Daryo

O‘zbekistonda yangi tayinlangan pensiyalar bo‘yicha maʼlumot berildi

Raqamlar pensiya oluvchilar soni oshib borayotganini ko‘rsatmoqda

1 daqiqa o‘qish186 121 ko‘rishlar0 izoh0

Pensiya jamg‘armasi 2023-yilda respublikada qancha fuqaroga yangi pensiyalar tayinlanganini maʼlum qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Jamg‘arma xabariga ko‘ra, 2024-yil 1-yanvar holatiga mamlakatda pensiya oluvchilarning umumiy soni 3 million 930 ming 400 nafarga yetgan. Bu raqam O‘zbekiston aholisining 10,7 foiziga teng.

2023-yilda Pensiya jamg‘armasi hududiy tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan 292 ming nafar fuqaroga yangi pensiyalar tayinlangan. Shundan 241,2 ming kishi yoshga doir pensiya, 32,2 ming kishi nogironlik pensiyasi va 18,6 ming oila boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini ola boshlagan.

Avvalroq davlat pensiyalarining barcha turlari uchun yiliga 53,5 trillion so‘m to‘lanayotgani, bu oyiga o‘rtacha 4,5 trillion so‘mdan to‘g‘ri kelishi ochiqlangandi.

Eslatib o‘tamiz, 2024-yilda Pensiya jamg‘armasiga davlat budjetidan 16 trillion so‘m mablag‘ ajratilishi belgilangan. Bu miqdor 2023-yildagidan bir trillion so‘mga ko‘p. Prognozlarga qaraganda, 2025-yilda jamg‘armaga 19 trillion so‘m, 2026-yilda 23 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi.

Farg‘onadanman. Oʻzbekiston Milliy universitetini tamomlaganman. “Daryo”da 2022-yildan beri muxbirman. Iqtisodiy-siyosiy voqealarni yoritib boraman. Yoqtirgan kinolarimdan biri — “Shoushenkdan qochish”. Oxirgi o‘qilgan kitoblardan iqtisodchi olimlar Daron Ajemo‘g‘li va Jeyms Robinson hammuallifligidagi “Mamlakatlar tanazzuli sabablari…” kitobi yoqdi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar