Toshkent shahrining Shayxontohur tumani Furqat ko‘chasida 3-may kuni soat 11:52 da Orlando yonib ketdi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarga asosan yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga 11:58 da yetib borganida, yong‘in haydovchi tomonidan avtomobilda mavjud o‘t o‘chirgich bilan o‘chirilganligi ma‘lum bo‘lgan.
Yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda. Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.
Bundan avval Toshkent shahar Yunusobod tumanida beton to‘siqqa urilgan elektromobil yonib ketgan edi. BYD haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘lni ajratib turuvchi beton to‘siqqa urilishi natijasida yong‘in kelib chiqqan.
To‘qnashuv natijasida haydovchiga shifokorlar tomonidan tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
2024-yil 3-noyabr kuni ham Qamchiq dovonida yuk avtomobilida qisqa tutashuv sababli yong‘in yuzaga kelgandi. Shuningdek, Qamchiq dovonida 5-noyabr kuni soat 13:30 larda yuk mashinasi yonib ketgandi.
Dekabr oyi oxirida Qashqadaryo va Toshkentda mashinalar yonib ketgandi. Fevral oyining 2-sanasida Toshkentning Yangihayot tumanida mashina yonib ketgan.
Bundan tashqari, Jizzax viloyati Zomin tumanida yuk mashinasi yonib ketgandi.
Izoh (0)