Daryo

Rossiyada mushkul ahvolda qolgan oila O‘zbekistonga qaytarildi 

Bosh konsulxona bolaning zarur hujjatlarini rasmiylashtirish va taqdim etish bilan bog‘liq barcha tashkiliy masalalarda yordamlashgan

1 daqiqa o‘qish4 978 ko‘rishlar0 izoh0

Rossiyaning Novosibirsk viloyatida mushkul ahvolda qolgan oila O‘zbekistonga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” xabar berdi. 

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ma’lum qilinishicha, Rossiyaning Novosibirsk viloyatida og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan voyaga yetmagan bola va uning ota-onasi Bosh konsulxona ko‘magida O‘zbekistonga kuzatib qo‘yilgan.

Bosh konsulxona bolaning zarur hujjatlarini rasmiylashtirish va taqdim etish bilan bog‘liq barcha tashkiliy masalalarda yordamlashdi. Shuningdek, u Novosibirsk aeroportida ota-onasiga topshirildi.

Ushbu oila 9-aprel kuni Rossiyaning S7 aviakompaniyasi aviareysi bilan O‘zbekistonga jo‘nab ketdi.

O‘zbekistonga qaytarilayotgan fuqarolar

2025-yilning boshlarida Rossiyaning Tiva Respublikasi Oq Dovurak shahrida vaqtincha ishlayotgan to‘rt nafar O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi. Fuqarolarning yashash joyida sodir bo‘lgan kuchli yong‘in natijasida ularning hujjatlari, shu jumladan, pasportlari yo‘qolgan.

27-fevral kuni Makkada og‘ir kasallikka chalingan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi. Fevral oyi oxirida Rossiyada ikki bolasi bilan qiyin vaziyatda qolgan ayol O‘zbekistonga qaytarildi.

2025-yil 5-mart kuni Rossiyaning Vladivostok shahrida og‘ir tan jarohati olgan O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi. Mart oyining o‘rtalarida Novosibirskdagi Bosh konsulxonasi ko‘magida Rossiyaning Saxa respublikasi Neryungri shahrida qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan ona va uning to‘rt nafar farzandi O‘zbekistonga qaytarildi. 17-mart kuni ota-ona qaramog‘isiz qolgan 10 nafar voyaga yetmagan bola Qozog‘istondan O‘zbekistonga qaytarildi. Shuningdek, Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan 30 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar