Dunyoda COVID-19 yuqtirib olganlar soni 66 million kishidan oshdi. Bu haqda Jons Hopkins universiteti ma’lum qildi.

Foto: “Moskva” AA

Koronavirusni yuqtirib olganlar soni bo‘yicha yetakchilik qilayotgan mamlakatlar quyidagilar:

  • AQSh — 14,3 million;
  • Hindiston — 9,6 million;
  • Braziliya — 6,5 million;
  • Rossiya — 2,41 million;
  • Fransiya — 2,32 million.

Shuningdek, Buyuk Britaniya, Italiya, Ispaniya, Argentina, Kolumbiya, Germaniya, Meksika, Polsha va Eronda kasallanish holatlari soni 1 milliondan oshgan. Vafot etganlarning eng ko‘pi AQShda (279 ming), Braziliyada (175 ming), Hindistonda (139 ming) va Meksikada (108 ming) qayd etilgan.

Avvalroq butun dunyoda koronavirus infeksiyasidan 1,5 milliondan ziyod kishi vafot etgani xabar berilgan edi.

Ma’lumot uchun, dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 5-noyabr kuni 48 million, 9-noyabr kuni 50 million, 14-noyabr kuni 53 million, 26-noyabr kuni 60 million, 28-noyabr kuni 61 million, 29-noyabr kuni 62 million, 4-dekabr kuni 65 million kishidan oshgandi.