• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shifokor bo‘lish o‘rniga qo‘shmachiga aylangan erkak qismati: qonuniy xotinini fohishalikka majburlab kelgan shaxs 5 yilga qamaldi

    Namanganlik 27 yoshli shaxs o‘z uyida ikki ayolni fohishalikka majbur qilgani uchun 5 yilga ozodlikdan mahrum qilingan. Hodisa tafsilotlarini eshitib yoqa ushlaysan kishi. “Daryo” mazkur holatni ommaga olib chiqishdan avval ming bir istihola qildi. Boshqalarni ham ogohlikka chaqirish, farzand necha yoshda bo‘lmasin, yurish-turishiga eʼtiborli bo‘lish lozimligini bildirish uchun ham hodisa tafsilotlarini ochiqlash lozim deb topildi.

    Qo‘shmachilik

    Namanganlik Shahrizod (ism o‘zgartirilgan) Andijon tibbiyot institutiga katta umidlar bilan o‘qishga kiradi. Ota-onasi “o‘g‘lim qiynalmasin”, deb Andijon shahridan uy ham olib beradi. Ammo uning yengiltak ayollar bilan munosabati o‘qishiga ham taʼsirini ko‘rsatib, institutdan haydalib ketadi.

    Foto: adolat24.

    U qo‘shmachilik qilgani uchun 2023-yili birinchi marta maʼmuriy javobgarlikka tortiladi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Xo‘jaobod tuman sudining 2023-yil 30-martdagi hukmi bilan Jinoyat kodeksining 131-moddasi 1-qismi (g‘arazli yoki boshqa past niyatlarda qo‘shmachilik qilish) bilan aybli deb topilib, 180 soat majburiy jamoat ishlariga jalb qilinadi. Ammo yigit ming bir bahona bilan jazodan bo‘yin tovlab yurgani ortidan sud tayinlagan jazo o‘talmay qoladi.

    Tanishuv

    2021-yili Shahrizod yoshi o‘zidan ancha katta, bir nafar nogiron farzandi bor Oynura (ism o‘zgartirilgan) bilan tanishib qoladi. Yigit 2023-yilning noyabrida ayol bilan qonuniy nikohdan o‘tadi va uning o‘g‘lini otaliqqa oladi.

    Keyinroq 2024-yilning aprel oyida Oynura ijaraga uy izlab yurgan Mavjudani (ismi o‘zgartirilgan) yosh bolasi bilan birga uyga yetaklab keladi. Shahrizod yosh bolasi bilan ko‘chada qolmasligi uchun ayolga uyidan joy beradi va ular birgalikda yashay boshlaydi.

    Tadbir

    2024-yilning 1-may kuni tungi soat 20:00 larda ichki ishlar xodimlariga kelib tushgan xabarga ko‘ra, Shahrizodning yashash uyda tezkor tadbir o‘tkaziladi. Guvohlar bilan xonadon ko‘zdan kechirilganda Oynura va Mavjuda 600 ming so‘m evaziga ikki nafar erkak bilan jinsiy aloqa qilishga kelishilgani aniqlanadi.

    O‘rganishlar davomida Shahrizod telefon orqali o‘zini Shohrux deb tanishtirib, turmush o‘rtog‘i Oynura va uning uyida yashab kelayotgan Mavjudani zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitib, jinsiy aloqa qilishga majbur qilib kelgani ayon bo‘lgan. Bundan kelib tushgan pullarni esa o‘zining shaxsiy ehtiyojlari yo‘lida sarflagan. Ish hujjatlari sudga yuboriladi.

    Suddagi ko‘rsatmalar

    Shahrizod:

    — Aybimga qisman iqrorman. Men Andijon davlat tibbiyot instituti talabasi edim, oilaviy sharoitim yomonlashgani va moddiy tomondan qiynalganim uchun o‘qishni vaqtinchalik to‘xtatishga majbur bo‘ldim.

    Oynuraning farzandini boqish uchun qaramog‘imga olgandim. U ilgari ham pul evaziga jinsiy aloqa bilan shug‘ullanib kelgan. Uning o‘zi boshqalarga intim xizmat ko‘rsatish orqali pul topishni taklif qilgandi. Mijozlarni ham o‘zi topgan, pullarni olish uchun mijozlar bilan ham o‘zi uchrashardi.

    Mavjuda ham fohisha edi. Farzandi bilan ko‘chada qolgani uchun uni uyimga taklif qilganman. U Oynura bilan birgalikda tanasini sotib, pul topishni taklif qilishgandi. O‘zlari mijoz topib, ularni uyga chaqirishgan.

    Men ularni majburlamaganman. Ular doimiy erkin bo‘lishgan. Bemalol ichki ishlarga aytib berishi mumkin edi. Shularni hisobga olib, suddan menga qonuniy yengillik berishlarini so‘rayman.

    Foto: “Daryo”

    Oynura:

    — Pulga zoriqib qolganimiz uchun Shahrizod pulga boshqa erkaklar bilan jinsiy aloqada bo‘lishni, bu paytda u ham yonimda bo‘lishini aytgandi. Men boshida rozi bo‘lmadim, lekin Shahrizod avvalgi turmushimdan bo‘lgan o‘g‘limni birinchi erimga berib yuborish bilan qo‘rqitdi. Shundan keyin bu ishga rozi bo‘ldim.

    2024-yilning yanvar oyida beri meni boshqalarga intim xizmat ko‘rsatishga majburlab keldi. Mavjudani ham xuddi shunday majburlab, begona erkaklarga qo‘shib keldi. Bundan tushgan pullarni mijozlardan o‘zi olib sarflab kelgan. Ko‘chaga ham men bilan birga chiqib kelardi. Kimdandir yordam so‘rashga imkonim bo‘lmasdi. Suddan unga qonun doirasida jazo tayinlashini so‘rayman.

    Mavjuda:

    — Shahrizodning uyida yashashni boshlaganimdan bir-ikki kun o‘tib, yeb-ichish uchun pul berishimni so‘radi. Men ishsizligimni, pulim yo‘qligimni aytganimda u menga begona erkaklarga intim xizmat ko‘rsatib, pul topishni taklif qildi. Menda bundan boshqa yo‘l bo‘lmagani uchun rozi bo‘ldim.

    Oynura bilan ichki ishlarga murojaat qilish haqida gaplashganmiz. Farzandimni olib qo‘yish bilan tahdid qilgani uchun hech kimga aytolmadim. Suddan unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘rayman.

    Dilzoda (ism o‘zgartirilgan, Shahrizodning onasi):

    — Bularni hammasiga bizning befarqligimiz sabab bo‘ldi. O‘g‘limiz ertaga shifokor bo‘ladi, o‘qib yuribdi, deb o‘zimiz bilan o‘zimiz andarmon bo‘lib yuraveribmiz. Shu bola ijarama-ijara yurmasin, deb uy ham olib bergan edik.

    Yengiltabiat, o‘zidan yoshi katta Oynuraga ilakishib qolib, o‘qishidan ham haydaldi. Hayoti izdan chiqib ketdi.

    Bilishimizcha, Oynura avval ham fohishalik qilib kelgan. O‘g‘lim uning nogiron bolasiga rahmi kelib, otaliqqa olgandi. Hatto o‘z yonidan operatsiya qildirib, bolani davolatgan.

    Mavjuda bilan Oynura avvaldan tanish bo‘lgan, ular bu ish bilan eskitdan shug‘ullanib kelishgan. Ularni bu ishga hech kim majbur qilmagan.

    Suddan o‘g‘limga yengillik berishni so‘rayman.

    Hukm

    Foto: “Daryo”

    Sud hukmiga ko‘ra, Shahrizod Jinoyat kodeksining 135-moddasi — odam savdosi 2-qismi:

    a) o‘g‘irlash, zo‘rlik ishlatish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish yoxud majburlashning boshqa shakllarini qo‘llash orqali;

    b) ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan;

    g) aybdorga moddiy jihatdan yoki boshqa jihatdan qaram bo‘lgan shaxsga nisbatan;

    d) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan — bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilgan.

    O‘talmay qolgan 180 soat majburiy jamoat ishlari jazosini qisman qo‘shib, o‘tash uchun uzil-kesil 5 yil 1 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Mahkum jazo muddatini umumiy tartibli koloniyalarda o‘tashi belgilangan.

    23 fevral, 21:08   Izoh (0)   28877
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #fohishalik#qoʻshmachi#odam savdosi#talaba#namangan#andijon

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qozog‘istonda fohishalik bilan shug‘ullanib kelgan O‘zbekiston fuqarolari qo‘lga olindi

    02.12.2023, 13:45

    Turkiyada fohishalik qilgan o‘zbekistonlik ayollar qo‘lga olindi

    12.12.2023, 20:30

    O‘zbekiston tomoni Istanbulda deportatsiya markazlarida saqlanayotgan fuqarolar holidan xabar oldi

    13.12.2023, 23:40

    Toshkentda 22 yoshli ayol ikki tengdoshini Rossiyaga sotib yuborayotganda qo‘lga olindi (video)

    13.03.2024, 18:10

    Eng ko‘pi viloyatdan kelgan: Toshkentda uch oyda ushlangan fohishalik bilan shug‘ullanuvchi ayollar soni ochiqlandi 

    06.04.2024, 21:30

    Toshkent viloyatida qizlarni fohishalik uchun Turkiyaga jo‘natayotgan ayol ushlandi (video)

    08.06.2024, 16:10

    “Nikohli farzandmanmi, bilmayman. O‘zim ham 15 yoshimda zo‘rlandim” — Moskvada sotib yuborilgan, qo‘shmachilik bilan shug‘ullangan mahkuma nadomatlari

    05.07.2024, 19:21

    Toshkent aeroportida 20 yoshli qizni aldab, Dubayga fohishalikka yuborayotgan erkak ushlandi

    16.08.2024, 09:20

    Toshkentda qo‘shmachiga “tanka” bo‘lishga uringan IIB mansabdori 1500 dollar pora bilan ushlandi 

    19.11.2024, 12:30

    Podiumdagi fojialar: karyerasi davomida turli qiyinchiliklarni boshidan kechirgan jahonga mashhur supermodellar

    25.11.2024, 17:55

    Toshkent xalqaro aeroportida ayol Turkiyaga 20 yoshli qizni fohishalik uchun jo‘natayotgan vaqtda ushlandi

    28.11.2024, 22:51

    “Xolamning qizi mehmonxonada ishlaymiz deb aldab chaqirib oldi” — Turkiyada 5000 liraga sotib yuborilgan o‘zbekistonlik qiz

    12 fevral, 13:01
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tailand besh kunlik mojaroda qo‘lga tushgan ikki nafar Kambodja askarini yurtiga qaytardi

    Dunyo | 3 avgust, 14:51

    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim

    Reklama | 3 avgust, 10:30

    “O‘zgidromet” hafta boshida qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 14:40

    Ozarbayjon gazi Turkiya orqali Suriyaga yetkazib beriladi

    Dunyo | 3 avgust, 14:15

    “An-Nassr” Ronalduning tavsiyasi bilan Fernandeshni sotib olmoqchi

    Sport | 3 avgust, 13:55

    O‘zbekistonda ayrim bog‘cha bolalari uchun har oy 618 ming so‘mdan beriladi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 13:29

    BAA Misrdan yarim milliondan ortiq g‘azolikni ta’minlash uchun yetadigan suv quvuri tortib keladi

    Dunyo | 3 avgust, 12:55

    UNICEF: G‘azoda har uchinchi odam kunlarni ochlik bilan o‘tkazadi, bolalar esa halok bo‘lish xavfi ostida

    Dunyo | 3 avgust, 12:09

    Bolalar yerto‘lada yashirilgan: Toshkentda noqonuniy diniy ta’lim berilgan xonadonlar aniqlandi (video)

    O‘zbekiston | 3 avgust, 11:42
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.