Daryo

AQSh Belarus hukumatiga qarshi sanksiya ro‘yxatini kengaytirdi

Ro‘yxatga “prezident saylovlaridagi firibgarliklarga va undan keyin yuz bergan tinch demokratik norozilik namoyishlarini zo‘ravonlik bilan bostirish”ga aloqadorlar kiritilgan

1 daqiqa o‘qish20 238 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Belmarket.by”

AQSh Moliya vazirligi Belarus hukumatiga qarshi sanksiyalar ro‘yxati kengaytirilgani haqida e’lon qildi, deb xabar bermoqda “Tut.by”.

Foto: “Belmarket.by”

Sanksiyalarga Belarus ichki ishlar vaziri birinchi o‘rinbosari Gennadiy Kazakevich, shuningdek, Markaziy saylov komissiyasi, KGBning “Alfa” maxsus topshiriqli bo‘linmasi, Minsk shahar ijroiya qo‘mitasi hamda Minsk OMONi (maxsus topshiriqli militsiya otryadi) uchradi.

Sanksiyalar tilga olingan shaxslar va tuzilmalarning “prezident saylovlaridagi firibgarliklarga va undan keyin yuz bergan tinch demokratik norozilik namoyishlarini zo‘ravonlik bilan bostirish”ga aloqadorligi tufayli kiritilmoqda.

Oktabr boshida AQSh sakkiz nafar belaruslik rasmiy shaxsga nisbatan sanksiyalar joriy qilgan, ular orasida o‘sha vaqtdagi ichki ishlar vaziri Yuriy Karayev va IIVning boshqa vakillari, shuningdek, Markaziy saylov komissiyasi a’zolari ham bor edi.

Belarusda prezident saylovlari 9-avgust kuni bo‘lib o‘tdi. Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, Aleksandr Lukashenkoga saylovchilarning 80,1 foizi ovoz bergan. Saylov natijalari e’lon qilinganidan keyin mamlakatda ommaviy norozilik namoyishlari boshlandi, ular hozir ham davom etmoqda. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar