Daryo

Dunyo bo‘yicha koronavirusga chalinganlar soni 40 mln kishidan oshdi

Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab COVID-19’ga chalinganlar soni bir oyda 10 million kishiga oshgan

1 daqiqa o‘qish28 406 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: AP Photo

Pandemiya boshidan buyon dunyo bo‘ylab 40 milliondan ortiq kishi koronavirusga chalindi, deb xabar bermoqda Meduza Jons Hopkins universitetining 19-oktabrdagi ma’lumotlariga tayanib.

Foto: AP Photo

Kasallanganlar soni bo‘yicha birinchi o‘rinni AQSh (8,1 million kishi), undan keyingi o‘rinlarni Hindiston (7,5 million kishi) va Braziliya (5,2 million kishi) egallagan. To‘rtinchi o‘rinda Rossiya bo‘lib, 1,4 million kishi COVID-19’ga chalingani qayd etilgan.

Associated Press’ning yozishicha, so‘nggi haftalarda bemorlar sonining ortishi Yevropada kasallanishning keskin o‘sishi bilan bog‘liq. Agentlik keltirgan JSST ma’lumotlariga ko‘ra, Yevropada so‘nggi haftada koronavirusga chalinish bo‘yicha rekord darajada — 700 mingta yangi holat qayd etilgan.

Mavzuga doir: Yevropada koronavirus tufayli yana karantin choralari kuchaytiriladi, ammo lokdaunni kiritishga shoshilishmayapti. Yevroittifoq ichkarisidagi chegaralarni yopmaslikka kelishib olindi

Mintaqadagi barcha yangi kasallanish holatlarining yarmiga yaqini Buyuk Britaniya, Fransiya, Rossiya va Ispaniyaga to‘g‘ri keladi.

Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab COVID-19’ga chalinganlar soni bir oyda 10 million kishiga oshgan.

Ma’lumot uchun, dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 30-avgustda 25 million, 11-sentabrda 28 million, 14-sentabrda 29 million, 18-sentabrda 30 million, 21-sentabr kuni 31 million, 5-oktabr kuni 35 million, 11-oktabr kuni 37 million, 14-oktabr kuni 38 million kishidan oshgan edi.

Mavzuga doir: JSST rahbari COVID-19’ga yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan mamlakatlarni sanab o‘tdi

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar