• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Avstraliyadagi o‘rmon yong‘inlari, dunyoni egallagan koronavirus, Tramp-Bayden jangi. Yil yakunlari

    Butun dunyo uchun juda qiyin o‘tgan 2020-yil ham tarixga aylanmoqda. Keling, yil davomida jahonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealarni esga olaylik.

    Avstraliya tarixidagi eng katta yong‘in

    Aslida, 2020-yilning “ssenariy”si 2019-yildayoq yozila boshladi. 2019-yildan 2020-yilga meros bo‘lib o‘tgan Avstraliyadagi o‘rmon yong‘inlari yilning eng muhim hodisalaridan biri bo‘ldi, desak yanglishmaymiz. Avstraliya tarixidagi eng yirik yong‘in sifatida tarixga kirdi va mamlakat janubida kuchli bo‘ldi.

    Foto: Sciencealert

    Foto: Sciencealert

    Yil boshidagi statistikaga ko‘ra, yong‘in natijasida 18,6 million gektar maydon yonib kul bo‘ldi. 5 900 ta bino, jumladan, 2 800 ta turar joy binolari buzildi. 34 kishi bevosita yong‘inlar natijasida vafot etgan bo‘lsa, 450 ga yaqin kishi tutundan zaharlanib vafot etdi. To‘rt mingga yaqin kishi esa shifoxonaga yotqizildi.

    Yong‘inning fauna va floraga ko‘rsatgan zarari ancha jiddiy bo‘ldi. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, o‘rmon yong‘inlari natijasida bir milliarddan ortiq hayvon nobud bo‘ldi. Bir qancha turdagi hayvonlar yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostida qoldi. Natijada bio xilma-xillik buzilish xavfi yoqasiga kelib qoldi.

    Havoning ifloslanish darajasi esa eng xavfli darajaga yetdi. Tutunlar 11 ming km uzoqlikdagi masofadan ham ko‘rindi. Hatto Chili va argentinaliklar ham bu voqeaning guvohi bo‘ldi.  NASA hisob-kitoblariga ko‘ra, yil boshidagi havoga chiqqan zararli CO2 miqdori 306 million tonnani tashkil qildi.

    Mazkur yong‘inlardan ko‘rilgan zarar, olov miqdori, uzoq davom etgani, ekosistemaga zarari jihatidan eng yirigi bo‘ldi. Olovni o‘chirish uchun nafaqat butun Avstraliyadan, hatto AQSh, Yangi Zelandiya, Singapur, Kanada kabi davlatlardan ham kuchlar jalb etildi. Yong‘inlar yanvar oyi oxirlariga kelib pasaydi.

    Moddiy zarar 4,4 milliard dollar deya baholandi. Turizm sohasiga keltirgan zarari esa bir milliard dollardan oshdi.

    Xitoydan butun dunyoga – asr pandemiyasi COVID-19

    Butun dunyo Avstraliyadagi o‘rmon yong‘inlarini xavotir bilan kuzatar ekan, Xitoyda 2019-yil oxirida yangi bir balo nish urmoqda edi. O‘sha paytda hech kim bu baloning 2020-yilda insoniyatni ne ko‘yga solishini tasavvur ham qila olmas edi. Bu Xitoyning Hubey provinsiyasi Vuxan shahrida tarqalgan SARS-Cov-2 virusi oqibatida kelib chiqqan noma’lum kasallik edi. Keyinchalik bu kasallikka COVID-19 deya nom berildi.

    Dastlab 2019-yilning mart oyida Ispaniyada Barselona universiteti virusologlari kanalizatsiya suvlarida SARS-Cov-2 virusi hujayralarini aniqladi. Sentabr oyida Italiyada o‘tkazilgan tadqiqotlarda ma’lum bo‘ldiki, to‘rt nafar bemorda antitanalar aniqlandi. Bu paytga kelib, Italiyaning besh hududida virus tarqalgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘la boshladi. 2019-yilning 1-dekabr kuni Vuxan shahrida birinchi holat aniqlandi. Shundan keyin xitoylik shifokorlar mamlakatda qandaydir noma’lum kasallik tarqalgani haqida ogohlantirish bilan chiqa boshladi. Bu kasallikka dastlab ular 2019n-CoV deb nom berdi.

    Ikki oy davomida virus butun mamlakat hududiga tarqaldi. 30-yanvar kuni Tibet eng so‘nggi kasallik aniqlangan Xitoy hududi bo‘ldi. 2019-yilning 31-dekabr kuni Tayvanning bir qator epidemiologiya markazlari e-mail orqali JSST tashkilotini 2003-yilgi SARS virusiga o‘xshash kasallik tarqalayotgani haqida ogohlantirdi va tashkilotning tinchlanish haqidagi chaqiriqlariga qaramay, birinchilardan bo‘lib, butun mamlakat bo‘ylab ehtiyot choralarini ko‘rdi.

    Foto: “RBK”

    Foto: “RBK”

    Yanvar oyida Xitoyda kasallikdan ilk o‘lim holati aniqlandi. 13-yanvar kuni Xitoy tashqarisida ilk bemor Tailandda aniqlandi. U Vuxandan kelgan kishi edi. Bir qator xalqaro tashkilotlar Xitoyda aniqlangan holatlar soni kamaytirib ko‘rsatilgani haqida bayonotlar bera boshladi. Yanvar oyi davomida bir qator davlatlarda kasallik holatlari aniqlandi. Tailand, Tayvan, Janubiy Koreya, Singapur, Vyetnam, Fransiya, Nepal, Kanada, Kanada, Avstraliya, BAA, Kamboja, Shri-Lanka, Germaniya, Finlyandiya, Hindiston, Filippin, Italiya, Rossiya, Buyuk Britaniya, Shvetsiya, Ispaniya kabi davlatlar o‘z hududida ilk bemorlarni ro‘yxatga oldi. Ularning aksariyati xitoylik yoki Xitoydan qaytgan kishilar edi.

    Yanvar oyining oxiri va fevralning boshlarida ancha sokinlashgan vaziyat fevralning ikkinchi yarmiga kelib jiddiy tus ola boshladi. Kasallik Xitoyda chekina boshlar ekan, yangi o‘choq Yevropaga ko‘chdi. Italiya kasallikning yangi markaziga aylandi. Mamlakatda keskin choralar ko‘rila boshlandi. Ana shundan keyin kasallikning butun dunyo bo‘ylab tarqalishi holatlari keskin ko‘paya boshladi.

    Kasallik boshlanishida e’tiborsizlik qilgan va hammani tinchlanishga chaqirib kelgan JSST yanvar oyi oxiriga kelib xalqaro favqulodda holat e’lon qildi. Vaziyat jiddiy tus ola boshladi. Mart oyiga kelib butun dunyoda kasallik kirib bormagan joy juda kam qoldi. Shunday qilib, 11-mart kuni JSST COVID-19 epidemiyasini pandemiya deb e’lon qildi. Mart oyida butun dunyoda kasallanganlar soni 200 ming kishidan oshdi.

    Shundan so‘ng butun dunyoda keskin choralar ko‘rish boshlandi. Mart oyida Yevropa kasallikning yangi o‘chog‘i bo‘lgan bo‘lsa, aprel oyiga kelib, bu jarayon AQShga ko‘chdi. Aprel oyida kasallikka chalinganlar soni bo‘yicha mamlakat butun dunyoda yetakchiga aylandi va hamon yetakchilikni qo‘ldan bermayapti.

    Mart oyida butun dunyoda 200 ming holat aniqlangan bo‘lsa, bir oydan keyin bu ko‘rsatgich rekord darajada o‘sdi. 21-aprel kuni dunyo bo‘yicha kasallikka chalinganlar soni 2,5 million kishidan oshdi. 11-may kuni 4 million, 21-may kuni 5 milliondan oshgani e’lon qilindi.

    Yoz oylariga kelib, vaziyat iziga tushdi. Ko‘plab davlatlar chegaralarini ochdi. Yevropa barqaror hayotga qayta boshladi. Ammo AQSh, Lotin Amerikasi mamlakatlari, Hindiston kabi mamlakatlarda kasallik holati kuchayaverdi.

    Kuzda esa vaziyat yana jiddiy tus ola boshladi. Kasallik holatlari muttasil o‘sishda davom etdi. Dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 5-oktabr kuni 35 milliondan, 11-oktabr kuni 37 million, 14-oktabr kuni 38 million, 19-oktabr kuni 40 million, 22-oktabr kuni 41 million, 5-noyabr kuni 48 million, 9-noyabr kuni 50 million, 14-noyabr kuni 53 million, 26-noyabr kuni 60 million, 28-noyabr kuni 61 million, 29-noyabr kuni 62 million , 4-dekabr kuni 65 million, 5-dekabr kuni 66 million, 7-dekabr kuni 67 million, 9-dekabr kuni 68 million, 12-dekabr kuni 70 million, 17-dekabr kuni 74 million, 23-dekabr kuni 78 million kishidan oshdi. Kasallik hatto, Antarktidada ham aniqlandi. Shu tariqa yer yuzida kasallik kirib bormagan qit’a qolmadi.

    Butun dunyo vaksina yaratilishini intizorlik bilan kuta boshladi. Vaksina borasidagi dastlabki yangiliklar avgust oylarida paydo bo‘ldi. Rossiya dunyoda birinchi bo‘lib koronavirusga qarshi vaksinasini ro‘yxatga oldi. Kuz oylari davomida sinovlar olib borildi va dekabr oyiga kelib vaksinatsiya jarayonlari boshlab yuborildi.

    Foto: Sputnik

    Foto: Sputnik

    Ma’lum qilinishicha, 1,1 milliondan ortiq odam koronavirusga qarshi vaksina bilan emlandi — bular Buyuk Britaniya, AQSh, Xitoy va Rossiya aholisi. Eng ko‘p odam Xitoyda emlangan — 28-noyabr holatiga ko‘ra, 650 ming kishi emlash oldi. Buyuk Britaniyada 15-dekabr holatiga ko‘ra, koronavirusga qarshi 137,8 ming kishi vaksinatsiya qilindi, Rossiyada esa emlanganlar soni 320 ming kishini tashkil etdi. Emlash 14-dekabrda boshlangan AQShda 17-dekabr holatiga ko‘ra, qariyb 50 ming kishi vaksinaning birinchi dozasini qabul qildi.

    Koronavirus pandemiyasi dekabr oyida yangi fazaga chiqdi va Buyuk Britaniyada virusning yangi mutant shtammi aniqlandi. Buyuk Britaniyada koronavirusning yangi turi aniqlangani, shu tufayli mamlakatning ayrim hududlarida kasallik tarqalish sur’ati tezlashgani haqida 14-dekabr kuni mahalliy Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari Mett Xenkok ma’lum qildi. Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonsonning so‘zlariga ko‘ra, ushbu turdagi koronavirus avvalgilaridan 70 foizga yuqumliroq, lekin undan xavfli emas.

    Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 20-dekabr kuni Britaniyanikiga o‘xshash koronavirus Niderlandiya, Daniya va Avstraliyada ham aniqlanganini e’lon qildi. Hozirda tashkilot bu shtammni o‘rganmoqda.

    Dastlab Buyuk Britaniyada aniqlangan koronavirusning yangi shtammi Yaponiya va Fransiyada ham qayd etildi. Shuningdek, “britancha shtamm” Germaniya va Shveysariyada aniqlandi, Nigeriyada esa butunlay boshqacha shtamm aniqlandi.

    Shu tariqa bir yildan ortiq vaqt davomida butun dunyo iqtisodiyotini, sog‘lik tizimini larzaga solgan COVID-19 pandemiyasi hamon davom etmoqda.

    Olov ichida qolgan Kaliforniya

    Yil davomida AQSh g‘arbidagi hududlar 2003-yildan beri sodir bo‘lgan eng dahshatli yong‘inlarni boshdan kechirdi. Ushbu yong‘in hosil qilgan tutun hatto Yevropaning shimoliy qismigacha yetib bordi. Yong‘inlar asosan Kaliforniya, Oregon, Vashington va Arizona shtatlarida kuzatildi. Avgust—sentabr oylarida kuchli o‘rmon yong‘inlari sodir bo‘ldi.

    Anormal issiqlik va chaqmoq yong‘inlarni keltirib chiqardi. Kaliforniyadagi “O‘lim vodiysi” milliy bog‘ida 17-avgust kuni Yerdagi eng yuqori harorat – 54,4 daraja qayd etildi. AQShning Kaliforniya shtatida o‘rmon yong‘inlari sababli favqulodda holat rejimi joriy qilindi. Olov 39 ta uchastkada tarqaldi, ular orasidagi eng kattasining maydoni 14 ming gektarni tashkil qildi.

    CNN va Associated Press avvalroq AQShda avgust oyining o‘rtalaridan beri o‘rmon yong‘inlari kamida 28 kishining hayotiga zomin bo‘lgani haqida xabar berdi. Eng ko‘p qurbonlar Kaliforniya shtatida bo‘lib, u yerda yong‘inlarda 19 kishi halok bo‘ldi.

    Sentabr oyida Kaliforniyaning San-Fransisko shahrida olingan dahshatli suratlar yong‘inlarning ko‘lamini yoritib bera oladi.

    Foto: David Paul Morris

    Foto: David Paul Morris

    Black Lives Matter

    25-may kuni AQShda butun dunyoni larzaga solgan qotillik yuz berdi. Gap shundaki, shu kuni AQShning Minnesota shtatida 46 yoshli afroamerikalik Jorj Floyd ismli kishini politsiya gumon qilishi natijasida to‘xtatadi va uni hibsga olish jarayonida bir politsiyachi bir necha daqiqa davomida yerga yotqizib, tizzasi bilan bo‘ynidan bosib turadi. Qurbonning bir necha marta “nafas ololmayapman”, deya ogohlantirishiga qaramasdan, politsiya uni qo‘yib yubormaydi. Natijada Floyd vafot etdi. O‘tkinchilar tomonidan olingan videolar internetda tarqalgach, butun dunyo mazkur voqeani gapira boshladi va irqchilik natijasida yuz bergan, deya baholandi.

    Videolar tarqalganining ertasi kuni Minneapolis shahrida bir necha ming kishilik namoyish bo‘lib o‘tdi. Namoyishchilar adolat qaror topishini talab qilib, Black Lives Matter shiorlarini ko‘tarib chiqdi. “Qoratanlilarning hayotlari qadrlidir” deb tarjima qilinadigan mazkur harakat qora tanlilarning kamsitilishiga qarshi  2013-yilda paydo bo‘lgan edi.

    Namoyishlar Amerikaning 50 ta shtatida tarqaldi. 2 500 dan ortiq shahar va qishloqlarni qamrab olgan namoyishlar 31-maydan boshlab butun dunyoga tarqaldi. Namoyishlar davomida bir qator yong‘inlar, tartibsizliklar, kuch tizimlari bilan to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tdi. 30 dan ortiq kishi halok bo‘ldi.

    Yevropa, Shimoliy Amerika, Janubiy va Markaziy Amerika, Osiyo, Afrika va Okeaniya mintaqalarida ham ushbu harakatlar bo‘lib o‘tdi.

    Lukashenkoni qulatolmagan namoyishlar

    2020-yilning eng esda qolarli hodisalaridan biri Belarusda yuz berdi. Avgust oyidan butun butun dunyo siyosat olamining diqqati Belarusga qaratildi, desak xato bo‘lmaydi. Sababi 9-avgust kuni mamlakatda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlari natijasidan norozi bo‘lgan belarusliklar amaldagi tuzumga qarshi norozilik namoyishlarini o‘tkazib kelmoqda.

    Saylovlarda amaldagi prezident Aleksandr Lukashenko 80 foizdan ortiq ovoz to‘plab, navbatdagi muddatga saylandi. Bundan norozi bo‘lgan muxolifatdagi nomzod Svetlana Tixanovskaya saylov natijalarini tan olmasligini ma’lum qildi va o‘z tarafdorlarini namoyishlar va ish tashlashlarda qatnashishga da’vat etdi. Natijada butun mamlakat bo‘ylab namoyishlar va ish tashlash aksiyalari o‘tkazildi. Ushbu harakatlar avgust oyi davomida har kuni o‘tkazilgan bo‘lsa, sentabr oyidan haftaning dam olish kunlari davom etdi.

    Saylov natijalari e’lon qilingan birinchi hafta namoyishlar ancha jiddiy tus oldi. Eng muhim namoyishlar 15, 16, 17, 18, 22 va 23-avgust kunlari bo‘lib o‘tdi. Turli zavod va fabrika ishchilarining ish tashlari bilan o‘tgan harakat oy oxirlariga borib, kuchli tazyiqlar natijasida ancha sokinlashdi.

    Foto: Euroradio

    Foto: Euroradio

    17-sentabr kuni Belarus o‘zining Polsha va Litva bilan chegaralarini yopdi, Ukraina bilan esa chegaradagi nazoratni kuchaytirdi. Xalqaro tashkilotlar, davlat rahbarlari ham Belarusdagi vaziyatga o‘z munosabatini bildirdi. Yevropa Ittifoqi saylovlarni erkin o‘tmaganini iddao qildi. 19-avgust kuni Yevropa kengashi videokonferensiya tashkil qildi va saylovlar noqonuniy o‘tgan deb qaror chiqardi. Yevropa komissiyasi prezidenti Ursula von der Layen “siyosiy tazyiqqa uchraganlar”ga yordam berish maqsadida ikki million yevro mablag‘ ajratilishini ma’lum qildi.

    Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Belarus namoyishchilari bilan birdam ekanini ma’lum qildi.

    Latviya, Litva va Estoniya davlatlari Aleksandr Lukashenkoni persona non grata deb e’lon qildi. Bir qator davlatlar Belarusdagi yuqori martabali shaxslarga va prezident Lukashenkoga qarshi sanksiyalar joriy qildi.

    Belarus prezidentini hukumatdan ag‘darishni maqsad qilgan namoyishchilar o‘z maqsadlariga yeta olmadi va Lukashenko hamon o‘z o‘rnida.

    AQShdagi shov-shuvli prezidentlik saylovlari

    AQShdagi navbatdagi prezidentlik saylovlari 2020-yilning 3-noyabr kuni bo‘lib o‘tdi. Bu mamlakat tarixidagi ellik to‘qqizinchi prezidentlik saylovi edi. 14-dekabr kuni mamlakatning navbatdagi prezidenti ma’lum bo‘ldi.

    Nomzodlar respublikachilardan amaldagi prezident Donald Tramp, demokratlardan esa Jo Baydenlar edi. Ular mamlakat tarixidagi eng qari nomzodlar sifatida tarixga kirdi.

    Saylovning dastlabki natijalari 7-noyabrda ma’lum bo‘la boshladi. Bir qator medialar Jo Baydenning g‘alabasini ma’lum qildi. Hisoblangan dastlabki natijalarga ko‘ra, 306 ta katta saylovchi Baydenga, 232 tasi esa Trampga ovoz berdi. Tramp 2016-yilda ustunlikni qo‘lga kiritgan to‘rtta asosiy shtatda mag‘lub bo‘ldi. Bular Pensilvaniya, Michigan, Viskonsin va Jorjiya shtatlaridir. Shunga qaramay, Tramp bir necha bor mag‘lubiyatni tan olishdan bosh tortdi va saylovlarda qallobliklar yuz berganini iddao qildi.

    Biroq 23-noyabrga kelib, Tramp administratsiyasi hukumatni topshirishni boshlaganini ma’lum qildi. 8-dekabr kuni 538 ta katta saylovchining ovozlari ro‘yxatga olingani aniq bo‘ldi. 14-dekabr kuni katta saylovchilardan tashkil topgan saylov komissiyasi Jo Baydenni AQShning 46-prezidenti deb e’lon qildi.

    Bu yilgi saylovlarda ishtirok etish ko‘rsatkichi 66,9 foizga yetdi va bu 1900-yildan buyon ilk bora kuzatildi. Pandemiya sharoiti bo‘lishiga qaramay, bu hayratlanarli ko‘rsatgichdir. Hatto eng tinch davrlarda ham bunday faollik kuzatilmagan edi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, Jo Bayden uchun 81 268 867 saylovchi (51,31 foiz) ovoz bergan bo‘lsa, Donald Tramp 74,216,747  (46,86 foiz) ta ovoz to‘plashga muvaffaq bo‘ldi. 2008-yilgi saylovlarda g‘alaba qozongan Barak Obama 69,5 million ovoz yig‘a olgan xolos.

    Shu tariqa 2020-yilni ham yakunladik. Umid qilamizki, 2021-yil butun dunyo uchun yaxshi keladi.

    Jahongir Ostonov tayyorladi.

    02.01.2021, 13:42   Izoh (0)   39782
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Turkiyada 15 kishida koronavirusning “britancha” shtammi aniqlandi

    02.01.2021, 13:29

    AQShda koronavirusga chalinganlar soni 20 mln kishidan oshdi

    02.01.2021, 12:27

    Xitoy Afg‘onistondagi AQSh harbiylarini o‘ldirish uchun odamlar yollagan – OAV

    01.01.2021, 23:59

    Buyuk Britaniyada ilk bor bir sutkada 55 mingdan ortiq odamda koronavirus aniqlandi

    01.01.2021, 22:36

    Moderna o‘z vaksinasining samaradorligi 94 foiz ekanini ma’lum qildi

    01.01.2021, 19:37

    Vengriya COVID-19’ga qarshi Rossiya vaksinasini sotib olmaslikka qaror qildi

    01.01.2021, 16:34
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rasman: Florian Virts – “Liverpul” futbolchisi

    Sport | 20 iyun, 23:12

    “Daryo” dayjesti: 20-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 20 iyun, 23:05

    BMT yig‘ilishida Eron va Isroil vakillari o‘rtasida bahs-munozara yuzaga keldi

    Dunyo | 20 iyun, 22:50

    Samarqandda 1 kg giyohvandlik moddasini 10 ming dollarga sotayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 22:35

    Eronning Beer-Shevaga hujumi oqibatida Microsoft ofisi vayron bo‘ldi

    Dunyo | 20 iyun, 22:25

    Putin uchinchi jahon urushi boshlanishi xavfi uni tashvishga solayotganini bildirdi (video)

    Dunyo | 20 iyun, 22:20

    Superliga. “Nasaf” mehmonda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 20 iyun, 22:15

    O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Xitoy–Mo‘g‘uliston bo‘ylab birinchi yuk tashuvi 8 kunda yetib bordi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 22:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.