• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Yetimlikda ulg‘aygan, “morg”da ishlagan va o‘zidan 10 yosh katta ayol bilan oila qurgan Shukurullo Isroilov 55 yoshda (foto, video)

    “Kulgan insonning tabassumiga ishonmang, uning ortida qanchadan-qancha g‘amlar yashiringan bo‘lishi mumkin”, degan gapning tasdig‘ini qiziqchi Shukurullo Isroilov hayotidan topish mumkin. Yetimlikda ulg‘aygan, ko‘plab moliyaviy qiyinchiliklarga uchragan ijodkor 14-yanvar kuni 55 yoshni qarshi oldi.

    “Onam tug‘ilganimda shukr, shukr qutuldim, degan”

    Shukurullo Isroilov 1970-yilning 14-yanvarida Toshkent shahrida tavallud topgan. U ismi bilan tug‘ilgani va onasi uzoq vaqt dard chekkani haqida so‘zlab bergan.

    Foto: Kollaj

    — Ustozim Mirzabek Xolmedov tug‘ilishim bilan bog‘liq qiziqarli voqealarni hajviya ko‘rinishida aytib bergan. Balki, muxlislar bunga eʼtibor bermagandir. Ammo haqiqatan ham dunyoga kelishim qiziq kechgan. O‘sha paytdayoq doyalar yirik odam bo‘lishimni taxmin qilgan bo‘lsa kerak. Onamni ko‘p qiynaganman, onam bir necha kun to‘lg‘oq dardini boshdan kechirgan ekan. Holdan toyib, ko‘zlari qizarib ketgan ekan. Tug‘ilishim bilan “Shukr, shukr qutuldim”, degan ekan. Shunda doyalardan biri “Bolangiz ismi bilan tug‘ildi, Shukurullo deb qo‘ying” degan ekan, deydi qiziqchi Shukurullo Isroilov.

    “O‘likxonada ishlashga majbur bo‘lganman”

    Uch yoshida otadan yetim qolgan Shukurullo Isroilovning bolaligi og‘ir o‘tgan. U maktab formasi yaroqsiz holga kelguncha kiyishga majbur bo‘lgani va daftar-kitob sotib olish uchun taʼtilda ishlagani haqida aytib berdi.

    Foto: Instagram

    — Onam oilamizning yolg‘iz boquvchisi bo‘lgani uchun o‘quvchilik paytimdan ishlashni boshlaganman. Taʼtilda ishlab, maktab formalarim uchun pul to‘plardim. Yettinchi sinfdan boshlab 3 oylik taʼtilni limonad zavodida o‘tkazganman. Yashik tashiganim uchun 80-90 so‘m pul berishardi. Undan keyin bog‘bonchilik qilganman. Hatto maktabni bitirish arafasida darslardan keyin pochtachilik qilishga to‘g‘ri kelgan.

    Onam rahmatli shifokor bo‘lishimni orzu qilib, 11-sinfni bitirganimdan keyin “ToshMI”ga hujjat topshirtirgandi. Afsuski, 5 ball yetmay talabalikka qabul qilinmaganman. Onam bekor yurmagin deb 15-kasalxonaga sanitar xodim sifatida ishga joylashtirib qo‘ygan. Bir necha oy ishlaganimdan keyin bir tanishim o‘likxonada ko‘p maosh to‘lashlari haqida aytib qolgan. Ko‘p pul bersa bo‘ldi, deb o‘lik tashishga majbur bo‘lganman, deydi Shukurullo Isroilov.

    “Bir inson hayotini saqlab qolgan”

    Valijon Shamsiyev intervyularining birida Shukurullo Isroilov bir inson hayotini saqlab qolgani haqida so‘zlab bergan.

    Foto: Instagram

    — Shukurullo akaning oilasi moddiy jihatdan qiynalgan paytlarda kasalxonada ishlashga majbur bo‘lganligi haqida eshitgandim. Yaqinda bir inson kelib minnatdorlik bildirganiga guvoh bo‘ldim. Kattaroq lavozimdagi inson ancha yillar avval ko‘richagi yorilib, shoshilinch kasalxonaga olib kelingan ekan. Aksiga olib o‘sha vaqt lift ishlamay qolgan. Shukurullo aka bemorni to‘rtinchi qavatga ko‘tarib olib chiqib, hayotini saqlab qolgan ekan.

    “Onangiz o‘ldi, degan xabar keldi”

    Bolalikdan yetimlikda ulg‘aygan Shukurullo Isroilov 2015-yilda onasidan ham ayrildi. O‘sha kuni u Buxoroda to‘yda edi.

    Foto: Instagram

    — 2015-yili 27-mart kuni onam rahmatli 80 yoshni qarshilagandi. Onamni sanatoriyga davolatgani yotqizgandim, ertalab u yerga borib tabrikladim. Tandir go‘sht va shirinliklar buyurtma qilib, dasturxon yozdik. Ammo uzoq qololmadim. Chunki shu kuni kechqurun Buxoroda to‘yim bor edi. To‘y qizigan paytda “Onangiz vafot etdi” degan sovuq xabar keldi. Amallab to‘yni tugatib Toshkentga qaytdim. 28-mart kuni peshinda onamga janoza namozi o‘qildi. O‘sha kuni “Mirzo” teatrining navbatdagi konsertiga start berilardi. Mirzabek akaning oldiga kelib, konsertda chiqolmasligimni aytdim. Hammaning boshi qotgan bir necha soatdan keyin konsert, sahnalarning barchasi bir-biriga uzviy bog‘liq.

    Foto: Instagram

    Tomoshani qoldiraylik desak, chiptalar to‘liq sotilgan. Shunda ustozlar menga qanchalik og‘ir bo‘lsa ham, konsertda chiqishim kerakligini aytdi. Konsert boshlandi, odamlar kulaman deb kelgan men esa ich-ichimdan yig‘layman. Ammo muxlislarga musibatda ekanimni bildirganim yo‘q. Ammo Mirzabek aka konsert so‘ngida “Shukurullo bugun onasidan ayrildi, ammo sizlarni hurmat qilib konsertga keldi”, deganda butun zal qarsak chalgandi, deydi Shukurullo Isroilov.

    “Ko‘zingga qaramaysanmi, semiz!”

    Qiziqchi intervyularining birida turmush o‘rtog‘i bilan jamoat transportida tanishib qolgani haqida so‘zlab bergan

    Foto: Instagram

    — Yangi oyoq kiyim sotib olgan paytim: trolleybus endi jo‘nab ketayotgan bo‘lgan. Yugurib chiqib, bitta qizni oyog‘ini bosib olganman. U paytda 130 kilo edim, keyin u qiz menga qarab “Ko‘zingga qaramaysanmi, semiz!” degan. Uzr, deganman. Qarasam yoqimtoy qiz, shu bilan gaplashib qayerda o‘qishini bilib olib, o‘qish joyiga borganman.

    Shundan keyin sevgi boshlanib, roppa-rosa bir yil o‘tib uylanganman. U bilan 16-noyabrda tanishgan bo‘lsam, keyingi yilning 16-noyabrida to‘yim bo‘lgan. Bilmadim, semiz degani yoqqanmi. Juda o‘qimishli, maktabni ham oltin medalga bitirgan. Hozirda Toshkent davlat stomatologiya institutida chet tillar kafedrasining mudiri, lotin tilidan dars beradi. Tibbiyot xodimlari lotin tilini bilishi juda muhim. Hamma dorilarning tarkibi, ular haqidagi maʼlumotlar lotin tilida.

    Foto: YouTube

    Uch farzandimiz bor, ikki o‘g‘il va bir qiz. Hamma farzandlarim oliy maʼlumotli. Katta o‘g‘lim ikkita oliygohni tamomlagan. Hozirda avtomobilsozlik sohasida faoliyat yuritadi. Ikkinchi o‘g‘lim Rossiyada institutni tamomlab, yaxshi tashkilotda ishlayapti. Qizim chet tillar institutini tugatgan, hozirda farzandlariga qarab, uyda o‘tiribdi, — deydi qiziqchi.

    Qiziqchi ayoli Maqsudaxondan 10 yosh kichik. Shukurullo Isroilov 1970-yilda, ayoli esa 1960-yilda tavallud topgan. Juftlikning turmush qurganiga 33 yil bo‘ldi.

    “To‘ydan qaytayotib mashinada odam urib yuborganman”

    Shukurullo Isroilov bir necha yil avval militsiya xodimini mashinasida urib yuborgani, hodisa oqibatida jabrlanuvchi vafot etgani haqida so‘zlab berdi.

    Foto: Instagram

    — 1999-yili mashinada kelayotganimda mast holatdagi militsiya xodimi yo‘limga chiqib ketib, aylanib, boshi bilan tushgan asfaltga. Darhol mashinaga solib, kasalxonaga olib borganman. O‘sha yerda vafot etgan. Endi bu falokat, hech kim ko‘chaga o‘laman deb chiqmaydi. Uning aybi ichganida bo‘lgan. Kelayotganimda chayqalib, yo‘limga chiqib ketib qolgan. Endi taqdiri shunaqa ekan. Uning ayoliga qaraganman, ular asli viloyatdan bo‘lgan. Toshkentga propiska qilib berganman, uy olib berganman. Tashlab qo‘ymaganman. Bolalari katta bo‘lib qoldi hozir. Shu paytgacha boqib, rozi-rizolik qilganmiz, deydi so‘z ustasi.

    “Qiziqchi mukofot olmaydi-ku”

    Shukurullo Isroilov 40 yildan buyon katta sahnada ijod qiladi. Ammo shu kungacha birorta unvonga loyiq ko‘rilmaganidan ranjishi haqida intervyularining birida aytib o‘tgan.

    Foto: Instagram

    — Qiziqchi mukofot olmaydi-ku, qiziqchiga mukofot — xalqning olqishi. Eng keragi xalqning nazaridan qo‘ymasin.

    Har bitta qiziqchining o‘z muxlisi, o‘z yo‘nalishi bor. Mana biz ham har yili konsert beramiz. Ikki yilda bir marta bo‘lsa ham konsert qilamiz. Men 3-4yildan beri “Shukur shou” qilaman. Konsertlarimning ko‘ruvchilar soni ko‘p bo‘ladi. Hech bo‘lmasa, qo‘shiqchilarga berilgandek bitta diplom berib qo‘yishsa yaxshi bo‘lardi. Bu ham bir kichik eʼtibor hisoblanadi. Xonandalar chiqib qo‘shig‘ini fonogrammada aytadi, lekin biz jonli gapiramiz. Buning ham farqi bor. O‘zi hozirda qiziqchilar juda kam, deydi Shukurullo Isroilov.

    Foto: Instagram

    Shukurullo Isroilov musiqa maktabida rubob yo‘nalishida tahsil olganidan so‘ng O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti (teatr fakulteti) va sharqshunoslik instituti (xalqaro aloqalar fakulteti)ni tamomlagan. Sanʼatdagi faoliyatini 1982-yildan boshlagan. Shu vaqtga qadar AQSH, Rossiya, BAA va boshqa ko‘plab davlatlarga gastrol safarlari uyushtirgan.

    14 yanvar, 19:35   Izoh (0)   11847
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Shukurullo Isroilov#qiziqchi#“Mirzo” teatri#Valijon Shamsiyev#Avaz Oxun#Davron Kabulov

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Instagram: Murod Rajabovni yo‘qlagan Alisher Uzoqov, otasiga yangi uy sovg‘a qilgan Hamdam Sobirov, “Setora” xonandasi Komila Xo‘jayeva oilasidagi musibat

    09.01.2023, 22:46

    80-yillar xitlaridan yangi qo‘shiqlargacha: Yulduz Usmonovaning yangi konsertidan reportaj (video)

    17.02.2023, 17:45

    Instagram: Qimmatbaho mashina sotib olgan Azoda, xakerlar hujumiga uchragan Javohir Zokirov, qoidabuzar Shahzoda Muhammedova 

    25.03.2023, 22:55

    Instagram: 73 yoshni qarshi olgan Salimboyvachcha, uchinchi marta ona bo‘ladigan Xonzoda, “Qalpoq”da Jahongir Otajonovga parodiya

    07.05.2023, 10:25

    Tug‘ilish jarayoni noodatiyligi bilan film uchun ssenariy bo‘la oladigan o‘zbek shou-biznesi vakillari (foto) 

    31.10.2023, 16:47

    Instagram: Bunyod Rahmatullayev birinchi, Azamat Ahrorov uchinchi bor ota bo‘ldi, “Ummon”chi Shohrux bir oyda qancha topadi? 

    22.10.2023, 22:15

    “Qora bozor” sabab qochoqqa aylangan, Ozoda Nursaidova bilan arazlashgan va o‘ldiga chiqarilgan Halima Ibragimova 44 yoshda (foto, video)

    28.10.2023, 19:23

    Uch yoshida otasidan yetim qolgan, “morg”da ishlagan va onasi vafot etgan kuni sahnaga chiqishga majbur bo‘lgan Shukurullo Isroilov 54 yoshda (foto, video)

    16.01.2024, 11:42

    Instagram: Nest one’dan uy olgan Munisa Rizayeva, nojo‘ya harakati uchun uzr so‘ragan Shukurullo Isroilov, Shahzoda Muhammedovaning Dubaydagi xonadoniga sayohat  

    26.01.2024, 22:15

    Taniqli so‘z ustalarining Toshkent to‘ylaridagi “birrov” xizmati narxi qancha? 

    26.01.2024, 12:10

    “Avaz Oxunni yomon ko‘raman” — Nikulinning “nabirasi” bo‘lgan Botirxon Imomxo‘jayev teatrga ishga kirmaganidan afsuslanadi (foto, video) 

    15.03.2024, 17:47

    Instagram: “Million” kulgi jamoasi aktyori uylandi, to‘ylarda soxta Yulduz Usmonovalar paydo bo‘ldi, Maryam Tillayeva kiyinishga qancha pul sarflaydi?  

    17.11.2024, 23:21

    Instagram: To‘xtamurod Azizov xonadonida to‘y, Alisher Ro‘zmetov bobo bo‘ldi, Ruxshona, Ummon, Shukurullo Isroilov Yaponiyada 

    21.11.2024, 21:18

    Siz bilmagan Halima: qidiruvga berilgan, farzand asrab olgan va bevaqt o‘limdan qo‘rqqan aktrisani xotirlaymiz (foto, video)

    12.12.2024, 17:30

    O‘lik tashigan va choy sotgan: O‘zbek shou-biznesi vakillari mashhur bo‘lishidan avval qaysi sohada faoliyat yuritgan?

    2 yanvar, 17:51

    “Iching yig‘layotganida boshqalarni kuldirish juda qiyin”. Yaqin insoni vafot etgan kunda konsert va to‘yga chiqqan san’atkorlar

    30.12.2024, 12:14

    Instagram: 55 yoshni qarshilagan Shukurullo Isroilov, farzandli bo‘lgan Yusufxon Nurmatov, murakkab davrni boshdan kechirayotgan Munisa Rizayeva

    14 yanvar, 09:54
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya

     

    Tavsiya etamiz

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06

    Titanlar to‘qnashuvi: g‘arb burguti kuchlimi yoxud sharq ajdari?

    21 iyul, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Jennifer Lopes 56 yoshda: katolik maktabida o‘qigan, advokatlik firmasida ishlagan va Toshkentda konsert beradigan mashhur xonandaning hayot yo‘li haqida

    Shou-biznes | 25 iyul, 09:59

    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi

    Reklama | 25 iyul, 09:00

    Lamin Yamal 2024/25-yilgi mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi

    Sport | 25 iyul, 09:57

    Shavkat Mirziyoyev tug‘ilgan kuni bilan tabriklagan barchaga minnatdorlik bildirdi

    O‘zbekiston | 25 iyul, 09:52

    Toshkent viloyati chegarasida 180 ta iPhoneʼni yashirin olib o‘tayotgan “yo‘lovchi”lar ushlandi

    O‘zbekiston | 25 iyul, 09:44

    Konferensiyalar Ligasi saralashi. “Bashakshehir” ilk bahsda g‘alaba qozondi. Shomurodov zaxiradan maydonga tushdi

    Sport | 25 iyul, 09:20

    “Fransiya Falastin davlatini tan oladi” — Makron

    Dunyo | 25 iyul, 09:12

    Prezidentni haqoratlashda gumonlangan o‘zbekistonlik Ozarbayjonda ushlandi

    O‘zbekiston | 25 iyul, 08:50

    O‘zbekistonda yarim yillik soliq tushumlari 20 foiz ko‘paydi

    O‘zbekiston | 25 iyul, 08:41
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.