• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12904.51
    • RUB161.99
    • EUR14575.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Tramp saylovoldi va’dalarini bajarmoqda, ammo bu qonun ustuvorligiga tahdid solmoqda

    CNN AQSH prezidenti Donald Tramp tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va ularning belgilangan qonunchilikka zid xarakteri xususida material e’lon qildi. 

    “Donald Tramp har kuni prezidentlik va Amerikaning dunyodagi o‘rni haqidagi azaliy tushunchalarni parchalab tashlamoqda. Ammo yangi oliy bosh qo‘mondon mutloq hokimiyatga ega bo‘lish va saylovoldi va’dalarini bajarishga shoshilib, qonun ustuvorligi va global barqarorlikni xavf ostida qoldirmoqda”, deyiladi materialda.

    “Trampning ikkinchi muddati boshlanishidan oldin, prezident Kongress tomonidan allaqachon tasdiqlangan milliardlab dollarlarni sarflashdan bosh tortishi yoki Ilon Mask kabi biznesmenni AQSH qonunchiligida belgilangan ulkan davlat idoralarini yo‘q qilish uchun jalb etishi mumkinligi hech kimning tushiga ham kirmagan edi.

    Foto: Google Images

    Oq uyning sud qarorini ochiqdan-ochiq e’tiborsiz qoldirishi g‘oyasi reallikdan ko’ra yuridik fakultet seminari uchun nazariy savol bo’lishi ham ehtimoldan yiroq edi. Dunyoning qaynoq nuqtalarida ishlaydigan davlat xodimlarini ishdan bo‘shatish aqlga sig‘masdi. Shuningdek, millionlab OIV/OITS bilan kasallangan bemorlarning hayotini saqlab qolgan dasturni izdan chiqarish ham shular jumlasidandir.

    Boshqa hech bir prezident falastinliklarni G‘azodan Misr va Iordaniyaga majburlab ko‘chirish rejasini tuzmagan edi — bu Kemp-Devid bitimiga putur yetkazishi, Hoshimiylar qirolligini parchalashi va amalda etnik tozalashga olib kelishi mumkin bo‘lgan qadam edi.

    Shuningdek, hech bir oliy bosh qo‘mondon totalitar Rossiya tomonidan hujumga uchragan Ukraina kabi ittifoqchi demokratik davlatni qo‘llab-quvvatlashni Kiyevning noyob yerosti boyliklari evaziga amalga oshirishni taklif qilmagan bo‘lardi.

    Hech bir prezident Amerikaning do‘sti bo‘lib kelgan Kanadani qo‘shib olish bilan tahdid qilmagan.

    O‘zining demokratik, kapitalistik qiyofasida global tizimni barpo etib, tarixdagi eng qudratli davlatga aylangan mamlakat erkin savdo tizimiga bojlar bilan hujum qilishi yoki xorijiy biznes bitimlarida poraxo‘rlikka qarshi cheklovlarni yumshatishi hech kimning xayoliga ham kelmas edi. 

    Tramp kabinetdagi stolida o‘tirib, o‘zining qalami bilan hokimiyatni namoyon etmoqda. U mamlakat ichida konstitutsiyaviy inqirozlarni keltirib chiqarish va chet elda tartibsizliklar yuzaga kelishi xavfini e’tiborga olmasdan, tashqi siyosatda kutilmagan o‘zgarishlarga qo‘l urmoqda. 

    Prezidentning o‘z saylovoldi va’dalarini qanday amalga oshirishi uning ikkinchi prezidentlik davrini belgilaydi. Agarda u muvaffaqiyatga erishadigan bo‘lsa, Oq Uyni butunlay o‘zgartirishi va Ikkinchi Jahon urushidan keyin hukm surgan jahon tartibotini qayta shakllantirishi mumkin.

    Vaziyatni ostin-ustun qilishga usta bo‘lgan Tramp, u shunchaki xalqning xohishini bajarayotganini ta’kidlab, o‘z harakatlaridan pushaymon emasligini bildirmoqda.

    “Men sog‘lom fikr yuritganim uchun ham yuqori reytinglarga egaman”, dedi Tramp jurnalistlar bilan uchrashuvda. U o‘zining g‘ayrioddiy qarorlarini shunchaki hukumatni parchalab tashlash va uning fikricha, uzoq yillar davomida AQSHni aldab kelgan dunyoga qarshi chiqish uchun xalq tomonidan berilgan vakolatni amalga oshirish sifatida taqdim etmoqda.

    “Ko‘pchilik bu prezidentlik tarixidagi eng zo‘r boshlanish bo‘ldi, deb aytishmoqda”, dedi prezident Fox News’ga bergan intervyusida. Bu uning ikkinchi muddatdagi to‘xtovsiz chiqishlaridan biri edi.

    Oq uy boshqa mamlakatlarni noqonuniy muhojirlarni qaytarib olishga majburlashda, Panama kanalida AQSH kemalari uchun yaxshiroq shartlarga erishishda, Kanada va Meksikani chegara xavfsizligini kuchaytirishga undashda va G‘azoda HAMAS garovidagilarni ozod qilishda katta yutuqlarga erishganini da’vo qilmoqda. Bu g‘alabalarning ba’zilari qisman haqiqiy, ba’zilari bo‘rttirilgan yoki cho‘pchak. Biroq Trampning aytishicha, bu yangi “Oltin davr”ning boshlanishi.

    Foto: Google Images

    Prezident o‘z faoliyatidagi eng yuqori reytinglardan bahramand bo‘lmoqda. O‘tgan hafta oxirida CBS News tomonidan o‘tkazilgan so‘rovda uning reytingi 53 foizni tashkil etdi. Agar Jo Bayden prezidentligining so‘nggi oylari turg‘unlikka aylanib qolgan bo‘lsa, Trampning faol harakatlari mamlakat ishlarini yuritayotgan ishbilarmon inson tasavvurini yaratayotganga o‘xshaydi.

    Tramp 2024-yilda o‘zgarishlarni – mustahkamlangan chegaralarni, Vashington institutlariga hujumni va ko‘plab amerikaliklar o‘zlarining ishlab chiqarish ish o‘rinlarini yo‘q qilishda ayblaydigan jahon savdo tizimini demontaj qilishni va’da qilib, ko‘pchilik ovozlarni qo‘lga kiritdi. U shunday qilyapti ham. 

    Biroq, Trampning doimo qudratini namoyish etishga ehtiyoji va o’zini go‘yoki Amerikani qutqarish uchun suiqasdchi o‘qidan asrab qolinganday sezishi, AQSH siyosiy tizimi uchun jiddiy xavf tug‘dirmoqda.

    Ichki siyosatda Tramp qonun ustuvorligiga bir nechta yo‘nalishda tahdid solmoqda. Uning prezidentlik muddatiga atigi uch hafta bo‘lgan bo‘lsa-da, ko‘plab huquqshunoslar mamlakat misli ko‘rilmagan konstitutsiyaviy inqirozga yuz tutayotganini ta’kidlashmoqda.

    Bu xavotirlar vitse-prezident JD Vansning yakshanba kuni X (Sobiq Twitter)’da joylagan postidan keyin yanada kuchaydi. Postda Oq uy o‘zining eng bahsli dasturlari bo‘yicha sud qarorlarini tan olmaslik ehtimoli haqida so‘z borgan.

    “Sudyalarga ijro hokimiyatining qonuniy vakolatlarini nazorat qilish huquqi berilmagan”, dedi Vans. Ogayo shtatining sobiq senatori bildirgan fikrlar, yangi Oq uyning prezident harakatlarini tabiiy ravishda qonuniy kuchga ega deb e’lon qilish va hokimiyatning boshqa tarmoqlarini e’tiborsiz qoldirish tendensiyasini namoyon qilmoqda. 

    Vansning posti ikki sababga ko‘ra kishini xavotirga soladi.

    Birinchidan, ma’muriyat qonun ustuvorligiga shunchalik ko‘p sinovlar yaratgan. Masalan, Trampning tug‘ma fuqarolik konstitutsiyaviy tamoyilini bekor qilishga urinishini bir nechta sudyalar to‘xtatishga majbur bo‘ldi.

    Ikkinchidan, Tramp lavozimining dastlabki haftalarida siyosiy kuchini sinab ko‘rayotgan yangi prezident emas. U 2020-yilgi saylov natijalarini tan olmagani va 2021-yil 6-yanvarda uni hokimiyatda saqlab qolishga uringan yuzlab isyonchilarni afv etgani bilan demokratiyaga bo‘lgan nafratini isbotlab bo‘lgan. Trampning birinchi muddatdagi ikkita impichmenti va undan keyin Senatning oqlovlari shuni ko‘rsatmoqdaki, uning respublikachi hamkasblari uni javobgarlikka tortish uchun deyarli hech qanday harakat qilmaydi.

    Shunga qaramay, ba’zi respublikachilar Amerikaning prezidentlarga qo‘yiladigan an’anaviy cheklovlari mustahkam turishini ta’kidlamoqda. “Mening fikrimcha, sudlar, shubhasiz, hukumatimizning to‘g‘ri va noto‘g‘ri harakatlarni belgilaydigan, hakamlik qiladigan tarmog‘idir va ularning hayotimizdagi ahamiyati beqiyos”, dedi Senat rahbari Jon Tun CNN’ga.

    Hokimiyatga kelgan dastlabki haftalarida Tramp AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi va Iste’molchilar moliyaviy huquqlarini himoya qilish byurosi kabi idoralarni shunchaki yopib qo‘yishga urinib, alohida tashvish uyg‘otdi. Bu muassasalarning har biri Kongress qarori bilan tashkil etilgan va shu sababli qonunga asoslanadi. Shunga qaramay, prezident jurnalistlarga Iste’molchilarning moliyaviy huquqlarini himoya qilish byurosini tugatish rejasi haqida gapirdi. “Chunki biz isrofgarchilik, firibgarlik va suiiste’molliklardan qutulishga harakat qilyapmiz”, dedi u dushanba kuni.

    Tramp davlat idoralarini tugatish ro‘yxati bo‘yicha harakat qilib, Kongress tomonidan federal mablag‘larni ajratish orqali ifodalangan irodasini e’tiborsiz qoldirmoqda. Konstitutsiya prezidentlarga qonun chiqaruvchilar tomonidan belgilangan xarajatlarni amalga oshirish yoki oshirmaslik tanlovini bermaydi.

    Ular buni bajarishlari shart. Oq uy Trampning saylovchilardan xarajatlar va isrofgarchiliklarni qisqartirish uchun vakolat olganini ta’kidlamoqda. U ijro hokimiyati orqali Kongress irodasini chetlab o‘tishga uringan yagona prezident emas — sobiq prezident Barak Obamaning “qalam va telefon strategiyasi” ham ba’zida qonun chegarasiga yaqinlashgandek tuyulardi. Biroq, har bir yangi prezident Kongress tomonidan qabul qilingan avvalgi qonunlarni e’tiborsiz qoldiradigan bo‘lsa, Amerika endi konstitutsiyaviy respublika hisoblanmasligini anglatadi. 

    Foto: Google Images

    Tramp hokimiyatning boshqa tarmog‘i — sud hokimiyati vakolatlarini e’tiborsiz qoldirishni rejalashtirayotgani haqidagi xavotirlar dushanba kuni federal sudya ikkinchi marta ma’muriyatga grant va kredit to‘lovlarini tiklashni buyurganida kuchaygan edi. Rod-Aylend shtati bosh sudyasi Jon Makkonnell ma’muriyat uning avvalroq milliardlab dollarlik federal yordamni muzlatib qo‘yishni bekor qilish bo‘yicha ko‘rsatmalarini buzganini aytdi. Vashingtondagi boshqa bir holatda federal xodimlar sudyaga ma’muriyat bo‘shatilgan USAID xodimlarini ishga tiklay olmaganini aytishdi.

    Garchi hukumat hali sudlarga to‘liq qarshi chiqmagan bo‘lsa-da, konstitutsiyaviy inqiroz yaqinlashayotgandek tuyulmoqda.

    “Vitse-prezidentning barcha urinishlariga qaramay, biz hali bu holatga yetib bormaganligimizni ta’kidlash muhim,” dedi Jorjtaun universiteti huquq markazi professori Stiv Vladek dushanba kuni CNN muxbiri Erika Xillga. “Menimcha, hozircha sudlar o‘z vazifasini bajarmoqda. Biroq, ijro hokimiyati harakatlarining qonuniy yoki qonuniy emasligi masalasi tarixan, hal qilish uchun ijro hokimiyatining o‘ziga qoldirilmagan”.

    Shunga qaramay, qonunga bo‘ysunmaydigan ma’muriyatdan tobora kuchayib borayotgan qo‘rquvlar Tramp qonun ustuvorligini noqulaylik sifatida ko‘rayotganining ko‘plab belgilari bilan bog‘liq. Masalan, u Oq uyga qaytganidan ko‘p o‘tmay, 6-yanvardagi ishlarda qatnashgan o‘nlab prokurorlarni ishdan bo‘shatdi.

    Trampning hukumat samaradorligi bo‘yicha departamentiga rahbarlik qiluvchi texnologik kashfiyotchi Maskning federal hukumatning ulkan sektorlarini parchalab tashlashdagi muhim roli, uning firmalari, jumladan, SpaceX foydalangan ulkan davlat shartnomalarini hisobga olgan holda, ko‘plab mutasaddilarni ham xavotirga solmoqda.

    Tramp dushanba kuni bu qo‘rquvlarni o‘tgan yilning oxirida o‘z lavozimiga tasdiqlangan Hukumat axloqi boshqarmasi rahbarini ishdan bo‘shatish bilan kuchaytirdi.

    Bu prezident Illinoys shtatining sobiq gubernatorini to‘liq afv etishi bilan birgalikda sodir bo‘ldi. Rod Blagojevich bir necha ayblovlar, jumladan, bir vaqtlar Obama egallab turgan AQSH Senati o‘rnini sotishga urinishda ayblangan.

    Trampning adliya departamenti esa prokurorlarga Nyu-York meri Erik Adamsga qarshi federal korrupsiya ishini to‘xtatishni buyurdi. Departamentning ta’kidlashicha, bu ayblovlar Demokratik merni Trampning immigratsiyani ta’minlash bo‘yicha sa’y-harakatlariga yordam berishdan chalg‘itgan va shu bilan u suddan siyosiy imtiyozlarni almashtirish uchun foydalanishni rejalashtirayotgani haqidagi xavotirlarni kuchaytirgan.

    Prezident o‘z ijro hokimiyatini chet ellarda ham namoyish etishga intildi - Tramp G‘azoni ko‘chirish rejasini jiddiy ekanligini yana bir bor ta’kidlab, Kanadani 51-shtatga aylantirishga majbur qilmoqchi bo‘ldi.

    Trampning e’tiboridan hech narsa chetda qolmaydigandek: U hatto Bayden ma’muriyatining ovqatlanish sanoatidagi qog‘oz naychalardan voz kechish bo‘yicha ekologik tashabbusini ham bekor qildi. “Bu naychalar tez sinadi, ishdan chiqadi. Ular issiqqa uzoq chidamaydi, atigi bir necha daqiqa, ba’zan bir necha soniya ishlaydi, xolos. Bu ahmoqona holat. Shuning uchun biz yana plastik naychalarga qaytamiz”, dedi Tramp.

    12 fevral, 22:46   Izoh (0)   3017
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #tramp#aqsh#bayden

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “AQSHda tuxum narxi oshib ketganiga Bayden ma’muriyati aybdor” — Tramp matbuot kotibi

    29 yanvar, 17:00

    AQSH Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotini tark etadi 

    29 yanvar, 17:30

    Isroil armiyasi Livan janubidagi uylarga o‘t qo‘yib, kelishuvni buzdi 

    1 fevral, 20:30

    AQSHda noqonuniy migrantlar deportatsiyasiga qarshi aksiyalar o‘tkazildi 

    3 fevral, 18:32

    Ukrainadagi urush yakuni yaqinmi?

    4 fevral, 14:15

    Isroil xursand, arab davlatlari g‘azabda. Dunyo Trampning G‘azoni AQSH o‘z nazoratiga olish taklifiga qanday munosabat bildirdi? 

    5 fevral, 19:10

    AQSH Netanyaxu tufayli Xalqaro jinoiy sudga sanksiyalar kiritdi 

    7 fevral, 09:01

    Tramp Baydenning maxfiy ma’lumotlarga kirishini cheklab qo‘ydi

    8 fevral, 09:35

    Tramp Putin bilan Ukrainadagi urushni muhokama qildi 

    9 fevral, 16:57

    Tramp shahzoda Garrining deportatsiyasi haqida: “Rafiqasi bilan muammolari shundoq ham yetarli”

    9 fevral, 22:15

    Tramp po‘lat va alyuminiy importiga 25 foizlik boj joriy etishini aytdi

    10 fevral, 11:09

    Yevrokomissiya AQSHning Yevropa eksportiga qo‘llaydigan bojlariga javob berishga va’da qildi 

    10 fevral, 18:31

    “AQSH rejasi bo‘yicha falastinliklarning G‘azoga qaytish huquqi bo‘lmaydi” — Tramp 

    10 fevral, 22:30

    “Hozir odamlar ‘Ozodlik’ yangiliklariga muhtoj emas” — Sadir Japarov

    11 fevral, 09:27

    Oltin narxi yana oshdi 

    11 fevral, 10:17

    Erdo‘g‘on G‘azodagi vayronagarchilik uchun Isroildan 100 mlrd dollar tovon talab qildi

    11 fevral, 10:51

    “Ukraina kun kelib Rossiyaning bir qismiga aylanishi mumkin” — Tramp

    11 fevral, 12:25

    Tramp HAMASga shart qo‘ydi 

    11 fevral, 18:25

    “Ukraina AQSHga 500 mlrd dollarlik nodir metallarni topshirishga rozi” — Tramp 

    11 fevral, 19:45

    Husiylar yetakchisi Isroilga hujumlarni qayta boshlash bilan tahdid qildi 

    11 fevral, 21:00

    Zelenskiy Rossiyaga “hududlarni almashish”ni taklif qilmoqchi 

    11 fevral, 23:15

    Netanyaxu: “Garovdagilar ozod etilmasa, G‘azoda shiddatli janglar boshlanadi”

    12 fevral, 08:55

    Rossiya 5 yil ichida Yevropada katta urush boshlashi mumkin — Daniya razvedkasi

    12 fevral, 10:16

    Iordaniya qiroli Trampga G‘azodan 2 ming bolani olib ketishga va’da berdi

    12 fevral, 14:25

    Hindiston bosh vaziri samolyotini portlatmoqchi bo‘lishdi — OAV

    12 fevral, 13:49
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Mobiuz IQAir havo sifati datchigini o‘rnatdi


    Huawei O‘zbekistondagi “Tech Carnival”da Intellektual dunyo rivojini jadallashtirmoqda


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    TBC Uzbekistan o‘zining sun’iy intellektga asoslangan yechimlari orqali samaradorlikni oshirib, o‘sish sur’atlarini tezlashtirmoqda 


    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    AKFA Medline University Hospital AHA rasmiy o‘quv markazi maqomini qo‘lga kiritdi


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    Huawei Cloud TechWave Summit 2025: Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda muvaffaqiyatni oshirish uchun intellektuallikni tezlashtirish 


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Anjelina Jolining muxlislari uning qo‘riqchisi sabab aktrisadan xavotirda

    Kino | 25 may, 10:51

    Rossiyada migrantlarga bittadan ortiq telefon raqamiga ega bo‘lish taqiqlanishi mumkin

    Dunyo | 25 may, 10:29

    Luka Modrich “Real” bilan rasman xayrlashdi: “Yakunlangani uchun yig‘lama, sodir bo‘lganidan quvon”

    Sport | 25 may, 10:19

    Pavel Durov sevgilisiga Gollivuddagi rolni 400 ming dollarga sovg‘a qildi

    Shou-biznes | 25 may, 09:41

    O‘zbekistonda yangi avtomobillar uchun bojxona to‘lovlarini hisoblash tartibi o‘zgartirildi

    O‘zbekiston | 25 may, 09:09

    Garnacho o‘z xizmatlarini “Real”ga taklif qildi

    Sport | 25 may, 08:12

    Toshkentda daraxt bosib qolgan fuqaro vafot etdi

    O‘zbekiston | 24 may, 23:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.