Milliarder Jeff Bezos yangi “Jeyms Bond” filmida bosh qahramonning sevgilisi rolini rafiqasi Loren Sanches ijro etishini istaydi. Bu haqda britaniyalik jurnalist Rob Shuter xabar berdi.

Manbalarga ko‘ra, Bezos bu g‘oyaga juda jiddiy qaramoqda:
“Bu shunchaki xomxayol emas, Jeff uning katta ekranlarda chiqishini chindan istaydi. Amazon asoschisining maqsadi josuslik haqidagi film tarixini yangicha ko‘rinishda tasvirlab, Lorenni voqealarning markaziga qo‘yishdir”, deydi insayder.
Amazon MGM Studios rahbarlaridan biri Sanches aktrisa emasligini tan olganiga qaramay, “8 milliard dollar to‘lagan odam istaganini amalga oshiradi”, deya izoh bergan. Avvalroq yangi filmda Bondning sevgan qizi roliga asosiy nomzod sifatida Sidni Suini ko‘rib chiqilgan.
2025-yil fevralida Amazon kompaniyasi Bond haqidagi filmlarni suratga olish huquqini olgan, 1960-yillardan beri loyihaga prodyuserlik qilib kelgan Barbara Brokkoli va Maykl Uilsonga tegishli aksiyalarni sotib olgan. 2022-yilda esa Amazon MGM studiyasini 8,5 milliard dollarga qo‘lga kiritdi.
Yangi film franshizaning 26-qismi bo‘lib, 2021-yilda Keri-Joni Fukunaga suratga olgan “O‘lim vaqti emas” (“No Time to Die”) kartinasining davomi bo‘ladi. Rejissyor Denis Vilnyov, ssenariy muallifi esa Stiven Nayt.
Hozircha studiya bu masala bo‘yicha rasmiy izoh bermagan.
Izoh (0)