• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat Kino Shou-biznes

    40 kunligida tashlab ketilgan, aktyor eri bilan ajrashgan, uch o‘g‘ilning onasi, rejissyor Zebo Navro‘zova 60 yoshda

    Zebo Navro‘zova 1965-yilning 15-aprelida Samarqand shahrida tug‘ilgan. Maktabni tamomlab 1982-yilda Toshkent san’at institutiga kirgan. Rossiyada malaka oshirgan. 20 dan ortiq badiiy film, 100 dan ortiq serial muallifi. Uch o‘g‘ilning onasi va bir nechta nabiraning suyukli buvisi. Ko‘plab yosh ijodkorlarni kashf etgan — ulardan Adiz Rajabov, Shahzoda Matchonova, Lola Yo‘ldosheva, Shohruxxon, Muhammadali, Nilufar Usmonovalar eng yorqin misollardandir.

    Rejissyorning qiyinchiliklar ortidan kelgan yorug‘ kunlariga va ijodiy faoliyatiga nazar solamiz.

    “Onam 40 kunligimda buvimga tashlab ketgan, buvim sut topolmay turshak suvi bilan meni ovutgan”

    Zebo Navro‘zova bolaligi qishloqda o‘tganini, buvisi onadek, bobosi ota kabi mehr berganini eslaydi.

    Foto: Zebo Navro‘zovaning shaxsiy arxividan

    — 40 kunlik chaqaloq paytimda ota-onam meni qishloqda buvim va bobomning qo‘liga tashlab ketishgan. Ular irrigatsiya instituti bitiruvchilari edi, diplom ishi yoqlash arafasida turishgan. Talabalik va yana bilmadim qandaydir sabablar bilan men buvimning qo‘lida qolganman. Buvim menga berishga sut topa olmay, turshakning suviga dokani ivitib, shuni og‘zimga solib ovutgan va uxlatgan ekan. Ona sutini ichmaganman, balki shuning uchun ham bo‘yim o‘smay qolgandir. Albatta, esimni tanigach ota-onamdan xafa bo‘lganman, busiz iloji yo‘q. Ota-onam shaharda yashashardi. Meni ko‘rgani ko‘pgina sovg‘a-salomlar olib kelishardi. Voy, onam keldi, shaharlik dadam keldi deb, o‘rtoqlarimga maqtanardim. Yana qaytib ketishayotganda men ketmayman, deb buvimning etagi orqasiga yashirinar edim. Bo‘ldi, men uchun buvim — onam, bobom — otam edi.

    1-sinfda o‘qiyotganimda meni butunlay shaharga olib ketmoqchi bo‘lishgan. Mashinaga o‘tirganman, uzoqdan esa chol-kampir mung‘ayib menga qarab turishardi. Kinolardagidek mashina uzoqlasha boshlagach dod solganman. Hech qayerga ketmayman deb, mashinadan tushib yugurganman va buvimning bag‘riga otilganman. Keyin 16 yoshimgacha ular bilan qishloqda yashaganman.

    Shu manzarani o‘zim uchun asrab olib qo‘yganman. Yana film suratga olsam shu kadrni, albatta, ishlataman, deya yodga oladi Zebo Navro‘zova.

    “Turmush o‘rtog‘im bilan yig‘lab ajralganmiz”

    Zebo Navro‘zova aktyor Alisher Yo‘ldoshev bilan turmush quradi. Oilaviy hayotiga boshqalarning aralashuvi sabab farzandlari hali kichik yoshdaligidayoq eri bilan ajrashadi.

    Foto: Instagram

    — Turmush o‘rtog‘im bilan yig‘lab ajralganmiz. Otam yaxshi kasb egasi edi, to‘qchilikda o‘sgan qiz bo‘lganman. Turmush o‘rtog‘imga biznikida yashayveraylik, ota-ona, farzandlar, uy-joy hammasi o‘rtada, nima farqi bor derdim. Shunchalik g‘ururli, pok inson edi-ki, “ichkuyov bo‘lmayman” derdi. Ijarada yashagan paytimizda dadam bir mashina qilib tansiq mevalar, o‘sha paytda kamyob bo‘lgan turli ikralar, noz-ne’matlar yuborardi. Apelsin, mandarin, hammasi dasturxon ustida tursa ham turmush o‘rtog‘im bir piyola choy ichib ishga ketardi. Qaynonam fe’li og‘irroq ayol edi, u sababli yig‘lab-yig‘lab xayrlashganmiz. Qiyin kunlarimni katta va o‘rtancha o‘g‘lim ko‘rgan, deya xotirlaydi rejissyor.

    Zebo Navro‘zova uyida yeyishga noni bo‘lmagan paytlarda farzandlarini yolg‘ondan jazolagan

    San’atkorlarning hayoti doim ham to‘qchilikda o‘tavermaydi. Yosh ona Zebo uyida non yo‘q paytlarda farzandlariga buni bildirmagan bo‘lsa-da, ichidan ezilardi.

    Foto: Instagram

    — Tan olish kerak, bu uyalib yoki maqtanib gapiriladigan gap emas. Ishdan shoshib kelaman, muzlatkichni ochsam hech narsa yo‘q, farzandlarim kichkina, o‘smir. Katta farzandim o‘smir bo‘lsa, kichkinasi hali juda yosh. Shunday paytlar bo‘lgan, bitta nonga pul topa olmasdan qotib qolgan nonlarni “suxarik” qilganman. Farzandlarimga sen pianinoni chalib bermading, shuning uchun ovqat qilmadim, sen gammani uch soat chalishing kerak edi, bir soat chalding, sen meni aldading, gammani uch soat chalasan, keyin ovqat yeysan, yoki sen men bergan she’rni yodlamabsan, demak uchalang ham aytgan ishimni qilmabsizlar, mana sizlarga jazo, ovqat yo‘q deganman, aslida o‘sha payt ichimdan yig‘laganman, deydi aktrisa.

     “Zvezda” kelinlardan Alloh saqlasin

    Zebo Navro‘zova avval o‘rtancha o‘g‘li Shuhratni Xumora ismli vizajist qizga, 2016-yilning 5-iyun sanasida Shohruxxonni aktrisa Asal Shodiyeva uylantirdi. Kenja o‘g‘li esa Iroda ismli qizga uylangan va ularning ikki farzandi bor.

    Foto: Instagram

    — Ijtimoiy tarmoqlarda “kelinlaringiz har doim ko‘cha”da, deb yozishadi. “Nima qilibdi, ular ishi bilan shug‘ullanyapti”, deyman. Kelinlarimga hammasini uddalash, ish va oila bilan birga o‘ziga ham e’tibor berishi kerakligini aytaman. Yosh, o‘ziga qarab, kiyinib yursa nimasi yomon? Kelinlarning boriga shukr, ammo ular baribir qiz bo‘lolmas ekan. Qarigan chog‘da odam betob bo‘lsa baribir ulardan xijolat tortadi deb o‘ylayman. Keyingi paytda shular haqida o‘ylayapman, deydi rejissyor Zebo Navro‘zova.

    O‘zining bosar-tusarini bilmay qoladigan, dilozor, “zvezda” kelinlardan Alloh saqlasin. Bunday inson nafaqat qaynonani, balki butun boshli jamiyatni ham kemiradi.  Yulduzlik go‘zalligi o‘tib, yuzini ajin bosganidan keyin xatolarini tushunib yetadi. Ammo u paytda kech bo‘lishi ham mumkin. Sababi uning dilozorligidan charchagan insonlar o‘zini undan olib qochishga harakat qilishadi. To‘g‘ri, o‘zim ham qaynonaning xizmatini qilgan kelin emasman. Baxtga qarshi turmushdan yosh ajraldim, qaynona bilan yashash nasib etmadi. Ammo bilganlarimni kelinlarimga o‘rgataman, deydi Zebo Navro‘zova.

    Kelinlar qaynonaning uyida har qanday vaziyatda kulib turishga majburmi?

    Qaynona barcha kelinlari bilan iliq munosabatda bo‘lsa-da, ularni sinovdan o‘tkazib turishini yashirmaydi. Zebo Navro‘zova kelinlari Asal va Xumoraxonni ko‘p marta imtihonidan o‘tkazgan.

    Foto: Instagram

    — Har bir ona, kezi kelganda farzandini-da sinab turadi. Kelinlar ham o‘z bolamiz. Shuning uchun imtihonimizdan o‘tishga majbur. Axir, o‘rgatganlarimiz qulog‘iga kirdimi, qo‘lidan keladimi yo‘qmi, bilib olishimiz kerak-ku. Masalan, o‘zim kelinlarimni ko‘p bora sinovdan o‘tkazganman.

    Xonadonimizda bir qonun bor. Har qanday sharoit va kayfiyatda ham inson, albatta kulib turishi shart. Chunki ishdan charchab kelgan inson ana shu tabassumga qarab chalg‘iydi. Bu borada kelinim Xumoraxonni ham, Asalni ham har xil vaziyatlar bilan tekshirib ko‘rganman. Ikkalasi ham imtihondan a’lo baho bilan o‘tishganidan xursandman, deydi rejissyor Zebo Navro‘zova.

    “Yolg‘iz ayol bo‘lib yashash oson emas”

    Rejissyor o‘g‘illaridan uyalishining sababi va ular bergan pulni nimalarga sarflashi haqida aytib o‘tdi.

    Foto: Instagram

    — Yolg‘iz yashash oson emas, qancha qiyinchilik ko‘rganimni o‘zim bilaman. Ammo shunda ham boshqa onalarga o‘xshab, o‘g‘illarimdan nimadir so‘rashga uyalaman. Ba’zan “Antaliya yoki boshqa xorij davlatiga boring, hamma xarajatlarni qoplaymiz”, deyishadi. “Bormay qo‘yaqolay, undan ko‘ra sarflaydigan xarajatni o‘zimga beringlar”, deyman. Kasbga bo‘lgan muhabbat ham bir kasallik bo‘lsa kerak, film olishni yaxshi ko‘raman. Shu yoshimda ham ijodiy g‘oyalar ustida ishlayman. Yashirmayman, shu paytgacha olgan filmlarimning faqatgina bittasini xonanda Lolaning otasi Ravshan Yo‘ldoshev moliyalashtirgan. Qolgan filmlarimning prodyuseri o‘g‘lim Shohruxxon bo‘ldi. Keyinchalik Muhammadali va Shuhrat o‘g‘illarim ham yordam berishdi, deydi uch farzandning onasi.

    “Qiz farzand kerakmas deb xato qilibman”

    Uch pahlavon o‘g‘ilning onasini armonlari ichida eng o‘rtaydigani qiz farzandi yo‘qligida. Zebo Navro‘zova yoshi o‘tgan sayin buni tushunayotganini aytdi.

    Foto: Instagram

    — Allohdan doim “birovga uzatib yuboradigan qizim bo‘lmasin” deb so‘rardim. U ham so‘raganimni berdi — uch o‘g‘ilning onasiman. Ammo qarigan chog‘imda qizim yo‘qligi sezilyapti. Kasal bo‘lsam, charchasam bellarimni uqalab qo‘yadigan, parvona bo‘ladigan qiz farzand bo‘lgani yaxshi ekan. Biror yerim og‘risa, o‘g‘illarimga aytishga baribir tortinaman. Xudodan qiz farzand so‘ramaganim eng katta xatoyim bo‘lgan. Oq yuvib, tarab birovga berib yuborgandan ko‘ra, bo‘lmasin, debman. Bugun shundan afsuslanyapman, deydi ko‘zida yosh bilan rejissyor.

    Zebo Navro‘zovaning rejissyorlik filmlari

    Foto: Instagram

    Zebo Navro‘zova “Bo‘rilar”, “Bo‘rilar — 2”, “Baxt izlab”, “Yarim baxt”, “Shaharlik olifta”, “Aprel—may”, “Jannat, qaydasan”, “Qashqir” kabi filmlar rejissyori. O‘zi ham filmlarda suratga tushadi. O‘g‘li Shohruxxon “Bo‘rilar” filmidagi bosh qahramon rolidan so‘ng mashhurlikka erishgan.

    Taniqli rejissyor, uch o‘g‘ilning onasi qanday uyda yashaydi?

    Foto: Instagram

    Prodyuser va rejissyor Zebo Navro‘zova poytaxtdagi hashamatli xonadonida kichik o‘g‘li hamda kelini bilan birga yashaydi. Katta maydonda joylashgan uy hovlisida yashil hudud mavjud bo‘lib, u yerga turli xil manzarali o‘simliklar hamda gullar ekilgan.

    17 aprel, 16:45   Izoh (0)   4497
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Zebo Navro‘zova#Shohruhxon#Asal Shodiyeva#Muhammad Ali Navro‘zov

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shohruhxon va Asal Shodiyeva yangi oilaviy fotosuratlarini taqdim etdi (foto)

    26.04.2018, 15:02

    Instagram: Kasal holida to‘yga borgan Munisa Rizayeva, Shuhrat Qayumovning hammani yig‘latgan qizi, Shohruhxon — Asilbekning muxlisi

    27.09.2020, 22:40

    Instagram: Talaba bo‘lgan Munisa Rizayeva, Sitora Farmonovaning pulini bermagan rejissor, Toshkentga qaytgan Lola

    13.09.2021, 22:36

    Instagram: 150 ming dollarlik mashina sotib olgan Hosila Rahimova, Muqaddas Xoliqova xonadonida mehmondorchilik, yana o‘g‘illi bo‘ladigan Asal Shodiyeva

    09.12.2021, 22:27

    Instagram: Tug‘ilgan kunini nishonlayotgan Ziyoda, turmushga chiqqan Faridam, mashina xarid qilgan Ruhshona

    07.01.2022, 22:26

    Instagram: Kinoga qaytayotgan Diana Yagofarova, 31 yoshni qarshilagan Shahzoda Muhammedova, Umradan qaytishi bayramga aylangan Bunyodbek Saidov

    17.04.2022, 09:25

    500 kvadrat metrli garderob, isitish tizimiga ega garaj, mini hayvonot bog‘i: O‘zbekistonlik san’atkorlar qanday uylarda yashaydi? (foto, video)

    21.07.2022, 13:50

    Instagram: Qizini turmushga uzatgan Tohir Sodiqov, Umra safaridan qaytgan Sevinch, “Qalpoq”dagi Farmonning qo‘li sindi

    11.10.2022, 22:37

    Instagram: Ijodga qaytayotgan Shahriyor, tug‘ilgan kunini nishonlagan Jambul Muhammedov, patir sotayotgan Asal Shodiyeva

    31.10.2022, 22:40

    “O‘zimdan o‘zimgacha”dan “Super kelinchak”kacha: Adiz Rajabov ishtirokidagi eng yaxshi filmlar (video)

    07.01.2023, 13:55

    Asal Shodiyevadan uzr so‘ragan Nilufar Usmonova, ukasi bilan duet, jonli ijro va qo‘rquv. Shohruxxonning kino-konsertidan reportaj (video)

    11.02.2023, 22:46

    Instagram: Do‘kon ochgan Nilufar Usmonova, Rayhon Ulasenova Italiyada, “ko‘z quvonchi” bo‘lgan Feruza Normatova

    15.02.2023, 22:50

    Instagram: Onasi uchun duo so‘ragan Asal Shodiyeva, uyini 550 ming dollarga sotayotgan Rayhon, biznes boshlagan Xonzoda 

    14.03.2023, 22:20

    “O‘g‘lingiz bu ishlarni qila olmaydi”. Rejissor Zebo Navro‘zova qizi yo‘qligi — hayotidagi eng katta armoni ekanligi haqida (video)

    16.03.2023, 19:55

    “Kelin qiz bo‘lmas ekan”. Rejissor Zebo Navro‘zova kelinlarini ishlab pul topishga undashi haqida gapirdi 

    11.07.2023, 21:56

    Ovqat qilishni yoqtirmaydigan, liftga yolg‘iz chiqishga qo‘rqadigan va birinchi turmushi omadsizlikka uchragan Shahzoda Matchonova 36 yoshda

    14.08.2023, 16:35

    Zebo Navro‘zova “Bo‘rilar”ning davomi — “Super dada” filmining taqdimotini o‘tkazdi (video) 

    25.08.2023, 15:42

    Instagram: Otasini xotirlagan Lola, Toshkentga kelgan Meryem Uzerli, Shohruxxon betob, Jahongir Latipov onasining orzusini ushaltirdi

    01.04.2024, 09:51

    Instagram: Munisa Rizayevadan kelin salom, syurprizi bilan onasini yig‘latgan Muqaddas Sa’dullayeva, “Super kelinchak” filmining davomi ishlandi

    10.04.2024, 21:42
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sovet kosmik kemasi “Kosmos-482” Hind okeaniga qulab tushdi

    Dunyo | 10 may, 16:45

    “Yurtimizda haqiqiy iste’dodlar ko‘p, ularga imkoniyat va yo‘l ko‘rsatadigan ustozlar kerak” — Saida Mirziyoyeva

    O‘zbekiston | 10 may, 16:18

    “O‘tgan yili 326 mlrd so‘mlik shartnomalar tuzishda manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilgan”—Mehriddin Abdullayev

    O‘zbekiston | 10 may, 16:15

    “Shrek-5” multfilmining syujetini oshkor qildi — voqealar real hayotda yuz beradi

    Madaniyat | 10 may, 15:50

    “Agar AQSH Rossiyaga hujum qilsa, yordamchi qo‘shin yuboramiz” — Kim Chen In

    Dunyo | 10 may, 15:20

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    Dunyo | 10 may, 15:00

    Yuzga nafis yaltirash beruvchi xaylayterni to‘g‘ri qo‘llashning 5 usuli

    Layfstayl | 10 may, 14:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.