AQSH rasmiylari Moskva va Kiyev o‘rtasidagi keng ko‘lamli tinchlik kelishuvi doirasida Qrimni Rossiya hududining bir qismi sifatida tan olishga tayyor, deb yozadi Bloomberg manbalarga tayanib.
Suhbatdoshlarning fikricha, bunday qadam AQSH prezidenti Donald Tramp mojaroni hal qilishga yordam berishga tayyorligi haqidagi yakuniy ishora bo‘lishi mumkin.

Bloomberg manbalarining aniqlik kiritishicha, Vashington hali Qrimni Rossiyaniki deb tan olish borasida yakuniy qarorga kelmagan. Agentlik suhbatdoshlari muzokaralar tafsilotlarini oshkor qilmadi.
17-aprel kuni Parijda AQSH, Ukraina, Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniya vakillarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bloomberg agentligiga ko‘ra, Vashington o‘z ittifoqchilariga Rossiya-Ukraina mojarosini tartibga solish rejasini taqdim etgan. Unda Rossiya harbiy amaliyotlar davomida bosib olingan hududlarni saqlab qolishini, shuningdek, Kiyevning NATOga qo‘shilishni rad etishini taxmin qilmoqda.
Avvalroq AQSH Ukraina bo‘yicha tinchlik muzokaralaridan chiqish bilan tahdid qilgandi.
“AQSH prezidenti Donald Tramp yaqin kunlarda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha taraqqiyotni ko‘rmasa, Rossiya va Ukraina o‘rtasida tinchlikka erishishda vositachilik qilishni to‘xtatadi”, deb xabar bergan Davlat departamenti rahbari Marko Rubio.
Izoh (0)