• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12705.79
    • RUB159.2
    • EUR14704.41
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Yetimlikda ulg‘aygan, ayolining vafotidan kutilmagan zarba olgan va “Otello” bo‘lganidan afsuslanadigan Yoqub Ahmedov 87 yoshda (foto, video)

    Otello, Yusufbek hoji, Kreonat, Shohjahon, Karenin singari rollari bilan o‘zbek teatri tarixida munosib iz qoldirgan, sahnada Abu Rayhon Beruniy, Ali Qushchi, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Zokirjon Xolmuhammad o‘g‘li Furqat, Abay kabi tarixiy siymolarni gavdalantirib, shon-shuhrat qozongan Yoqub Ahmedov 87 yoshni qarshiladi. Bolaligidan teatr sahnasida rol ijro etgan va 20 yil otaxon teatrni boshqargan ijodkor keksayib qolgan bo‘lsa-da, ovozidagi salobatni yo‘qotgani yo‘q.

    “Otasiz o‘tgan bolalik”

    Yoqub Ahmedov Namangandagi oddiy, o‘zbekona oilada dunyoga kelgan. U otasiz o‘sgani, oilasining moddiy qiyinchilikka uchragani bilan bog‘liq voqealarni eslashni unchalik yoqtirmaydi.

    Foto: Skrin

    — Urushdan keyingi og‘ir yillar edi. Taqdir degani shudirki, 1949-yilda Namangan viloyatining “Alisher Navoiy” nomli musiqali drama teatrida Zinnat Fatxullinning “G‘unchalar” pyesasi qo‘yildi. Ko‘chamizda yashaydigan shu teatrning aktyori Muhriddin Mansurov 5-6 ta bolani kichik rollarni o‘ynash uchun u yerga olib borgan. 10-11 yoshdaman, vokzal ko‘rinishida sahnaga chiqib baqirib-chaqirib yurardik. Boshqa bolalar tarqab ketishgandi-yu, negadir meni teatrda ishga olib qolishgan. Katta aktyorlarga 150 so‘m maosh to‘lashsa, menga 75 so‘m berishardi. Qiyinchilik yillari emasmi, yosh bola uchun ro‘zg‘orga buncha pul olib borish katta gap. Rosa xursand bo‘lardim, chunki boquvchisi yo‘q oila uchun bu yaxshigina madad edi. Shu-shu teatrga mehrim tushgan, deydi Yoqub Ahmedov.

    “Kino deb o‘qishim chala qoldi”

    Viloyat teatri yosh aktyorni oliy maʼlumotli bo‘lishi uchun Toshkentga yuboradi. U institutga hech qanday qiyinchiliksiz kirib, talaba bo‘ladi.

    Foto: Skrin

    — 1959-yilda Toshkent teatr va rassomchilik institutining rejissyorlik fakultetiga o‘qishga kirganman. Hozirgi Milliy teatrning bosh rejissyori Ginzburg kurs rahbarimiz edi. Biz darslarni bevosita teatrda o‘tardik. O‘sha yillari qo‘yilgan “Gang daryosining qizi”, “Jazoir — mening Vatanim” spektakllarining ommaviy sahnalarida ishtirok etganman. Ekranda esa birinchi marta Yo‘ldosh Aʼzamovning “Maftuningman” filmida kichkina epizodda ko‘ringanman. Keyin “Furqat” filmiga tanlov eʼlon qilindi, bordim. Boshimga baxt qushi qo‘nib, bosh qahramon menga nasib etgan. 3-bosqich talabasi edim, kinoga tushaman deb, o‘qishim chala qolib ketgan. Shunga qaramay teatrga ishga qabul qilishgandi, deydi Yoqub Ahmedov.

    “Mingdan oshiq qahromonga ovoz berganman”

    Yoqub Ahmedov mahoratli aktyor bo‘lish bilan birga, dublyaj ustasi ham hisoblanadi. U ko‘plab xorij aktyorlarini o‘zbekcha “gapirtira olgani” bilan eʼtirofga loyiqdir.

    Foto: Skrin

    — Hozirgi Milliy teatr binosi o‘rnida “Rodina” kinoteatri bo‘lardi. Shu yerda filmlar dublyaj qilinardi. “Maftuningman” filmidagi epizodimdan keyinoq dublyajga taklif qilishgan. Keyinchalik “O‘zbekfilm” kinostudiyasida alohida “Dublyaj studiyasi” tashkil topdi. Shu yerda uzoq yillar mehnat qildik. Tunlari soat 11 dan tonggi 6 gacha ishlardik. Bu oylik maoshimizga yaxshigina qo‘shimcha mablag‘ bo‘lgani uchun ham astoydil, butun borlig‘imiz bilan o‘sha rolni his etib ovoz berardik. Mingga yaqin filmlarning dublyajida qatnashdim. Birini yaxshi, birini yomon deya olmayman. Lekin, tan olaman, Vladimir Etush, Vyacheslav Tixonovlar ijro etgan rollarni alohida yaxshi ko‘rib ovoz berardim. Dublyaj ham o‘ziga yarasha bir sanʼat ekanda, aktyor mahoratini sayqallaydi. Men haliyam bo‘lsa, o‘sha dublyajga qaytish kerak, deb hisoblayman, deydi Yoqub Ahmedov.

    “Mendan yaxshi Otello chiqmagan”

    Har bir aktyorning orzusidagi rol bo‘ladi. Afsuski, orzudagi rollarning hammasi ham muvaffaqiyatli yaratilmaydi. Yoqub Ahmedov ham “Otello”ni ijro etganidan afsuslanadi va uni faoliyati davomidagi eng muvaffaqiyatsiz rol deb biladi.

    Foto: Skrin

    — Menimcha, bunaqa rol hamma aktyorda ham bo‘ladi. Rosti, men hech qachon Otello rolini o‘ynashni orzu qilmaganman. Lekin Yevgeniy Simonov rejissorligida shu spektakl sahnaga qayta qo‘yilganida uni men bilan Turg‘un Azizovga topshirishdi. Yaxshimi, yomonmi imkoniyatimiz darajasida ijro etdik. Ammo, afsuski spektakl muvaffaqiyat qozonmadi. Buning sababi nimadaligini bilmayman. Balki rejissordadir? Balki Abror Hidoyatovdek ulkan aktyor oldida men yutqazgandirman?! Tarjimayi holimga Otelloni o‘ynadi, degan yozuv tushgani qoldi, xolos. Aslida Gamletni o‘ynashni orzu qilgandim. Olim aka, Shukur aka ijrosida Gamletni ko‘rganman. Ular bilan birga sahnada o‘ynaganman, lekin nasib etmadi, orzuligicha qolib ketdi. Buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiy obrazini 9 qismlik videofilmda o‘ynadim. Sahnadagi Olim Xo‘jayev yaratgan Alisher Navoiyni yaratish orzum bor edi. Keksalik davrini gavdalantirdim, bu orzum amalga oshdi, deydi Yoqub Ahmedov.

    “Rejissyor tajribasiz bo‘lsa, aktyor uvol”

    Yoqub Ahmedov kino va teatr sanʼatida rejissyorning o‘rni bo‘lakcha ekanligi haqida gapirdi.

    Foto: Skrin

    — Uyg‘unning “Parvona” spektaklidagi Murod obrazini yaxshi ko‘rib o‘ynardim. Bu asarni 1967-yilda Toshxo‘ja Xo‘jayev yordamida Sharif Qayumov sahnalashtirgandi. Shu o‘rinda har bir spektaklning muvaffaqiyati asosan rejissorga bog‘liq ekanligini taʼkidlab o‘tmoqchiman. Chunki rejissorsiz eng isteʼdodli aktyor ham hech narsa qilolmaydi. Afsuski bugungi kunda bu kasbning qadrini tushiradigan o‘rtamiyona aktyor-rejissorlar ko‘payib ketdi. Rejissorlikka tug‘ma isteʼdodi bo‘lsa nur ustiga aʼlo nur. Ammo bu kasbni aktyorlik karyerasining davomi sifatida qabul qiladiganlarga qarshiman. Rahmatli Toshxo‘ja Xo‘jayev chinakamiga buyuk rejissor edi. Birgina detalni eslatib o‘tishim mumkin. “Parvonada”gi O‘tkuriyning qo‘liga dutor tutib, qo‘shiq aytishga majburlagan Toshxo‘ja aka bo‘ladi. Obid aka men ashula aytishni bilmayman deb rosa qarshilik qilgan. Lekin aynan shu detal O‘tkuriy obrazini betakror obrazga aylantirdi. Mengayam Murodni “Yoqub, sen olimsan. Ko‘zoynak taqqan, o‘ziga qarashga vaqti yo‘q, hatto sevgilisiniyam O‘tkuriyga berib qo‘ygan, ilmdan boshqa narsani bilmaydigan odamsan...”, deb lo‘nda qilib tushuntirib qo‘yganlari, esimda, deydi Yoqub Ahmedov.

    “Qaysidir rol uchun afsus chekmayman”

    Yoqub Ahmedov naqd 20 yil O‘zbek Milliy akademik drama teatrida direktor bo‘lib ishladi. Aynan rahbar bo‘lgan yillari uning ijodida tanaffuslar boshlandi.

    Foto: Skrin

    — Rahbar bo‘lgandan keyin qaysidir rollarni ijro eta olmagandirman. Qaysidir rollardan voz kechishga to‘g‘ri kelgandir?! Chunki rahbarlik ko‘p kuch, masʼuliyat, mehnat talab qiladi. Lekin doim sanʼatning ichida bo‘ldim. Sahnada rollar ijro etdim. Faqat ko‘proq kuchimni teatr rivoji, repertuarning boyishi, buning natijasida jamoadagi aktyorlar ijodi yanada yuksalishiga xizmat qildim. Shunday ekan, ijoddan chekindim, deya olmayman. Va o‘ynay olmay qolgan qaysidir rollar uchun afsus chekishgayam asos yo‘q, deydi Yoqub Ahmedov.

    Ikkita turmush: omadsiz va omadli

    Endi ijodkorning shaxsiy hayoti haqida gapirsak. U ilk bor O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Klara Jalilova bilan oila qurgan. Juftlik o‘g‘illari Furqat tug‘ilgach ixtiyoriy tarzda ajrashishga qaror qilgan. Aktyor o‘ziga omad keltirgan qahramonning ismini o‘g‘liga qo‘ygandi.

    Foto: Skrin

    Taniqli aktyor bilan ajrashganidan besh yil o‘tib Klara Jalilova “Bahor” ansambli changchisi Rustam Negmatov bilan oila qurgan. Yoqub Ahmedov 1980-yili Muhabbat ismli o‘qituvchi bilan oila qurgan. Ularning Nodirabegim, Sitora va Shohjahon ismli farzandlari bor. Yoqub Ahmedov turmush o‘rtog‘i bilan 38 yil baxtli hayot kechiradi, afsuski 2018-yilda Muhabbat Yoqubova vafot etadi. Bu aktyor uchun kutilmagan zarba bo‘ladi va uni yo‘qotish sog‘lig‘ining yomonlashishiga sabab bo‘ladi.

    Foto: YouTube
    Furqat Ahmedov (Klara Jalilova va Yoqub AHmedovning o‘g‘li)

    “Yoqub Ahmedovning qizi ekanligini bilmaganman”

    Rixsitilla Abdullayev O‘zbekiston xalq artisti Yoqub Ahmedovning to‘ng‘ich qizi Nodira Ahmedova bilan oila qurgan. O‘sha paytda Yoqub Ahmedov O‘zbek milliy akademik drama teatrining direktori edi. Rahbarning qiziga ko‘ngil qo‘ygan Rixsitilla Abdullayevning bo‘lajak qaynotasidan rozilik olishi oson kechmagan.

    Foto: Skrin

    — Oila qurishimiz juda qiziq kechgan. Nodiraning yaqin dugonasiga ko‘ngil qo‘ygandim. U haqidagi maʼlumotlarni Nodiradan olib turardim. Ammo ancha vaqtgacha uni Yoqub Ahmedovning qizi ekanligini bilmaganman. Keyin Nodiradagi ustun jihatlarni ko‘rib, unga sovchi yuborishga qaror qildim. U teatr rahbarining qizi ekanligini bilganimda sichqonning ini ming tanga bo‘lib ketgan. Fevral oyida sovchilarni yuborgan bo‘lsam, iyunga qadar ko‘zlariga ko‘rinmay yurganman. Hatto majlislarga kirganda ham bir chekkada indamay o‘tirardim va birinchi bo‘lib xonadan chiqib ketardim, degandi Rixsitilla Abdullayev intervyularining birida.

    Yoqub Ahmedov avvalgidek ijodda emas. Inson qanchalik salobatli ko‘rinmasin, yillar baribir o‘z hukmini o‘tkazadi. U farzandlari va nabiralari davrasida umrguzaronlik qilyapti.

    6 yanvar, 14:51   Izoh (0)   63948
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Yoqub Ahmedov#aktyor#aktrisa

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Robinzonga aylanishiga oz qolgan Bahrom Nazarov, o‘zidan qocha olmayotgan Yigitali va baxtli Munisa Rizayeva. Mashhurlar karantinda (foto+video)

    31.05.2020, 00:09

    Oila qurib, so‘ng ajrashgan o‘zbekistonlik mashhurlar (foto)

    02.02.2021, 19:23

    “Sardor” seriali qahramonlari 21 yildan so‘ng qanchalar o‘zgargan va ular qanday ishlar bilan band (foto va video)

    19.09.2021, 10:55

    Foto: Toshkent xalqaro kinofestivalining yopilish marosimi qanday o‘tdi?

    06.10.2021, 12:33

    Deputat maqomiga ega o‘zbek shou-biznesi vakillari (foto)

    15.11.2021, 14:22

    Ubaydulla Omon, Shafoat Rahmatullayeva, Janob Rasul va Toshkentda yashamay, san’atda muvaffaqiyatga erishgan boshqa mashhurlar (foto)

    10.01.2022, 14:40

    Instagram: Turmush o‘rtog‘idan 41 ming dollarlik sovg‘a olgan Kaniza, otasiga mashina hadya qilgan Xonzoda, Jambul Muhammedovning sirini oshkor qilgan Shahlo Ahmed...

    07.06.2022, 22:23

    Javohir Zokirov, Alisher Uzoqov, Sitora Farmonova. Chet el kinofilmlarida rol ijro etgan o‘zbek aktyorlari (video)

    27.07.2022, 16:43

    Durdona Qurbonova va Feruza Normatova, Shahzod Sultonov va Shohrux Hamdamov: Jiddiy kelishmovchilik sabab bir filmda suratga tushishni istamaydigan aktyor va aktri...

    13.08.2022, 19:57

    Ra’no Shodiyeva — eng yaxshi aktrisa, Hoshim Arslonov — yil aktyori. “Oltin Humo” taqdirlash marosimidan reportaj (foto, video)

    29.12.2022, 22:52

    Mudhish avariyada omon qolgan, 47 yoshida ona bo‘lgan, yolg‘iz qizini aktyorga uzatgan: Xosiyat Husanova haqida ko‘pchilik bilmagan ma’lumotlar (foto, video)

    20.01.2023, 18:42

    Instagram: Uzoq muddatdan so‘ng ko‘rinish bergan Yoqub Ahmedov, AQSH sayohatidagi Hulkar Abdullayeva, “qarib ketgan” Yigitali va Muqaddas 

    26.01.2023, 23:22

    Yoqub Ahmedovning kuyovi, mahoratli aktyor va omadli tadbirkor: 45 yoshni qarshi olgan Rixsitilla Abdullayev haqida ko‘pchilik bilmaydigan ma’lumotlar 

    05.04.2023, 21:37

    Instagram: Ozoda Nursaidovaning singlisiga qimmatbaho sovg‘asi, KIA xarid qilgan Zebo Rahimova, muhim sanani unutgan Shahzoda Muhammedova

    16.04.2023, 22:30

    O‘zbekiston kinoijodkorlari madaniyat va sanʼat ahliga murojaat yo‘llashdi

    31.12.2023, 09:00

    “Mendan yaxshi Otello chiqmagan”. 10 yoshidan ishlay boshlagan, 20 yil teatrni boshqargan va ikkinchi turmushidan baxt topgan Yoqub Ahmedov 86 yoshda (foto)

    04.01.2024, 13:35

    Yoqub Ahmedov uzoq muddatdan so‘ng ko‘rinish berdi (foto)

    04.01.2024, 20:50

    Instagram: Botir Qodirovning qiyofadoshi topildi, Yoqub Ahmedov qizini uzatdi, Parizodaga shogirdlari syurpriz tashkillashtirdi

    20.09.2024, 10:51
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    Golden House’dan “O‘z Makon”: Toshkentdagi shahar hayotining yangi mezoni


    InfinBANK AstraSend orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ymoqda


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    Mobiuz xodimlari onkologik va gematologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolalarga yordam ko‘rsatdi


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Xavfsiz shoping: Octobank raqamli xavfsizlik qoidalari haqida


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati


    President Tech Award: 1 000 000 dollarlik sovrin jamg‘armasiga ega innovatsion loyihalar milliy tanlovi boshlandi


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi

     

    Tavsiya etamiz

    G‘azodagi ayol va qizlar: Isroil qamali ostida ularning hayoti qanday kechmoqda? (foto)

    13 iyun, 08:31
    Audio Icon

    “Hokim uyingni ekskavator bilan buzib tashlayman deb po‘pisa qilyapti”, — Samarqandda uyi “snos”ga tushganlarga kompensatsiya to‘lab berilmadi

    11 iyun, 20:50

    Kuchga to‘layotgan yangi qudrat. Xitoy qaysi qurollari bilan dunyo eʼtiborini tortdi?

    11 iyun, 20:00

    Vahshiylikning eng yuqori cho‘qqisi — Isroil askarlari falastinlik 6 yoshli qizcha va uning qarindoshlarini qanday o‘ldirgan edi?

    10 iyun, 19:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Moody’s O‘zbekistonning reyting prognozini “barqaror”dan “ijobiy”ga o‘zgartirdi

    O‘zbekiston | 14 iyun, 11:35

    Eron oliy rahbari Isroilning zarbalarini urush e’loni deb atadi

    Dunyo | 14 iyun, 11:15

    Nima uchun avtomobilda ko‘ngil ayniydi va bunga qanday chora bor?

    Layfstayl | 14 iyun, 10:55

    Eronning Isroilga qilgan hujumi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi, 70 dan ortiq odam jarohat oldi

    Dunyo | 14 iyun, 10:33

    O‘zbekiston MTJ Argentinaga qarshi o‘yin o‘tkazishi yuzasidan izoh berildi

    Sport | 14 iyun, 10:31

    Tojikistondan olib kelingan qariyb 50 kg giyohvandlik vositasi musodara qilindi

    O‘zbekiston | 14 iyun, 10:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.