Moderna o‘z vaksinasi bo‘yicha birlamchi tadqiqotlar natijalarini e’lon qildi. Vaksina COVID-19’ning oldini olishda 94,1 foiz samaradorligini ko‘rsatdi. Bu haqda MedicalXpress portali 31-dekabr kuni xabar berdi.
Tadqiqotda 30 mingdan ortiq kishi ishtirok etgan. COVID-19 vaksinasini olgan guruhda koronavirus kasalligining belgilari 11 kishida qayd etilgan. Bundan tashqari, platsebo guruhida 185 tadqiqot ishtirokchilari kasal bo‘lib qoldi. Bu vaksina koronavirusning oldini olishda 94,1 foiz samaradorligini namoyish etdi.
Shu bilan birga, COVID-19’ning og‘ir shakllari faqat platsebo qabul qiladigan ko‘ngillilarda kuzatilgan.
Shuningdek, kompaniyaning ta’kidlashicha, immunizatsiyaga organizmning javobi o‘rtacha darajada bo‘lgan, oluvchilarning taxminan yarmi, ayniqsa, ikkinchi dozadan so‘ng charchoq, mushak, bo‘g‘im va bosh og‘rig‘iga duch kelgan. Ko‘p hollarda, ushbu ta’sirlar emlashdan taxminan 15 soat o‘tgach boshlangan va ikki kundan keyin yo‘q bo‘lgan.
Mavzuga doir: Moderna ishlab chiqarishdagi muammolar tufayli koronavirusga qarshi 400 ming doza vaksinani yo‘q qildi
Shu vaqtgacha AQSh hamda Kanada Moderna vaksinasidan foydalanishni tasdiqlagan.