• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “O‘zbekiston inson huquqlari sohasida yutuqlarga erishmoqda” – BMT bosh kotibi

    Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh kotibi Antoniu Guterrish “Dunyo” axborot agentligiga intervyu berdi. 

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Intervyu davomida BMT bosh kotibi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollariga oid savollarga javob berdi hamda O‘zbekistonning zamonaviy taraqqiyoti bo‘yicha qarashlari bilan o‘rtoqlashdi.

    – Janob Guterrish, dastlabki savolni mamlakatimizning bugungi taraqqiyoti, birinchi navbatda, O‘zbekistonda Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish, xususan, kambag‘allikka qarshi kurashish, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, gender tengligi va taʼlim olishga imkoniyat yaratish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqidagi fikrlaringizdan boshlasak...

    – O‘zbekiston 2030-yilgacha bo‘lgan kun tartibi va Barqaror rivojlanish maqsadlariga qatʼiy sodiqligini namoyish etmoqda.

    “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi Barqaror rivojlanish maqsadlari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, unda inson huquqlari, gender tengligi va xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish, “yashil” rivojlanish, korrupsiyaga qarshi kurashish va qonun ustuvorligini taʼminlash kabi yo‘nalishlarga asosiy urg‘u berilgan. Transchegaraviy suv resurslaridan samarali foydalanish va ularni boshqarish, shuningdek, mamlakat chegaralarini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalarini hal etishga alohida eʼtibor O‘zbekiston va uning qo‘shni mamlakatlar o‘rtasidagi xavfsizlik, barqarorlik va yaqin munosabatlarni mustahkamlashga xizmat qiladi.

    Prezident Shavkat Mirziyoyev ish o‘rinlari imkoniyatlarini kengaytirish, jumladan, tartibli va xavfsiz mehnat migratsiyasi orqali yanada barqaror hamjamiyat va jamiyatlar yaratishga ko‘maklashish tarafdori ekanini taʼkidlagani muhimdir.

    – So‘nggi yillarda mamlakatimiz inson huquqlarini himoya qilish va ilgari surish sohasida maʼlum muvaffaqiyatlarga erishdi: bolalar va majburiy mehnatga barham berildi, ommaviy axborot vositalari erkinlashtirildi, mamlakatimiz BMTning inson huquqlari bo‘yicha ixtisoslashgan muhim organlari faoliyatida faol ishtirok etmoqda. Mazkur yo‘nalishdagi jarayonlar xususida qarashlaringiz bilan o‘rtoqlashsangiz.

    – O‘zbekiston inson huquqlari sohasida yutuqlarga erishmoqda. BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissarining o‘tgan yili mamlakatingizga tashrifi ham buning yaqqol ifodasidir. Umid qilamanki, ushbu muhim yo‘nalishdagi hamkorligimiz kelgusida ham davom etadi. Paxta dalalarida majburiy mehnatga barham berish, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga fuqarolik berish, ayollar va bolalarni Suriya va boshqa yerlardagi lagerlardan qaytarish va reintegratsiya qilish – tom maʼnodagi ijobiy o‘zgarish hisoblanadi hamda boshqa davlatlar uchun o‘rnak bo‘ladigan namunadir. Men O‘zbekistonni erishilgan yutuqlar bilan cheklanib qolmaslikka chaqiraman hamda zo‘ravonlik va gender kamsitish masalalariga yechim topish, faol fuqarolik jamiyati va ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish yo‘lidagi ishlarni davom ettirishga chorlayman.

    – O‘zbekiston tashabbusi bilan BMT Bosh assambleyasining global kun tartibidagi dolzarb masalalar bo‘yicha qator rezolyutsiyalari qabul qilindi, mamlakatimiz Inson huquqlari qo‘mitasi va EKOSOSga saylandi. O‘zbekistonning xalqaro maydondagi faoliyati to‘g‘risida to‘xtalib o‘tsangiz.

    – O‘zbekiston BMT va uning organlari bilan keng ko‘lamli masalalar bo‘yicha hamkorlik qilmoqda. 2017-yildan buyon BMT Bosh assambleyasi O‘zbekiston tashabbusi bilan to‘qqizta, jumladan, 2024-yilda uchta rezolyutsiyani qabul qildi. “Xalqaro sivilizatsiyalar o‘rtasidagi muloqot kuni” va “Markaziy Osiyo davlatlarining giyohvandlik bilan bog‘liq muammolarni samarali hal etish va bartaraf etish uchun yagona front bo‘lib harakat qilish va hamkorlik qilishga tayyorligi” rezolyutsiyalari shular jumlasidandir. O‘zbekistonning BMT Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengashiga (EKOSOS) aʼzo sifatidagi faoliyati mamlakatingizga jahon miqyosida o‘z hissasini qo‘shish uchun yana bir imkoniyat yaratadi.

    Joriy yilning sentyabr oyida Nyu-Yorkda Kelajak sammiti bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Mazkur anjuman BMT Xavfsizlik Kengashidan tortib, xalqaro moliyaviy tashkilotlargacha bo‘lgan ko‘p tomonlama tuzilmalardagi islohotlarni ko‘rib chiqish imkoniyatini yaratadi. Bunda Markaziy Osiyo davlatlari, jumladan, O‘zbekiston muhim rol o‘ynaydi. Sammitda va undan keyin ham BMT tinchlik va xavfsizlik, barqaror taraqqiyot va inson huquqlarini taʼminlash maqsadida O‘zbekiston bilan hamkorlikni mustahkamlashga intiladi.

    – Bundan 7 yil avval O‘zbekistonga tashrifingiz chog‘ida Orol dengizidagi ekologik halokatning ayanchli oqibatlarini ko‘rdingiz. O‘zbekistonning mintaqa aholisini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan xalqaro tashabbuslari samaradorligini qanday baholaysiz?

    – 2017-yilda Orolbo‘yi mintaqasiga borganimda shok holatiga tushganimni yaxshi eslayman. Orol dengizining yo‘q bo‘lib ketishi zamonamizning eng yirik ekologik ofatlaridan biridir. Inqiroz oqibatlari atrof-muhit, baliqchilik, qishloq xo‘jaligi va inson salomatligi uchun halokatli bo‘ldi.

    Bunga javoban O‘zbekiston hukumati, BMT va boshqa xalqaro sheriklar mintaqa aholisining ehtiyojlarini qondirish uchun hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti va O‘zbekiston shafeligida taʼsis etilgan BMTning Orolbo‘yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘p tomonlama sheriklik Trast fondi bir qator boshqa hukumat va tashkilotlar ko‘magida 16,2 million dollar mablag‘ yig‘di hamda qiymati 13,5 million dollarlik 7 ta qo‘shma loyihani amalga oshirdi. Fond allaqachon 300 mingga yaqin aholi vakillarining hayotini yaxshilashga ulgurdi. U Orolbo‘yi mintaqasini kelajak avlodlar uchun iqlim o‘zgarishi sohasidagi innovatsiyalar markaziga aylantirib, 2030-yilgacha barqaror va iqlimga chidamli rivojlanishga eʼtibor qaratishni o‘z oldiga maqsad qilgan.

    01.07.2024, 22:55   Izoh (0)   3587
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev BMT bosh kotibi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Nimalar muhokama qilindi?

    01.07.2024, 17:01

    Antoniu Guterrish “Oliy darajali do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi

    01.07.2024, 18:34

    O‘zbekiston prezidenti va BMT bosh kotibi Faxriy mehmonlar xiyobonida daraxt ekdi (foto)

    01.07.2024, 19:16

    Surxondaryoda ratsiyadan tegishli ruxsatnomasiz foydalangan shaxsga chora ko‘rildi

    01.07.2024, 22:45

    “Daryo” dayjesti: 1-iyulning eng muhim xabarlari

    01.07.2024, 22:25

    Sirdaryoda tadbirkorning 90 mln so‘mini qo‘lga kiritgan elektr taʼminoti korxonasi boshlig‘i ushlandi

    01.07.2024, 22:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Odam IMEI qonuni”. Jamoatchilik faollari xorijdan qaytganlarni OIV testdan majburiy o‘tkazishga oid yangi qonunga qanday munosabatda?

    O‘zbekiston | 2 avgust, 17:20

    Parijdan Lissabongacha: hayot sifati bo‘yicha dunyodagi eng qulay shaharlar reytingi e’lon qilindi

    Sayohat | 2 avgust, 16:55

    Konor Makgregor Irlandiya prezidentligiga o‘z nomzodini qo‘yadi

    Dunyo | 2 avgust, 16:45

    Kolumbiyaning sobiq prezidenti 12 yil uy qamog‘iga hukm qilindi

    Dunyo | 2 avgust, 16:20

    Suriya Ozarbayjondan gaz qabul qilib olishni boshladi

    Dunyo | 2 avgust, 15:45

    “Al-Hilol” Antuan Grizmanni sotib olishga yaqin turibdi

    Sport | 2 avgust, 15:35

    Putin Trampning ultimatumiga javob qaytarib, “Oreshnik” raketalari tizimli ravishda ishlab chiqarilayotganini aytdi

    Dunyo | 2 avgust, 15:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.