• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Olti joyda ishlashga majbur qilgan pulsizlik ortidan kelgan mashhurlik, og‘ir dard bilan kurash. Aktrisa Emiliya Klarkning umidsizlikka tushmaslikka undovchi hikoyasi

    Britaniyalik kino va teatr aktrisasi,“Taxtlar o‘yini” seriali yulduzi Emiliya Klark 2021-yil 23-oktabr kuni 35 yoshga to‘ldi.

    Foto: PowNed
    Aktrisa “Taxtlar o‘yini” serialidagi roli bilan butun dunyoda mashhurlikka erishdi. Emiliya serialda Deyneris Targariyen qahramonini ijro etgan. Aktrisa boshqa ampulada ham o‘zining iqtidorini namoyon qila oladimi yoki yo‘q, buni faqat vaqt ko‘rsatadi. Hozirda uning filmografiyasida mashhur “Terminator: Genezis”, “Yulduzlar jangi”  va boshqa loyihalar mavjud.

    Bolalik va o‘smirlik

    Emiliya Klarkning to‘liq ismi Emiliya Izabel Evfimiya Rouz Klark bo‘lib, 1986-yilda Londonda tug‘ilgan, biroq uning bolaligi poytaxtdan bir soatlik masofada joylashgan Oksfordshir shahrida o‘tgan. Emiliya va uning akasi Ben tabiat qo‘ynida ulg‘aydi: “Bizning bog‘imizda ariq bor bo‘lib, atrof faqat dala edi. Qo‘ziqorin terib, o‘rdaklar boqardik ”, — deb eslaydi aktrisa.

    Emiliya Klark va akasi Ben

    Emiliya Klark va akasi Ben
    Foto: Daily Star

    Emiliya Klarkning ota-onasidagi fidoyilik hurmatga loyiq: otasi qizi tug‘ilgunga qadar oddiy ishchidan mashhur musiqiy asarlar bastalovchi ovoz prodyuserigacha bo‘lgan uzoq yo‘lni bosib o‘tgan. Bo‘lajak aktrisaning onasi esa o‘z faoliyatini kollej kotibasi sifatida boshlagan, keyin mustaqil tadbirkorlik bilan shug‘ullangan.

    Foto: Pinterest

    Emiliyaning yodga olishicha, uni uch yoshida otasining ishxonasiga olib borishgan. Odatda shovqinli va notinch bo‘lsa-da, u ikki soat davomida sahnaga maftun bo‘lib tikilgan va parda tushganida kaftlari og‘riydigan darajada qarsak chalgan. Sahna ortidagi dunyo qizni shunchalik hayratda qoldirganki, u keyinchalik hayotini teatrsiz tasavvur qila olmasligini anglab yetgan.

    Emiliya Klark va uning onasi

    Emiliya Klark va uning onasi
    Foto: GotCeleb
    Emiliya yoshligidanoq Oksfordda joylashgan Avliyo Edvard nomidagi maktab-internat qoshidagi drama to‘garagida aktyorlik kasbining nozik jihatlarini o‘rgandi. Bu yerda u birinchi marta ikkita spektaklda sahna yuzini ko‘rdi.

    Aktrisaning so‘zlariga ko‘ra, uni o‘z sohasining vunderkindi deb atash yolg‘on bo‘ladi. Uning ishtirokidagi birinchi spektakl premyerasida besh yoshli Klark sahnaga chiqdi va so‘zlarni unutdi. Oldingi qatorda o‘tirgan o‘qituvchilar replika aytsa-da, ammo Emiliya jim turishda davom etdi. Jajji aktrisa bundan qo‘rqmas, aksincha, mutlaqo xotirjam edi. “Bu holat meni butun karyeram davomida qo‘llab-quvvatladi”, — deydi Klark.

    Foto: The New York Times

    San’atga bo‘lgan muhabbat Emiliyani boshqa bolalardan ajratib turdi. Tengdoshlar istisnosiz mo‘may daromadi uchun huquqshunos yoki professional sportchi bo‘lishni xohlardi. Aktrisa esa o‘zini oq qarg‘adek his qilar va har bir o‘quvchi bilan do‘stlashishga intilardi.

    2004-yilda o‘rta maktabni tugatgandan so‘ng Emiliya Klark ko‘plab mashhur aktyorlar, masalan, Tom Xardi, Pol Bettani va Jeyms MakEvoyning rafiqasi Ann-Mari Daff ta’lim bergan London drama markaziga kirish uchun poytaxtga qaytib keldi.

    Kinodagi karyeraning boshlanishi

    2009-yilda Emiliya Klark birinchi marta ekranlarda paydo bo‘ldi. Yosh aktrisaning birinchi ishi “Shifokorlar” teleserialida Saskiya Mayerning  roli edi. Televizion debyutni muvaffaqiyatsiz deb atash qiyin-u, ammo bu rol aktrisaga mashhurlik keltirmagandi.

    2009-yilda London drama markazi diplomini olgandan so‘ng Emiliya Klark Londonni tark etib, Los-Anjelesga yo‘l oldi. U yerda, kino yulduzlari shahrida, aktrisa Gollivuddagi eng qadimgi teatr — “Farishtalar kompaniyasi”ga ishga kirdi. Yosh ingliz ayol uchun bu davrning birinchi va yagona ishi tanqidchilar tomonidan juda yaxshi qabul qilingan “His” spektakli edi.

    2010-yil boshida qiz teatr tomoshalaridan biroz vaqt ajratdi va yana “Trias davridan hujum” filmida suratga tushish uchun ekranlarga chiqishga urindi. Bu safar aktrisa ekranlarda to‘satdan jonlangan dinozavrlarga qarshi turishga to‘g‘ri kelgan yosh va jasur Savanna rolida paydo bo‘ldi.

    “Taxtlar o‘yini”

    2010-yilda 24 yoshli Emiliya Klark do‘stlari bilan kichkina kvartirani ijaraga oldi, ijara haqini to‘lash uchun oltita joyda ishladi, lekin bir kuni unga ajoyib taklif tushishidan umidini uzmadi.

    Shunday bo‘ldi ham — kutilmaganda kechqurun uning telefoni jiringladi; go‘shakning narigi tomonida yosh aktrisani hayratda qoldirgan agent so‘zlar edi. “Jorj Martinning romanlarini ekranlashtirayotgan HBO kanali  Deyneris Targariyen rolini o‘ynash uchun qiz qidirmoqda, ertaga suhbat rejalashtirilgan. Siz ‘Taxtlar o‘yini’da o‘ynashingiz kerak!”, deb ta’kidladi agent.

    Emiliya talabchan prodyuserlar oldida kimni o‘ynashini bilmasdi. Dastlab u “Vikipediya”ga kirdi va maqolani o‘qib bo‘lgach, rozi bo‘lish kerakligini tushundi, chunki personaj deyarli voqeaning eng yorqin qahramoni bo‘lishi shubhasiz edi.

    “Taxtlar o‘yini” seriali

    “Taxtlar o‘yini” seriali
    Foto: The Indian Express

    Emiliyaning tashqi ko‘rinishi kasting menejerlari izlayotgan talabga mutlaqo zid edi. Ularga baland bo‘yli, ozg‘in va sariq aktrisa kerak bo‘lgan. Emiliya esa  anchagina to‘la, bo‘yi past va qoramag‘iz va o‘ziga xos tabassum bilan boshqalardan ajralib turardi.

    Biroq kasting rejissori ssenariydan ikkita monologni ijro etgan qizning o‘yiniga katta qiziqish bilan qaradi va kastingdan so‘ng shunday dedi: “Siz zo‘r ijro etyapsiz, keling, qora sochlaringiz o‘rniga sariq rang qanday ko‘rinishini sinab ko‘ramiz”. Tasdiqdan so‘ng dizaynerlar ikki oy ichida kulrang kumushga o‘xshash har xil rangdagi yettita parik yasadi.

    Foto: Reuters

    “Men bu rolga tasdiqlanganimda, xursandligimdan o‘lishimga bir bahya qoldi”, — deydi bundan oldin boshqa kasbda o‘z omadini sinab ko‘rish xayoli bilan yurgan Emiliya. Ko‘p soatlik suratga tushishlar, tartibsizliklar va yangi taassurotlarga to‘la hayot boshlandi — qiz baxtdan yettinchi osmonda uchdi.

    Foto: Getty Images

    Emiliya Klark tomonidan ijro etilgan sariq sochli Deyneris Targariyen har qanday kiyimda ajoyib ko‘rinardi. Ammo millionlab tomoshabinlarning sevgisini nafaqat uning ajoyib ko‘rinishi olib keldi, balki Emiliyaning fe’l-atvori, fidoyilik, jasorat va rahm ham sabab bo‘lgan.

    Ikki qismdan so‘ng aktrisa ikkinchi va uchinchi mavsumda suratga tushish uchun shartnoma imzoladi. Rejissorlar ham, tanqidchilar ham uning mahoratiga hech ikkilanmasdan barcha turdagi televizion mukofotlarga nomzod qilib ko‘rsatdi. 2015-yilga kelib, uning kolleksiyasida “Emmi” haykalchasi va “Saturn” mukofoti paydo bo‘ldi, ikkalasi ham teleserialning eng yaxshi ikkinchi darajali aktrisasi uchun edi.

    Foto: Getty Images

    Birinchi faslning suratga olish ishlari tugagandan so‘ng Emiliyaning sog‘lig‘ida muammolar paydo bo‘la boshladi: uning boshi aylanib, qon bosimi ko‘tarildi.  U buni doimiy zo‘riqishlarning natijasi deb o‘yladi. Ammo sport mashg‘ulotlaridan so‘ng uning boshi qattiq og‘ridi va uni kasalxonaga olib borishdi. U yerda shifokorlar insultning bir turi bo‘lgan “subaraxnoid qon ketish” tashxisini qo‘ydi. Bu miya anevrizmasi tufayli sodir bo‘lgandi.

    Uch soat davom etgan operatsiya bosh suyakni ochishni talab qilmadi, ammo Emiliya nutq va xotirada muammolarga duch kela boshladi, u hatto o‘z ismini ham eslay olmadi. Shifokorlar buni afaziya — operatsiyaning ta’siri deb tushuntirdi.  Klark dahshatga tushdi, chunki uning kasbida tushunmasdan nutq so‘zlab bo‘lmaydi. U yashayotgan hamma narsasini yo‘qotishi mumkin edi, lekin baxtga ko‘ra, bir haftadan so‘ng uning nutqi tiklandi.

    Foto: Harper’s Bazaar

    Bosh og‘rig‘i aktrisani darhol tark etmadi. Ikkinchi mavsum hamma uchun eng og‘ir film edi. U nafaqat ko‘p mehnat qilishi, balki jurnalistlar bilan muloqot, muxlislarga shirin tabassum qilishi va og‘riqni morfi dorisi bilan bostirishi kerak edi. Yangi mavsumlarni suratga olish o‘rtasida Emiliya ikkita ingliz filmida rol o‘ynadi: “Spayk Aylend” musiqali dramasi va “Xeminguey uyi” komediyasi.

    2013-yilda Aktrisaning bosh og‘rishi kasalligi qaytalandi va avvalgidan ham kuchliroq bo‘ldi. Miya tomografiyasidan so‘ng shifokorlar Emiliyaga operatsiyasiz o‘lishi mumkinligini ma’lum qildi. Operatsiya paytida uning anevrizmasi yorilib ketdi. Aktrisa operatsiya stolida og‘riqdan uyg‘onib ketdi.  Shifokorlar darhol uni uchinchi operatsiyaga tayyorlashni boshladi. Bu safar bosh suyagini ochish kerak edi. Hammasi yaxshi bo‘ldi va o‘sha vaqtdan beri Emiliya o‘zini juda yaxshi his qilmoqda.

    Albatta, Emiliya Klarkka Gollivudning yirik rejissorlari ham qiziqish bildirdi. Yaqinda o‘tkazilgan operatsiyaga qaramay, Emiliya 2013-yilda “Terminator Genezis” epik filmida Sara Konnor rolida o‘ynash taklifini qabul qildi. Aktrisa o‘zini beixtiyor franshizaning dastlabki ikki qismidagi Linda Xemilton bilan solishtirishidan qo‘rqardi, ammo qo‘rquvlar behuda edi — u Arnold Shvarsenegger va Jeyson Klark bilan hamkorlikda ajoyib ishtirok etdi.

    Emiliya Klark va Arnold Shvarsenegger.

    Emiliya Klark va Arnold Shvarsenegger.
    Foto: “Aceshowbiz.com”

    Shaxsiy hayot

    2012-yil sentabr oyining boshlarida aktrisa mashhur Gollivud rejissori va animatori Set Makfarleyn bilan uchrashdi. Ularning munosabatlari tez rivojlandi, ammo 2013-yil mart oyida juftlik ajralishayotganini e’lon qildi. Ayrim jurnalistlar ta’kidlaganidek, bunga Emiliya Klarkning “Taxtlar o‘yini”dagi Jon Snou roli bilan tanilgan aktyor Kit Xarrington bilan ishqiy munosabati sabab bo‘lgan.

    Emiliya Klark va Set Makfarleyn.

    Emiliya Klark va Set Makfarleyn.
    Foto: E! Online

    Emiliya Klark va Kit Xarrington o‘rtasidagi munosabatlar bir necha yillardan beri qiziquvchan muxlislar orasida sevimli muhokama mavzusi bo‘lib kelgan. Ularni tez-tez birga ko‘rishadi yoki ko‘chalarda sayr qilishadi va barcha ijtimoiy tadbirlarda, serialning asosiy aktyorlari taklif qilinganda, ularni yonma-yon ko‘rish mumkin. Aktyorlarning o‘zi sevgi munosabatlari haqidagi mish-mishlarni rad etdi. Emiliyaning so‘zlariga ko‘ra, suratga olish guruhining barcha a’zolari unga oilasidek va Piter Dinkleyj, Nikolay Valdau yoki Richard Madden ham iliq munosabatda bo‘ladi.

    2016-yil aprel oyi boshida Deneyris va Jon Snou o‘rtasidagi munosabatlar haqidagi taxminlar nihoyat barham topdi: Kit Xarrington “yovvoyi” rolini o‘ynagan hamkasbi Rouz Lesli bilan birga omma oldida paydo bo‘ldi. 2018-yil oktabr oyida muxlislar Emiliyaning sirli sevgilisini payqab qoldi. U aktyor Malkolm Makdauellning o‘g‘li, rejissor Charli Makdauell edi.

    Emiliya Klark va Charli Makdauell.

    Emiliya Klark va Charli Makdauell.
    Foto: Pinterest

    Ammo 2019-yilning fevral oyida Emiliya Charli bilan ajrashganini e’lon qildi. Klarkka yaqin manbalarga ko‘ra, ularning munosabatlariga suratga tushish ishlaridagi bandlik ta’sir qilgan. Charli Instagram’da obunachilar orasidan Emiliyani va u bilan birgalikda tushgan suratlarini o‘chirib tashladi. Xavotirga tushgan muxlislar bu haqda so‘raganida, u: “Bu mening qarorim emas”, deb ajrim tashabbusi Klarkdan chiqqanini ma’lum qildi.

    Foto: Pinterest

    Yoz oylarida Charli aktrisa Lili Kollinz bilan uchrashishni boshladi. Shundan keyin Emili Instagram’da Rouz Lesli bilan tushgan rasmini joylashtirdi. U baxtli ko‘rinardi va hayotida Charlining yo‘qligidan xavotirlanmadi.

    2020-yilda ommaviy axborot vositalarida qizning yangi munosabatlari haqida mish-mishlar paydo bo‘ldi va “Doktor Kim” serialining yulduzi Mett Smit uning tanlanganiga aylandi. Juftlikning o‘zi bu xabarga hech qanday izoh bermadi.

    Emiliya Klark va Mett Smit.

    Emiliya Klark va Mett Smit.
    Foto: BlackToro

    2017-yil avgust oyida Emiliya “Open Doors” jamoasining a’zosiga aylandi, bu tashkilot aktyorlikka intiluvchi drama maktablari uchun suhbatlarda qatnashishda yordam beradi. 2018-yilda Emiliya Shon Penn xayriya auksionida ishtirok etdi. Aktrisa qo‘ygan lot — bu “Taxtlar o‘yini” epizodlaridan birini tomosha qilish imkoniyati edi. Lot 120 ming dollarga sotib olindi, bu J/P Pro va Disaster Relief yordam berish fondlari ehtiyojlariga sarflandi. Ikkala tashkilot ham tabiiy ofat qurbonlariga yordam beradi. 2019-yilda aktrisa miya anevrizmasi bo‘lgan bemorlarga yordam beradigan Same You xayriya jamg‘armasini ishga tushirdi.

    Foto: Pinterest

    So‘ngra YouTube bloger Jacksepticeye bilan xayriya eshittirishini boshladi. Ularning jonli efiri taxminan 250 ming dollar yig‘di. Barcha pullar “Same You Foundation”ga sarflandi.

    “‘Taxtlar o‘yini’ bo‘lmaganida, men qayerda bo‘lardim?” Bilmayman. Ehtimol, hech qayerda. Men suratga tushishni qanday boshlaganimni eslayman — o‘sha vaqtda 22 yosh edim, hech narsa qo‘limdan kelmasdi. Ammo endi bu boshqa masala,” — deydi aktrisa. Ammo HBO telekanalining eng mashhur loyihasi — “Taxtlar o‘yini” tugasa-da, aktrisaning kayrerasi tugamadi. U 35 yoshga to‘ldi, uning karyerasi bir vaqtlar umid qilganidek gullab-yashnadi. 2022-yilda aktrisa Marvel’ning yangi “Maxfiy hujum” nomli serialida paydo bo‘ladi. Disney + platformasida chiqadigan serial Emiliyaning karyerasiga yana kuchli turtki berishi kafolatlangan.

    Mavzuga doir:

    • Boshqa yulduzlar bilan uchrashib qolganda o‘zini yo‘qotib qo‘ygan mashhurlar (foto va video)
    • Og‘ir operatsiyalarni boshdan kechirgan mashhurlar (foto)
    • Viktoriya Bekxem, Emiliya Klark hamda ozish istagida sog‘lig‘iga putur yetkazgan boshqa mashhur ayollar (foto)

    24.10.2021, 19:55   Izoh (0)   26009
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yulduzlarning o‘ziga ikki tomchi suvdek o‘xshaydigan farzandlari (foto)

    24.10.2021, 17:53

    Amerikalik xonanda Billi Aylish o‘zining ilk atirini taqdim qildi

    24.10.2021, 09:54

    Instagram: Durdona Qurbonova Imronning yangi klipida chiqmasligiga izoh berdi, Ganya Usmonova tug‘uruqxonadan chiqdi, Shohruxxon va Asal Shodiyeva musobaqasi

    23.10.2021, 22:36

    “Hayotda qanday yiqilishing emas, o‘rningdan qanday turishing muhim”. Mashhur ayollarning tushkunlikka tushganda dalda beruvchi so‘zlari

    23.10.2021, 19:55

    Uch dahoni ulg‘aytirgan ona, 70 yoshida ham kosmetika brendi yuzi bo‘lishni uddalagan mashhur model — Mey Mask hikoyasi

    23.10.2021, 18:54

    Yillar husniga husn qo‘shayotgan Gollivud yulduzlari (foto)

    23.10.2021, 16:52
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Eron Kubogi. “Istiqlol” “Malavan”ni mag‘lub etib, bosh sovringa ega chiqdi. Masharipov zaxirada qoldirildi (video)

    Sport | 30 may, 08:48

    Rossiya Eron dronlarini oltin quymasida sotib olgan — OAV

    Dunyo | 30 may, 08:47

    Land Rover o‘zining yangilangan Defender modelini taqdim etdi

    Avto | 30 may, 08:38

    Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo—Italiya” sammitida ishtirok etadi

    O‘zbekiston | 30 may, 08:22

    O‘zbekistonda nechta oliy taʼlim tashkiloti faoliyat yuritayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 29 may, 23:50

    Saida Mirziyoyeva Rossiya hukumati raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

    O‘zbekiston | 29 may, 23:31

    “Daryo” dayjesti: 29-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 29 may, 23:25

    Saida Mirziyoyeva Rossiya Federal Majlisi Federatsiya Kengashi raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

    O‘zbekiston | 29 may, 23:10

    Kongressmen Trampdan investorlar uchun tashkil etilgan kechki ovqat tafsilotlarini oshkor qilishni talab qildi

    Dunyo | 29 may, 22:53
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.