Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya Qurolli kuchlari “Pasxa sulhi” paytida og‘ir qurollardan ko‘proq foydalana boshlaganini aytdi. Sutka boshidan beri 46 ta hujum va 901 ta otishma qayd etildi. Ukrainalik harbiylar pistirmaga tushdi.

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, 448 ta otishmada og‘ir qurollardan foydalanilgan. Rossiya tomonidan eng ko‘p jangovar harakatlar Pokrovskiy, Kursk, Severskiy va Donetsk viloyatidagi yo‘nalishlarda qayd etilgan.
Toretsk yo‘nalishida jangchilarimiz, afsuski, Rossiya pistirmasiga tushib qolishdi. Halok bo‘lganlar bor. Buni amalga oshirgan Rossiya harbiylari yo‘q qilinadi, dedi siyosatchi.
U mudofaa kuchlari javob zarbasi berishini, ya’ni “mutlaqo ko‘zgudagidek” harakat qilishini ta’kidladi. Zelenskiy Pasxa “urushning yagona manbai va uning cho‘zilishining sababi Rossiya ekanini isbotlagani”ni qayd etdi.
Biz tinchlik va kamida 30 kun davom etishi mumkin bo‘lgan o‘t ochishni to‘liq, so‘zsiz va adolatli to‘xtatish tomon harakatlanishga tayyormiz, ammo Rossiyadan bu borada hali ham javob yo‘q. Frontdagi vaziyat tinchlik hukm surishi uchun Moskvaga bosim o‘tkazish va okkupatsion kontingent harakatlarini haqiqiy nazorat qilish kerakligini ko‘rsatmoqda, dedi u.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 19-aprel soat 18:00 dan 21-aprel tongi 00:00 gacha Pasxa sulhini e’lon qildi. Biroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy sulhga rioya qilinmaganini aytdi. Xususan, Rossiya FPV dronlaridan foydalanishni ikki barobar oshirgani ta’kidlandi. Ukraina prezidentining sulhni 30 kunga uzaytirish taklifini Kreml ma’qullamadi.
Izoh (0)