• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12904.51
    • RUB161.99
    • EUR14575.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    O‘lik tashigan va choy sotgan: O‘zbek shou-biznesi vakillari mashhur bo‘lishidan avval qaysi sohada faoliyat yuritgan?

    Ba’zan xorij san’atkorlarining mashhurlikka erishgunga qadar yomon sharoitda yashagani, og‘ir mehnat bilan shug‘ullangani haqida o‘qib, hayron qolamiz. Nahotki o‘sha mashhur inson ham hayotda qiyinchilikka uchragan bo‘lsa, degan savol xayolimizdan o‘tishi aniq. O‘zbek san’at vakillari orasida odamlar hayratining oshishiga sabab bo‘ladigan mashhurlar juda ko‘p. Ular mashhur bo‘lishdan avval oddiy ishchi bo‘lib ishlashganini yashirmaydi.

    Shukurullo Isroilov: “O‘likxonada ishlashga majbur bo‘lganman”

    Uch yoshida otadan yetim qolgan Shukurullo Isroilovning bolaligi og‘ir o‘tgan. U maktab formasi yaroqsiz holga kelguniga qadar kiyishga majbur bo‘lgani va daftar-kitob sotib olish uchun ta’tilda ishlagani haqida aytib bergan.

    Foto: Instagram / @shukurullo_isroilovoriginal

    — Onam oilamizning yolg‘iz boquvchisi bo‘lgani uchun o‘quvchilik paytimdan ishlashni boshlaganman. Ta’tilda ishlab, maktab formalarim uchun pul to‘plardim. 7-sinfdan boshlab 3 oylik ta’tilni limonad zavodida o‘tkazganman. Yashik tashiganim uchun 80-90 so‘m pul berishardi. Undan keyin bog‘bonchilik qilganman. Hatto maktabni bitirish arafasida darslardan keyin pochtachilik qilishimga ham to‘g‘ri kelgan.

    Onam rahmatli shifokor bo‘lishimni orzu qilib, 11-sinfni bitirganimdan keyin “ToshMI”ga hujjat topshirtirgandi. Afsuski, 5 ball yetmay talabalikka qabul qilinmaganman. Onam bekor yurmagin deb 15-kasalxonaga sanitar xodim sifatida ishga joylashtirib qo‘ygandi. Bir necha oy ishlaganimdan keyin bir tanishim o‘likxonada ko‘p maosh to‘lashlari haqida aytib qolgan. Ko‘p pul bersa bo‘ldi, deb o‘lik tashishga ham majbur bo‘lganman, deydi Shukurullo Isroilov.

    Valijon Shamsiyev Shukurullo Isroilov bir inson hayotini saqlab qolgani haqida 

    Foto: “Kun.uz”

    — Shukurullo akaning oilasi moddiy jihatdan qiynalgan paytlarda kasalxonada ishlashga majbur bo‘lganligi haqida eshitgandim. Yaqinda bir inson kelib, minnatdorlik bildirganiga guvoh bo‘ldim. Kattaroq lavozimdagi inson ancha yillar avval ko‘richagi yorilib, shoshilinch kasalxonaga olib kelingan ekan. Aksiga olib o‘sha vaqt lift ishlamay qolgan. Shukurullo aka bemorni to‘rtinchi qavatga ko‘tarib olib chiqib, hayotini saqlab qolgan ekan.

    Shahlo Zoirova kirakashlik qilgan

    “Bravo” kulgi jamoasining a’zosi Shahlo Zoirova ham moddiy qiyinchiliklar sabab bolaligidan mehnat qilishga majbur bo‘lgan. U 2-sinfda o‘qiyotganida avtobus haydovchilari uchun choy sotgani, undan keyin maktab o‘quvchilari uchun ruchka-daftar sotib pul to‘plagani haqida gapirgan.

    Foto: Instagram 

    — Hayotda yaxshi yashash uchun intilish, kimningdir ko‘magini kutib yashash kerakmasligini erta tushunganman. Shu bois harakatni ancha erta boshlaganman. Institutga kirish uchun bir necha bor uringanman, ammo uch yil omad kulib boqmagan. O‘qishga kirolmagan yilim ayollar sumkasi sotadigan do‘kon bilan kelishib, savdo bilan shug‘ullanishga qaror qilganman. Savdodan 2 ming dollar yig‘ib, bu yil pul berib bo‘lsa ham o‘qishga kiraman, deb ahd qilgandim. Ammo o‘sha yili omadim kelib, O‘zbekiston Milliy universitetining fizika fakultetiga byudjet asosida o‘qishga qabul qilinganman. Ikki ming dollar ham yonimga qolgan. Ana shu pulga oylik to‘lov evaziga Spark olib, darsdan so‘ng kirakashlik ham qilganman. Kirakashlik qilayotganimda juda ko‘p qiziqarli voqealar bo‘lgan. Eng qizig‘i, o‘sha paytda “Million” jamoasida faoliyat yuritardim. Bekzod aka taksichilik qilishimni bilib, tanbeh bergandi. “Nima qilay, kirakashlik qilmasam, qarzimni uzolmayman”, degandim. Qarzni ikki yarim yil deganda uzganimdan keyin mashina menga qolgandi, deydi komik aktrisa Shahlo Zoirova.

    Sevara Nazarxon “Ippodrom”da choy sotgan

    Xonanda intervyularining birida bir necha yil avval pul topish uchun “Ippodrom” (Chilonzor buyum bozori) bozorida choy sotgani haqida aytib o‘tgan.

    Foto: Instagram / @sevara_nazarkhan

    — Ba’zan mendan so‘rashadi, auditoriyangiz, muxlislaringiz boshqalarnikidan farq qiladi. Bu natijaga qanday erishgansiz, ularni qanday topasiz, deb. Shu payt men ikki yil “Ippodrom”da choy sotgan davrlarimni eslayman. Bu hayotimdagi eng muhim va qo‘rqinchli damlar edi. Onam ikkalamiz idishlarni yaxshilab yuvib, yoniga muz qo‘yib, choy sotardik. Bu bilan nima demoqchiman, men har doim oddiy odamlar qatorida bo‘lganman. Hozir ham shundayman, boshqalardan farq qilaman, deb o‘ylamayman. Ko‘chada tanib qolishsa, ha, bu yoqimli holat, xursand bo‘laman. Lekin men ham boshqalar singari oddiy odamman”, deydi xonanda.

    Ziyoda oshxonada ofitsiantlik qilgan

    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ziyoda ham bolaligida mehnat bilan shug‘ullangan. U darslardan so‘ng onasi ishlaydigan oshxonada ofitsiantlik qilgan.

    Foto: Instagram / @ziyodamusic

    — Onam mohir oshpaz bo‘lgan. Darslardan so‘ng opalarim bilan oshxonaga borib, yordam berardik. Keyinchalik onam kichik tamaddixona ochgan. U yerda oilaviy ishlaganmiz. Darslardan so‘ng oshxonaga ofitsiantlik qilganman, deydi xonanda Ziyoda.

    Aziz Umrzoqov soliq sohasida ishlagan

    “Daydi qizning daftari” serialidagi roli bilan tomoshabinlarga tanish bo‘lgan Aziz Umrzoqov asli mutaxassisligi bo‘yicha aktyor emas. U O‘zbekiston Milliy universitetining xalqaro iqtisodiy munosabatlar fakultetida tahsil olgan. San’atkor bo‘lishdan avval esa soliq sohasida faoliyat yuritgan.

    Foto: Instagram / @azizumurzakov

    — San’atkor bo‘lishni xayolimga ham keltirmaganman. Avvaliga bu soha men uchun hobbi edi. Universitetni bitirgach, soliq sohasida faoliyat yuritganman. Ish rejimi juda murakkab edi, erta tongdan to yarim kechgacha ishda bo‘lardim. Qaysidir ma’noda birinchi oilamning ajrashuviga faoliyatim ham sabab bo‘lgan. Bu sohada ishlash juda qiyin, deydi aktyor Aziz Umrzoqov.

    Nigora bog‘chada ishlagan

    Oybek va Nigora juftligidagi Nigora maktabni tamomlagandan so‘ng bir muddat bog‘chada enagalik qilgan.

    Foto: Instagram / @nigoraaarogin

    — Oilamiz kamtarona hayot kechirgan. Otam rahmatli avtobus haydovchisi, onam esa bolalar shifokori bo‘lgan. Maktabni tamomlagach, bir muddat bog‘chada enagalik ham qilganman. Bolalar bilan tez til topishganim uchun qiynalmaganman. Birinchi maoshimni olganimda ota-onam rosa xursand bo‘lishgan. O‘zim ishlab topgan pulga osh masalliqlarini olib, oila a’zolarimni xursand qilgandim, deydi xonanda Nigora.

    Mashhura Zulfiqorova kafeda idish-tovoq yuvgan

    Keyingi paytlarda salbiy rollari bilan tomoshabinlar e’tiboriga tushayotgan aktrisa Mashhura Zulfiqorova ham ko‘plab qiyinchiliklardan so‘ng tomoshabinlar e’tiboriga tushgan. U kino olamiga kirishdan avval oilaviy tamaddixonasida idish-tovoq yuvuvchi ham bo‘lib ishlagan.

    Foto: Instagram / @mashhurazulfiqorova

    — Bundan hech qachon og‘rinmayman. Haqiqatan ham bolaligimdan oilaviy tadbirkorlikka jalb etilganman. Idish-tovoq yuvish va ofitsiantlik qilgan kunlarim ko‘p bo‘lgan. Toshkentga kelgach, rejissor Ibrohim Rasulovning assistenti bo‘lganman. Aktrisalarning kiyimlarini dazmollash va choylaridan xabar olish vazifam edi. O‘sha paytda ko‘pchilikdan qalbga og‘ir botadigan gaplarni eshitganman. Chunki ba’zi bir insonlar uchun oddiy yordamchiliklarning qadri bo‘lmaydi. Ammo shukr qilaman, ko‘p o‘tmay men ham aktrisa sifatida tanila boshladim. Qiyin kunlarni boshdan kechirganim uchun yordamchilarga og‘ir gapirmayman, deydi Mashhura Zulfiqorova.

    Odina To‘xtasinova hamshiralikni uddalay olmagan

    “Sensiz”, “Sevgi” va “Shukrona” seriallaridagi rollari bilan tomoshabinlarga yaxshi tanish bo‘lgan aktrisa Odina To‘xtasinova asli mutaxassisligi bo‘yicha hamshira. Ammo qondan qo‘rqqanligi sabab bu sohada ishlay olmagan va xorij tilini o‘rganishga qaror qilgan.

    Foto: Instagram / @odinaxon__official

    — Ota-onam san’atkor bo‘lishimni istashmadi. Shu bois maktabni tamomlab, hamshiralik bo‘yicha tahsil olgandim. Ammo mutaxassisligim bo‘yicha faoliyat yuritolmadim. Kollejni tamomlagach, bir muddat kasalxonada ishlaganman. Og‘ir ahvoldagi bemorlarni ko‘rib, ruhan qiynaldim. Shundan so‘ng tibbiyot sohasida ishlolmasligimni anglab yetdim. Ikki yil davomida xorij tilini o‘rgatuvchi o‘quv markazga qatnadim. Koreys tilini mukammal o‘rganib, tarjimonlik faoliyatimni boshladim. Ammo bolalikdagi san’atga bo‘lgan ishtiyoqim so‘nmadi. Kastinglarda ishtirok etib turdim. Ilk rolimni Davron Umarov rejissorligidagi “Jangovar qaynona” filmida ijro etganman, undan keyin “Qadam” serialida suratga tushdim, deydi aktrisa Odina To‘xtasinova.

    Dili.me ovqat yetkazib berish bilan shug‘ullangan

    Foto: Instagram / @dili.me

    Dili.me nomi bilan Instagram kuzatuvchilariga yaxshi tanish bo‘lgan Dilshod Nazarov ham katta qiyinchiliklarni boshidan o‘tkazgan. U oilaviy sharoitining og‘irligi sabab uch yerda ishlashga majbur bo‘lganini yashirmaydi.— Oilada dadamdan boshqa hech kim ishlamasdi. Oilamiz u qadar katta bo‘lmasa ham moddiy qiyinchiliklar bo‘lib turgan. Shuning uchun kollejni bitirgach, ishlashga qaror qilganman. Ertalab bolalar jamoasiga aktyorlik mahoratidan dars berardim. Tushdan to kechga qadar taksichilik yoki ovqat yetkazib berish xizmatida ishlardim. Kechqurun esa to‘ylardagi navbatchi guruhlarga disk qo‘yib berish bilan shug‘ullanardim. To‘ydan yarim kechasi qaytishimga qaramay, ertalab yana o‘z vaqtida ishga borishimga to‘g‘ri kelardi, deydi bloger Dili.me.

    Halimaxonim dollarchilikdan avval “Farhod” bozorida ishlagan

    Komik aktrisa Halimaxonim san’atga kirib kelmasidan avval bozorda buxgalterlik qilgan. Keyinchalik esa valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullangan.

    Foto: Instagram / @xalimaxonim

    — 1995-yil dadam vafot etganidan keyin moddiy jihatdan qiyinchiliklar bo‘lgan. Shu bois maktabni bitirgan yilim ishlashga qaror qilganman. 1996-yili bobomning yordamlari bilan “Farhod” bozoriga buxgalter yordamchisi bo‘lib ishga joylashganman. Chunki hisob-kitob va bozor arendasini undirishga usta edim. U yerda 7 yil ishlagach, ozgina sarmoya to‘plab, valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanganman. Undan keyin institutda o‘qishga kirdim. Ammo tadbirkorlikni bir chekkaga surib qo‘yganim yo‘q. Aksincha, faoliyatim yanada kengaydi. Bir necha yil import mahsulotlarini sotish bilan ham shug‘ullanganman, degan edi aktrisa va qiziqchi Halimaxon Ibragimova.

    Shavkat Komilov tansoqchi va kirakash bo‘lgan

    Aktyor va rejissyor Shavkat Komilov bu sohada o‘qimagan bo‘lsa-da, film suratga olishga usta. Xo‘sh, u san’at olamiga kirmasdan avval nimalar bilan shug‘ullangan?

    Foto: Instagram / @shavkat_komilov

    — Erkak kishi uchun kasb-korning uyati yo‘q, muhimi halol bo‘lsa bas. San’at olamiga kirmasdan avval restoranda tansoqchilik qilganman. Kunduzi esa kirakashlik ham qilardim. Bu kunlarni eslashdan hech qachon uyalmayman. Aksincha, bugungi natijalarim zamirida ana shunday mashaqqatli kunlarim borligidan xursand bo‘laman, deydi aktyor Shavkat Komilov.

    Darvoqe, xonanda Alisher Fayz Ozodbek Nazarbekovning suyukli shogirdlaridan biri bo‘lganini ko‘pchilik biladi. Ammo u tanilganga qadar to‘ylarda “changyutkichlik” qilgani (o‘rtadagi pullarni yig‘uvchi) va disk qo‘yishga mas’ul bo‘lganini ko‘pchilik bilmasa kerak. Xuddi shu vazifani xonanda Bahrom Nazarov ham bajargan.

    2 yanvar, 17:51   Izoh (0)   9563
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #shou-biznes

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    20 yil va undan ko‘proq davom etgan turmushi ajrim bilan yakunlangan mashhurlar (foto)

    19.12.2024, 15:40

    “Chap qo‘lim ishlamayapti, yashashga qiziqish ham qolmadi”. Turkiyalik xonanda Serdar O‘rtach sog‘lig‘idagi muammolar haqida 

    18.12.2024, 18:58

    “Zapret”lar muhojirga aylantirgan, tug‘ilgan kunini nishonlamaydigan, sobiq siyosatchi, muvaffaqiyatli tadbirkor — O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova 61 yosh...

    18.12.2024, 17:56

    Ziyrak tomoshabinlarning ham e’tiboridan chetda qolgan mashhur multfilmdagi qiziqarli detallar 

    18.12.2024, 15:45

    Nima uchun Jeki Chan, Sting va Sukerberg kabi mashhurlar farzandlarini merosdan mahrum qilgan?

    18.12.2024, 13:45

    Qiziqchi Mahfuza Sherboyeva uzoq yillik ijara qiyinchiliklaridan so‘ng Toshkentdan ikkita uy olgani haqida gapirdi

    23.12.2024, 13:55

    Hind kinosining eng badavlat aktrisalari reytingi (foto)

    18.12.2024, 14:57

    “Qo‘rg‘on sirlari” qaysi mavsumda tugaydi? Kivanch Tatlitug‘ Istanbulda restoran ochmoqda — turk kinosi yangiliklari

    19.12.2024, 14:40

    Aktyorlar rejissyor va prodyuserlar oldiga qo‘ygan kutilmagan noodatiy shartlar

    20.12.2024, 09:58

    Hind kinosining eng pazanda aktrisalari (foto)

    19.12.2024, 16:53

    Gollivud yulduzi Jim Kerri moliyaviy qiyinchiliklar tufayli 30 yil yashab kelgan uyini sotdi  

    19.12.2024, 10:40

    “Juma kasalxonadan olib ketasan degandilar, o‘sha kuni hayotdan ko‘z yumdilar”. Indira Miftahova onasining o‘limidan shokka tushgani haqida so‘zlab berdi (video)

    18.12.2024, 19:28

    “Tug‘uruqxonada meni o‘g‘irlamoqchi bo‘lishgan” — Shohjahon Jo‘rayev otasi uni nima sababdan asrab-avaylagani haqida so‘zlab berdi

    19.12.2024, 09:56

    Dunyodagi eng past bo‘yli ayol tug‘ilgan kunida yangi rekord o‘rnatdi (foto)

    19.12.2024, 12:20

    Oddiy sendvichdan vafot etgan milliarderning qizi: Hatto eng boy va omadlilar ham har narsaga qodir emasligini isbotlaydigan fojialar

    19.12.2024, 13:50

    Qiyofadosh aktrisalar: tashqi jihatdan juda o‘xshash bo‘lgan turk seriali yulduzlari

    20.12.2024, 10:40

    Ismlari ko‘pchilikka ma’lum bo‘lmagan, ammo mahsulotlari hamma joyda ishlatiladigan eng badavlat odamlar

    19.12.2024, 17:37

    “Agar otam tirik bo‘lganida, san’atkor bo‘lmasdim”. Marhum aktrisa Halima Ibragimovaning so‘nggi intervyusi e’lon qilindi

    20.12.2024, 15:53

    Instagram: Shafoat Rahmatullayeva reanimatsiyada, Nilufar Usmonova o‘g‘lini qachon uylantiradi? Indira Miftahovaga qaynonasi BYD sovg‘a qildi

    20.12.2024, 12:15

    Plastik jarrohlik orqali yuz tuzilishini o‘zgartirgan Bollivud aktrisalari (foto)

    20.12.2024, 16:54

    Arnold Shvarseneggerning yangi videosi uning sog‘lig‘i borasida muxlislarining xavotiriga sabab bo‘ldi

    20.12.2024, 17:58

    Rejissyor Kristofer Nolan Britaniya qiroli tomonidan ritsarlik unvoni bilan taqdirlandi (video)

    23.12.2024, 11:35

    Burak O‘zchivit Turkiyada Yangi yil qanday nishonlanishi haqida so‘zlab berdi

    23.12.2024, 09:55

    Dunyoning eng badavlat yutuberi Mr.Beast Misr piramidalarini ijaraga oldi

    23.12.2024, 14:42

    Turk aktyori Murat Yildirim va fransuz aktrisasi Yeva Grin Martin Skorsezening yangi filmida birga suratga tushadi

    24.12.2024, 16:40

    O‘zbekiston xalq artisti Shafoat Rahmatullayeva 83 yoshida vafot etdi

    24.12.2024, 09:40

    Instagram: Rafiqasining tug‘ilgan kunini nishonlagan Tohir Sodiqov, imijini o‘zgartirgan Asal Shodiyeva, Umida Mirhamidova oilasida xursandchilik

    24.12.2024, 11:25

    “Tunlari yolg‘iz ekanligim seziladi”. Aktrisa Shafoat Rahmatullayevaning tabassumi ortiga yashiringan dardlari haqida 

    24.12.2024, 13:50

    Jennifer Lopesning yoshlik siri: xonanda go‘zalligini saqlab qolish uchun qanday nonushta qiladi?

    25.12.2024, 09:50

    Burak O‘zchivit 40 yoshda: ajoyib umr yo‘ldosh va mehribon ota, fotograf va kolleksioner haqida nimalar ma’lum?

    24.12.2024, 18:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Huawei Cloud TechWave Summit 2025: Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda muvaffaqiyatni oshirish uchun intellektuallikni tezlashtirish 


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    Huawei O‘zbekistondagi “Tech Carnival”da Intellektual dunyo rivojini jadallashtirmoqda


    AKFA Medline University Hospital AHA rasmiy o‘quv markazi maqomini qo‘lga kiritdi


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Mobiuz IQAir havo sifati datchigini o‘rnatdi


    TBC Uzbekistan o‘zining sun’iy intellektga asoslangan yechimlari orqali samaradorlikni oshirib, o‘sish sur’atlarini tezlashtirmoqda 


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Fransiyada blekaut: internet va mobil aloqa ishlamayapti

    Dunyo | 24 may, 17:15

    “Benzin sepib yoqmoqchi bo‘lishgan”. Buxoroda onaxon o‘g‘li va kelini tomonidan kaltaklandi

    O‘zbekiston | 24 may, 16:50

    O‘nta bo‘lsa o‘rni bo‘lak: jahon shou-biznesining ko‘p farzandli yulduzlari

    Layfstayl | 24 may, 16:25

    Soliq idoralari mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    O‘zbekiston | 24 may, 15:31

    Atir va dezodorantlarning kutilmagan zarari aniqlandi

    Layfstayl | 24 may, 15:30

    Samarqanddagi korxona 5,3 mlrd so‘mlik elektrdan o‘g‘rincha foydalangani aytildi

    O‘zbekiston | 24 may, 15:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.