Toshkentning Mirobod tumanidagi qurilish mahsulotlari saqlanayotgan omborxonada yong‘in chiqdi.

FVV matbuot xizmatiga ko‘ra, 28-aprel kuni soat 07:00 da “Abdurauf Fitrat” MFY, G.Aliyev ko‘chasida joylashgan qurilish mahsulotlari saqlanayotgan omborxonada yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida FVBga xabar qilingan.
Shunga ko‘ra yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 07:02 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in soat 08:33 da o‘chirilgan. Yong‘inni bartaraf etishga 12 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etilgan.
Yong‘in oqibatida omborxonaning taxminan 500 kvadrat metr maydonda ichki va tom qismi yonib zararlangan. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.
2025-yil 26-aprel kuni Toshkent viloyatining Zangiota tumanida joylashgan gilam do‘konida yong‘in sodir bo‘lgandi. 17-aprelda Xorazm viloyati Hazorasp tumanida uch qavatli savdo do‘konida yong‘in chiqqandi. 24-mart kuni Toshkent viloyatining Qibray tumanida uchta uy yonib ketdi.
Izoh (0)