• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12705.79
    • RUB159.2
    • EUR14704.41
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    1979-yilda Rossiyaning Bryansk shahrida sud 58 yoshli ayolni o‘lim jazosiga hukm qiladi. Ayol Ikkinchi jahon urushi paytida nemislarga sotilgan va ko‘plab sovet fuqarolarini o‘ldirgandi. KGB tomonidan uzoq yillar qidirilgan ayol tasodifan qo‘lga tushadi. So‘ng guvohlar uning haqiqatdan sotqin bo‘lganini tasdiqlashadi. Xo‘sh, ayol uzoq yillar davomida qanday yashirinib yurgandi?

    Bugun Ikkinchi jahon urushi davridagi sotqinlik haqida gap ketganda, Stalin va Beriya tomonidan sotqinlikda ayblanib, o‘z yurtidan quvilgan xalqlar eslanadi.

    Jumladan:

    Qorachoy ASSRda (avtonom respublika) yashovchi qorachoylar 1943-yil 12-oktyabrda;

    Qalmiqiya ASSRda yashovchi qalmiqlar 1943-yil 27-dekabrda;

    Chechen-ingush ASSRda yashovchi chechenlar va ingushlar 1944-yil 29-yanvarda;

    Bolqor ASSRda yashovchi bolqorlar 1944-yil 24-fevralda;

    Qrim ASSRda yashovchi qrim-tatarlar 1944-yil 10-mayda;

    Gurjistonda yashovchi mesxeti turklar 1944-yil 14-noyabrda quvg‘in qilinadi.

    Quvg‘in qilinganlarni vatanga xiyonatda ayblashgan. Qrim-tatar, chechen, ingush, qalmiq, bolqorlar nemislarga josuslik qilishda ayblangan bo‘lsa, mesxeti turklar Turkiya foydasiga josuslikda ayblangan.

    Biroq keyinchalik SSSR parchalanib ketgandan so‘ng ma’lum bo‘ldiki, Ikkinchi jahon urushi paytida eng ko‘p rus millatiga mansub kishilar sotqin bo‘lgan va nemislarga xizmat qilgan.

    Shu sababli agar qaysidir millatni “nemislarga sotilgani” uchun ayblash kerak bo‘lsa, birinchi navbatda ruslarning o‘zini ayblash to‘g‘riroq bo‘lardi.

    General Vlasov

    Shu o‘rinda general Vlasovni eslash kifoya. Urush ayni avjiga chiqqan va har bir askarning o‘rni muhim bo‘lgan paytda millati rus bo‘lgan bu general qo‘l ostidagi katta armiya bilan nemislarga jangsiz asir tushadi.

    O‘shanda Vlasovning bu ish sovet armiyasining kuchsizlanishiga va urushning yanada uzoq davom etishiga sabab bo‘ladi.

    Ana shunday vaziyatda Stalin va Beriyaning haqiqiy sotqinlar qolib, aybi bo‘lmagan boshqa millatlarni sotqinlikda ayblashi va ularni o‘z vatanidan badarg‘a qilishi “gruzin hamda rus bo‘lmaganlar”dan o‘ch olishdan boshqa narsa emasdi.

    Adolatsiz sovet tuzumi urush tugagandan so‘ng uzoq yillar davomida general Vlasov haqida gapirishni va yozishni taqiqlab qo‘yadi. Nohaq ayblanib, surgun qilingan millatlar urushdan keyin ham har qadamda kamsitilib turilganda general nomini eslashga taqiq qo‘yilishiga sabab bor edi.

    Ya’ni SSSRda hukmron millat bo‘lgan ruslar eng ko‘p sotqin o‘zlaridan chiqqanini eslashni xohlashmas, shu sababli rus sotqinlari haqidagi ma’lumotlar ommadan yashirilardi.

    Bu jarayon qisman bugun ham davom etmoqda. Keyingi yillarda Gitler Germaniyasi ustidan qozonilgan g‘alabani faqat “o‘ziniki” qilib olgan Rossiyaning “psevdo” tarixchilari, shovinist siyosatchilari general Vlasovning sotqinligini oqlab, “Boshqalar pand bergani uchun u o‘shanda majbur bo‘lgan edi” deb xaspo‘shlashga ham urinishmoqda.

    Aslida esa o‘shanda nemislar qurshoviga tushib qolgan general o‘z armiyasi bilan halqani yorib chiqishi mumkin edi. Biroq u jonini xatarga qo‘yishdan ko‘ra nemislarga xizmat qilishni afzal bilgandi.

    Nemislarga xizmat qilgan asirlar orasida yana bir mashhur shaxs bor. To‘g‘ri, u general rutbasiga ega bo‘lmagan va yirik armiyani boshqarmagan. Biroq u minglab insonlar o‘limiga sabab bo‘lgan. Bu urush paytida “Tonka-pulemyotchi” laqabi bilan tanilgan Antonina Makarova edi.

    Vlasovdan farqli ravishda u urushdan so‘ng yashirinishga muvaffaq bo‘ladi. Ayol nafaqat tirik qoladi, balki jazolanmaydi ham. Biroq 1970-yillarning ikkinchi yarmida Bryanskda uni bir paytlar o‘zi qiynagan sovet fuqarosi tanib qoladi. Bu safar Antonina garchi keksayib qolgan bo‘lsa ham jazodan qutulib qololmaydi.

    Nemislarga sotilgan “Tonka-pulemyotchi”

    1941-yil 22-iyun kuni nemislar SSSRga bostirib kirganda 21 yoshli Antonina darhol ko‘ngilli bo‘lib frontga otlanadi. Biroq ayol jangovar harakatlarda ishtirok etmaydi. Polklarning birida turli yumushlarni bajarib yuradi.

    1941-yil kuzda nemislar Antonina xizmat qilayotgan polkni tor-mor qilishadi va ayol asirga tushib qoladi. Ko‘p o‘tmay u harbiy lagerdan qochadi va nemislar boshqarayotgan qishloqqa borib qoladi. Nemislarga sotilganlar qishloqni mustaqil deb e’lon qilishgan va u “Lokot respublikasi” deb nomlanib, alohida ma’muriy birlik deb e’lon qilingandi.

    Shu yerda ayol nemislarga xizmat qilayotganlar yaxshi hayot kechirayotganini ko‘radi va o‘z ixtiyori bilan nemislar tomonga o‘tadi. Shundan so‘ng unga pulemyot berishadi va nemislarga xizmat qilayotgan Lokot respublikasi armiyasiga qabul qilishadi.

    Shundan so‘ng Antonina sovet partizanlariga qarshi jang qiladi va juda ko‘p odamni o‘ldiradi. Ayol bu bilan cheklanib qolmaydi, partizanlarning oila a’zolarini qatliom qilishda ham qatnashadi.

    Ma’lumotlarga ko‘ra, sovetlar Antonina yashab kelgan joylarni nemislardan ozod qilguncha jami 1 500 kishini otib o‘ldiradi. Shu bilan birga ayol fohishalik qilib, pul evaziga nemislarning ko‘nglini olib yuradi.

    1943-yilda ayol sifilis kasalidan davolanish uchun harbiy gospitalga joylashadi. Ayol davolanayotganda Lokot qishlog‘ini partizanlar egallab olishadi. Antonina nemis yefreytori bilan yashirincha Polshaga qochadi.

    Polshada nemislar ayolni o‘zlariga xizmat qilganini inobatga olishmaydi va Kyonigsbergdagi konslagerga jo‘natib yuborishadi. 1945-yilda shahar sovet armiyasi tomonidan egallangach, konslagerdagilar ozod bo‘ladi. Shunda Antonina o‘zini sovet armiyasi sanitarkasi sifatida ko‘rsatadi.

    O‘sha paytda uning qo‘lida sanitarka harbiy guvohnomasi va 1941-yildan 1944-yilgacha 422-sanitar batalyonda xizmat qilgani haqidagi hujjatlari bor edi. U bu hujjatlarni o‘g‘irlab olgandi.

    Antonina Kyonisbergda yarador sovet askarlariga xizmat qilayotib, Viktor Ginzburg ism-sharifli yigit bilan tanishadi. Ko‘p o‘tmay, ular oila qurishadi.

    Urushdan so‘ng Germaniyaga tegishli bo‘lgan Kyonisbergning nomi Kaliningrad deb o‘zgartiriladi va shahar SSSR tarkibiga kiritiladi. Viktor va Antonina shu shaharda bir muddat yashagach, Belarusga ko‘chib o‘tishadi. Ayol erining familiyasiga o‘tadi va Antonina Ginzburgga aylanadi.

    Viktor Ginzburg va Antonina Makarova
    Viktor Ginzburg va Antonina Makarova
     

    O‘sha paytda ayol va uning eri urush qahramonlari sifatida barcha imtiyozlardan foydalanishar, hech kim undan shubha qilmasdi. Antonina turli korxonalarda mehnat qilar, biroq har doim o‘z fotosuratini “Hurmat taxtasi”ga ilishlariga rozi bo‘lmasdi. Hamkasblar Antoninaning bu ishini kamtarlikka yo‘yishar, ayol kimdir tanib qolishidan qo‘rqib, suratini devorga ilinishini xohlamasdi.

    Sotqinning fosh bo‘lishi

    Davlat xavfsizlik xizmati ko‘plab odamlarni o‘ldirgan Antoninani 1943-yilda sovet armiyasi Lokot ozod qilingan paytdan qidira boshlagan, biroq sotqin ayolning izini yo‘qotib qo‘yishgandi.

    O‘shanda qishloq aholisi sotqin ayolni “Tonka-pulemyotchi” deb atashganini aytib, uning ko‘rinishini tasvirlab berishgandi. Biroq ayol izsiz g‘oyib bo‘lgandi. “Tonka-pulemyotchi”ni qariyb 30 yil qidirishadi, biroq natija bo‘lmaydi.

    1976-yilda Bryansk shahridagi bosh maydonda yoshi katta erkak Nikolay Ivanin degan shaxsga tashlanib qoladi. Hodisa joyiga darhol militsiya yetib keladi va ularni bo‘limga olib boradi.

    Bo‘limda Nikolay Ivanin nemislarga xizmat qilgani va Lokotdagi qamoqxonani boshqargani ma’lum bo‘ladi. Shundan so‘ng KGB Ivaninga jinoyat ishi qo‘zg‘atadi va undan “Tonka-pulemyotchi” haqida ma’lumot so‘raydi. Shunda u ayolning nomi Antonina Makarova ekanini aytadi.

    KGB darhol harakatga tushadi va SSSRda 250 nafar Antonina Makarova ism-sharifli ayol yashashini aniqlaydi. Biroq ular orasida qidirilayotgan ayol yo‘q edi. Chunki o‘sha paytda Antoninaning familiyasi Ginzburg edi.

    KGB xodimlari boshi berk ko‘chaga kirib qolganda tasodifan Antoninaning izini topishadi. 1976-yilda Mudofaa vazirligida ishlovchi shaxs xorijga chiqishdan avval ma’lumotnoma to‘ldiradi.

    U o‘zi haqidagi ma’lumotlarda olti nafar aka-uka va opa-singillari borligini, ular Panfilov familiyasida ekanini, faqat bir nafar opasi Antonina Ginzburg bolaligida Makarova familiyasida bo‘lganini yozgan edi.

    O‘sha paytda xorijga chiqadigan har qanday shaxslarning ma’lumoti KGB nazoratidan o‘tardi. Ular harbiy xizmatchining ma’lumotnomasini o‘qib, uning yaqinlarini tekshirib ko‘rishga qaror qilishadi. Shunda Antonina Ginzburg nomi bilan yashab yurgan va asl ism-sharifi Antonina Makarova bo‘lgan ayol qidiruvda ekani oydinlashadi.

    KGB sotqinning kimligini aniqlagach, uni qo‘lga olishga shoshilmaydi. Avvaliga uni g‘alaba bayrami munosabati bilan tashkil etilgan tadbirga taklif etishadi. O‘sha yerda Antoninaga urush davri haqida savollar berishadi. Ayol dovdirab qoladi va tuzuk-quruq javob ham berolmaydi.

    Oradan bir muddat o‘tgach, Nikolay Ivanin hamda boshqa guvohlarni komissiya a’zolari qiyofasida Antonina ishlaydigan tikuvchilik korxonasiga olib borishadi va ayolni yashirincha ko‘rsatishadi. Guvohlar “Tonka-pulemyotchi”ni tanishadi, nemislarga xizmat qilgan sotqin ekanini tasdiqlashadi. 1978-yil iyulda Antonina Ginzburg qo‘lga olinadi. O‘sha paytda u 58 yoshda edi.

    Sud va o‘lim hukmi

    Tergov jarayoni ketayotgan paytda ayol o‘zini o‘ldirishga urinadi. Shundan so‘ng uni alohida kameraga o‘tkazishadi. Antonina tergovda o‘zini xotirjam tutadi. Tergovchilarning eslashicha, o‘shanda u nari borsa 3-4 yilga qamalaman deb o‘ylaydi. Ammo KGBning rejalari boshqacha edi.

    Antoninaning qo‘lga olinishi sababi boshida eriga aytilmaydi. Shunda Viktor Ginzburg avvaliga mamlakat rahbari Leonid Brejnevga, so‘ng BMTga maktub yo‘llab, xotinini ozod qilishda yordam so‘raydi. Shundan so‘ng KGB Viktorga Antoninaning sotqinligi va minglab odamlarni o‘ldirganini aytishadi. Viktor taqdirga tan beradi.

    Tergov jarayonida Antonina o‘ldirgan 168 nafar odamning shaxsiga aniqlik kiritiladi. Qolganlarning kimligini na sotqin ayol, na boshqalar bilmasdi.

    1978-yil kuzda SSSRda 1979-yil Ayollar yili deb e’lon qilinadi. Shu sababli KGB nima bo‘lsa ham Antoninaning sudini 1978-yilda yakunlash uchun harakat qiladi. O‘sha yili noyabrda Bryansk viloyati sudi ayolni vatanga xiyonat va 168 kishini o‘ldirganlikda aybdor deb topadi hamda uni o‘lim jazosiga hukm qiladi.

    Sud majlisi tugagach, ayol o‘lim jazosini qamoq jazosiga almashtirishni so‘rab appelyatsiya beradi. Biroq barcha apellyatsiyalar rad etiladi. 1979-yil 11-avgust kuni hukm ijro etiladi.

    Hukm ijro etilgach, 1979-yilda markaziy gazetalarda Antonina Makarovaning sotqinligi, urush davrida minglab odamlarni o‘ldirgani va 35 yil deganda qo‘lga tushgani haqida xabar tarqatiladi.

    Shu o‘rinda bir qiziq ma’lumot, Ikkinchi jahon urushidan so‘ng SSSRda uch nafar ayol o‘lim jazosiga hukm qilingan. Antonina Makarova ularning birinchisi, Berta Borodkina ikkinchi va Tamara Ivanyutina uchinchisi bo‘lgan.

    Ikkinchi jahon urushidan keyin SSSRda o‘lim jazosi berilgan uch ayol - Antonina Makarova-Ginzburg, Tamara Ivanyutina va Berta Borodkina
     
    Ikkinchi jahon urushidan keyin SSSRda o‘lim jazosi berilgan uch ayol — Antonina Makarova-Ginzburg, Tamara Ivanyutina va Berta Borodkina

    Rossiyadagi Gelenjik tumanida oshxona va restoranlar trestini boshqargan Berta Borodkina 1985-yilda o‘lim jazosini olgan. Bu ayol Qora dengiz bo‘yida joylashgan oshxona va restoranlarda yashirin fohishaxonalar tashkil etgan, Moskvadan kelgan yuqori lavozimli amaldorlarga xizmat qilgan. Hukumat davlat xizmatchilarining jinoyatlari oshkor bo‘lib ketmasligi uchun ayolni qurbon qilgan va uni sud qilib, o‘lim jazosi berishgan.

    Tamara Ivanyutina esa Ukrainadagi maktablarning birida idish yuvuvchi bo‘lib ishlagan va bolalarni zaharlab o‘ldirgan. Bu ayol 1990-yilda o‘lim jazosini olgan.

    G‘ayrat Yo‘ldosh tayyorladi

    14 iyun, 17:20   Izoh (0)   8678
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Rossiya

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 


    Golden House’dan “O‘z Makon”: Toshkentdagi shahar hayotining yangi mezoni


    InfinBANK AstraSend orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ymoqda


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    Mobiuz xodimlari onkologik va gematologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolalarga yordam ko‘rsatdi


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    President Tech Award: 1 000 000 dollarlik sovrin jamg‘armasiga ega innovatsion loyihalar milliy tanlovi boshlandi


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 

     

    Tavsiya etamiz

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36

    G‘azodagi ayol va qizlar: Isroil qamali ostida ularning hayoti qanday kechmoqda? (foto)

    13 iyun, 08:31
    Audio Icon

    “Hokim uyingni ekskavator bilan buzib tashlayman deb po‘pisa qilyapti”, — Samarqandda uyi “snos”ga tushganlarga kompensatsiya to‘lab berilmadi

    11 iyun, 20:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qashqadaryoda joniga qasd qilish uchun o‘zini kanalga tashlagan fuqaroni ichki ishlar xodimi qutqardi

    O‘zbekiston | 14 iyun, 23:06

    Superliga. “Paxtakor” “Bunyodkor” bilan, “OKMK” esa “Sho‘rtan” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 14 iyun, 22:18

    Aktrisa Fotima Rejametova o‘zini osib qo‘ygan qo‘shnisi yuzasidan murojaat bilan chiqdi (video)

    O‘zbekiston | 14 iyun, 22:02

    Ombudsman Toshkentdagi hibsxonada ayol uzoq vaqtdan beri saqlanayotganiga izoh berdi

    O‘zbekiston | 14 iyun, 21:50

    50 daqiqalik suhbat: Putin va Tramp Yaqin Sharqdagi keskinlashgan vaziyatni muhokama qildi

    Dunyo | 14 iyun, 21:20

    ChatGPT’dan diniy savollarga javob olish joizmi? Musulmonlar idorasi javob berdi

    O‘zbekiston | 14 iyun, 21:18

    Tailand va Kamboja chegara mojarosini hal qilish uchun uchrashuv o‘tkazdi

    Dunyo | 14 iyun, 21:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.