• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Ruxshona, Kamila Gimandinova va o‘zbek shou-biznesining oilasi ajrim yoqasida turgan boshqa vakillari

    Shou-biznes vakillarining hayoti hamisha omma e’tiborida. Ularning nafaqat ijodi, balki kundalik hayoti, qiziqishlari hatto muammolari ham odamlar uchun qiziq.

    Yaqinda xonanda Ruxshona turmush o‘rtog‘i, klipmeyker Sanjar Matkarimov bilan 7 yillik turmushidan so‘ng ajrashayotganini ma’lum qildi. Ko‘pchilik havas qilgulik oila hisoblanuvchi yulduzli juftlikning ushbu qarori ularning kuzatuvchilari uchun kutilmagan holat bo‘ldi. Afsuski, Ruxshona oilasi darz ketayotgan yagona taniqli ijodkor emas. Quyida turli sabablarga ko‘ra, oila atalmish qo‘rg‘oni buzilayotgan boshqa san’atkorlar haqida so‘z yuritiladi.

    Sanjar Matkarimov va Ruxshona

    Foto: “Yoshlar.com”

    Foto: “Yoshlar.com”

    Xonanda Ruxshona klipmeyker Sanjar Matkarimov bilan 2014-yilning 2-noyabrida oila qurgandi. Juftlikning to‘ng‘ich farzandi Habiba 2015-yilda, o‘g‘li Shukurbek esa 2016-yilda dunyoga keldi.

    Ijodkorlarning oila qurishi ikkisi uchun ham omadli keldi. Boisi xonanda turmush o‘rtog‘i bilan  “Yurakkinam”, “Yana”, “Imkon bo‘lsa” va “Yur” kabi qo‘shiqlariga klip suratga oldi. Ruxshona boshlovchiligida rejissorning “Bola tilidan” nomli ko‘rsatuvi  telekanallar orasida bir necha bor eng reytingi baland ko‘rsatuv sifatida e’tirof etildi. Sanjar Matkarimov Ruxshonaning “Yurakkinam” klipida rol ijro etib, aktyorlik mahoratini namoyish etgandi. Afsuski, bu er-xotin ijodkorlarning so‘nggi ijodiy ishlari bo‘ldi. Chunki Ruxshona bu klipidan so‘ng birorta qo‘shig‘iga klip suratga olmadi.

    Ruxshona turmush o‘rtog‘i bilan ajrashishga qaror qilgani haqida shu yilning oktabr oyida ma’lum qildi. Instagram’da kuzatuvchilari undan turmush o‘rtog‘i Sanjar Matkarimov bilan ajrashgani rost yoki yolg‘on ekanligi haqida so‘rashdi. Xonanda esa buning haqiqat ekanini aytib, kelgusida yarashish niyati yo‘qligini ma’lum qildi. Uning aytishicha, ayni vaqtda juftlikning farzandlari Ruxshona bilan birga. Ammo ajrimdan keyin Sanjar Matkarimov bir muddat davomida bolalarni Ruxshonaga bermagan.

    Oilaning buzilishiga asosiy sabab rashk ekanligi ko‘rsatilmoqda. Shuningdek, Ruxshona ajrimdan keyin o‘ziga kelish uchun Yaratgandan tun-u kun kuch-quvvat so‘raganini aytib o‘tgan.

    Bundan tashqari, xonanda oradan hech qancha vaqt o‘tmay turmush o‘rtog‘ining uyidan unga tegishli bo‘lgan buyumlarini olib chiqqani va yangi uyga ko‘chib o‘tayotganini aytgan.

    Darvoqe, xonanda endilikda Sanjar Matkarimov rejissorligidagi “Bola tilidan” ko‘rsatuviga boshlovchilik qilmaydi. Ayni damda bu vazifani aktrisa Aziza Yoqubova bajarmoqda.

    Aziza Yoqubova ikkinchi turmushidan ham ajrashdi

    Instagram / @zarka_g‘aniyeva

    Instagram / @zarka_g‘aniyeva

    “Jurnalist” serialidagi roli bilan tomoshabinlarga yaxshi tanish bo‘lgan aktrisa Aziza Yoqubova 2020-yilning sentabr oyida oila qurgandi. Ikki yoshning to‘y oqshomi shov-shuvlarga boy o‘tgani va ko‘plab kino ijodkorlari ishtirok etgani haqidagi videolar ham ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgandi.

    To‘ydan so‘ng Azizaga turmush o‘rtog‘i Shavkat Oripov bir muddat ma’murlik qildi. Ular to‘y-hashamlarga, konsert dasturlariga birga tashrif buyurishdi. Afsuski, shu yilning fevral oyida Aziza Instagram orqali erining xiyonat qilgani bilan bog‘liq vajlarni iddao qilib, ajrashmoqchi ekanligini ma’lum qildi. O‘sha paytda aktrisa farzandiga homilador edi. Oradan uch oy o‘tib, 14-aprel kuni aktrisa o‘g‘il farzandli bo‘ldi. Yoshi ulug‘ kishilar va qarindosh-urug‘larning aralashuvchi bilan er-xotin yarashdi, afsuski, munosabatlar baribir ilimadi.

    “Erim bilan ajrashganimga ancha bo‘ldi, bo‘ldi bu xato ortiq takrorlanmaydi”, — deydi aktrisa.

    Ayni damda aktrisa birinchi va ikkinchi turmushidagi farzandlari: Yasmina va Muhammadamir bilan o‘z uyida yashamoqda. Sobiq turmush o‘rtog‘i Shavkat Oripov esa Sardor Rahimxonning “Ajr” loyihasida ishtirok etmoqda. Bundan tashqari, u so‘nggi vaqtlarda diniy mazmundagi roliklarda ham suratga tushmoqda.

    Kamila Gimandinova qizini yolg‘iz tarbiyalamoqchi

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    “Qadam” serialidagi Kumush roli bilan tomoshabinlarga yaxshi tanish bo‘lgan aktrisa va bloger Kamila Gimandinova ham turmush o‘rtog‘i bilan ajrashdi.Kamila 2020-yilning yoz oyida Farruh Habibullayev bilan oila qurgandi. Afsuski, karantin sabab ularning to‘yi bo‘lmagan, yoshlar faqatgina to‘y liboslarida suratga tushishgan, xolos. Aktrisa turmush o‘rtog‘i bilan “Qadam” serialida suratga tushmasdan avval tanishgan.

    Foto: Instagram / @gimandinova_official

    Foto: Instagram / @gimandinova_official

    Afsuski, shu yilning yanvar oyida ularning ajrashganligi haqidagi mish-mishlar tarqaldi. Aktrisa Instagram orqali eri bilan yashamayotgani va tug‘ilajak farzandini yolg‘iz tarbiyalash niyatida ekanligini ma’lum qildi.U shu yilning 17-iyun kuni qiz farzandli bo‘ldi. Tug‘ruqxonadan turmush o‘rtog‘i Farruh Habibullayev bilan chiqqanligini ko‘rganlar aktrisa turmush o‘rtog‘i bilan yarashadi, degan xayolga borishgandi. Biroq keyinroq Kamilaning turmush o‘rtog‘i Farruh u bilan ajrashganini ma’lum qildi.

    Farruh Habibullayev o‘zini aktyorlikda ham sinab ko‘rdi. U Kamila bilan hamkorlik qilgan rejissor Baxtiyor Safarovning “Meni asra” serialida giyohvand yigit rolida suratga tushdi.

    Zohid va Kamolaning 12 yillik muhabbat tarixi to‘ydan keyin yakunlandi

    Zohid Rizqiyev “Ummon” guruhi vakillari orasida oxirgi bo‘lib oila qurgandi. Guruh vakili Jasur 2015-yilda, Shohruh 2016-yilda, Zohid esa 2020-yilning 20-oktabr sanasida model Kamola Ortiqova bilan oila qurgani katta shov-shuvga sabab bo‘lgan. Zohid va Kamola 12 yillik muhabbatdan so‘ng visolga yetishgandi. Biroq ularning turmushi bir yil davom etdi. Kamola Instagram’dagi Stories orqali turmush o‘rtog‘i bilan yashamayotganini aytgan.

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    Shu yilning 16-oktabr kuni Instagram kuzatuvchisi Kamola Ortiqovaga “Eringiz bilan ajrashish sababini aytolasizmi?” deb savol berdi. Afsuski, u javobida  turmush o‘rtog‘i bilan yashamayotganligi va yarashish niyati ham yo‘qligini ma’lum qildi. Ularning ikkisi ham to‘ylari bilan bog‘liq suratlarni Instagram sahifalaridan o‘chirdi.

    Darvoqe, 2019-yilda Kamola va Zohid “Meni esla” nomli qo‘shiqni ijro etishgandi. Ushbu qo‘shiq Zohidning rasmiy kanalidan ham allaqachon o‘chirilgan.

    Shahnoza Otaboyeva aktyor eri bilan ajrashdi

    Foto: My Day

    Foto: My Day

    Xonanda Shahnoza Otaboyeva ham turmushi o‘xshamaganlardan. U 2017-yilning 7-noyabr sanasida aktyor Komil Bobonazarov bilan oila qurgandi. Aktyor “Qora ilon”, Tug‘ilmaganlar”, “Beshinchi fasl”, va “Notanish qotil” kabi filmlarda rol ijro etgan.

    Foto: Instagram / @shahnoza_otaboyeva_official_

    Foto: Instagram / @shahnoza_otaboyeva_official_

    Shahnoza Otaboyeva 2018-yilda o‘g‘il farzand ko‘rdi va ijoddan biroz chekindi. Oradan bir yil o‘tib, ikkinchi o‘g‘li Asadbekni dunyoga keltirdi.Afsuski, xonanda ham ma’lum sabablarga ko‘ra ajrashishga qaror qildi. Ayni damda u o‘g‘illarining tarbiyasiga yolg‘iz o‘zi mas’ul. Instagram kuzatuvchilari “Siz kuchli ayolsiz”, “O‘g‘illaringiz sizni baxtli qiladi” mazmunidagi gaplar bilan unga motivatsiya bag‘ishlayapti. Shahnoza Otaboyeva ajrashishiga nima sabab bo‘lgani haqida gapirmaydi.

    Mavzuga doir:

    • Birinchi turmushi omadsizlikka uchragach, ikkinchi yoki uchinchisidan baxt topgan o‘zbek shou-biznesi vakillari (foto)
    • Oila qurib, so‘ng ajrashgan o‘zbekistonlik mashhurlar (foto)
    • Bred Pitt va Anjelina Joli hamda Gollivudning boshqa mashhur juftliklari ajrimlariga nima sabab bo‘lgani haqida so‘zlab berdi (foto)
    • Muhimi ijod: Ajrimdan keyin ham birgalikda suratga tushgan Gollivudning sobiq yulduzli juftliklari (foto)
    • E’tiqod, xiyonat, mashhurlik va yulduzlar ajrimining boshqa sabablari (foto)
    • Gollivud yulduzlari Anjelina Joli va Bred Pittning chiroyli boshlanib, xunuk yakun topgan sevgi hikoyasi (foto)

    02.12.2021, 19:40   Izoh (0)   88522
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Karyerasi uchun oila qurganini ommadan yashirgan Bollivud yulduzlari

    02.12.2021, 11:23

    Instagram: Zarina Nizomiddinova xonadonida to‘y, qo‘shig‘ini kuylagan qizchalar bilan uchrashgan Yulduz Usmonova, qizining ismini oshkor qilgan Ganya Usmonova

    01.12.2021, 22:47

    Rafiqasining qarindoshlari uchun xitoy tilini o‘rgangan Mark Sukerberg, Greta Tunberg nomi bilan atalgan o‘rgimchaklar. Mashhurlar haqidagi tasavvurlarni o‘zgartir...

    01.12.2021, 17:21

    Chumchuq so‘ysa ham, qassob so‘ysin. Tadbirkorlikni uddalay olmagan o‘zbek shou-biznesi vakillari

    30.11.2021, 17:22

    Har bir muvaffaqiyatli erkak ortida buyuk ayol turadi: Daholarni voyaga yetkazgan onalar

    30.11.2021, 15:21

    “Jahongir Otajonov ashula aytmasligi estradamiz uchun jinoyat”. Jahongir Otajonov Davron Kabulovning “7 yulduz” konsertida sahnaga chiqdi (video)

    30.11.2021, 13:41
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Xitoy–Mo‘g‘uliston bo‘ylab birinchi yuk tashuvi 8 kunda yetib bordi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 22:05

    Ronaldudan penaltini tortib olgan, Kasilyas bilan mojaroda Mourinyoni qo‘llab-quvvatlagan va maydondagi “o‘ynovchi murabbiy” bo‘lgan Xabi Alonso haqida

    Futbol | 20 iyun, 22:03

    O‘zbekistonlik olimlar qovunning yangi navlarini yaratmoqda

    O‘zbekiston | 20 iyun, 21:45

    Endilikda davlat xizmatchilariga oylik maoshining 30 foizgacha intizomiy jazo qo‘llaniladi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 21:30

    O‘zbekistonlik voyaga yetmagan aka-uka xorijda qarovsiz qoldirilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 21:15

    Isroil Falastin uylarini harbiy bazalarga aylantirmoqda

    Dunyo | 20 iyun, 21:05

    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda

    Reklama | 20 iyun, 21:00

    Biz har doim noto‘g‘ri saqlab kelgan 12 mahsulot

    Maslahatlar | 20 iyun, 20:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.