• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev keng jamoatchilik bilan birgalikda iftorlik marosimida ishtirok etdi (foto)

    25-mart kuni barcha hududlarda ehson dasturxonlari yozilib, iftorlik marosimi o‘tkazildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida o‘tgan iftorlikda ishtirok etdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Tadbir avvalida davlat rahbari xalqni va jamiki musulmon ummatini muborak Ramazon oyi bilan yana bir bor tabrikladi.

    “Ushbu sharofatli oyda go‘zal diyorimizda mana shunday fayzli iftorlik marosimini el-yurtimiz bilan birgalikda o‘tkazish nasib etgani uchun mehribon va qudratli Alloh taologa behisob shukronalar aytamiz”,  dedi prezident.
    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Mamlakatda “Inson qadri uchun, inson baxti uchun” degan ezgu g‘oya hamma ishda asosiy dasturga aylanmoqda. Fuqarolarning huquqlari, vijdon erkinligi taʼminlanayotgani Ramazon oyida yanada yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Muqaddas dinimiz buyurgan xayrli amallar — ahillik va hamjihatlik, mehr-saxovat, sabr-u qanoat, axloq-odob, ilm-u maʼrifat fazilatlari jamiyatimizda tobora mustahkam bo‘lib bormoqda.

    Islom dinining insonparvarlik mohiyatini chuqur o‘rganish, buyuk tarix va madaniyat durdonalarini, ulug‘ allomalarning boy merosini to‘plash va keng targ‘ib etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Xususan, shu maqsadda Toshkentda Islom sivilizatsiyasi markazi barpo etilmoqda. Bu ulkan ilmiy-maʼnaviy loyiha necha ming yillik taraqqiyot yutuqlarini o‘zida mujassam etib, islom sivilizatsiyasi yurtimizda aynan ilm-fan, taʼlim-tarbiya, madaniyat va maʼrifat asosida rivojlanganini tasdiqlaydi, yoshlarimizni buyuk kashfiyotlarga ruhlantiradi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Samarqandda hadis ilmining sultoni Imom Buxoriy majmuasi qurilishi ham jadal davom etmoqda. Buyuk ajdodimiz hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan muzey va ilmiy dargohlar bilan birga, 10 ming kishilik masjid bunyod etilmoqda. Bu ikki muhtasham obida joriy yilda ochilishi rejalashtirilgan.

    Prezidentning 14-martdagi qaroriga muvofiq, bu yil Imom Moturidiy tavalludining 1155-yilligi keng nishonlanadi. U zotning Samarqanddagi muborak qadamjosi yanada obod qilinadi, boy ilmiy merosi va moturidiylik taʼlimoti xorijiy olimlar bilan hamkorlikda o‘rganiladi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Mamlakatdagi turli millat va din vakillari o‘rtasida ahillikni kuchaytirish maqsadida shu yil sentyabrda yana bir tadbir — Toshkent va Samarqand shaharlarida “Deklaratsiyalar muloqoti forumi” o‘tkaziladi. Bu xalqaro anjuman turli diniy eʼtiqod vakillari o‘rtasida o‘ziga xos maʼrifiy muloqot maydoni bo‘ladi.

    Konstitutsiyaga muvofiq, O‘zbekiston ijtimoiy davlat maqomiga ega bo‘lib, xalqchil va insonparvar siyosat yuritilmoqda. Xususan, o‘tgan yilning o‘zida ko‘makka muhtoj insonlarga 16 trillion so‘mlik moddiy yordam va nafaqalar berilgan. Kam taʼminlangan oilalarga mansub 51 ming nafar bola bog‘chaga joylashtirilgan, ularning 176 ming nafar aʼzosiga tibbiy ko‘mak ko‘rsatilib, 182 ming nafari ijtimoiy xizmatlar bilan qamrab olingan.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi orqali 94 mingga yaqin kam taʼminlangan oilalarga davolanish, oziq-ovqat, kiyim-kechak, kommunal to‘lovlar bilan bog‘liq 130 milliard so‘mlik xarajatlar qoplab berilgan.

    “Ayollar daftari” doirasida 3,5 million nafar xotin-qizga 5 trillion 700 milliard so‘mlik yordam ajratilgan. “Yoshlar daftari” joriy etilganidan buyon 1 million 300 ming nafar ehtiyojmandga 1 trillion 700 milliard so‘mlik ijtimoiy yordam ko‘rsatilgan.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Bundan tashqari, mamlakat hojilarining tashabbusi bilan kam taʼminlangan, boquvchisini yo‘qotgan, ehtiyojmand oilalarga 6 milliard 300 million so‘m miqdorida moddiy yordamlar ko‘rsatilgan.

    Yurtni obod qilish, ko‘chat ekib, bog‘ yaratish ham savobli ish. “Yashil makon” umummilliy loyihasi aynan shu maqsadga qaratilgan. Hozirgi bahor mavsumining o‘zida diniy soha xodimlari tomonidan 10 ming tupdan ziyod daraxt, 32 ming tupga yaqin gul ekildi, masjid va ziyoratgohlar atrofi obod qilindi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili”ga oid davlat dasturi doirasida tabiatparvarlik ko‘lami yanada kengaymoqda. Yaqinda Xiva shahrida o‘tkazilgan konfessiyalararo kengash majlisida mamlakatdagi diniy konfessiyalar vakillari mazkur davlat dasturida faol ishtirok etish bo‘yicha murojaatnoma qabul qildi.

    Ushbu iftorlik marosimida ham xorijiy davlatlar elchilari, xalqaro tashkilotlar hamda diniy konfessiyalar vakillari jamlangani yurtimizdagi bag‘rikenglik va totuvlikning yana bir ifodasi bo‘ldi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Davlat rahbari o‘z nutqida dunyodagi vaziyatga ham to‘xtalib o‘tdi. Aksariyat ziddiyat va mojarolar aynan islom dunyosida sodir bo‘layotgani afsus bilan qayd etildi.

    Notinchlik o‘choqlari istalgan paytda kengayib ketishi mumkinligi, musulmon mamlakatlarida tinchlik va barqarorlikni taʼminlash uchun birdamlik va islom ummati hamjihatligini yanada mustahkamlash har qachongidan ham dolzarb ekani taʼkidlandi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Buning uchun, birinchi navbatda, yoshlarni yot g‘oyalar taʼsiridan saqlash, ilm-maʼrifatga yo‘naltirish eʼtibor markazida turishi kerak.

    Shu haqda gapirar ekan, Shavkat Mirziyoyev Bahouddin Naqshbandning “Qo‘ling mehnatda, diling Allohda bo‘lsin”, degan o‘gitini yodga oldi. Yoshlarni mana shunday ruhda tarbiyalash, ularni mehnat va kasbga o‘rgatish juda muhim ekanini taʼkidladi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Ayni kunlarda “Ramazon — saxovat, birdamlik va bag‘rikenglik oyi” shiori ostida yurtimizdagi 9 ming 500 ga yaqin mahallada kam taʼminlangan oilalarda iftorlik dasturxonlari yozilib, ularning holidan xabar olindi. Bunday xayrli ishlar inson qadrini ulug‘lash, pok maqsadli barcha yurtdoshlarimizni yanada birlashtirishga xizmat qiladi.

    “Alisher Navoiy bobomiz aytganlaridek, “Yaxshilarning ishi — yaxshilik qilishdir”. Chindan ham, bu hayot aynan ezgulik va yaxshilik tufayli doimo yorug‘ va bardavomdir”, dedi Shavkat Mirziyoyev.
    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Niyatlar ijobat bo‘ladigan muborak Ramazon oyida, Qadr kechasi arafasida turib, ezgu tilaklar aytildi.

    Qurʼoni karimdan tilovat qilindi. Alloh taolodan butun dunyoda tinchlik, yurtimizda farovonlik, mehr-oqibat barqaror bo‘lishini so‘rab, duolar o‘qildi.

    Mamlakatning barcha hududlarida o‘tgan iftorlik tadbirlarida nuroniylar, ziyolilar, turli din va konfessiyalar vakillari, nogironligi bor va ehtiyojmand kishilar, jami 60 mingga yaqin ishtirokchi qatnashdi.

    25 mart, 21:34   Izoh (0)   5599
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #prezident#Shavkat Mirziyoyev

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev ikki mamlakatning birodar xalqlarini Navro‘z bilan qutladi

    20 mart, 19:19

    Andijonda bir yilda qancha mansabdor korrupsiya ortidan javobgarlikka tortilgani ochiqlandi

    20 mart, 23:15

    Jizzaxda sodir bo‘lgan ayanchli YTH, asosiy stavkani 0,5 foiz bandga oshirgan Markaziy bank, TTZ dahasigacha quriladigan metro bekatlari: 20-martning eng muhim xab...

    20 mart, 22:45

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Navro‘z umumxalq bayrami bilan tabrikladi

    21 mart, 10:36

    AQSH prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Navro‘z ayyomi bilan tabrikladi

    21 mart, 12:54

    Si Szinpin Shavkat Mirziyoyevni Navro‘z bilan tabrikladi

    21 mart, 15:55

    Foto: Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tantanali tadbir

    21 mart, 17:44

    Navro‘z va Ramazon hayiti munosabati bilan O‘zbekiston Afg‘onistonga insonparvarlik yordami jo‘natdi

    21 mart, 19:35

    "O'zbek xalqi buyuk xalq, Navro'z uning kuch-qudrati va birligini ifodalaydi" — Ozarbayjon elchisi Guseyn Guliyev

    22 mart, 14:30

    Xushboq Rahimovni “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risidagi prezident farmoni e’lon qilindi

    22 mart, 12:20

    Shavkat Mirziyoyev TSC HK Investment ta’sischisi Tian Shuchunni “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotladi

    22 mart, 13:11

    Shavkat Mirziyoyev Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi. Qur’on tilovat etilib, duo o‘qildi (foto)

    22 mart, 16:20

    Shavkat Mirziyoyev “Buyuk ipak yo‘li” xalqaro turizm markazidagi bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirdi 

    22 mart, 16:56

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov maqbarasini ziyorat qildi

    22 mart, 17:08

    Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xodimlari 1-apreldan qo‘shimcha rag‘batlantiriladi

    23 mart, 16:16

    O‘zbekistonda maktab direktorlari va o‘rinbosarlariga har oylik ustamalar belgilanadi

    23 mart, 09:57

    “Dunyoda Putinni to‘xtata oladigan mendan boshqa odam bor deb o‘ylamayman” — Tramp

    23 mart, 18:25

    Chexiya prezidenti Ukrainaga qo‘shin yuborishga tayyorligini bildirdi

    23 mart, 19:25

    Hibsga olingan Akram Imomo‘g‘li Turkiya prezidentligiga nomzod bo‘ldi

    24 mart, 08:32

    Suriya prezidenti Putindan Bashar Asadni topshirishni talab qildi 

    24 mart, 09:33

    O‘zbekistonda xususiy bog‘cha va maktablar uchun beriladigan imtiyozlar muddati uzaytiriladi

    24 mart, 09:44

    Qirg‘izistonda yo‘l qoidasini buzgan haydovchilar bilimi joyida tekshiriladi

    24 mart, 12:06

    Xitoyning Tayvanni qamal qilish ssenariysi modellashtirildi

    24 mart, 15:10

    Erdo‘g‘onni o‘z uslubida mag‘lub qilayotgan Akram Imomo‘g‘li kim?

    24 mart, 16:55

    Rossiya muzokaralarda Donetsk, Lugansk, Zaporojye va Xerson viloyatlari hududini talab qilmoqda

    25 mart, 09:48

    Suriya aholisi internetdan butunlay uzildi

    25 mart, 13:10

    Qirg‘izistonning xorijga chiqish pasportlari dizayni o‘zgardi (foto)

    25 mart, 15:32

    O‘zbekistonda qattiq maishiy chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi ishlab chiqariladi

    25 mart, 15:50

    Ikkinchi jahon urushidan keyin Argentinaga qochib kelgan natsistlar ma’lumoti ochiqlanadi

    25 mart, 16:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Anchelotti “Real” boshqaruvini qachon tark etishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 9 may, 23:38

    Superliga. “Dinamo” “Surxon”ni mag‘lub etib, turnir jadvalida kuchli uchlikka kirib oldi

    Sport | 9 may, 22:35

    AQSH byudjeti taqchilligi yil boshidan beri 196 mlrd dollarga ko‘paydi

    Dunyo | 9 may, 22:05

    Fransiyada ikki general hokimiyatni tanqid qilgani uchun ishdan olindi

    Dunyo | 9 may, 21:35

    “Liverpul” “Real”ning qaroridan norozi bo‘ldi

    Sport | 9 may, 21:12

    NATO Kiyevga tinchlik shartnomasining bir qismi sifatida a’zolikni va’da qilmaganini bildirdi

    Dunyo | 9 may, 20:35

    Superliga. Vodiy derbisida “Neftchi” ustun keldi

    Sport | 9 may, 20:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.