• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12705.79
    • RUB159.2
    • EUR14704.41
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino Shou-biznes

    90-yillarning sevimli filmi — “Bethoven”da o‘ynagan aktyorlar haqida nimalar ma’lum?

    Oddiy amerikalik oilaning senbernar kuchukchasini asrab olishi haqidagi “Bethoven” komediyasi 30 yil oldin ekranlarga chiqqan bo‘lsa-da, hanuzgacha bolalar bilan birga tomosha qilish mumkin bo‘lgan sevimli filmlar qatorida turadi.

    Sara Rouz Karr

    Сара Роуз Карр в фильме «Бетховен»

    Nyutonlar uyiga yashirincha kirib kelgan kuchukchani birinchi bo‘lib oilaning eng kichik farzandi — 8 yoshli Sara Rouz Karr ijro etgan Emili ismli qizcha topib oladi. Yosh bo‘lishiga qaramay, u ancha tajribali aktrisa edi. Bungacha u uchta kichik rol o‘ynagandi, ularning eng ko‘zga ko‘ringani Arnold Shvarsenegger bosh rolni ijro etgan “Bolalar bog‘chasi politsiyachisi” filmidagi Emma roli edi.

    “Bethoven ” filmi muvaffaqiyatidan so‘ng Sara Rouz Karr yana uchta loyihada suratga tushdi, ularning eng yirigi “Bethoven 2” edi. 2003-yilda u Floridadagi xususiy san’at kollejiga o‘qishga kirdi va shundan so‘ng aktyorlik kasbiga qaytmadi.

    Kristofer Kastil

    Кристофер Кастиль в фильме «Бетховен»

    Nyutonlarning o‘rtancha farzandi Ted rolini Kristofer Kastil ijro etgan. Uning qahramoni — o‘quvchilar tomonidan xo‘rlanadigan tortinchoq, nimjon yigitcha. Bethoven tufayli u bu muammoni yengib o‘tadi va filmning hal qiluvchi lahzasida jasurlik va qat’iyatlilikni namoyon etadi.

    “Bethoven” filmida suratga tushishdan oldin Kastil bir nechta seriallarda qatnashgan. Ularning eng ahamiyatlisi — turmush qurgan yolg‘iz ota-onalar Frenk va Kerol (Patrik Daffi va Syuzann Somers) hamda ularning avvalgi nikohlaridan bo‘lgan olti farzandi haqidagi “Qadam-baqadam” sitkomidir. Serial 1991-yildan 1998-yilgacha efirga uzatilgan va Kristofer Kastilning deyarli butun ijodiy faoliyatini qamrab olgan. “Qadam-baqadam” serialidagi Mark Foster roli uchun u to‘rt marta yosh aktyor mukofotiga nomzod bo‘lgan. Yana ikkita nomzodlikni “Bethoven” va “Bethoven 2” uchun qo‘lga kiritgan. Keyinchalik Kastil aktyorlik faoliyatini yakunlab, iqtisodiyot o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan.

    Nikol Tom

    Николь Том в фильме «Бетховен»

    Nyutonlarning katta qizi Rays (uni Nikol Tom o‘ynaydi) maktabdagi Mark ismli chiroyli yigitni sevib qoladi, ammo u bilan gaplashishga botina olmaydi. Aqlli Bethoven uyatchan egasiga orzu qilgan tanishuvini amalga oshirishda yordam beradi.

    “Bethoven” Nikol Tomning ilk yirik roli bo‘ldi. U bundan oldin ikki serialda epizodik rollarda suratga tushgandi. Film muvaffaqiyat qozonganidan so‘ng, yosh aktrisa prodyuserlarning e’tiborini tortdi. U mashhur “Beverli-Xillz 90210” serialining bir necha qismlarida ishtirok etdi, “Vahima” trillerida rol ijro etdi, superqahramonlar multseriallarida Superqizga ovoz berdi. Uning eng asosiy ishi “Enaga” seriali bo‘ldi. Bunda Tom olti mavsumning barchasida asosiy qahramonlardan biri — Meggi Sheffild rolini ijro etdi.

    Charlz Grodin

    Чарльз Гродин в фильме «Бетховен»

    Oila boshlig‘i Jorj Nyuton rolini aktyor Charlz Grodin ijro etgan. Uning qahramoni it yoqmaydigan yagona odamdir. Jorj juda saranjom-sarishta, tartibni yoqtiruvchi odam, ammo aynan unga Bethoven ning ko‘plab sho‘xliklarining oqibatlarini bartaraf etish to‘g‘ri keladi. Janob Nyutonning itni uxlatishga osonlikcha rozi bo‘lishi taajjublanarli emas, faqat oilasiga bo‘lgan muhabbati uni itni olib kelish uchun hayvonlar uyiga qaytishga majbur qiladi.

    Suratga olish paytida Charlz Grodin 56 yoshda bo‘lib, u 30 yillik aktyorlik tajribasiga ega edi. Shunday bo‘lsa-da, “Bethoven” va “Bethoven 2” filmlari uni yanada mashhur qildi. Keyinchalik u Ron Andervudning “Qalb va ruhlar” nomli melodramasida rol ijro etdi va “Saturn” mukofotiga nomzod bo‘ldi.

    Чарльз Гродин

    90-yillarning ikkinchi yarmida aktyor o‘z karyerasida tanaffus qildi va faqat 2006-yilda “Sobiq oshiq” romantik komediyasida bosh qahramon Sofi (Amanda Pit)ning otasi rolida ekranlarga qaytdi. Faoliyatining so‘nggi yillarida Charlz Grodin tok-shouda boshlovchilik qilgan va memuar asar yozgan. Aktyor 2021-yilda 86 yoshida suyak iligi saratonidan vafot etdi.

    Bonni Xant

    Бонни Хант в фильме «Бетховен»

    “Bethoven” filmidagi eng katta gonorarni Nyutonlarning onasi rolini ijro etgan aktrisa Bonni Xant olgan. Uning qahramoni Elis kattalar orasida birinchi bo‘lib bolalarning itni qoldirish iltimoslariga ko‘nadi, so‘ngra filmning ko‘p qismida itni haydab yuborishga tayyor turgan erini tiyib turadi.

    Xant aktrisa bo‘lish qaroriga birdan kelmagan. U bir muddat hamshira bo‘lib ishlagan, stendapda o‘zini sinab ko‘rgan va 30 yoshga yaqinlashgandagina katta kinoda o‘zini sinashga qaror qilgan. Uning keng ekrandagi ilk paydo bo‘lishi Dastin Xoffman va Tom Kruz bilan “Yomg‘ir odami” filmidagi ofitsiant roli edi. Keyingisi esa “Bethoven” bo‘ldi.

    Стив Мартин и Бонни Хант в фильме «Оптом дешевле»

    1995-yilda u “Jumanji” filmida asosiy rollardan birini ijro etdi. U “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘lgan “Jerri Maguayr” dramasida, mashhur “Yashil mil” filmida qatnashdi, shuningdek, Shon Levining “Katta oila” komediyasida oila onasi Keyt Beyker rolini o‘ynadi. Bundan tashqari, Bonni Xant o‘zining “Bonni bilan” nomli shousini yaratdi, bu shou ko‘plab nufuzli mukofotlarga nomzod bo‘ldi.

    12 iyun, 10:50   Izoh (0)   822
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Gollivud#filmlar#shou-biznes#kino#aktyorlar

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Matritsa” filmi 25 yoshda: Neo, Triniti va filmdagi boshqa qahramonlar hozir qanday ko‘rinishda? (foto)

    27.09.2024, 10:45

    “Oskar”mukofotidan voz kechgan va taqdirlash marosimiga kelmagan jahon yulduzlari

    18.11.2024, 18:15

    Film va seriallarda rol ijro etmay turib, ulardan mo‘maygina gonorar olgan aktyorlar (foto)

    27.11.2024, 15:57

    “Katta ajdarho”: qanday qilib Bryus Li Amerika kinosanoatini o‘zgartirib yubordi?

    30.11.2024, 18:30

    Gollivudning afsonaviy yulduzlari o‘rnini bosishi kutilayotgan yosh aktyorlar (foto) 

    11 yanvar, 11:25

    Mashhurlik cho‘qqisiga yetganda kinoni tark etgan jahon yulduzlari 

    31 yanvar, 18:51

    24 ta asosiy nominatsiya: “Oskar” kimga berilishini kim hal qiladi?

    3 mart, 15:35

    Gollivudda suratga tushgan koreyalik aktyorlar

    4 mart, 17:35

    Taniqli Gollivud aktrisalari bolaligida qanday ko‘rinishda bo‘lgan? 

    15 mart, 09:55

    Persona non grata: Gollivudning qora ro‘yxatiga tushgan aktyorlar

    27 mart, 18:45

    Oliy ma’lumotli marketolog, havaskor haykaltarosh, ayollar huquqlari himoyachisi — aktyor Kerem Bursin haqida 9 ta qiziqarli fakt

    29 mart, 19:29

    Yoshligida popkorn sotgan, Gollivud taklifini rad etgan va “yulduzlik kasalligi”ga chalingan Nurgul Yeshilchay 49 yoshda

    27 mart, 16:55

    Gollivudning oltin avlodi: mashhurlikda ota-onasidan o‘zib ketgan aktyor va aktrisalar

    31 mart, 10:55

    Warner Bros. va Paramount kompaniyalari YouTube’dagi feyk treylerlardan daromad olmoqda

    1 aprel, 19:45

    Mashhurlikda rafiqasidan o‘ta olmagan va mish-mishlar girdobida yashaydigan Bollivud yulduzi Ajay Devgan 56 yoshda

    3 aprel, 13:48

    O‘rtoq Saaxovning shlyapasi, Jek Nikolsonning boltasi: auksionda rekord narxga sotilgan mashhur filmlar rekvizitlari

    7 aprel, 09:47

    Kinoga tasodifan kirib kelgan va olamshumul mashhurlikka erishgan Gollivud yulduzlari

    11 aprel, 17:01

    Xitoyning eng boy aktyorlari top-7 taligi: Bryus Lining ustozi Ip Man esa 4-o‘rinda

    12 aprel, 11:59

    Xitoyning eng boy aktrisalari top-7 taligi: Dilraba Dilmurat esa oxirgi o‘rinda

    14 aprel, 16:40

    Aktyorlikdan tashqari biznesda ham muvaffaqiyat qozongan Gollivud yulduzlari

    8 may, 00:00

    Farzandlarining aktyor bo‘lishini xohlamaydigan Gollivud yulduzlari

    11 may, 12:30

    “Psixo”dan “Parazitlar”gacha: kinematografiyani o‘zgartirib, kino sanoatida inqilob yasagan filmlar

    16 may, 15:55

    Charli Chaplin, Marlon Brando va boshqa Gollivud yulduzlarining nabiralari qanday ko‘rinishda?

    3 iyun, 15:55

    Desertga tuzlangan bodringli pechenye: Gollivud yulduzlari yaxshi ko‘radigan g‘ayrioddiy yeguliklar

    31 may, 13:50

    Jahon yulduzlarining shov-shuvlarga sabab bo‘lgan, biroq uzoqqa cho‘zilmagan sevgi hikoyalari 

    4 iyun, 14:21

    Yaqinlarining qistovi bilan mashhur rollarga rozi bo‘lgan Gollivud aktyorlari

    31 may, 11:40

    Aktyorlar Eddi Myorfi va Martin Lourens quda bo‘ldi

    2 iyun, 19:46

    Uy narxidagi kontent: Kim, Rianna va Bella nega ijtimoiy tarmoqlarga millionlab pul sarflaydi?

    5 iyun, 17:45

    Rossiyada Leonardo Di Kaprioning qiyofadoshi suratga tushgan film taqdim etildi

    3 iyun, 20:20

    Anjelina Joli va Bred Pittning qizi o‘z ism-familiyasidan voz kechdi

    3 iyun, 20:55

    Ismi ortidan milliardlab dollar topadigan jahon yulduzlari

    5 iyun, 14:35

    O‘smirligida masxara qilingan, depressiyadan qiynalgan, hatto joniga qasd qilishga uringan: ko‘p farzandli ona Anjelina Joli 50 yoshda

    7 iyun, 11:43

    Yosh shunchaki raqam: 40 yoshdan so‘ng mashhur bo‘lgan aktyorlar

    9 iyun, 16:55

    Gollivud yulduzlari qanday atirlarni yaxshi ko‘radi? Mashhurlar tanlagan eng sevimli parfyumeriya brendlari

    9 iyun, 19:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    InfinBANK AstraSend orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ymoqda


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    Golden House’dan “O‘z Makon”: Toshkentdagi shahar hayotining yangi mezoni


    Mobiuz xodimlari onkologik va gematologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolalarga yordam ko‘rsatdi


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati


    President Tech Award: 1 000 000 dollarlik sovrin jamg‘armasiga ega innovatsion loyihalar milliy tanlovi boshlandi


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36

    G‘azodagi ayol va qizlar: Isroil qamali ostida ularning hayoti qanday kechmoqda? (foto)

    13 iyun, 08:31
    Audio Icon

    “Hokim uyingni ekskavator bilan buzib tashlayman deb po‘pisa qilyapti”, — Samarqandda uyi “snos”ga tushganlarga kompensatsiya to‘lab berilmadi

    11 iyun, 20:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiy Isroilning nishoni bo‘lishi mumkin — WSJ

    Dunyo | 15 iyun, 09:21

    Ko‘krak suti bezi saratoni haqidagi savollarga javoblar

    Salomatlik | 15 iyun, 08:54

    Qashqadaryoda joniga qasd qilish uchun o‘zini kanalga tashlagan fuqaroni ichki ishlar xodimi qutqardi

    O‘zbekiston | 14 iyun, 23:06

    Superliga. “Paxtakor” “Bunyodkor” bilan, “OKMK” esa “Sho‘rtan” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 14 iyun, 22:18

    Aktrisa Fotima Rejametova o‘zini osib qo‘ygan qo‘shnisi yuzasidan murojaat bilan chiqdi (video)

    O‘zbekiston | 14 iyun, 22:02

    Ombudsman Toshkentdagi hibsxonada ayol uzoq vaqtdan beri saqlanayotganiga izoh berdi

    O‘zbekiston | 14 iyun, 21:50

    50 daqiqalik suhbat: Putin va Tramp Yaqin Sharqdagi keskinlashgan vaziyatni muhokama qildi

    Dunyo | 14 iyun, 21:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.