Ukraina NATOga a’zo bo‘lmasligi kerak, chunki bu Rossiyaning milliy manfaatlariga tahdid tug‘diradi. Bu haqda Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov bildirdi.

“Ukraina NATO a’zosi va Shimoliy Atlantika ittifoqi bilan yaqinlashish istiqboli bo‘lmasligi lozim. Bu Rossiya Federatsiyasining milliy manfaatlariga xavf soladi. Aslida, bu prezident Putin bir necha bor ta’kidlagan ushbu mojaroning asosiy sabablaridan biri hisoblanadi”, dedi Kreml vakili.
Shuningdek, Peskov Ukrainaning NATO ittifoqiga qo‘shilishi masalasi hozirgi mojaroning asosiy sabablaridan biri ekanligini qayd etgan.
OAVda AQSH tinchlik rejasi doirasida NATOga a’zo bo‘lishdan voz kechishni, shuningdek, Qrimni Rossiyaga tegishli deb tan olishni taklif etgani haqida ma’lumot tarqalgan edi. AQSH Davlat departamentining nomi oshkor etilmagan vakiliga ko‘ra, sanab o‘tilgan talablar muhokama uchun “potensial variantlar ro‘yxati”ning bir qismi hisoblanadi.
“Biz Vashington turli darajalarda Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishi mumkin emasligi haqida gapirganini eshitdik. Shubhasiz, bu bizni mamnun etadi va bizning nuqtayi nazarimizga mos keladi”, dedi Peskov.
Izoh (0)