2-iyundan boshlab InfinBANKda yangi xalqaro pul o‘tkazmalari tizimi – AstraSend ishga tushadi. Bu tez va qulay to‘lov tizimi bo‘lib, MDH davlatlaridan pul jo‘natish va qabul qilishni har qachongidan ham osonlashtiradi.
Endilikda siz Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Mo‘g‘ulistondan pul o‘tkazmalarini qabul qilishingiz va Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistonga jo‘natishingiz mumkin bo‘ladi! Pullarni qabul qilish va jo‘natish endi odatdagidan tezroq, chunki Astrasend bir necha daqiqadan ko‘proq vaqt talab qilmaydigan tezkor o‘tkazmalarga ixtisoslashgan tizim hisoblanadi.
Qulay, shunday emasmi?
Eng yaxshi tomoni — hech qanday komissiyasiz AQSh dollarida naqd pul o‘tkazmasini olish imkoniyati.
Ha, ha, bu xato emas — nol foiz. Shunchaki InfinBANK filialiga keling, nazorat raqamini bering va pulni qo‘lingizga oling. Tez, aniq va yashirin shartlarsiz.
Jo‘natishchi?
Quyidagicha:
— $300 gacha — komissiya faqat $3 dollar
— $300 dan $5000 gacha— summadan 1% komissiya
Endi cheklovlar (limit) haqida - bitta o‘tkazmaning maksimal miqdori $5000 dollardan oshmasligi kerak (yoki boshqa valyutadagi ekvivalenti). Shuni ham hisobga olish kerakki, cheklovlar jo‘natuvchi mamlakatga va tizimning hamkor banklariga ham bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Jo‘natish bo‘yicha cheklovlar jo‘natuvchi mamlakat qonunchiligi talablariga yoki Astrasend to‘lov tizimi hamkori talablariga muvofiq belgilanadi.
InfinBANK doimo yordam berishga tayyor va g‘amxo‘rligingizni yetkazishga shay!
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)