Dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 70 milliondan oshdi
Butun dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 70 million kishidan oshdi. Bu haqda virus tarqalishini real vaqt rejimida kuzatib kelayotgan Jons Hopkins universiteti ma’lumotlarida keltirilgan.
Hozirga qadar dunyoda COVID-19 oqibatida 1,59 milliondan ortiq odam vafot etgan, 45,2 million kishi sog‘aygan.
Kasallikka chalinganlar soni bo‘yicha AQSh birinchi o‘rinda ketmoqda — 15,8 million. Ikkinchi o‘rinni 9,7 million ko‘rsatkich bilan Hindiston egallagan bo‘lsa, Braziliya uchinchi o‘rinda — 6,78 million. Rossiyada esa pandemiya boshlanganidan buyon 2,54 million kishida koronavirus tasdiqlangan.
Virus qurbonlari soni bo‘yicha ham yetakchilik AQShga nasib etgan (295 mingdan ortiq), ikkinchi o‘rinda Braziliya (179 ming), Hindiston — uchinchi o‘rin (142 ming).
Avvalroq AQShda bir kecha-kunduzda koronavirusdan vafot etganlar soni bo‘yicha antirekord o‘rnatilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. The New York Times’ning 10-dekabr kungi ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 24 soat ichida mamlakatda 3011 kishi koronavirus oqibatida vafot etgan
Ma’lumot uchun, dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 29-noyabr kuni 62 million, 4-dekabr kuni 65 million, 5-dekabr kuni 66 million, 7-dekabr kuni 67 million, 9-dekabr kuni 68 million kishidan oshgandi.
Mavzuga doir:
