So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12206.13
    • RUB 127.07
    • EUR 12981.22
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +17°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Dunyo

    Putin koronavirusga qarshi dunyoda birinchi vaksina ro‘yxatga olinganini ma’lum qildi. Uning qizlaridan biri ushbu vaksina bilan emlandi

    11.08.2020, 14:20 48173

    Prezident Vladimir Putin Rossiyada koronavirusga qarshi birinchi vaksina ro‘yxatan o‘tkazilganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.

    Foto: Sputnik

    Foto: Sputnik

    “Menga ma’lum bo‘lishicha, bugun ertalab dunyoda ilk bor yangi koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksina ro‘yxatdan o‘tkazildi”, — degan u hukumat a’zolari bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda. Prezident Rossiya sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashkodan bu haqda batafsil ma’lumot berishni so‘ragan.

    Mamlakat rahbarining ta’kidlashicha, vaksina samarali, barqaror immunitetni shakllantiradi va barcha kerakli sinovlardan o‘tdi. Shuningdek, uning qizlaridan biri ushbu vaksina bilan emlanganini aytgan, biroq aynan qaysi qizi ekanligiga to‘xtalib o‘tmagan.

    Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, birinchi emlanishdan so‘ng qizining tana harorati 38 darajagacha ko‘tarilgan, ertasi kuni esa 37 darajagacha tushgan. “Bo‘ldi. Ikkinchi muolajadan so‘ng tana harorati yana biroz ko‘tarilib, keyin tushdi. O‘zini yaxshi his qilyapti”, — degan u.

    Putin Rossiyada vaksinani ommaviy ishlab chiqarishni tashkil etishiga umid qilmoqda. Uning ta’kidlashicha, Rossiyada emlash ixtiyoriy bo‘lishi kerak.

    O‘z navbatida mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashkoning bildirishicha, vaksina u yaratilgan Gamaleya nomidagi Epidemiologiya va mikrobiologiya markazi, shuningdek, Zelenograddagi “Binnofarm” kompaniyasi tomonidan, keyinchalik boshqa korxonalarda ham ishlab chiqariladi.

    Bosh vazir o‘rinbosari Tatyana Golikova esa shifokorlarni koronavirusga qarshi emlash avgust oxirlari – sentabr boshlarida boshlanishini ma’lum qilgan.

    Eslatib o‘tamiz, Farmatsevtika kompaniyalari va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarini birlashtirgan Klinik tadqiqotlar tashkilotlari assotsiatsiyasi Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligini Gamaley nomidagi Epidemiologiya va mikrobiologiya markazida ishlab chiqilgan vaksinani ro‘yxatdan o‘tkazishni kechiktirishga chaqirgandi.

    Assotsiatsiya vaksina yaratuvchilari uning sinovlarini hatto yuzlab odamlar ishtirokida ham yakunlamagani, bundan tashqari vaksina asosida sinovlari hali ham davom etayotgan MERS’ga qarshi boshqa vaksina borligini bildirgan va shu sababli uning samaradorligi to‘g‘risida xulosa berishga hali asos yo‘q deb topgan.

    Avvalroq Rossiyada vaksina sinovi yakunlangani va ommaviy emlash oktabrda boshlanishi, shuningdek, mamlakatda har oyda millionlab doza vaksina ishlab chiqarilishi haqida xabar berilgan edi.

    Mavzuga doir:

    • O‘zbekiston Rossiya va Xitoyda ishlab chiqarilgan vaksinalardan foydalanish haqidagi takliflarni o‘rganib chiqmoqda
    • Germaniyada koronavirus vaksinasi 2020-yil oxirida foydalanish uchun tasdiqlanishi kutilmoqda
    • Turkiya tomonidan yaratilgan vaksina odamlarda klinik sinovdan o‘tkazilishi ma’lum qilindi

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Angliya Liga Kubogi. “Manchester Yunayted” “Kristal Pelas”ni yirik hisobda mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘l oldi

    Bugun, 02:16

    A Seriya. “Yuventus” o‘z maydonida raqibini minimal hisobda mag‘lub etdi

    Bugun, 02:06

    Toshkentning ikki tumanida gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi

    Bugun, 00:20

    Toshkentning ikki tumanida “svet” vaqtincha o‘chiriladi

    Bugun, 00:05

    O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi Turkiyadagi xotin-qizlarni ogohlantirdi

    Kecha, 23:53

    Bosh prokuratura binosi oldida tadbirkordan norozilar to‘plandi: mahalla raisi namoyishchilar yollangan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda

    Kecha, 23:41

    Tobut ko‘tarib ketayotgan politsiyachilar, joniga qasd qilayotgan erkak, o‘g‘lini ish joyiga olib kelgan Ilon Mask — 26-sentabr suratlari

    Kecha, 23:20

    “Xudo qani? — hayqirdi u. — Bilasizlarmi, sizlarga nima demoqchiman! Biz Uni o‘ldirdik — siz va men! Biz uning qotilimiz!...” — “Zardo‘sht tavallosi” asari haqida ...

    Kecha, 23:00

    Ukraina razvedkasi rahbari Rossiyaga dronlar uchirishdan maqsadni ochiqladi

    Kecha, 22:41

    O‘zbekistondagi 4 ta viloyatda yoshlarning ekologiya va fermerlik borasidagi bilimlarini oshiruvchi maxsus o‘quv markaz tashkil etiladi

    Kecha, 22:25

    Tavsiya etamiz

    Bosh prokuratura binosi oldida tadbirkordan norozilar to‘plandi: mahalla raisi namoyishchilar yollangan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda

    23:00 / 26.09.2023

    Tobut ko‘tarib ketayotgan politsiyachilar, joniga qasd qilayotgan erkak, o‘g‘lini ish joyiga olib kelgan Ilon Mask — 26-sentabr suratlari

    23:00 / 26.09.2023

    “Namanganda kasallangani aytilayotgan bolalarning barchasi sog‘ayib, uyiga qaytgan” — sog‘liqni saqlash vaziri

    21:00 / 26.09.2023

    Gunohlarni yuvish marosimi, suvga oqizilgan farovonlik xudosi, qidiruvdagi diktator — 25-sentabr suratlari

    22:00 / 25.09.2023

    MOLIYA

    Iqtisodiyot

    O‘zbekistonda elektron tijorat qanday rivojlanmoqda?

    17:00 / 26.09.2023

    “Bugungi geosiyosiy vaziyatda bitta davlatga tayanib bo‘lmaydi” — bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev

    15:00 / 26.09.2023

    O‘zbekiston oktyabr oyidan Rossiyadan gaz import qilishga tayyor — Energetika vazirligi

    16:00 / 25.09.2023

    “Oltin vasvasasi”: Nima uchun Markaziy Osiyo davlatlari oltinga pul tikmoqda?

    17:00 / 22.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    Jizzaxda yuk mashinasi YPX maskaniga tiqilib qolgani aytilgan video tarqaldi (video)

    19:00 / 26.09.2023

    Hind kinosi afsonalari — Amitabh Bachchan va Raj Kapurning nabirasi Agastya Nanda aktyorlikka qadam qo‘ydi

    09:00 / 26.09.2023

    “Kompromat ishi” yuzasidan ayblanuvchilarga sud hukmi o‘qildi 

    16:00 / 26.09.2023

    O‘zbekistonda endilikda ayrim xodimlarning ish haqi mahalla raisi tomonidan tasdiqlanadi

    19:00 / 26.09.2023

    “Biz tayyormiz” — Medvedev Rossiya NATO bilan jang qilishi haqida gapirdi

    19:00 / 26.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    Nimani qidiramiz?