• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12509.83
    • RUB156.55
    • EUR14520.16
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Isitish mavsumida 1,2 mln oila moddiy yordam oldi. Qaysi hududlar yetakchilik qildi?

    O‘zbekistonda 1,2 million oila moddiy yordam bilan qo‘llab-quvvatlandi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi. 

    Ma’lum qilinishicha, energetika tariflari islohotlarining kam ta’minlangan oilalarga ta’sirini yumshatish maqsadida 2024-2025-yilgi isitish mavsumida 313,6 mlrd so‘m bir martalik moddiy yordam va kompensatsiya to‘lovlari to‘lab berildi.

    Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali 2024-yilning noyabr oyida 1,1 mln ta oilaga 290 mlrd so‘m bir martalik 270 ming so‘m yordam to‘lab berildi. Bu ijtimoiy reyestrdagi 950 ming oila va mahalla yettiligining 15 foizgacha qo‘shimcha ro‘yxati asosida to‘lab berildi.

    Shuningdek, isitish mavsumida tabiiy gaz va elektr quvvatining bazaviy me’yor doirasidagi hamda bazaviy me’yordan oshgan narxlar o‘rtasidagi farq uchun (2024-2025-yil dekabr-aprel) 207 962 nafar oilalarga 23,3 mlrd so‘m kompensatsiya to‘lovlari ajratildi. 

    Kompensatsiya va moddiy yordam ajratishda ulushi eng yuqori bo‘lgan hududlar:

    • Farg‘ona viloyatida 40,6 mlrd so‘m;
    • Qashqadaryo viloyatida 37,3 mlrd so‘m;
    • Namangan viloyatida 35,2 mlrd so‘m yordam ajratilgan.

    Energetika bo‘yicha kompensatsiya va moddiy yordamga oid 5 savolga 5 javob

    1. Kimlarga elektr va gaz to‘lovlarining bir qismi kompensatsiya qilib beriladi?

    - ijtimoiy himoya reyestriga kiritilgan oylik daromadi har bir oila aʼzosiga 669 ming so‘mdan kam oilalar;

    - reyestrlarga kiritilmagan, reyestrlarga kirmagan, ammo mol-mulki kam va oylik daromadi har bir oila aʼzosiga 1 mln 3 ming 500 so‘mdan kam bo‘lgan oilalar

    2. Kompensatsiya miqdori qancha?

    • elektr uchun – oyiga bazaviy meʼyordan (yaʼni 200kVt soatdan) ortiq foydalanilgan 150 kVt soatgacha;
    • gaz uchun – noyabr-fevral oylarida bazaviy meʼyordan (yaʼni 500 kub metrdan) ko‘p foydalanilgan 250 kub metrgacha, boshqa davrlarda esa 150 kub metrgacha ortiq foydalanilgan qismi uchun.

    3. Kompensatsiya olish uchun qayerga murojaat qilish kerak?

    Kompensatsiya olish uchun “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari yoki mahallalarda faoliyat yurituvchi ijtimoiy xodimlarga murojaat qilish kerak.

    Bunda arizada pasport maʼlumotlari, abonent raqami va telefon raqami ko‘rsatiladi.

    Arizalar har oyning 15-sanasiga qadar qabul qilinadi.

    4. Kompensatsiya har oy to‘lab beriladimi?

    Kompensatsiya oluvchi oilalarning mezonlarga mosligi har oyda avtomatik o‘rganilib, mezonlarga mos kelgan taqdirda keyingi oylar uchun alohida murojaat talab etmagan holda kompensatsiya to‘lovi davom ettiriladi.

    5. Isitish mavsumida kimlarga bir martalik moddiy yordam ajratiladi?

    2025/2026-yil isitish mavsumida noyabr oyida quyidagi oilalarga 1 mln so‘mdan bir martalik moddiy yordam ajratiladi:

    • reyestrlarga kiritilgan oilalarga;
    • “mahalla yettiligi” xulosasi asosida reyestrlarga kiritilmagan, yordamga muhtoj oilalarga.
    • Bunda “mahalla yettiligi” tomonidan qo‘shimcha ro‘yxat shakllantirilishida, birinchi navbatda, quyidagilar inobatga olinadi:
    • boquvchisini yo‘qotgan oilalar;
    • aʼzolari I yoki II guruh nogironi bo‘lgan shaxslardan iborat oilalar;
    • nogironligi bo‘lgan bolalarni parvarishlayotgan oilalar;
    • uzoq davolanishni talab etadigan kasalliklar bilan kasallangan shaxslar yashovchi oilalar;
    • o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz yashovchilar va yolg‘iz keksalar;
    • nogironligi bo‘lgan shaxslar;
    • 3 va undan ortiq oila yashaydigan xonadonlarda hamda gaz bo‘lmagan va markazlashtirilgan tartibda isitilmaydigan ko‘p qavatli uylarda yashovchi oilalar.

    Ushbu yordamlar orqali oilalarning elektr va tabiiy gaz resurslaridan foydalangan xarajatlarini kamaytirishga hamda moliyaviy muammolarni kamaytirishga yordam beradi.

    O‘zbekiston prezidenti farmoniga ko‘ra, 2025-yil 1-iyuldan boshlab pensiyalar va nafaqalar hamda kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqalari va moddiy yordam to‘lovlari miqdorlari 10 foizga oshiriladi.

    Bunda:

    • yoshga doir eng kam pensiya miqdori — oyiga 918 000 so‘m;
    • nogironlik pensiyalarining eng kam miqdori — oyiga 1 012 000 so‘m bo‘ladi;

    Kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasining har oylik miqdori:

    • 3 yoshgacha bo‘lgan bitta kichik farzandi uchun — 360 000 so‘m, 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bitta farzandi uchun — 275 000 so‘m;
    • (oilaning ikkinchi farzandi uchun qo‘shimcha — 165 000 so‘m;
    • (oilaning uchinchi va undan keyingi har bir farzandi uchun qo‘shimcha — 110 000 so‘m;
    • kam ta’minlangan oilalar uchun moddiy yordamning oylik miqdori — 420 000 so‘m bo‘ladi;
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    2025-yil 1-avgustdan boshlab byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi.

    2025 yil 1-iyuldan boshlab pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori — oyiga 471 000 so‘m etib belgilanadi.

    2025-yil 1-avgustdan boshlab:

    • mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori — oyiga 1 271 000 so‘m;
    • bazaviy hisoblash miqdori — 412 000 so‘m etib belgilanadi.

    Hujjatda qayd etilishicha, bu aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘lamini kengaytirish, fuqarolarning daromadlarini izchil oshirib borish siyosatini davom ettirish hamda ularning ijtimoiy muhofazasini kuchaytirish maqsadida amalga oshiriladi.

    Byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqlari, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdori oshirilishi bilan bog‘liq xarajatlar davlat byudjeti hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

    O‘zbekistonda oxirgi marta 2024-yil sentyabrda pensiyalar va nafaqalar 15 foizga oshirilgan edi. Xususan, pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori oyiga 428 ming so‘m, yoshga doir eng kam pensiya miqdori oyiga 834 ming so‘m etib belgilangandi. 1-oktyabrdan byudjet tashkilotlari xodimlarining maoshi 10 foizga, o‘qituvchilar va tibbiyot xodimlarining maoshi esa 15 foizga ko‘tarilgandi. Bunda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori — oyiga 1 155 000 so‘m, bazaviy hisoblash miqdori — 375 000 so‘m etib belgilangandi.

    5 iyun, 19:58   Izoh (0)   2426
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #moddiy yordam#Kam ta’minlangan

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Deputatlar 9 daqiqada vazirlik va idoralarning 2024-yildagi xarajatlari oshirilishini maʼqulladi

    05.12.2024, 20:25

    “Byudjet puli bolalardan iqtisod qilinmasligi kerak”. Uch yildan beri oshirilmay, tayinlash keskin qisqarayotgan nafaqa taqdiri nima bo‘ladi? 

    25.12.2024, 18:55

    2024-yilda O‘zbekistonda bola manfaatlarini ta’minlash sohasida qanday o‘zgarishlar ro‘y berdi?

    31.12.2024, 23:30

    O‘zbekistonda 1-yanvardan qanday o‘zgarishlar kuchga kirdi?

    1 yanvar, 09:50

    O‘zbekistonda ijtimoiy karta kimlarga beriladi va qayerdan olish mumkin?

    17 yanvar, 11:49

    O‘zbekistonda ayrim kambag‘al oilalarga subsidiya ajratiladi

    12 fevral, 10:47

    O‘zbekistonda xususiy sektordagi qancha ayolga homiladorlik va tug‘ish nafaqasi berilgani ma’lum bo‘ldi 

    18 fevral, 19:25

    Yolg‘iz va kam taʼminlangan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining yashash joylari taʼmirlanadi

    19 fevral, 21:30

    Shavkat Mirziyoyev “Ko‘ksaroy”da o‘tkazilgan iftorlik marosimida nutq so‘zladi

    25 mart, 18:56

    Shavkat Mirziyoyev keng jamoatchilik bilan birgalikda iftorlik marosimida ishtirok etdi (foto)

    25 mart, 21:34

    O‘zbekistondagi masjidlarda Qur’oni karimning xatmonalari bo‘ladi 

    26 mart, 16:45

    O‘zbekistonda kam ta’minlangan oilalarga elektr va gaz to‘lovlarida kompensatsiya beriladi

    6 aprel, 14:58

    Yaxshi aktyor, ammo yomon er: Jeki Chan nima sababdan farzandlaridan yuz o‘girgan?

    8 aprel, 12:57

    Salbiy energiya, stress va charchoq: hayotingizni sekin-asta yemirayotgan zararli odatlar

    8 may, 18:00

    O‘zbekistonda Bolalar saratoni bo‘yicha akademik xab tashkil qilinadi

    8 may, 09:23

    O‘zbekistonda 1-iyundan “Faol hayotga qadam” dasturi joriy etiladi

    9 may, 15:40

    Jizzaxda harakatlanib ketayotgan yuk mashinasi yonib ketdi

    9 may, 19:51

    O‘zbekistonda “davlat ishi”dagilarga aprelning ikkinchi yarmi uchun qancha maosh to‘langani aytildi 

    10 may, 18:05

    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?

    15 may, 21:00

    O‘zbekistonda saratonga chalingan bolalar 100 foiz ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam bilan qamrab olinadi

    21 may, 15:50

    Qozog‘istonda ota-ona qaramog‘isiz qolgan bola O‘zbekistonga qaytarildi

    21 may, 19:10

    Hindistonda kuchli yomg‘ir, shamol va chaqmoq zarbalari oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi 

    23 may, 20:40

    Pul va ruhiyat: moliyaviy ahvol inson psixikasiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

    24 may, 11:30

    O‘zbekistonda pensiya va nafaqalar 1-iyuldan, ish haqi va stipendiyalar 1-avgustdan oshiriladi

    3 iyun, 12:00

    Bo‘rijarda cho‘kayotgan qizchalarni qutqarib, halok bo‘lgan Abdumannop Samiqovning rafiqasiga moddiy yordam berildi

    3 iyun, 21:45

    “Daryo” dayjesti: 3-iyunning eng muhim xabarlari

    3 iyun, 23:20

    Byudjetdan nafaqa va ish haqiga to‘lovlar kamayib, davlat qarzi foizlari va boshqaruv chiqimlari ko‘paytirildi

    4 iyun, 14:01

    Yaqin Sharqning eng go‘zal qirolicha va malikalari qanday ko‘rinishga ega?

    4 iyun, 20:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Bir-birimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit

     

    Tavsiya etamiz

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiyada Telegram va WhatsApp orqali qo‘ng‘iroqlar qisman cheklovga uchradi

    Dunyo | 14 avgust, 00:05

    O‘zbekistonga mol go‘shti importi ikki baravar oshirildi

    Iqtisodiyot | 13 avgust, 23:50

    Tramp, Putin va Zelenskiy uchrashuvi uchun joy izlanmoqda — CBS

    Dunyo | 13 avgust, 23:40

    Suriya va Turkiya harbiy hamkorlik to‘g‘risida bitim imzoladi

    Dunyo | 13 avgust, 23:30

    O‘zbekistonga elektromobil importi rekord darajada ortdi

    O‘zbekiston | 13 avgust, 23:15

    YKL saralashi. “Bashakshehir” ikki o‘yin natijasiga ko‘ra “Viking”ni mag‘lub etdi. Shomurodovdan assist

    Sport | 13 avgust, 23:09

    Qozog‘iston Markaziy Osiyoda birinchi spot bitkoin joylashgan mamlakatga aylandi

    Dunyo | 13 avgust, 23:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.