10-yilga, P.Mamajonov 8-yil 6 oyga, A.To‘raqulov 1-yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

    “Militsiyani faqat shakal va g‘alamislar yomonlaydi” — vazirlik mulozimi

    Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati rahbari Shohrux G‘iyosov faoliyati davomida xalq orasida tez va oson tarqalgan, ommalashgan iboralar muallifi hamdir. Uning hamkasbi savoliga javoban “Militsiyani faqat shakal bilan g‘alamislar yomonlaydi”, degan gapi 2023-yilda tarmoqlarda ko‘p “repost” bo‘lgan videolardan biri bo‘lsa, ajabmas.

    Syomka davomida Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati rahbari Shohrux G‘iyosovga savol bergan hamkasbi “O‘zi nega hammasi ko‘chada militsiyani yomonlaydi?”, deydi. Bunga javob qilgan masʼul “Militsiyani faqat shakal bilan g‘alamislar yomonlaydi. Qolganlar duo qiladi, ishim tushmasin deb”, deydi.

    “Bemaqsad yurganlar”ga qarshi reyd

    Foto: Xorazm viloyat IIB

    2017-yil avgust oyida Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi, viloyat prokuraturasi, Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi, Sud idoralari xodimlari va mahalliy hokimlik vakillari ishtirokida “Tun” tadbiri o‘tkazilgan. Unda kechki soat 21:00 dan keyin ko‘chada yurganlarning qaysidir qismiga “bemaqsad” yurganlar degan nom berilib, 3706 nafari huquqbuzar sifatida ushlangan.

    “Bemaqsad yurganlar” iborasi o‘shanda dastlab Xorazm viloyat IIB axborot xizmati tomonidan qo‘llanilgan. Bunga izoh bergan Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati “bemaqsad yurgan” degan ayblov bilan qamalganlarning ko‘pchiligi jarimaga tortilganini¸ ayrimlari bilan profilaktik suhbat o‘tkazilganini ochiqlagan.

    Foto: Xorazm viloyat IIB

    O‘shanda jamoatchilik, aynan advokatlar O‘zbekistonda “bemaqsad yurish” qonunchilikka ko‘ra huquqbuzarlik hisoblanmasligini aytgan-yozgan.

    “Birinchi buyruq bajariladi, keyin muhokama qilinadi”

    Foto: Videodan kadr

    2024-yilning iyun oyida tarmoqlarda Samarqand viloyatida ichki ishlar organi xodimining fuqarolar bilan janjallashuvi va ularga, xususan, homilador ayolga qo‘l ko‘targani aks etgan video tarqalgandi. IIB xodimi kelishmovchilik sabab homilador ayolga kuch ishlatar ekan, fuqarolardan birinchi buyrug‘ini bajarishlarini, keyin muhokama qilishni talab qilgan. Viloyat IIB zo‘ravon inspektor ishdan bo‘shatilganini bildirgandi.

    Videoda IIB xodimi erkakka kamera ostida gaplashishini aytib, uni o‘sha yerga olib borishga majburlamoqchi bo‘lgan. “Birinchi buyruq bajariladi, keyin muhokama qilinadi”, deya fuqaroni kaltaklagan xodim. Voqeaga o‘sha yerda bo‘lgan, qo‘lida bola ko‘targan homilador ayol ham aralashgan. Xodim unga ham kuch ishlatgan. Shu paytda boshqa bir xodimi yetib kelib, ularni ajratgan.

    Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati holat 2024-yilning 9-iyun kuni Samarqand shahrida sodir bo‘lganini maʼlum qilgan. Qayd etilishicha, tungi xizmatga jalb qilingan profilaktika inspektori S.Eshonqulov soat 22:00 atrofida shaharning Dahbet ko‘chasidagi avtomobil yo‘lining qatnov qismida fuqarolarning janjal qilayotganini ko‘rgan va ularni 6-sonli IIBga olib borgan.

    Ularning sodir etgan harakatini rasmiylashtirishi davomida inspektor va fuqarolar o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan. Jarayonda IIO xodimi ikki nafar fuqaro (biri videoda taʼkidlaganidek, homilador ayol)ga nisbatan amaldagi qonunchilikka zid ravishda jismoniy kuch ishlatgan, deyiladi xabarda.

    Holat yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, xodim ichki ishlar organlari safidan bo‘shatilgan. Hujjatlar prokuratura organlariga yuborilgan.

    “Oq bilan qorani ajratib olinglar”

    Foto: Videodan kadr

    2023-yilning yoz oyida tarmoqlarda tarqalgan yana bir video haligacha ko‘pchilikning yodidan chiqmagan bo‘lsa kerak. Unda Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi bog‘chada huquq-tartibot idoralari xodimlari tarbiyalanuvchilar bilan suhbat o‘tkazayotgani aks etgan. Videoda ichki ishlar organi formasini kiygan ikki xodimning oltmish nafardan ziyod bola qarshisida stolda o‘tirganini, ulardan birining kichkintoylarga gapirayotganini ko‘rish mumkin.

    IIB xodimi bolalarga oq va qorani ajratish haqida gapirar ekan: “Hurmat qilish kerak ota-onani, qolgan narsa o‘zi bo‘lib ketaveradi. Faqat yaxshi inson bo‘lish kerak, bo‘ldi. Qilma deganni qilish kerakmas. Qilgin degan ishni qilish kerak. Oq bilan qorani ajratib olinglar oldin. Nima oq, nima qora? Qaysi ishni qilsam, to‘g‘ri bo‘ladi, qaysi ishni qilsam, noto‘g‘ri bo‘ladi? Qilishdan oldin bu ishni qilganimdan keyin ertaga nima bo‘ladi, shuni o‘ylash kerak. Tushuntira oldimmi?”, deya maslahat beradi.

    Ushbu video tarmoqlarda qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi hamda jamoatchilikda ko‘plab savollar tug‘ildi. “Bolalar bilan bunday suhbatni o‘tkazish kimning tashabbusi: ichki ishlar organlari, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi yoki bitta bolalar bog‘chasi rahbari? Bunday uchrashuvdan maqsad nima? Bolalarning psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda, ular bilan bunday muloqot qilish qanchalik maqbul?”

    Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi axborot xizmati videodagi holat bo‘yicha munosabat bildirib, tumandagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlaridan birining rahbari tuman IIO FMB, mudofaa ishlari bo‘limi hamda “Farhod” MFY raisi nomiga hamkorlikda “Harbiylar bilan uchrashuv” mavzusida profilaktik tadbir o‘tkazish yuzasidan taklifnoma yuborganini ochiqladi.

    21 fevral, 20:00   Izoh (0)   10228
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #IIB xodimi#G‘iyosov#ibora

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Namanganda ichki ishlar vaziriga murojaat yo‘llagan sobiq “uchastkavoy”ga 7 ta modda bo‘yicha ayblov e’lon qilindi

    28.01.2022, 15:49

    “Qulupnaylar xodimlar tomonidan to‘kib tashlanmagan”. IIV Yuqori Chirchiqda qulupnay sotuvchi ayollar bilan sodir bo‘lgan voqea bo‘yicha ma’lumot berdi

    20.04.2022, 09:20

    Mirishkor hokimi o‘rinbosari Sirdaryo viloyatida sodir bo‘lgan YTHda vafot etgani ma’lum bo‘ldi

    02.06.2022, 17:13

    Ichki ishlar vazirligi respublika YHXX yashirgan axborotni oshkor qildi

    02.06.2022, 18:38

    Toshkent viloyatida haydovchi jarima maydoniga olib ketilayotgan mashinasidan o‘zini tashlab yubordi

    07.06.2022, 08:55

    IIV Toshkentda ichki ishlar xodimlari yoshlarni urgani va tahqirlagani aytilgan xabarlarga munosabat bildirdi

    11.06.2022, 12:24

    “Sevimli” telekanali jurnalistlari IIO xodimlari tomonidan kaltaklandi. IIV mas’uli holatga munosabat bildirdi

    13.06.2022, 09:51

    “Xodimlarning harakatlarida jinoyat alomatlari yo‘q deb topilgan”. IIB xodimlarining zo‘ravonligiga izoh berildi

    28.09.2022, 17:44

    Jizzaxda ichki ishlar xodimi “Paxta-2022” nazorat-tekshiruv postiga tungi xizmatga ketayotgan vaqtda jarlikka qulab vafot etdi

    07.10.2022, 10:23

    Samarqandda o‘z pogonini yulib, ayolni qasddan aybdor qilmoqchi bo‘lgan IIB xodimi tizimda ishlamoqda

    01.12.2022, 19:15

    “Gaplashib olish kerak”. Ikki jurnalist Facebook’dagi post va izohlari uchun IIBga chaqirildi

    09.12.2022, 12:49

    Buxoroda ikki nafar IIB xodimi giyohvand moddalar savdosiga aralashgani aniqlanib, qo‘lga olindi

    18.03.2024, 08:28

    Bosh vazirlikka maʼqullangan Abdulla Aripov, 12 900 so‘mdan oshgan dollar kursi, manzil-koloniyada tok urishidan vafot etgan mahkum: 20-noyabrning eng muhim xabarl...

    20.11.2024, 22:57

    Andijonda to‘y korteji sababli kuyov 27 mln so‘m jarimaga tortildi

    7 yanvar, 21:45

    Samarqand viloyati IIB katta tezkor xodimi 10 ming dollar olayotganida ushlandi (video)

    10 yanvar, 10:12

    160 ming dollar bilan qo‘lga tushgan FVB boshlig‘i, sudga oshirilgan Komil Allamjonovga suiqasd ishi, dunyo reytingidagi o‘rnini 7 pog‘onaga yaxshilagan O‘zbekisto...

    10 yanvar, 22:50

    Chortoq tumani prokurorining katta yordamchisi 2400 AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi

    11 yanvar, 12:20

    Olmazor tumani prokuraturasi tergovchisi 20 ming AQSH dollari miqdorida pora olgan vaqtda ushlandi

    11 yanvar, 13:55

    Navoiyda YPX xodimi 16 yoshli bola sabab vafot etdi

    20 yanvar, 13:31

    Samarqandda YPX xodimi tez yordam mashinasini chorrahada kutishga majbur qildi (video)

    24 yanvar, 15:01

    Farg‘onadagi portlash jabrlanuvchilariga tovon puli to‘lanadimi?

    24 yanvar, 19:42

    Boshiga uch marta o‘q uzilgan vazir o‘rinbosari, 16 marta pichoqlangan viloyat rahbari, o‘zini osib qo‘ygan tuman hokimi: Gdlyan-Ivanov tergovi qurbonlari

    12 fevral, 16:34

    Jurnalist Ruxsora G‘afurova sudga chaqirildi. O‘zgalar pulini o‘zlashtirishda gumon qilinayotgan sobiq bank xodimi uning ustidan shikoyat qilgan

    19 fevral, 08:14

    Komil Allamjonovning 7 nafar xodimiga chiqarilgan sud qarori bekor qilindi 

    21 fevral, 14:39
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda muomalaga chiqarilgan bank kartalari soni keskin o‘sdi

    Iqtisodiyot | 13 iyul, 08:00

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.