Taniqli byuti-bloger, vizajist va tadbirkor Goar Avetisyan Rossiya soliq organlariga 55 million rubl (qariyb 670 ming dollar) qarzdor ekanligi aytilmoqda.

Soliqlarni to‘lamasa, blogerning hisob raqamlari bloklanadi, keyin esa jiddiyroq sanksiyalar qo‘llanilishi mumkin. Avetisyan ijtimoiy tarmoqlarda 12 milliondan ortiq obunachiga ega. U blogerlik faoliyatidan tashqari Goar kosmetika brendi, Moskvadagi Goar Avetisyan Beauty go‘zallik studiyasi va Goar Avetisyan School maktabining egasi sifatida tanilgan. Hozirda Avetisyan 31 yoshda, u birinchi millionini 18 yoshida topgan.

Goar Avetisyan nafaqat Rossiyada, balki MDH mamlakatlarida ham juda mashhur. Xususan u Toshkentga tez-tez kelib, makiyaj bo‘yicha master-klasslar o‘tkazib turadi.
Izoh (0)