• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +19°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Tanzila Norboyeva boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi MDHga aʼzo davlatlar Parlamentlararo Assambleyasining bahorgi sessiyasi tadbirlarida ishtirok etdi

    O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi O‘zbekiston parlament delegatsiyasi Sankt-Peterburg shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga aʼzo davlatlar Parlamentlararo Assambleyasining bahorgi sessiyasi tadbirlarida ishtirok etdi.

    Parlamentlararo Assambleya Kengashi majlisining kun tartibidagi masalalar muhokamasiga o‘tishdan avval Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga aʼzo davlatlar Parlamentlararo Assambleyasi Kengashi raisi, Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federal Kengashi Raisi V.Matviyenko Parlamentlararo ittifoqning Toshkent shahrida o‘tkazilgan 150-yubiley assambleyasi va uning natijalariga to‘xtalib, mazkur anjumanning yuqori saviyada tashkil etilgani, qabul qiluvchi tomonning mehmonlarni qabul qilish va tadbir o‘tkazishdagi yuksak mahorati hamda masʼuliyatini alohida eʼtirof etdi hamda Tanzila Norboyeva va uning jamoasini ushbu nufuzli tadbirni yuksak darajada o‘tkazgani bilan tabrikladi.

    O‘z navbatida, Oliy Majlis Senati Raisi T. Norboyeva  mazkur Assambleya MDH davlatlari parlament delegatsiyalarining faol ishtiroki, ularning qabul qilingan hujjatlarga qo‘shgan hissasi hamda ilgari surgan takliflari muhim ahamiyatga ega ekanini taʼkidladi. Shuningdek, kelgusida ham bunday yirik xalqaro anjumanlarni o‘tkazishda hamkorlik qilishga doimo tayyor ekanini alohida taʼkidladi.

    Shundan so‘ng kun tartibidagi masalalar ko‘rib chiqildi.

    Ishtirokchilar MDH PA xalqaro kuzatuvchilarining Belarus Respublikasi Prezidenti saylovi va Tojikiston parlament saylovi monitoringi natijalariga eʼtibor qaratdilar.

    Xususan, MDH PA missiyasi koordinatori, Oliy Majlis Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi  A.Eshmuratovning 2025-yil 2-mart kuni Tojikiston parlamentiga bo‘lib o‘tgan saylovni kuzatish natijalari to‘g‘risida maʼlumot berib o‘tdi.

    Shuningdek, Kengash majlisida MDH Parlamentlararo Assambleyasining 2024-yildagi faoliyati sarhisob qilinib, kelgusida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan xalqaro sammitlarga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.

    Tadbir doirasida Tanzila Norboyeva Ozarbayjon Respublikasi Milliy Mejlisi Raisi Sahiba Gafarova bilan uchrashuv o‘tkazdi.

    Tomonlar O‘zbekiston-Ozarbayjon munosabatlarining jadal rivojlanishi ikki davlat rahbarlarining mustahkam do‘stligi va o‘zaro ishonchiga asoslanganini taʼkidladi. Birinchi O‘zbekiston-Ozarbayjon parlament ayol aʼzolari forumiga tayyorgarlik ishlari ham diqqat markazida bo‘ldi. Mazkur forumni tashkil etish bo‘yicha do‘stlik guruhi tuzishga kelishib olindi. O‘zbekiston tomonidan Forum konsepsiyasi hamda gender tenglik, taʼlim, ayollar tadbirkorligi, turizm va yoshlar parlamentlari hamkorligini qamrab olgan panel sessiyalar  mavzulari taklif etildi.

    Shuningdek, Tanzila Norboyeva Tojikiston Respublikasi Majlisi milli Majlisi Oli Raisi Rustami Emomali bilan uchrashuv o‘tkazdi.

    Suhbat davomida ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilinib, O‘zbekiston-Tojikiston strategik sherikligining mustahkam asosi ikki davlat rahbarlarining yaqin hamkorligi va o‘zaro ishonchning yuqori darajasi asosida shakllanayotgani taʼkidlandi.

    Parlamentlarning yangi tarkibi shakllangani munosabati bilan parlamentlararo hamkorlikni faollashtirish rejalari muhokama qilindi. Tomonlar oliy darajada erishilgan kelishuvlar ijrosi ustidan parlament nazorati masalalarini kun tartibiga kiritgan holda “O‘zbekiston – Tojikiston” do‘stlik guruhi yig‘ilishini o‘tkazishga tayyorligini tasdiqladi.

    Tanzila Norboyeva Sankt-Peterburg shahrida Belarus Respublikasi Milliy Majlisi Respublika Kengashi Raisi Natalya Kochanova bilan uchrashuv o‘tkazdi.

    Uchrashuv chog‘ida parlamentlararo hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari, shuningdek, O‘zbekiston parlament delegatsiyasining joriy yil avgust oyida Belarusning Vitebsk viloyatiga bo‘lajak rasmiy tashrifiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.

    Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi O‘zbekiston parlamenti delegatsiyasi Piskarev memorial qabristoniga gulchambarlar qo‘yish marosimida ishtirok etdi.

    Marosim Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan bo‘lib, tinchlik va ozodlik yo‘lida jonini fido qilgan millionlab insonlarning jasoratiga chuqur minnatdorlik va hurmat ifodasi bo‘ldi.

    2025-yil 18-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi parlament delegatsiyasi Sankt-Peterburg shahrida MDH PAning 1941–1945 yillardagi Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanali majlisida ishtirok etdi.

    Tadbirda MDH ishtirokchi davlatlari parlamentlari va xalqaro tashkilotlar rahbarlari ham qatnashdi.

    Tantanali majlisda Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva so‘zga chiqdi.

    O‘zbekiston parlamenti yuqori palatasi rahbari tadbir ishtirokchilarini Buyuk G‘alabaning 80 yilligi bilan samimiy muborakbod etib, ushbu sana butun insoniyat uchun ulug‘ qadriyatlar — tinchlik, matonat va hamjihatlik timsoli ekanini taʼkidladi.

    Buyuk G‘alaba — fashizmga qarshi yelkama-yelka kurashgan barcha xalqlarning umumiy zafaridir. Urush yillarida O‘zbekiston xalqining frontda ham, front ortida ham ko‘rsatgan beqiyos jasorati va mehnati alohida eʼtirof etildi.

    1941–1945-yillar mobaynida mamlakatimizdan qariyb 2 million kishi safarbar qilingani, ularning yarmidan ko‘pi janglarda halok bo‘lgani, yaralangani yoki bedarak yo‘qolgani taʼkidlandi. Shu bilan birga, O‘zbekiston 1,5 milliondan ortiq evakuatsiya qilingan kishilarni — keksalar, ayollar va bolalarni, shu jumladan 250 ming yetim bolani qabul qilgani, ularga boshpana va g‘amxo‘rlik ko‘rsatgani alohida qayd etildi.

    G‘alabaga olib borgan yo‘l faqat qurol bilan emas, balki front ortidagi mehnat, bag‘rikenglik va hamjihatlik tuyg‘ulari bilan ham taʼminlangan. O‘sha yillarda O‘zbekistonga 170 dan ziyod zavod va fabrikalar evakuatsiya qilinib, qisqa muddatda harbiy mahsulotlar ishlab chiqarishga o‘tkazilgan.

    Bunday tarixiy sana xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik rishtalarini yana-da mustahkamlashga, yosh avlod uchun tinchlik va bag‘rikenglik sabog‘i sifatida xizmat qilishi lozimligi taʼkidlab o‘tildi.

    19 aprel, 15:00   Izoh (0)   1453
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #senat#tanzila#norboyeva

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Anchelotti “Real” boshqaruvini qachon tark etishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 9 may, 23:38

    Superliga. “Dinamo” “Surxon”ni mag‘lub etib, turnir jadvalida kuchli uchlikka kirib oldi

    Sport | 9 may, 22:35

    AQSH byudjeti taqchilligi yil boshidan beri 196 mlrd dollarga ko‘paydi

    Dunyo | 9 may, 22:05

    Fransiyada ikki general hokimiyatni tanqid qilgani uchun ishdan olindi

    Dunyo | 9 may, 21:35

    “Liverpul” “Real”ning qaroridan norozi bo‘ldi

    Sport | 9 may, 21:12

    NATO Kiyevga tinchlik shartnomasining bir qismi sifatida a’zolikni va’da qilmaganini bildirdi

    Dunyo | 9 may, 20:35

    Superliga. Vodiy derbisida “Neftchi” ustun keldi

    Sport | 9 may, 20:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.