Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Buyuk Britaniyada COVID-19’ga qarshi emlash kampaniyasining birinchi haftasida 138 ming kishi vaksina qabul qildi. Bu haqda emlash dasturi nazorati bo‘yicha vazir Nadxim Zakavi ma’lum qildi, deb yozmoqda “Korrespondent.net”.

Foto: EPA

Foto: EPA

“Emlash dasturining haqiqatdan ham ajoyib boshlanishi. Yetti kun o‘tdi va Angliyada 108 ming, Uelsda 7897, Shimoliy Irlandiyada 4000, Shotlandiyada 18 000 kishi emlash oldi. Jami 137 897 kishi”, — deb yozgan Zaxavi Twitter’da.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu raqam tezlik bilan ortmoqda, chunki rasmiylar “yordam ko‘rsatish bo‘yicha yuzlab tarmoqlarni faollashtirgan”.

Eslatib o‘tamiz, Buyuk Britaniya 8-dekabr kuni dunyoda birinchi bo‘lib koronavirusga qarshi ommaviy emlash boshladi. Mamlakat rasmiylari AQShning Pfizer va Germaniyaning BioNTech kompaniyalari tomonidan yaratilgan vaksinadan foydalanmoqda. Vaksinaning samaradorligi yakuniy klinik sinovlar natijalariga ko‘ra 95 foizni tashkil etgan.

Buyuk Britaniyada pandemiya boshidan buyon 1,8 milliondan ortiq odamda koronavirus aniqlangan, qariyb 65 bemor vafot etgan.

Avvalroq AQSh va Rossiyada ham koronavirusga qarshi emlash boshlangani haqida xabarlar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Kino
Sezmagansiz ham: Film voqealaridagi mantiqqa to‘g‘ri kelmaydigan qo‘pol xatolar (foto) 
Mahalliy
Qatar amiri davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi (foto)
Karyera
Hokimiyat ularning qo‘llarida: Butun dunyoni boshqaradigan beshta oila (foto)