• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12904.51
    • RUB161.99
    • EUR14575.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Maosh soatiga salkam 13 yevro: o‘zbekistonliklar Germaniyaga ishga taklif qilinmoqda

    Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi o‘zbekistonliklar Germaniyaga ishga taklif qilinayotganini e’lon qildi. 

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Xabarda aytilishicha, maosh soatiga 12,8 yevrodan. Ish esa haftada 5 kun 8 soatdan. Nomzodlar uchun talablar:

    • kamida 2 yillik kasb-hunar ta’limi diplomi;
    • kamida 2 yillik ish tajribasi;
    • 20-40 yosh oralig‘i;
    • sudlanmagan va jismonan sog‘lom.

    Dasturda ishtirok etish mumkin bo‘lgan kasblar: 

    • Elektronikachi – elektrotexnika va bino-inshootlar texnikasi

    Elektrotexnika va bino-inshootlar texnikasi mutaxassisligining elektronikachilari bino va inshootlarning texnik qurilmalarini, shu jumladan elektr ta’minot, yoritish, sovitish, konditsioner va kuzatuv uskunalarini rejalashtirishadi va o‘rnatishadi. Kir yuvish mashinalarini, gaz plitalarini elektr tarmog‘iga ulashadi, bino(lar)ni boshqarish tizim(lar)i va axborot uzatish tarmoqlarini rejalashtirishadi va o‘rnatishadi, isitish, ventilyatsiya va konditsioner tizimlarining nazorat va boshqaruv uskunalarini dasturlashadi va sozlashadi. Bundan tashqari, ular antenna, qabul qilish va keng tasmali (polosali) aloqa uskunalarini o‘rnatishadi. Texnik xizmat ko‘rsatish ishlari doirasida ular bino-inshootlarning texnik tizimlarini tekshirishadi va, zarur bo‘lsa boshqatdan sozlashadi. Nosozliklar bo‘lsa, ular nosozlik sabablarini aniqlashadi va uskuna-tizimlarni ta’mirlaydi.

    • Santexnika, isitish va konditsionerlar bo‘yicha mexanik

    Santexnika, isitish va konditsionerlar bo‘yicha mexaniklar suv va havo ta’minoti tizimlarini o‘rnatishadi, rakovinalarni, dush kabinkalari, tualetlar va boshqa sanitariya inshootlarini o‘rnatishadi va tegishli tarmoqqa ulashadi. Shu jumladan barqaror ta’minot va chiqindilarni bartaraf etish tizimlari sifatida ular yomg‘ir suvi va texnik suvdan foydalanish tizimlarini o‘rnatishadi. Bundan tashqari ular isitish tizimlarini montaj qilishadi, isitish qozonlarini o‘rnatishadi va ishga tushirishadi. O‘z faoliyatida ular metall va plastik quvurlarga, tunuka va profillarga tegishli uskunalar yordamida yoki qo‘l bilan ishlov berishadi. 

    Qolaversa, ular kam energiya sarflaydigan va atrof-muhitni asraydigan tizimlarni, shu jumladan quyosh elektr tizimlarini, issiqlik nasoslari va yog‘och pelletli tizimlarni binolarda montaj qilishadi. Montajdan so‘ng ular uskunalar va tizimlar benuqson ishlayotganligini va optimal sozlanganligini tekshirishadi. Ular bino(lar)ni boshqarish tizimlarini, masalan Aqlli uy tizimlarini o‘rnatishadi va tegishli dasturiy ta’minotni, masalan ilovalarni qo‘llashadi. Ular mijozga maslahatlar berishadi, misol uchun tarmoq tarkibida bir-biri bilan ulangan tizim texnikasi bo‘yicha maslahatlar, va mijozga uskuna va tizimlardan qanday foydalanishni tushuntirib berishadi.

    • Mexatronika - sovitish texnikasi

    sovitish texnikasi bo‘yicha mexatronikachilar sovitish va konditsioner tizimlari uchun tegishli komponentlarni yig‘ishadi va tizimning butlovchi qismlarini ustaxonada oldindan montaj qilishadi. Bular qatoriga, masalan, mexanik, elektronik va elektrotexnik komponentlar kiradi. Mijoznikida ular bu tizimlarni o‘rnatishadi, quvurlarni yotqizishadi, ularni izolyatsiya materiallari bilan qoplashadi, elektr ulanish nuqtalarini o‘rnatishadi hamda nazorat va boshqaruv uskunalarini dasturlashadi. Montajdan so‘ng sovitish texnikasi bo‘yicha mexatronikachilar uskunalar va tizimlar benuqson va xavfsiz ishlayotganligini tekshirishadi, ularni ishga tushirishadi va mijozga uskunalarni va ulardan qanday foydalanishni tushuntirib berishadi. Bundan tashqari ular bu tizimlarning texnik xizmatini ko‘rsatishadi.

    •  Chilangar – qurilish texnologiyasi

    Qurilish texnologiyasi mutaxassisligi bo‘yicha chilangarlar po‘lat yoki boshqa metallardan yasalgan naveslar, fasad elementlari, darvozalar, oyna romlari yoki panjaralarni ishlab chiqarishadi va o‘rnatishadi. Ko‘p holatlarda ular mijozning xohishiga asosan individual mahsulot ishlab chiqarishadi. Ular yengil metallar yoki po‘latga qo‘l bilan yoki uskunalar yordamida ishlov berganlarida, texnik chizmalarga asoslanib ishlashadi. Ular metall tunukalarni, quvurlar yoki profillarni maxsus belgilab, ularni kesishadi va shakllantirishadi. So‘ng ular alohida qismlarni payvandlashadi, zaklyopka qilishadi yoki bir biriga shurup-boltlar bilan qotirishadi. Bundan tashqari ular joyida montaj vaqtida ochib-yopish va xavfsizlik uskunalari qurib o‘rnatishadi, masalan mexanik, gidravlik va elektrik darvoza yoki quyoshdan himoya qilish tizimlari uchun motorlar. Qolaversa, ular o‘z mahsulotlarining texnik xizmatlarini qilishadi va ularni soz holatda saqlashadi.

    • Bino-inshootlar quruvchisi – devor quruvchi

    Devor qurish yo‘nalishi bo‘yicha bino-inshootlar quruvchilari devorlar, zinapoyalar yoki shaxtalar kabi devor qurilish ishlarini qilishadi. Buning uchun ular qorishma (rastvor) tayyorlashadi va devor qismlari bo‘lmish klinker, pishgan g‘isht yoki qum ohakli g‘ishtlarni bir-birining ustiga qo‘yib o‘rnatadi. Ular shift va devorlarni betonlashadi, oyna peremichkalari yoki zinalar kabi tayyor qismlarni montaj qilishadi va styajka qilishadi. Bundan tashqari ular issiqlik, sovuqlik, shovqin va yong‘indan himoya qiladigan izolyatsiya materiallarini montaj qilishadi, devorlar va shiftlarni suvashadi, masalan gipsokartondan devorlar qurishadi. Ular yangi bino-inshootlarni qurishda yoki eskilarini ta’mirlashda ishlashlari mumkin.

    • Bino-inshootlar quruvchisi - beton va temir-beton ishlari

    Beton va temir-beton ishlari bo‘yicha bino-inshootlar quruvchilari poydevor, ustunlar, rigellar, devorlar va shiftlar kabi komponentlarni qurishadi. Buning uchun kerak bo‘lgan qoliplarni (opalubkalar) va armaturalash ishlarini, ya’ni beton dars ketishini oldini olishga qaratilgan ishlarni ham o‘zlari qilishadi. Ular beton qorishmasini tayyorlashadi, uni suyuq shaklda qoliplarga quyishadi va zichlashadi. Beton qotganidan keyin ular qoliplarni olib qo‘yishadi va zarur bo‘lsa, beton sirtidagi nuqsonlarni bartaraf etishadi. Bundan tashqari ular tayyor beton qismlarini o‘rnatishadi va issiqlik, sovuqlik, shovqin va yong‘indan himoya qiladigan izolyatsiya materiallarini montaj qilishadi. Ular yangi bino-inshootlarni qurishda yoki eskilarini ta’mirlashda ishlashlari mumkin.

    • Devor quruvchisi

    Devor quruvchilar turar joy va noturar joy uchun mo‘ljallangan binolarning korobkasini (xom holatini) qurishadi. Ular avval betondan poydevor (fundament) quyishadi, keyin tashqi va ichki devorlarni g‘ishtdan terishadi yoki betondan quyishadi yoki tayyor qismlardan montaj qilishadi. Beton ishlari uchun ular qoliplar (opalubka) yasashadi yoki tayyor qolip tizimlarini o‘rnatishadi. Ular armaturalash ishlarini beton uchun mo‘ljallangan temirdan (armaturadan) qisman o‘zlari qilishadi. Ular beton tayyorlashadi yoki beton yuk mashinasida tayyor holatda keltirilgan betonni ishlatishadi. Suyuq betonni ular qoliplarga solishadi va zichlashadi.

    Ular qisman devorlarni ham suvashadi, styajka yotqizishadi yoki izolyatsiya materiallarini montaj qilishadi. Bundan tashqari ular buzish va qayta qurish ishlarini bajarishadi. Ta’mirlash va sanatsiya ishlari doirasida ular strukturaviy shikastlarni va ularning sabablarini aniqlashadi va ularni bartaraf etishadi.

    • Betonchi va temir-betonchi

     Betonchi va temir-betonchilar beton va temir-beton qurilmalarni, masalan ko‘priklar, sexlar va ko‘p qavatli binolar uchun qurilmalarni qurishadi. Ular qoliplar (opalubka) va havozalarni montaj qilishadi va tayyorlashadi, beton darz ketishining oldini olishga mo‘ljallangan armaturalarni bukishadi va bir-biri bilan bog‘lashadi, armaturalarni qoliplarga o‘rnatishadi.

    Ular beton qorishmalarini tayyorlashadi yoki beton yuk mashinasida tayyor keltirilgan betonni ishlatishadi. Suyuq betonni ular qoliplarga solishadi hamda trambovka qilib va silkitib zichlashadi. Beton qotganidan keyin qoliplarni olib qo‘yishadi va zarur bo‘lsa, beton sirtidagi nuqsonlarni bartaraf etishadi. Ular betondan yasalgan tayyor qismlarni montaj qilishadi, beton qurilmalarini germetizatsiya va izolyatsiya qilishadi. Bundan tashqari betondan yasalgan komponentlarning shikastlangan joylarini ta’mirlashadi.

    • Pardozchi – duradgorlik ishlari

    Duradgorlik ishlari bo‘yicha pardozchilar yog‘och konstruksiyalarni, misol uchun shiftlar, cherdaklar, sinch va yog‘och karkasli qurilmalar uchun yasashadi. Ular yog‘och balkalar va taxtalarni arralash va randalash uskunalari bilan, qisman qo‘lda ishlov berishadi. Qurilish maydonchasida ular tayyorlab qo‘yilgan qismlarni montaj qilishadi, eshiklar, darvozalar va yog‘och zinalarni o‘rnatishadi, devorlarga qoplamalar (obshivka) o‘rnatishadi, gipsokartondan komponentlar va ularning karkaslarini yasashadi, yog‘ochli sirtlarga ishlov berishadi va kerak bo‘lsa, issiqlik, shovqin va yong‘indan himoya qiladigan izolyatsiya materiallarini o‘rnatishadi. Bundan tashqari ular o‘lchovlar o‘tkazishadi - masalan, stropilalarning burchagi va og‘ishini tekshirish maqsadida va zarur bo‘lsa, kamchiliklarni to‘g‘rilash uchun kerakli ishlarini qilishadi. Ular yangi bino-inshootlarni qurishda yoki eskilarini ta’mirlashda ishlashlari mumkin.

    • Tom yopuvchi

    Tom yopuvchilar tom karkasi uchun yog‘och konstruksiyalarni yasashadi hamda tom va tom devorining maydonini profnastil, keramik cherepitsa, toshli cherepitsa, shindel (tom drankasi) yoki boshqa qoplama materiallar bilan yopishadi va qoplashadi. Ular tom va devor maydonlari, balkonlar va terassalar hamda qurilmalarda gidroizolyatsiya ishlarini amalga oshirishadi, tashqi devorlarni qoplamalar bilan qoplash uchun karkas yasashadi, qoplamalarni montaj qilishadi va binoning tashqi devorlariga osma fasad qoplama bilan shakl (dizayn) berishadi. 

    Qolaversa ular chaqmoqdan himoya qiluvchi qurilmalar, qorni ushlab qolish tizimlari, tarnovlar, tik quvurlar (stoyaklar), tom derazalari yoki yorug’lik gumbazlarini montaj qilishadi va quyoshli isitish va elektr uskunalarini, shu jumladan elektrik komponentlar va ulanish nuqtalarni tomlarda va fasadlarda o‘rnatishadi.

    Bundan tashqari ular bino egalari va mulkdorlariga binoni energetik sanatsiya qilishda ko‘mak berishadi va tegishli choralarni o‘tkazishadi, masalan izolyatsiya qatlamlarini va bug‘ni izolyatsiya qilish elementlarini o‘rnatish. Qolaversa tomlarni yashillashtirish hamda tom va devor maydonlari hamda ularning tarkibiy qismlarining texnik xizmati va soz holatda saqlanishi tom yopuvchilarning vazifalari qatoriga kirishi mumkin.

    • Yo‘l quruvchisi

    Yo‘l quruvchilari asosiy va qo‘shimcha yo‘llarni, piyodalar va velosipedlar uchun yo‘llarni, piyodalar zonalarini hamda avtomagistrallar va aerodromlarni qurishadi. Qurilish maydoni chegaralari belgilanib to‘sib olinganidan keyin ular yer qazish ishlarini boshlashadi. Ular tuproqni olishadi, transportda tashishadi, tekislashadi va zichlashtirishadi. Bunda ular ekskavatorlar, zanjirli ekskavatorlar va katoklardan foydalanishadi. Zichlashtirilgan gruntga ular pastki qatlam sifatida odatda bir qator mayda tosh (sheben) va boshqa toshlar aralashmalarini yo‘yishadi. Oxirida beton-asfalt qoplamasi yo‘lning qatnov qismi sifatida yotqiziladi. Bundan tashqari yo‘l quruvchilari bruschatka yotqizish ishlarini qilishadi va yo‘l chetlarini mustahkamlashadi, qiyaliklarni hamda drenaj ariqlarini qurishadi. Yangi binolarni qurishdan tashqari, ular yo‘llar va ko‘chalarni ta'mirlash va saqlash ishlarini ham bajarishadi. 

    •  Avtomexatronika – yengil avtomobil texnikasi

    Yengil avtomobil texnikasi bo‘yicha avtomexatronikachilar avtomobillarning mexanik, elektronik, gidravlik va pnevmatik tizimlarni yoki uskunalarni soz holatda saqlashadi. Elektronik yoki kompyuterli o‘lchov va diagnostika uskunalari yordamida ular misol uchun uzatma agregatlari, radiatorlar, darajani boshqarish tizimlari va haydovchiga yordam beruvchi tizimlarni tekshirishadi va tahlil qilishadi. Ular qismlarni moylaydi, nosoz qismlarni almashtirishadi, uzatma tizimining qismlarini ta’mirlashadi yoki moylash materiallari, tormoz yoki gidravlika suyuqliklarini almashtirishadi. Qolaversa ular yo‘l harakat qoidalarining talablari bajarilishini nazorat qilishadi, test-drayvlar (avtomobilni sinov tariqasida minib ko‘rish) o‘tkazishadi va ishlab chiqarilgan gazlarni o‘lchashadi. Mijozning xohishiga binoan ular navigatsiya qurilmalari yoki qo‘llar ishlatilmaydigan aloqa uskunalari kabi qo‘shimcha qurilmalarni o‘rnatishadi. Bundan tashqari avtomexatronikachilar elektromobillar sohasida ham ishlashi mumkin.

    O‘zbekistonliklar uchun Germaniyaga migratsiya masalasida bir qator yengilliklar ishlab chiqilmoqda. Germaniyada transport, muhandislik sohalarida ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar ushbu davlat standartlari asosida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik hamda Transport vazirliklari qoshidagi kasbiy ta’lim muassasalarida germaniyalik mutaxassislar tomonidan til va kasbga o‘rgatiladi.

    17 fevral, 19:30   Izoh (1)   29600
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #ishga#maosh

    Izoh (1)

    Kirish
    1. zuxraxonoripova89@gmail.com / 18 fevral, 07:16

      Qanday borsa boladi?

      Javob berish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev Navoiydagi politexnikumni borib ko‘rdi 

    31.10.2024, 21:58

    Gollivud kinosanoatida ishlaydiganlar qancha maosh oladi? 

    12.11.2024, 20:55

    “Jeki Channi ota-onasi 200 dollarga sotmoqchi bo‘lgan”. Jahon yulduzlarining qiyinchiliklarga taslim bo‘lmaslikka undovchi hikoyalari

    19.11.2024, 16:10

    Yamanliklar aldov yo‘li bilan Ukrainaga qarshi urushda Rossiya armiyasiga yuborilmoqda 

    06.12.2024, 18:11

    Har bir qismi uchun 20 ming dollar: “Muhtasham yuz yil” serialidagi bosh qahramonlar qancha gonorar olgan? 

    11.12.2024, 12:30

    Rossiyadagi mehnat muhojirlari eng ko‘p qancha maosh oladi? — RF Mehnat vazirligi raqamlarni ochiqladi 

    16.12.2024, 20:24

    O‘lik tashigan va choy sotgan: O‘zbek shou-biznesi vakillari mashhur bo‘lishidan avval qaysi sohada faoliyat yuritgan?

    2 yanvar, 17:51

    Rossiya armiyasida Ukrainaga qarshi jang qilgan o‘zbekistonlikka hukm o‘qildi 

    4 yanvar, 22:25

    Yetimlikda ulg‘aygan, ayolining vafotidan kutilmagan zarba olgan va “Otello” bo‘lganidan afsuslanadigan Yoqub Ahmedov 87 yoshda (foto, video)

    6 yanvar, 14:51

    “Bitiruvchilarni o‘zimiz ish bilan ta’minlay olmasak, ularning xorijda ishlashiga sharoit yaratishimiz lozim” — professor

    14 yanvar, 21:20

    Yetimlikda ulg‘aygan, “morg”da ishlagan va o‘zidan 10 yosh katta ayol bilan oila qurgan Shukurullo Isroilov 55 yoshda (foto, video)

    14 yanvar, 19:35

    “O‘zbekistonda nega kreditlar juda qimmat?” — xalqaro iqtisodchi Qobiljon Isayev bilan suhbat

    18 yanvar, 13:20

    Germaniyaga o‘zbekistonlik haydovchilar ishga taklif qilinmoqda

    20 yanvar, 10:27

    AQSH razvedkasi 8 oylik maosh bilan xodimlarga bo‘shashni taklif qildi — WSJ 

    5 fevral, 15:10

    Sunʼiy intellekt hayotimizni qanday o‘zgartiradi?

    13 fevral, 13:04

    Tramp saylovoldi va’dalarini bajarmoqda, ammo bu qonun ustuvorligiga tahdid solmoqda

    12 fevral, 22:46

    Andijonlik o‘qituvchi ayol pichoqlab o‘ldirildi. Gumonlanuvchi er qo‘lga olindi

    13 fevral, 14:10

    “Oyoqlar ostida yer yona boshladi”. Rossiya “Vagner” kuchlarini Amerika o‘ljasiga aylantirgan Xashamdagi jang

    13 fevral, 18:59

    O‘zbekiston va Rossiya adaptiv sport sohasida hamkorlik qilishga kelishdi

    14 fevral, 10:07

    O‘zbekistonda homiladorligi yoki farzandi borligi sababli xodimni ishdan bo‘shatish taqiqlandi

    14 fevral, 13:24

    O‘zbekistonda endi tadbirkor yoshlarga 2,5 mlrd so‘mgacha imtiyozli kreditlar beriladi

    14 fevral, 15:52

    “GoBozor: Xitoydan millionlab mahsulotlar olamiga eshigingiz”

    14 fevral, 19:14

    O‘zbekistonda kambag‘al oilalar farzandiga OTMlarda qo‘shimcha grant ajratiladi 

    14 fevral, 16:16

    Afg‘onistonda vazirlik binosi oldida xudkush terrorchi portladi

    14 fevral, 17:50

    O‘zbekistonda hokimlar endi har oy tarbiyasi og‘ir yoshlar bilan uchrashadi 

    14 fevral, 16:33

    Yangi pech OKMKning ohakka bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qondiradi 

    14 fevral, 18:00

    Butun suratga olish guruhi yig‘lagan: “Muhtasham yuz yil” serialidagi eng qayg‘uli sahnalar

    15 fevral, 11:40

    “Duch kelgan odam o‘qituvchiga do‘q qilish uyoqda tursin, madaniyat chegarasidan chetga chiqib gaplashishga haqli emas” — Hilola Umarova

    16 fevral, 15:10

    Yulduz Usmonova bilan orasi buzilgan, 22 kishiga avtomobil sovg‘a qilgan va Ahmadboydan kuygan Dilfuza Ismoilova 57 yoshda (foto, video)

    17 fevral, 12:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Mobiuz IQAir havo sifati datchigini o‘rnatdi


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    AKFA Medline University Hospital AHA rasmiy o‘quv markazi maqomini qo‘lga kiritdi


    Huawei O‘zbekistondagi “Tech Carnival”da Intellektual dunyo rivojini jadallashtirmoqda


    Huawei Cloud TechWave Summit 2025: Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda muvaffaqiyatni oshirish uchun intellektuallikni tezlashtirish 


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi


    TBC Uzbekistan o‘zining sun’iy intellektga asoslangan yechimlari orqali samaradorlikni oshirib, o‘sish sur’atlarini tezlashtirmoqda 


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ukraina va Rossiya asirlar ayirboshlashni yakunladi (foto)

    Dunyo | 25 may, 21:16

    Superliga. “Navbahor” o‘z maydonida yirik hisobda g‘alaba qozondi

    Sport | 25 may, 20:49

    Braziliyada kolaga ruju qo‘ygan erkak organizmidan 35 ta tosh chiqdi (video)

    Dunyo | 25 may, 20:37

    Isroil barcha faol piyoda va zirhli brigadalarini G‘azoga kiritdi

    Dunyo | 25 may, 19:15

    Tramp Garvard universitetida o‘qiydigan xorijlik talabalar maʼlumotini so‘radi

    Dunyo | 25 may, 18:40

    Yevropaning ikki top klubi yaponiyalik futbolchi uchun kurashmoqda

    Sport | 25 may, 18:21

    Qozog‘istonda chigirtkalarga qarshi dronlardan foydalaniladi

    Qozog‘iston | 25 may, 18:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.