Kosmosdan olingan suratlar Avstraliyada 2019-yilda yuz bergan o‘rmon yong‘inlari oqibatlarini aks ettirgan, deya xabar bermoqda Sciencealert.

Foto: Sciencealert

Avstraliyaning Geospatial Intelligence aerofototahlil kompaniyasi Yangi Janubiy Uels shtati hukumati bilan hamkorlikda yong‘inlardan oldingi va keyingi holatni ko‘rsatuvchi loyihani amalga oshirdi.

Foto: Sciencealert

Avstraliyada 2019-yilning yozida boshlangan o‘rmon yong‘inlari 186 ming kvadrat kilometr maydonni egallagan hamda 34 kishining va milliardlab hayvonlarning umriga zomin bo‘lgan.

Foto: Sciencealert

Suratlarda keng yashil hududlar hozir cho‘l qiyofasini olganini ko‘rish mumkin. Kompaniya tomonidan ma’lum qilinishicha, suratlar rasmiylarga landshaft, o‘simlik dunyosi va infratuzilma haqida muhim ma’lumotlarni beradi.

Foto: Sciencealert

Foto: Sciencealert

Kompaniya vakillarining so‘zlariga ko‘ra, suratlar juda aniq bo‘lib, bir pikselda bir yarim kvadrat metr maydonni aks ettiradi. Suratlar keyingi yong‘inlarga qarshi kurashda muhim ahamiyat kasb etadi va yong‘in xavfi ortgan mavsumda mas’ul organlarga yordam beradi.