Swarovski zargarlik brendi Illumination animatsion studiyasi bilan birgalikda “Minionlar” multfilmidan mashhur to‘rtta Kevin, Styuart va Bob (oxirgisi toj kiygan maxsus versiyada ham mavjud) personajlarning haykalchasini chiqardi.

Mutaxassislar bu kutilmagan hamkorlikni ikkita yirik yubiley: 18-iyun kuni “Minionlar” multfilmining 10-yilligi va 9-iyul birinchi “Yaxshi bo‘lish osonmi?” multfilmiga 15-yil to‘lishiga bog‘ladilar. Brendning o‘zi kolleksiyani chiqarish haqida hech qanday izoh bermayapti.

Har bir haykalcha taxminan 10 santimetr balandlikda bo‘lib, Swarovskiʼning o‘ziga xos sariq va ko‘k rangli kristallaridan yasalgan. Oddiy haykalchalar narxi 377 dollar, Bobning maxsus versiyasi esa 943 dollarni tashkil qiladi.
Izoh (0)