• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda ayollar huquqlari: zo‘ravonlikka qarshi choralar o‘zini oqlayaptimi?

    O‘zbekistonda ayollarga nisbatan zo‘ravonlik muammosi bugungi kunda nafaqat oilaviy, balki ijtimoiy xavfsizlik, inson huquqlari, sog‘liqni saqlash va jamiyat madaniy darajasining mezoni sifatida ko‘rilmoqda. So‘nggi yillarda bu borada qonunchilikda sezilarli o‘zgarishlar amalga oshirilgani haqiqat. Ammo bu islohotlar real hayotda qanchalik ishlamoqda?

    Bu borada raqamlarga yuzlansak.

    • 2023-yilning birinchi yetti oyida 21 871 nafar ayolga himoya orderi berilgan. Shundan 84,7 foiz holat oila a’zolari tomonidan sodir etilgan zo‘ravonlik bilan bog‘liq bo‘lgan.
    • 2024-yil yanvar–oktyabr oylarida 15 826 nafar shaxs zo‘ravonlik uchun ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortilgan. Ulardan 15 427 nafari ma’muriy, 399 nafari esa jinoiy javobgarlikka tortilgan.
    •  2025-yilning dastlabki choragida esa 24 mingdan ortiq ayolga himoya orderi berilgan, 1 700 nafarga yaqin ayolga psixologik va tibbiy yordam ko‘rsatilgan, 202 nafar ayol reabilitatsiya markazlariga joylashtirilgan.

    Raqamlar shuni ko‘rsatadiki, muammo tan olingan va unga qarshi qonuniy asoslar yaratilgan. Shuningdek, so‘nggi ikki yilda zo‘ravonlikni ommaga oshkor qilgan va ijtimoiy tarmoq orqali yordam olgan ayollar soni ortmoqda. Blogerlar va huquq faollari bu borada faol ishlamoqda.

    Qonunchilikda qanday o‘zgarishlar bo‘ldi?

    Zo‘ravonlikka qarshi tarixiy qonun.

    2023-yil 11-aprelda “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Qonun bilan Jinoyat kodeksi 126-1-modda (oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik) va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 59-2-modda (oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik) bilan to‘ldirildi.

    Qonun bilan shaxs nafaqat amaldagi turmush o‘rtog‘i yoki yaqin qarindoshiga, balki sobiq turmush o‘rtog‘iga, bir ro‘zg‘or asosida birga yashayotgan yoki umumiy farzandga ega bo‘lgan shaxsga, nogironga yoxud o‘ziga o‘qitish yoki tarbiyalash uchun topshirilgan shaxsga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik qiladigan bo‘lsa, unga og‘irroq jazo tayinlanishi belgilandi.

    O‘zbekistonda 2021—2022-yillarda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga oiladagi kamsitishlar bo‘yicha 72 mingta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ularning 61 mingdan (85 foizdan) ortig‘i xotin-qizlarning kamsitilishiga taalluqli bo‘lgan.

    Ushbu qonun bilan esa BMTning Xotin-qizlarga nisbatan kamsitishlarga barham berish qo‘mitasi tavsiyalaridan kelib chiqqan holda, oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik uchun alohida ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilandi.

    Shuningdek, jamoat joylarida shaxsga shilqimlik qilish, shaxsni, uning qaddi-qomatini shahvoniy mazmunda tasvirlash, shu mazmundagi so‘zlar bilan chaqirish, izohlash, qiyoslash yoxud unga nisbatan shahvoniy maylni ko‘rsatuvchi harakatlar uchun alohida ma’muriy javobgarlik belgilandi.

    Bu harakatlar uchun 1,5 mln so‘mgacha jarima yoki 5 sutkagacha qamoq jazosi nazarda tutilgan.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga himoya orderisiz ham ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatiladi.

    2024-yil may oyida esa “Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishni takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslarga “oila — mahalla — tuman va hudud” tamoyili asosida kompleks ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimi joriy etildi. Shuningdek, qonun bilan 

    2024-yil 1-iyundan:

    • tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan yoki jabrlanish xavfi ostida bo‘lgan xotin-qizlarga himoya orderi talab etmagan holda ijtimoiy, psixologik va yuridik xizmatlar ko‘rsatish tartibi joriy etildi;
    • xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holati ichki ishlar organlari navbatchilik qismining 102 telefon raqamlariga kelib tushgan murojaatlar asosida ro‘yxatga olinishi belgilandi.

    Tazyiq va zo‘ravonlik holati yoki ularni sodir etish xavfi aniqlangan paytdan eʼtiboran 24 soat ichida quyidagilar amalga oshirilishi belgilangan:

    • xotin-qizlar faoli va mahalladagi profilaktika inspektori ishtirokida tazyiq va zo‘ravonlikni sodir etgan shaxs bilan suhbat o‘tkaziladi;
    • profilaktika inspektori tomonidan himoya orderi rasmiylashtiriladi;
    • tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlari markaziy tuman (shahar) shifoxonalarining shoshilinch qabul bo‘limlariga joylashtiriladi;
    • rasmiylashtirilgan himoya orderlari va jabrlangan shaxslarga doir maʼlumotlar “Inson” markazlariga “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali yuboriladi.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Ajrashayotganda muhlat tayinlanmaydi.

    2025-yilning aprel oyida yana bir muhim hujjat imzolandi. Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi. 

    Oila kodeksiga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, nikohdan ajratish to‘g‘risidagi ishlar ko‘rib chiqilayotganda sud oilaviy (maishiy) zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxsning talabiga ko‘ra yarashish uchun muhlat tayinlamaydi. 

    Bundan tashqari, Uy-joy kodeksiga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, turar joydan foydalanish haqidagi nizolar ko‘rib chiqilayotganda sud taraflarning kelishuviga asosan turar joy mulkdorining tashabbusiga ko‘ra turar joyga majburiy tartibda kiritilayotgan tarafni uy-joy mulkdoriga tegishli mutanosib sharoitlarga ega bo‘lgan boshqa turar joyga kiritish yoki ijaraga olingan turar joy uchun ijara haqini to‘lash majburiyatini mulkdorning zimmasiga yuklatishi mumkinligi belgilandi. 

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Shu o‘rinda ma’lumot: Himoya orderi haqida.

    Himoya orderi tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchiga davlat himoyasini taqdim etuvchi, xotin-qizlarga tazyiq o‘tkazayotgan yoki ularga nisbatan zo‘ravonlik sodir etgan shaxsga yoxud bir guruh shaxslarga nisbatan ta’sir ko‘rsatish choralari qo‘llanishiga sabab bo‘ladigan hujjat.

    U jabrdiyda xotin-qizlarga huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan beriladi. Turmush o‘rtog‘i, sevgan yigiti, qaynota-qaynonasi, qaynsingillari, qo‘ni-qo‘shni, ish joyida bo‘lsa, rahbari va boshqalar tomonidan jismoniy yoki ruhiy zo‘ravonlik qurboniga aylangan ayollar mazkur order asosida qonuniy tarzda muhofaza qilinadi.

    Himoya orderi 30 kun muddatgacha beriladi va ushbu order rasmiylashtirilgan paytdan e’tiboran kuchga kiradi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Tadqiqot

    BMT Taraqqiyot dasturi o‘tkazgan tadqiqotda (2024-yil) aniqlanishicha, ota-onalik huquqidan mahrum qilish va ajrashishdan keyin uy-joyga bo‘lgan huquqlarni ta’minlashga oid sud ishlarida ayollar ko‘pincha advokatlarsiz o‘zlarini himoya qilishga majbur bo‘lmoqda. Bu esa ular uchun qo‘shimcha moliyaviy va huquqiy qiyinchiliklar tug‘dirmoqda.

    Tadqiqotga asosan, ayollarning uy-joyga bo‘lgan huquqi, ayniqsa, turmush o‘rtog‘i bilan ajrashish jarayonida bo‘lgan ayollarga nisbatan samarali amalga oshirilmayapti. Ushbu xulosa, (er-xotin o‘rtasidagi) uy-joyga majburiy kiritish to‘g‘risidagi ishlarning 94 foizidan ortig‘i xotin-qizlar tomonidan kiritilganligiga asoslangan.

    Shu bilan birga, sudlar 82 foizdan ortiq hollarda xotin-qizlar tomonidan uy-joyga majburiy kiritish to‘g‘risidagi arizalarini qanoatlantirganini tan olish kerak. Bu holatda ayollar yana isbotlash yukini o‘z zimmalariga olishadi va aynan ayollar o‘z huquqlarini himoya qilish jarayonidan o‘tishlari kerak. Ushbu da’vo arizalarini kiritgan xotin-qizlarning qaramog‘ida voyaga yetmagan farzandlari borligi, ushbu xulosaning yana bir jihatidir.

    “Shuni ham ta’kidlash kerakki, O‘zbekistonda sud jarayonlari monitoringi hali to‘liq amalga oshirilmagan, ya’ni gender tenglikni ta’minlash bilan bog‘liq qonun hujjatlarining amaldagi ijrosi to‘g‘risida muhim ma’lumot manbai keng jamoatchilik e’tiboridan chetda qolmoqda”, deya qo‘shimcha qilgan tadqiqotchilar.

    Oilaviy zo‘ravonlikka doir statistika

    Yana bir qiziq fakt, dunyoda har uch ayoldan biri jismoniy yoki jinsiy zo‘ravonlikka duchor bo‘ladi va aksariyat hollarda zo‘ravonlik ayolning umr yo‘ldoshi tomonidan sodir etiladi. Ayollarga nisbatan zo‘ravonlik O‘zbekistonda ham xavotirli ijtimoiy muammo hisoblanadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, eng ko‘p oilaviy zo‘ravonlik ishlari Toshkent, Navoiy, Jizzax, Buxoro va Farg‘ona viloyatlariga, eng kami esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va Xorazm viloyatiga to‘g‘ri keladi.

    Oilaviy zo‘ravonlik bo‘yicha ma’muriy ishlar, hududlar kesimida va hududdagi aholi soniga nisbati

    Hududlar

    Aholi
    soni,
    ming kishi

    Oilaviy zo‘ravonlik
    bo‘yicha ma’muriy
    ishlar, dona

    Aholi
    jon
    boshiga

    Qoraqalpog‘iston
    Respublikasi

    1976,2

    151,0

    0,08

    Andijon

    3322,7

    678,0

    0,20

    Buxoro

    2009,7

    623,0

    0,31

    Jizzax

    1475,5

    583,0

    0,40

    Qashqadaryo

    3482,3

    817,0

    0,23

    Navoiy

    1055,5

    611,0

    0,58

    Namangan

    2997,5

    674,0

    0,22

    Samarqand

    4118,2

    890,0

    0,22

    Surxondaryo

    2806,5

    631,0

    0,22

    Sirdaryoa

    896,6

    273,0

    0,30

    Toshkent viloyati

    2993,4

    2220,0

    0,74

    Farg‘ona

    3976,3

    1199,0

    0,30

    Xorazm

    1958,1

    329,0

    0,17

    Toshkent shahri

    2956,4

    412,0

    0,14

    Jami

    36024,9

    10091

     

    Himoya orderi olganlar

    2024‑yilda oilaviy zo‘ravonlik bo‘yicha jinoyat va ma’muriy javobgarlikka tortilganlar soni oshib, hukumat “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakat” kampaniyasini amalga oshirdi. 

    Shu yilning o‘zida tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan 54 ming nafardan ortiq xotin-qizga himoya orderi berilgan. Oilaviy muammolar va zo‘ravonlikka duch kelgan xotin-qizlarning 625 nafari ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlariga joylashtirilgan. Aynan shu statistika 2023-yilda: tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan 40 ming nafardan ortiq xotin-qizga himoya orderi berilgan. Oilalar mustahkamligini saqlash maqsadida o‘tkazilgan profilaktik tadbirlar natijasida 17 327 ta oila yarashgan, oilaviy muammolar va zo‘ravonlikka duch kelgan 1 450 nafar xotin-qiz ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlariga joylashtirilgan. Bundan ko‘rinadiki, himoya orderi olgan ayollar bir yilda 14 mingga ortgan. 

    Bundan tashqari, 2023-yil 12 oyida sodir etilgan 363 ta qotillikning 141 tasi yoki 38,8 foizi oila-turmush doirasidagi nizolar oqibatida kelib chiqqan. 

    2025-yil I-chorak davomida esa zo‘ravonlikka uchragan 2 317 nafar xotin-qizga yordam ko‘rsatildi.

    Foto: Mirzaobod tuman hokimligi

    Nikohlar va ajrashishlar

    2024-yilda O‘zbekistonda 271,8 mingta nikoh qayd etilgan. Bu kamida 15 yillik minimum ko‘rsatkich hisoblanadi. Hatto 2010-yilda ham 292,3 ming nikoh ro‘yxatga olingan. Yaʼni nikohlar aholi soniga mutanosib ravishda o‘smagan.

    Mazkur yil mobaynida nikoh tuzganlarning 136,7 ming nafari (50,3 foiz) shaharlarda, 135,1 ming nafari (49,7 foiz) qishloq joylarida yashovchilar bo‘lgan. O‘tgan yili nikohlanuvchilarning o‘rtacha yoshi oshishda davom etgan. Yaʼni erkaklarda 27,1 yosh, ayollarda 22,3 yoshga yetgan (2023-yilga nisbatan 0,1 yoshga yuqorilagan).

    Nikohlar sonining eng ko‘p ulushi Samarqand (31,4 mingta), Qashqadaryo (29,2 mingta), Farg‘ona (29,2 mingta) viloyatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

    2024-yilda mamlakatda 45,1 ming oila nikohdan ajralgan (2023-yilda 49,2 ta). Ulardan 28 mingtasi (62 foiz) shahar, 17,1 mingtasi (38 foiz) qishloq aholisi bo‘lgan. Tahlil qilinishicha, qishloqlarda ajrashishlar ulushi shaharlardagiga qaraganda ko‘proq pasaygan.

    Yil davomida 21,7 ming oila farzandsiz, 10,5 mingtasi ikki va undan ortiq bola bilan nikohdan ajralgan. Ajrashuvchi erkaklar o‘rtacha 35,4 yoshda, ayollar 32,1 yoshda bo‘lgan.

    Nikohdan ajralishlarning eng ko‘p ulushi Toshkent shahri (5,9 mingta), Farg‘ona (4,8 mingta), Andijon (4,8 mingta), Samarqand (4,6 mingta) va Toshkent (4,6 mingta) viloyatlarida qayd etilgan.

    Umuman olganda, 2010-yilda O‘zbekistonda nikohdan ajralishlar soni 17,8 mingtani tashkil etgan. Ajrashishlar ulushi tuzilayotgan nikohlardan farqli ravishda o‘sishda davom etgan.

    Foto: Ont.by

    Xulosa: O‘zbekiston ayollarini himoya qilishda muhim burilish bosqichi boshlandi

    O‘zbekistonda ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurash so‘nggi yillarda faqat qonunchilik doirasida emas, balki amaliy jihatdan ham ancha faollashdi. Statistika, qonunchilikdagi yangiliklar, yangi xizmatlar va jamiyatdagi muhokamalar shuni ko‘rsatmoqdaki, bu masala nihoyat jiddiy e’tiborga olinmoqda.

    Davlat tomonidan qabul qilingan qonunlar — xususan, oilaviy zo‘ravonlikni Jinoyat va Ma’muriy kodeksga kiritish, himoya orderlari tizimi, ijtimoiy xizmatlar, ajrashish jarayonidagi sud yondashuvlari — real himoya mexanizmlarini shakllantira boshladi. Ayollar nafaqat og‘zaki himoyaga, balki huquqiy, psixologik va tibbiy yordamga ham erisha boshlayapti.

    Shuningdek, ayollarning o‘z huquqlarini bilishga bo‘lgan intilishi, blogerlar va huquq faollarining faolligi, ijtimoiy tarmoqlar orqali yordam so‘rash hollari ko‘paygani — bu ijtimoiy ong va huquqiy madaniyat yuksalayotganidan dalolat. Endilikda zo‘ravonlik haqida sukut saqlash emas, ochiq gapirish va qarshi chiqish holatlari ortmoqda.

    Biroq jamiyatda huquqiy madaniyat hali yetarli darajada shakllanmagan. Bu esa faqat qonun emas, ta’lim, targ‘ibot va ongni o‘zgartirish orqali hal qilinadigan murakkab ijtimoiy masaladir.  Bu jarayon davomida hukumat ham, fuqarolar ham bir-birini to‘ldiruvchi halqa sifatida harakat qilishi kerak.

    O‘zbekiston ayollari uchun qonun bor. Himoya orderi ham, jinoyat kodeksi ham, yordam markazlari ham mavjud. Zo‘ravonlik — bu shaxsiy muammo emas, bu jamiyatning o‘zgarishga ehtiyoji borligini bildiradigan signal. Uni e’tiborsiz qoldirish — har birimiz uchun xavfli.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Mavzu so‘nggida esa hech qanday izohlarsiz yil boshidan beri sodir etilgan (oshkor qilingan) zo‘ravonlikka oid quyidagi jinoyatlarni havola etamiz:

    • Buxorolik erkak xotini bilan ajrashishni talab qilgan ayolni yostiq bilan o‘ldirdi.
    • Toshkent metropoliteni xodimi homilador xotinini o‘ldirib, kanalga tashlab yubordi.
    • Namanganda erkak do‘konda xotinini pichoqlab o‘ldirdi.
    • Namanganda o‘z jiyanlari va kelinoyisini “svet” sabab vahshiylarcha o‘ldirgan erkak umrbodga qamaldi.
    • Surxondaryoda ayoliga tazyiq o‘tkazgan erkak qamaldi.
    • Andijonlik o‘qituvchi ayol pichoqlab o‘ldirildi. Gumonlanuvchi er qo‘lga olindi.
    • Toshkent viloyatida eri tomonidan kaltaklangan ayol vafot etdi.
    • Toshkent viloyatida ayol eri tomonidan kaltaklandi.
    • Toshkentda keliniga shilqimlik qilgan qaynotaga chora ko‘rildi.

    12 iyul, 18:00   Izoh (0)   694
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #ayollar#huquqlari#zo‘ravonlik
    Risolat Abdushukurova

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qozog‘istonda oiladagi zo‘ravonlik jinoyat deb hisoblanuvchi qonun qabul qilindi

    12.04.2024, 11:55

    Afg‘onistonda hibsga olingan ayollarga nisbatan “Tolibon” vakillari tomonidan jinsiy zo‘ravonlik qilingan — AQSH hisoboti

    24.04.2024, 17:25

    Qozog‘istonda xarrasment uchun jazoga tortish rejalashtirilmoqda

    14.06.2024, 23:40

    “O‘zbekiston inson huquqlari sohasida yutuqlarga erishmoqda” – BMT bosh kotibi

    01.07.2024, 22:55

    Saida Mirziyoyeva: “Maishiy zo‘ravonlikka qarshi qonunlar qabul qilinishi — bu bizning umumiy yutug‘imiz!” 

    05.08.2024, 22:09

    Turkiyaning Harper’s Bazaar nashri yil ayolini aniqladi. Taqdirlanganlar orasida mashhur aktrisalar ham bor (foto)

    16.11.2024, 11:10

    BMT Afg‘onistonni ayollarga nisbatan zo‘ravonlikni to‘xtatishga chaqiradi

    25.11.2024, 21:47

    O‘zbekistonda oilaviy zo‘ravonlik bo‘yicha 10 oyda javobgarlikka tortilganlar soni ma’lum qilindi

    26.11.2024, 11:10

    Osvensim 2.0 yoxud “insonlar uchun qassobxona” 

    12.12.2024, 21:39

    Suriyada yuzlab odamlar Rossiya bazasida jon saqlamoqda — OAV 

    9 mart, 23:50

    Xayriya ishlari bilan ham muxlislar qalbini zabt etgan 5 nafar hind aktyori

    16 may, 18:30

    Rossiyada migrant ayollar uchun bepul tug‘uruqni taqiqlash taklif qilindi 

    23 may, 11:35

    Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonda gender tengligi bo‘yicha yangi loyihani ishga tushirdi

    26 may, 14:50

    Guli Xonim Shayx “London shahri erkin fuqarosi” unvoni bilan taqdirlangan birinchi o‘zbek ayoli bo‘ldi

    28 may, 10:56

    “BMT-ayollar” tuzilmasi O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasini ochdi

    28 may, 19:30

    Forbes o‘z kuchi bilan boylik orttirgan eng badavlat ayollar reytingini e’lon qildi

    9 iyun, 15:23

    Vahshiylikning eng yuqori cho‘qqisi — Isroil askarlari falastinlik 6 yoshli qizcha va uning qarindoshlarini qanday o‘ldirgan edi?

    10 iyun, 19:40

    G‘azodagi ayol va qizlar: Isroil qamali ostida ularning hayoti qanday kechmoqda? (foto)

    13 iyun, 08:31

    “Afg‘onlar biz bilan urishmaslik uchun suvdan richag sifatida foydalanyapti” — siyosatshunos Hamid Sodiq

    13 iyun, 16:33

    “Har yerni qilma orzu” — Gollivud yulduzlari kino olami va mashhurlik ortidagi razilliklar haqida

    1 iyul, 11:41

    Gollivud yulduzlarining kino olamida shuhrat qozonayotgan farzandlari

    1 iyul, 19:10

    BMT qarorgohida Mahalla forumi: O‘zbekistonning tajribalari global maydonda eʼtirof etildi

    30 iyun, 20:05

    Isroil G‘azodagi kafega aviazarba berdi. Qurbonlar bor (video)

    1 iyul, 08:58

    “Ular sahnada aytayotgani — ko‘cha gaplari”. Iskandar Hamroqulov kulgi jamoalarining konsertlari haqida fikr bildirdi

    1 iyul, 13:12

    Sifatli baqlajonni tanlash va uning taxir ta’mini ketkazish bo‘yicha layfhak

    2 iyul, 21:31

    “O‘zbekistonda biznes muhiti sezilarli darajada yaxshilanmoqda” — Akmal Primkulov

    1 iyul, 21:00

    Xivada birinchi O‘zbekiston—Ozarbayjon parlamentlararo forumi o‘tkazilmoqda (foto)

    1 iyul, 16:40

    Daniyada ayollarga harbiy xizmatni o‘tash majburiy bo‘ldi 

    2 iyul, 10:57

    Donald Tramp saylov g‘alabalariga bag‘ishlab Victory 45-47 atirlarini taqdim etdi

    2 iyul, 14:35

    Iroq bir shart bilan tilanchilarga har oy pul berishini e’lon qildi 

    2 iyul, 13:20

    Xiva deklaratsiyasi qabul qilindi

    2 iyul, 15:13
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.