Janubiy Afrikada isitma, titroq, haddan tashqari charchoqni keltirib chiqaradigan maymun chechagi yuqumli kasalligi avj olmoqda. Hozirgacha 6 kishida virus aniqlangan, bu esa sayyohlar va mahalliy aholini xavotirga solmoqda.

Simptomlar infeksiya yuqtirib olinganidan keyin 5 kundan 21 kungacha paydo bo‘lishi mumkin va ular quyidagilar:
- isitma
- bosh og‘rig‘i
- mushak og‘rig‘i
- qaltirash
- kattalashgan limfa tugunlari
- qattiq charchash
Profilaktika choralari juda muhim. Ular quyidagilar:
- Kasal odamlar va hayvonlar bilan yaqin aloqada bo‘lmaslik.
- Qo‘llarni tez-tez yuvish.
- Yovvoyi hayvonlar go‘shtini yemaslik.
Kasallik avj olganiga qaramay, Janubiy Afrikada maymun chechagiga qarshi emlash tavsiya etilganicha yo‘q. Biroq sayohatdan kamida 8 hafta oldin umumiy emlanish haqida o‘ylab ko‘rish zarur. Chunki, mintaqada bezgak, vabo, OIV va chikungunya viruslari ham keng tarqalgan.
Bundan tashqari, epidemiya mavjudligi sayohat tibbiy sug‘urtasi qamroviga ta’sir qilmay qolmaydi. Janubiy Afrika hali hamon ulkan turistik zona hisoblanadi. Shunday bo‘lsa-da, sayohatchilardan bu davrda o‘z sog‘liklariga alohida e’tibor berishlari lozim.
Izoh (0)